https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
128
KITOBXONLIK TARIXI XUSUSIDA
Sunbula Qudratova
Xalqaro innovatsion universitet talabasi
Ilmiy rahbar: Nilufar Xamidova, XIU o‘qituvchisi
Annotatsiya. Kitob mutolaasi esa kishida shunday chin insoniy fazilatlarni
shakllantirib, uni hayotda oʻz oʻrnini topishga, jamiyatning chinakam aʼzosiga
aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega. Zero buyuk
bobokalonimiz,
soʻz
mulkining
sultoni
Alisher
Navoiy
hazratlari
taʼkidlaganlaridek, kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga
erishishning eng asosiy manbaidir.
Kalit so‘zlar: kitobxonlik madaniyati, kitobxonlik darajasi, mutolaa,
kitobxon va kutubxona.
Abstract. Reading books is of incomparable importance in forming such
truly human qualities in a person, helping him find his place in life, become a true
member of society, and broaden his worldview. After all, as our great ancestor, the
sultan of the word, Alisher Navoi, emphasized, a book is a thankless teacher, the
main source of knowledge and spiritual growth.
Keywords: reading culture, level of reading, reading, reader and library.
Kitob – insonning fikr doirasini kengaytirib, unga cheksiz maʼnaviy-ruhiy
ozuqa beradi. Buyuk mutaffakir Abdurahmon Jomiy shunday degan: “Dunyoda
kitobdan yoqimliroq doʻst, undan ortiq gʻamxoʻr yoʻq”.
Mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini
targ‘ib qilish borasidagi ishlar ko‘lami sifat darajaga ko‘tarildi. Xususan,
O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
129
etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik
madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks choratadbirlar
dasturi to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi
№781-sonli qarori bilan 2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini
rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi va boshqa qator hujjatlar soha
rivoji uchun dasturul amal vazifasini o‘tamoqda. Vazirlar Mahkamasining 2020-
yil 14-dekabrdagi №781-sonli qarori bilan 2020–2025-yillarda kitobxonlik
madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini uch bosqichda
amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
I bosqich – 2020–2021-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish
bo‘yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini
amalga oshirish;
II bosqich – 2022–2023-yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani
mustahkamlash;
III bosqich – 2024–2025-yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal
rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati o‘sishi hisobiga inson kapitali sifatini
yaxshilash kabi muhim mezonlar belgilangan. Shuningdek, aholi, avvalo,
yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan
kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga
ko‘maklashish, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo‘llab-
quvvatlash, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish,
mutolaa madaniyatini yuksaltirish, respublikaning olis hududlarida va yoshga doir
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholining kitobxonlik darajasi va kitobga
qiziqishini tizimli o‘rganib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga
qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish kabi dolzarb vazifalar ko‘zda tutilgan.
Kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
samaradorligini baholash tizimini ishlab chiqish, “Eng yaxshi kitobxon hudud”,
“Eng yaxshi kitobxon mahalla”, “Eng yaxshi kitobxon ta’lim muassasasi» kabi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
130
reytinglarni joriy etish va boshqa muhim vazifalar belgilangan. Farzand
tarbiyasidagi eng asosiy omillardan biri bu kitob mutolaasidir. “Kitob”,
“kitobxonlik”, “kutubxona” so‘zlarining o‘zagi aslida arabchadan olingan va bir
maqsadga, ya’ni inson ma’naviyatini boyitishga xizmat qiladi. Yurtimizda
yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun amalga oshirilayotgan
islohotlar ham bejizga emas, binobarin, kelajak avlodning kamoloti ilm olish,
bilimli bo‘lish bilan belgilanadi. Yurtimizda kitobxonlik saviyasi oshishiga,
yangidan-yangi sermazmun kitoblar chop etilishiga omil bo‘luvchi muhim
odimdir. Ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yangidan-yangi
nashrdan chiqayotgan sermazmun asarlarni o‘qib borish yoshlarning ongi o‘sishi,
tafakkuri teranlashib, o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lishiga imkon beradi. Yana
shuni alohida e’tirof etish kerakki, prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5
tashabbus bugungi kunda yoshlarni yanada qo‘llab quvvatlovchi muhim omil
bo‘ldi. “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng
targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish” muhim dasturiamal bo‘lmoqda.
Abu Rayhon Beruniyning qarashlarida “...insonga katta sharaf ko‘rsatilgan
– unga aql-zakovat va kuch armug‘on etilgan. Shu sababdan, insonning ma’naviy
qiyofasi uning oldiga qo‘yilgan vazifalarga mos bo‘lishi uchun u yuksak ahloqli,
bilimli, ma’rifatli bo‘lmog‘i darkor...” – deya ta’kidlangan. Ma’rifat, ziyo,
komillikka erishish avvalo mutolaa bilan, ilm-fan sirlarini puxta egallash bilan
qo‘lga kiritiladi. Bu borada eng yaqin ko‘makchi kitobdir. Kitob insoniyat
tomonidan yaratilgan betakror mo‘jizadir.
Kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh
etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq
doʻst. Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga
ega vosita yoʻq. Shu bois azal-azaldan maʼrifat peshvolari, ahli donishlar butun
insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilm-u odob sirlarini oʻrganishga chorlab
kelishgan. Kitob mutolaasi esa kishida shunday chin insoniy fazilatlarni
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
131
shakllantirib, uni hayotda oʻz oʻrnini topishga, jamiyatning chinakam aʼzosiga
aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega. Zero buyuk
bobokalonimiz,
soʻz
mulkining
sultoni
Alisher
Navoiy
hazratlari
taʼkidlaganlaridek, kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga
erishishning eng asosiy manbaidir.
Darhaqiqat, kitob –ulkan moʻjiza, unga boʻlgan mehr- muhabbatimizni
doimo oshirib bormogʻimiz, kelgusida oʻquvchi-yoshlar qaysi kasb-hunarni
egallamasin badiiy kitoblarni mutolaa qilib, ularga koʻp kitob oʻqigan hayotni oson
anglashi va ilmli boʻlishini misollar asosida tushintirib boramiz. Biz yoshlarning
asosiy vazifalardan biri kitobxon qalbida xalqimizning madaniy-maʼrifiy, tarixiy
yodgorliklari, muqaddas qadamjolari, urf-odatlari hamda anʼanalariga eʼtiqod
tuygʻularini shakllantirishga qaratilmogʻi lozim. Koʻp kitob oʻqigan hayotini oson
anglashini eslatmochimisiz. Kitob, kitobxon va kutubxona oʻrtasidagi vosita-zanjir
boʻshashib ketmasligiga erishibgina maʼnaviy barkamol avlodni shakllantirish
mumkin. Kezi kelganda aytish kerakki, hozirgi kunda oʻquvchilarning kitobga
munosabati turlicha. Baʼzi “kitobxon”lar borki, olgan kitobini umuman,
qaytarishni ham oʻylamaydi. Soʻrasangiz: “Shunga shunchami, oʻzi bir kitob
boʻlsa...” deya ensasi qotadi. Bunday koʻngilsiz hollar onda-sonda boʻlsa-da
oʻquvchilar orasida uchrab turadi.
Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti munosabatlari va turli elektron ommaviy
axborot
vositalari
kitobxonni
katta
adabiyotdan
biroz
boʻlsa-da
uzoqlashtirayotgani sir emas. Biroq kitob ulkan moʻjiza ekanligini sho-
girdlarimizga vaqtida anglatib borishimiz zarur. Negaki, koʻp kitob oʻqigan
bolaning fikrlash doirasi keng, zehni oʻtkir boʻlib, hayot sinovlariga bardoshli
boʻladi. Shu bois har birimiz avval farzandimiz, qolaversa, shogirdlarimiz qalbiga
kitobxonlik chirogʻini yoqaylik, toki uning yogʻdusi hamisha yoʻlini yoritib tursin.
Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to‘plab avlodlarga yetkazadi.
Haqiqatdan ham hech bir manbaa kitob kabi inson kamolotini yuksaltira olmaydi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
132
Har bir kitobxon o‘z yosh toifasidan kelib chiqib badiiy asarlar yoki ilmiy asarlarni
o‘qishi, yoritilgan fikrlarni yanada teranroq anglab yetishiga imkon hosil bo‘ladi.
Buning uchun ota- ona, bog‘cha, maktab hamkorligida bolaning qiziqishlari to‘la
qonli o‘rganilishi kerak. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona deganlaridek, farzand
tarbiyasida, ularning ma’naviyatli madaniyatli bo‘lib kamol topishida barcha
birdek mas’ul hisoblanadi. Kitob o‘qishni odat qilmagan oila – ma’naviy qashshoq
oiladir deb bejizga aytishmagan. Shunday ekan faqat ota-ona emas balki kutubxona
hodimlari ham o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishi, kitobxonlarga, ularning
qiziqishlarini inobatga olgan holda kitob to‘g‘ri kitob tanlab berishi kerak bo‘ladi.
Bizning jonajon do‘stimiz bo‘lgan kitobning tarixiga nazar tashlasak, kitob
hozirgi shaklga kelguncha uzoq yo‘lni bosib o‘tgan. Bundan bir necha ming yillar
ilgari qadimgi bobilliklar, ossuriyaliklar va boshqa qadimgi dunyo xalqlari kitob
sifatida sopollardan foydalanganlar. Xitoyda esa dastlabki kitoblar bambuk
daraxtidan qilingan plastinkalarda yozilgan. Keyinchalik Xitoyda shoyiga
yozishni, eramizning I asrida esa, qog‘ozga yozishni ixtiroqilishdi. Qadimgi
madaniyat beshklaridan biri bo‘lgan Misrda dastlabki kitob matnlari tosh
bo‘laklariga o‘yib yozilgan. Sharq xalqlari yuksak madiniyatining namunalaridan
biri “Avesto” kitobi ham, dastlab 12 ming qoramol terisidan ishlangan
pergamentga yozilgan. O‘rta asrlarda pergament yoki papirus varoqlarini to‘rt
buklab, daftar (tetrad, yunoncha “to‘rtlik”) shakliga keltirilgan. Mana shunday
daftarlarning bir nechtasini birlashtiririb yaratilgan kitoblar “Kodeks” deb atalgan.
Kitobning hozirgi shakliga kelishida kodekslar dastlabki qadam bo‘lgan. Milodiy
1-asr oxirida pergament kodlari haqida birinchi eslatmalar paydo bo‘ladi – aslida
sahifalardan iborat kitoblar. Yozuvlardan ustun ustunligiga qaramay, ular faqat
milodiy 3-asrga kelib keng tarqaldi. Har yili dunyoda 755755 ta yangi kitoblar
nashr etiladi. 2017-yilning o‘rtalaridan boshlab hozirgacha dunyo bo‘yicha
134399411ta kitob nashr etilgan. Bu raqamlar shunchaki raqam emas, biz yoshlarni
har tomonlama yetuk inson bo‘lib yetishishimiz uchun qilinayotgan say harakatlar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
133
natijasidir. “Kitob seni hali sen ko‘rmagan dunyoga olib boradi, sen eshitmagan
so‘zlarni aytadi” deydi Geytsen. Darhaqiqat, kitob juda ko‘plab sir-sinoatlarga
boydir. Uning boyliklari hech ado bo‘lmaydi. Kitob insonga qanot bag‘ishlaydi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, kitob eng yaqin do‘stlardan biridir.
Biz savollarga kitoblar orqali javoblar topamiz, kitoblar fikrlash uchun eng muhim
ozuqadir. Kitoblar eng yaxshi intellektual dam olishga va tasavvurlar parvoziga
taklif qiladi. Kitobxonlik – inson tafakkuri, ma’naviy dunyosi va bilim darajasini
oshirishning eng muhim vositalaridan biri. Kitob o‘qish insonni tarbiyalaydi,
dunyoqarashini kengaytiradi va nutqini ravon hamda mazmunli qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 488 b.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy
Majlisga Murojaatnomasi. – “Zarafshon”, 2018-yil 29-dekabr, 155–156-son.
3. Усмонов Ш. Илм даргоҳига бир назар //Oriental Art and Culture. –
2019. – №. IV (1).
4.
5.
6.