https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
76
TEXNOLOGIYA VA IJTIMOIY TARMOQLARNING FOYDALI VA
ZARARLI JIHATLARI
Farg'ona viloyati Oltiariq tumani 3-ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat
umumta'lim maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi
OBIDJONOVA KIBRIYOXON G'ULOMJON qizi
Annotatsiya: Ushbu maqola texnologiya va ijtimoiy tarmoqlarning
zamonaviy hayotdagi o'rnini, ularning foydali va zararli jihatlarini tahlil qiladi.
Maqolada texnologiyalarning ta'lim, muloqot, axborot almashinuvi va biznes
sohalaridagi ijobiy ta'siri, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning psixologik, ijtimoiy
va axloqiy muammolarga olib kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlari ko'rib
chiqiladi. Maqola texnologiya va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanishning
ahamiyatini ta'kidlaydi va ularning salbiy ta'sirini kamaytirish bo'yicha tavsiyalar
beradi.
Kalit so'zlar: Texnologiya, ijtimoiy tarmoqlar, internet, axborot, muloqot,
ta'lim, psixologiya, ijtimoiy muammolar, axloq.
Annotatsiya: This article analyzes the role of technology and social networks
in modern life, examining their beneficial and harmful aspects. The article
discusses the positive impact of technology in education, communication,
information exchange, and business, as well as the negative consequences of social
networks that can lead to psychological, social, and ethical problems. The article
emphasizes the importance of responsible use of technology and social networks
and provides recommendations for minimizing their negative impact.
Kalit so'zlar: Technology, social networks, internet, information,
communication, education, psychology, social problems, ethics.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
77
Bugungi kunda texnologiya va internet hayotimizning ajralmas qismiga
aylanib ulgurdi.Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar dunyo bilan aloqada bo'lish
,yangiliklardan xabardor bo'lish va o'z fikrlarini ifodalash uchun qulay maydonga
aylandi. Biroq bu qulayliklar bilan birga , texnologiya noto'g'ri ishlatilganda turli
muammolarga ham sabab bo'lishi mumkin. AXBOROT ALMASHINUVI VA
TA'LIM
Ijtimoiy tarmoqlar orqali foydalanuvchilar turli fanlar bo'yicha bilim olishlari
,dars materiallari va video darsliklar bilan tanishishlari mumkin.Masalan, ,,You
Tube, Coursera ,Udemy, Ustoz Ai" kabi platformalar minglab bepul VA pullik
kurslarni taqdim etadi.
MULOQOT VA DO'STLIK
Ijtimoiy tarmoqlar uzoqdagi do'stlar va oila a'zolari bilan bog'lanish uchun
katta imkoniyat yaratadi . Misol tariqasida aytishim mumkin-ki , "Facebook va
Instagram" orqali odamlar dunyoning istalgan nuqtasidan bir -biri bilan
suhbatlashishlari mumkin.
MARKETING VA BIZNES
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar kichik bizneslar uchun ham muhim
platformalar aylandi.Misol uchun, "Instagram" va "Tik Tok" orqali mahsulotlarni
reklama qilish, mijozlar bilan muloqot o'rnatish mumkin . Ko'plab brendlar
ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib, o'z mijozlarini jalb qilishmoqda. Ayniqsa bu
,ayol VA yosh qizlar uchun katta imkoniyat .Chunki ko'plab qizlar o'z iste'dodlarini
namoyon qilib, qo'l mehnati mahsulotlari (bujiteriya, kiyim-kechak, pishiriqlar)
yoki xizmatlarini ijtimoiy tarmoqlarda namoyon qilish orqali mustaqil daromad
topishlari mumkin.
VAQTNI SAMARASIZ SARFLASH
Ko'pchilik foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda ortiqcha vaqt o'tkazib,o'qish
yoki ish bilan shug'ullanish o'rniga vaqti behuda ketmoqda.Olimlarning fikriga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
78
ko'ra , odamlar o'rtacha ikki-uch soatini ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazadilar . Ijtimoiy
tarmoqlardagi mukammal hayot tarzi ko'plab yoshlarning o'ziga bo'lgan ishonchini
pasaytirishi mumkin. "Instagram"da faqat chiroyli suratlarni ko'rish natijasida
ayrim insonlar o'zlarini boshqalar bilan solishtirib,tushkunlikka tushishlari
mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda o'n olti-yigirma to'rt yoshdagi ayollar eng ko'p vaqt
o'tkazsa, 55-64 yoshdagi erkaklar eng kam faollik ko'rsatmoqda.O'rtacha ijtimoiy
tarmoq foydalanuvchisi yettita platformaga ulangan, ularning eng ommaboplari:
"Whats App, Instagram va Facebook hisoblanadi.O'zbekiston aholisining 70%
qismi internet foydalanuvchisi, 18,3% qismi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi.
Ijtimoiy tarmoqlar zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga aylangan bo'lsa-da,
ulardan oqilona foydalanish kerak. Har bir inson ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanishda VAQTNI to'g'ri taqsimlashi shart. Texnologiya bizga xizmat qilishi
kerak ,biz esa ularning quliga aylanmasligimiz lozim.
Xulosa
Texnologiya va ijtimoiy tarmoqlar zamonaviy hayotning ajralmas qismiga
aylandi. Ular bizga katta imkoniyatlar yaratadi, ammo ulardan noto'g'ri foydalanish
salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun texnologiya va ijtimoiy
tarmoqlardan oqilona foydalanishni o'rganishimiz, ularning salbiy ta'sirini
kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rishimiz zarur. Ota-onalar, o'qituvchilar va
jamiyatning barcha a'zolari yoshlarni texnologiya va ijtimoiy tarmoqlardan to'g'ri
foydalanishga o'rgatishlari kerak.
Adabiyotlar ro'yxati:
1.
Karimov, I. A. (1996).
O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik
shartlari
va
taraqqiyot
kafolatlari
.
Toshkent:
"O'zbekiston"
1
nashriyoti.
2.
Castells, M. (2000).
The Rise of the Network Society
. Blackwell Publishers.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-2_ Март-2025
79
3.
Turkle, S. (2011).
Alone Together: Why We Expect More from Technology and
Less from Each Other
. Basic Books.
4.
Prensky, M. (2001).
Digital Natives, Digital Immigrants
. On the Horizon, 9(5).
5.
Turli ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar.
6.
Internet manbalari.