https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
90
MUQADDAS AYOL – MEHRIBON ONA
Farg'ona viloyati Oltiariq tumani 3-ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat
umumta'lim maktabi o’quvchisi
Ahadova Jahona Jahongir qizi
Annotatsiya: Ushbu maqola onalarning hayotimizdagi muqaddas o'rni,
ularning mehribonligi va fidoyiligi haqida hikoya qiladi. Maqolada onalarning
farzandlar tarbiyasidagi o'rni, oila mustahkamligini ta'minlashdagi hissasi,
shuningdek, jamiyatdagi faoliyati va yutuqlari tahlil qilinadi. Maqola onalarning
cheksiz mehr-muhabbati, fidoyiligi va sabr-toqati inson hayotida muhim o'rin
tutishini ta'kidlaydi va ularga bo'lgan chuqur hurmatimizni namoyon etadi.
Kalit so'zlar: Muqaddas ayol, ona, mehribonlik, fidoyilik, tarbiya, oila,
jamiyat, hurmat, minnatdorchilik.
Annotatsiya: This article tells the story of the sacred role of mothers in our
lives, their kindness, and dedication. The article analyzes the role of mothers in
raising children, their contribution to ensuring family stability, as well as their
activities and achievements in society. The article emphasizes that the boundless
love, dedication, and patience of mothers play a crucial role in human life and
demonstrates our deep respect for them.
Kalit so'zlar: Sacred woman, mother, kindness, dedication, upbringing,
family, society, respect, gratitude.
Ona... Bu muqaddas so'z har bir inson uchun qalb tubidagi eng aziz tuyg'ularni
uyg'otadi. Ona - bizni dunyoga keltirgan, tunlari bedor bo'lib tarbiya qilgan,
hayotning har qanday sinovlarida bizga suyanch bo'lgan buyuk zot. Onalarimizning
mehr-muhabbati, fidoyiligi va sabr-toqati inson hayotida bebaho o'rin tutadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
91
Onalar nafaqat farzandlarining jismoniy, balki ruhiy kamolotida ham muhim
rol o'ynaydilar. Ular farzandlariga mehribonlik, rahm-shafqat, sadoqat va
vatanparvarlik
kabi
oliyjanob
fazilatlarni
singdiradilar.
Onalar
oila
mustahkamligining asosi, jamiyatning ustunidir. Ularning faoliyati va yutuqlari
jamiyat taraqqiyotiga katta hissa qo'shadi.
Bugungi kunda onalarga bo'lgan hurmat va e'tibor yanada kuchaymoqda.
Davlatimiz tomonidan onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, onalarning
mehnatini qadrlash va ularga munosib sharoitlar yaratish bo'yicha keng ko'lamli
ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu maqolada biz onalarning hayotimizdagi muqaddas o'rni, ularning
mehribonligi va fidoyiligi haqida hikoya qilamiz. Biz onalarning farzandlar
tarbiyasidagi o'rni, oila mustahkamligini ta'minlashdagi hissasi, shuningdek,
jamiyatdagi faoliyati va yutuqlarini tahlil qilamiz. Maqola onalarning cheksiz
mehr-muhabbati, fidoyiligi va sabr-toqati inson hayotida muhim o'rin tutishini
ta'kidlaydi va ularga bo'lgan chuqur hurmatimizni namoyon etadi.
Ayol kim? Ayol mehribon ona, go‘zal farzand, opa-singil, sadoqatli turmush
o‘rtoqdir. Biz uchun ayol bu- bizning onamiz. Ona murabbiy, shifokor va mehrga
limmo-lim qalbdir. Ona o‘rgatadi, davolaydi, mehr beradi. Farzandi uchun jonini
berishga ham tayyor bo‘ladigan qalqon bu-ona.
Mening onam-mening qahramonim! Mening onam yo‘limni yorituvchi
yo‘lchi yulduzim, o‘zidan mehr iforini taratib turuvchi insonim, hayotim ma‘nosi,
ko‘zlarimning nuri, boshimdagi tojim, gullab, yashnayotgan qalbimning egasi,
dunyolardan bebaho, yagonam.Men har kuni menga shunday ota-ona bergan
Allohga shukronalar aytaman. O‘zimga havasim keladi. "Men ham shunday
qat'iyatli ayol bo‘la olarmikanman",- deb o‘zimga savol beraman. Chunki hayotda
o‘z o‘rniga ega, o‘qimishli, haqiqiy ayol bo‘lish hammaga ham nasib qilavermaydi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
92
Men o‘z onamdan faxrlanaman. Ularning farzandlari bo‘lib dunyoga kelganimdan
faxrlanaman.
Ushbu shiddat bilan rivojlanib kelayotgan ushbu davrda barchamiz ko‘rib
turganimizdek biz ayol va qizlarga juda ko‘plab shart-sharoitlar yaratib
berilmoqda. Men esa bu imkoniyatlardan yurtimiz poydevori bo‘lmish ayol-qizlar
oqilona foydalana olayotganini bemalol ayta olaman. Boisi shundaki har bir
jabhada ularning beqiyos o‘rnini ko‘rishingiz mumkin. Mamlakatimiz ayollarni
qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘qishlari uchun barcha qulayliklarni yaratib berish
g‘oyalarini ilgari surmoqda. Hozirgi kunda ayollarni o‘qishi uchun davlat
tomonidan mablag‘ ajratilyapti. Ishsiz va uysizlarni uy va ish bilan ta‘minlashyapti.
Ularning holidan xabar olinayapti. O‘zlari istagan kasb egalari bo‘lish va hattoki
chet davlatlarida o‘qish va ishlashlari uchun alohida e‘tibor berilyapti.Ayollar ham
Davlatimizga o‘z hissasini qo‘shishmoqda. Bizning mamlakatimizda ayollar va
erkaklarning huquqi teng. Ayollar jamiyatimizda o‘zi xohlagan ish bilan
shug‘ullana oladilar. Davlatning ishonchini oqlay oladilar. Jumladan, Milliy
Gvardiya sohasida ham kundan kunga ayollarning soni ortib bormoqda. Har bir
sohada ularning o‘z o‘rinlari bor.Ayol va qizlarimizning o‘z sohasidagi turli
erishayotgan
yutuqlari
berilgan
imkoniyatlardan
manfaatli
foydalanayotganliklarini isbotlaydi. Ular rivojlansa, butun jamiyat yuksaladi.Ayol
kishi hurmat, mehr va e'tiborga loyiq. Ayol mo‘jiza yaratuvchi muqaddas zot.
Adabiyotlar ro'yxati:
1.
Azizova, M. (2018).
O'zbek ayoli: kecha va bugun
. Toshkent: "O'zbekiston"
nashriyoti.
2.
Bekmurodov, A. (2015).
Oila va jamiyat
. Toshkent: "Fan" nashriyoti.
3.
G'afurova, D. (2019).
O'zbek oilasida ayolning o'rni
. Toshkent: "Sharq"
nashriyoti.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
93
4.
Qodirova, R. (2017).
Oila psixologiyasi
. Toshkent: "Navro'z" nashriyoti.
5.
Umarova, N. (2016).
Oila va huquq
. Toshkent: "Adolat" nashriyoti.
6.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
.
7.
Oila kodeksi
.
8.
O'zbek xalq maqollari va matallari (ona haqida).
9.
Turli ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar.
10.
Internet manbalari.