https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
123
BUGUNGI KUNDA KUTUBXONALAR VA KITOB
MUTOLAASIGA MUNOSABAT(MUAMMO VA YECHIMLAR)
Muhayyo Shomuradova
Xalqaro innovatsion universitet talabasi
Ilmiy rahbar: Nilufar Xamidova, XIU o‘qituvchisi
Annotatsiya. Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda
hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yoʻli esa bitta – kitob oʻqishdir.
Kitob insonning eng yaxshi do‘sti va maslahatchisi, uning donolik va bilim
manbaidir. Kitob tafakkur quroli, xazina kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun
xalqimiz uni qadrli, obro‘li, muqaddas deb bilgan.
Kalit so‘zlar: kitobxonlik, kitobxonlik darajasi, mutolaa, kitobxon va
kutubxona, kutubxonalar fondi.
Abstract. It is no secret to anyone today that the world can be conquered
only through knowledge. And the only way to deeply master knowledge is to read
books. A book is a person's best friend and advisor, his source of wisdom and
knowledge. Since a book is a tool of thought, a key to a treasure, a source of
thought, our people considered it valuable, prestigious, and sacred.
Keywords: reading, level of reading, reading, reader and library, library
fund.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev jamiyat hayotida ezgu qadriyat va
anʼanalarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning
maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongg-u tafakkuri va dunyoqarashini
yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan
yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
124
kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratib, 2017-yil 13-yanvar
hamda 2017-yil 13-sentyabr kuni “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish
tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda
targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi va
kitobxonlikni targʻib etish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisidagi Qaror va
farmoyishlari joylarda mahalliy hokimliklar har bir shahar va tumanda kitob
savdosiga ixtisoslashgan doʻkonlarni tashkil etish, ularni qoʻllab-quvvatlash
maqsadida
yuridik
shaxs
maqomidagi
tadbirkorlik
subyektlariga
foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini tekin foydalanish uchun berilishini
taʼminlash, ularning moddiy texnik bazasini shakllantirish, va eng asosiysi joylarda
zamonaviy tipdagi kitob doʻkonlari tashkil etish koʻzda tutilgan.
Yaxshi kitobni chiroyli kutubxonada oʻqish — bu, albatta, ideal
uygʻunlikdir. Tarixga nazar solsak, ilk kutubxonalar taxminan eramizdan 2600-
yillar avval paydo boʻlgan ekan. Ammo afsuski, u davrda maʼlumotlarning
barchasini saqlab qoluvchi arxivlar mavjud boʻlmagan va bizgacha ular yetib
kelmagan.
Muhtaram
Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev
mamlakatimizda
yoshlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning bilim olishi, mehnat
qilishi, bilim va qobiliyatini roʻyobga chiqarishi uchun zarur sharoitlarni yaratish
masalalariga jiddiy eʼtibor qaratmoqda. Bu bejiz emas. Chunki, “Yangi
Oʻzbekistonni bunyod etish jarayonida yoshlar – xalqimizning asosiy tayanchi va
suyanchi. Keng koʻlamli islohotlarimizni samarali amalga oshirishda ular hal
qiluvchi kuch boʻlib maydonga chiqmoqda. Aynan zamonaviy bilim olgan, ilgʻor
kasb-hunarlarni, innovatsion texnologiyalarni, xorijiy tillarni puxta egallagan
oʻgʻil-qizlarimiz mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishda yetakchi oʻrin tutadi”
Mamlakatimiz rahbarining kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yaxshilash
toʻgʻrisida kuyunib gapirayotganliklarida oʻziga xos chuqur falsafa bor. Eng
avvalo, kitob insonni yerdan koʻkka koʻtaruvchi, uning maʼnaviy quvvatini
oshiruvchi buyuk, moʻjizakor kuchdir. Qolaversa, kitob insoniyatning tarixiy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
125
xotirasi, oʻz maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin
koʻrsatib berishga qodir mashʼala hisoblanadi. Zero, kitob irodani toblaydi,
boshqaruv mahoratini oshiradi. Bugungi tezkor va zamonaviy sharoitda
intellektual salohiyati yuksak kadrlarni tayyorlashda yoshlarning kitobga
munosabatini yanada yaxshilash, jamiyatimiz uchun yetuk kadrlar tayyorlanadigan
taʼlim maskanlarida mavjud kutubxonalar fondini eng yangi badiiy, ilmiy, sohaga
doir, jumladan, davlat tilidagi kitoblar bilan muntazam ravishda boyitib borish
dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Bu boradagi ishlar albatta bir kun kelib oʻz samarasini beradi albatta. Zotan,
Prezidentimiz, “Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak maʼnaviyatga erishib boʻlmaydi”. –
Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi millat birinchi navbatda oʻzining intellektual
salohiyati, yuksak maʼnaviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai
esa, avvalo, insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda, –
deb taʼkidlaydilar.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, jumladan,
shunday degandi: “... hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega
boʻlgan masala, yaʼni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga
boʻlgan muhabbatini, ularning maʼnaviy immunitetini yana-da oshirishga
qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi”.
“Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson
bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi.
Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi,
hayotga munosabati oʻzgaradi.Zero, kitob — qalb chirogʻi, tafakkur qanoti.
Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib boʻlmaydigan oʻziga xos
yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida moʻjizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan
koʻngil cheksiz zavqqa toʻlgan holda kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida
tengdoshlar bilan fikr almashishning huzur-halovati tamoman oʻzgachadir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
126
Sohibqiron Amir Temur taʼbiri bilan aytganda, “Kitob (bitig) barcha
bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni
yaratuvchi murabbiydir”. Shu maʼnoda, shaklidan qatʼi nazar, barcha kitoblar
milliy oʻzligimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarni targʻib etishga xizmat qilishi
ayni muddao.
Alisher Navoiy hazratlari deydilarki, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va
maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimizda kitob oʻqib, munosib taʼlim-tarbiya olish, ilm-fan bilan
shugʻullanishning ahamiyatiga doir maqollar ham juda koʻp. Jumladan, “Kitobsiz
aql – qanotsiz qush”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirogʻi”, “Ilm baxt
keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Oltin olma,
bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bunday purhikmat naqllarni uzoq davom ettirish
mumkin. Bolalarni kitob oʻqishga qiziqtirishda maktablarning roli beqiyos ekanligi
hech birimizga sir emas.
Kitob insonning eng yaxshi do‘sti va maslahatchisi, uning donolik va bilim
manbaidir. Kitob tafakkur quroli, xazina kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun
xalqimiz uni qadrli, obro‘li, muqaddas deb bilgan. Shu bois kitobga muhabbat,
qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Inson
madaniyati uning kitobida aks ettirilgan. Kitob mutolaasi, asarlar mazmun-
mohiyatini anglash insonni komil, zukko, teran tafakkur sohibiga aylantirishi
shubhasiz.
Kitoblar qalbimizni ilitadi, ko‘nglimizni yoritadi, baxtli va saodatli, nurli
kunlarga boshlaydi. Soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan kitob mutolaasi
muhimligi, yoshlar, rahbarlar orasida bu fazilatni targʻib qilish haqida koʻp bora
taʼkidlanmoqda. Amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy izchil islohotlar
jarayonida
kitobxonlik
madaniyatini
rivojlantirishga
alohida
eʼtibor
qaratilmoqda.Aslida ham, kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini
teranlashtirib, qalbiga eng goʻzal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
127
olamiga yetaklaydigan maʼnaviyat sarchashmasidir. Shuning uchun har doim kitob
oʻqishga ehtiyojimiz bor.Baʼzan odam moddiy manfaatlar, zamon yangiliklari,
internet tizimi ichra kuni va tuni qanday oʻtganini ham bilmay qoladi. Bunday
yashash tarzidan zerikadi. Nimanidir sogʻinganday, izlab topa olmayotganday
boʻlaveradi. Yuragi siqilib, goʻyoki oʻziga sigʻmaydi. Koʻngil bir ogʻiz shirin soʻz,
bir taskin, malham istaydi.Shunday paytda biz, albatta, kitob varaqlashga tushamiz.
Koʻnglimizga yoqqan sheʼrmi, hikoyami – xoh u qatra boʻlsin yoki salmoqli qissa
va romanmi – tuyqus oʻqiy boshlaymiz, oʻqiyveramiz. Nafaqat oʻqiymiz, balki
asardagi voqealar rivojiga kirib ketamiz va oʻsha yerda yashaymiz.Nihoyat koʻngil
orom olib, qalb taskin topganday boʻladi. Shundagina adabiyotning kuchini, uning
zaruratini chuqur his qilamiz. Zero, yaxshi kitob insonning koʻngil koʻzgusini
poklaydi, shirin xayollar surishga, eng asosiysi, odamlarni tushunishga,
kechirishga, ezgulik sari intilib yashashga undaydi.Kitoblar qalbimizni ilitadi,
koʻnglimizni yoritadi, baxtli va saodatli, nurli kunlarga boshlaydi. Dunyoni
faqatgina ilm bilan zabt etish mumkin ekanligi haqidagi asl haqiqat bugun hech
kimga sir emas. Ilmni mustahkam egallashning yoʻli esa bitta, yaʼni – kitob
oʻqish.Mamlakatimizda yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish,
aholining kitobxonlik koʻnikmasini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon
adabiyotining eng yaxshi namunalarini internet tarmoqlariga joylashtirish va keng
targʻib qilish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, kelajak avlod uchun,
bolalar adabiyotini rivojlantirish, oʻquv adabiyotlari va darsliklarning saviyasini
koʻtarish uchun zarur boʻlgan barcha maʼnaviy, huquqiy va moddiy asoslar
yaratildi.