https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
326
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI INKLYUZIV
TA’LIMDA QULAY SHAROIT YARATISH ORQALI, ULARNING
IJTIMOIY INTEGRATSIYASINI SAMARALI TA’MINLASH
Mamaraximova Zamira Atadjonovna
Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun, ixtisoslashtirilgan maxsus
texnikum maxsus fan o’qituvchisi
.
Annotatsiya: Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv
ta’lim tizimida qulay sharoit yaratish orqali, ularning ijtimoiy integratsiyasi va
intellektual rivojlanishini samarali ta’minlash masalasi o’rganildi.
Kalit so‘zlar: Inklyuziv ta’lim, ijtimoiy integratsiya, defektolog, psixologik
qo‘llab quvvatlash, maxsus dasturlar, malakali pedagoglar.
KIRISH
Jamiyat taraqqiyoti har bir fuqaroga teng huquq va imkoniyatlar yaratish bilan
chambarchas bog‘liq. Ta’lim sohasida imkoniyati cheklangan bolalarning
huquqlarini ta’minlash va ularni imkoniyati cheklangan shaxslar uchun,
ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumiga jalb qilish muhim vazifalardan biridir.
Bunday bolalar nafaqat ta’lim olishga, balki jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lishga
haqlidirlar. Bugungi kunda dunyo miqyosida inklyuziv ta’lim tamoyillari
rivojlanib bormoqda. Inklyuziv ta’lim – bu imkoniyati cheklangan bolalarga
sog‘lom bolalar bilan bir xil sharoitda ta’lim olish huquqini beruvchi tizimdir.
MUHOKAMA
Bu yondashuv bolalarning ijtimoiy moslashuvi, o‘z imkoniyatlarini to‘liq
namoyon etishi va kelajakda mustaqil hayot kechirishi uchun muhim ahamiyatga
ega. Shu sababli, ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’limga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
327
jalb qilish jarayoni, mavjud muammolar, ularning ta’lim olishidagi ahamiyati va
ushbu sohada samarali yechimlar muhokama qilinadi.
Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim tizimiga jalb qilish muammolari
Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim tashkilotlariga jalb qilishda bir qator
muammolar mavjud bo‘lib, ular quyidagi asosiy omillar bilan bog‘liq:
•
Ko‘pgina ta’lim tashkilotlari imkoniyati cheklangan bolalar uchun
moslashtirilmagan. Masalan, nogironlar aravachalarida harakatlanadigan
bolalar uchun liftlar yo‘qligi ularning maktab ichida erkin harakatlanishiga
to‘sqinlik qiladi. Ko‘zi ojiz yoki eshitish qobiliyati past bo‘lgan bolalar
uchun maxsus texnik jihozlarning yetishmovchiligi ham muhim
muammolardan biri hisoblanadi.
•
Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash uchun, maxsus
tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilar va defektologlar yetarli emas.
Ko‘pchilik o‘qituvchilar inklyuziv ta’lim metodikalarini bilmaydi, bu esa
o‘quv jarayonining sifatiga ta’sir qiladi.
•
Ba’zi ota-onalar va jamiyat a’zolari imkoniyati cheklangan
bolalarni ta’lim tashkilotlarida o‘qitishga qarshi bo‘lib, ularni maxsus
internat yoki uyda o‘qitish lozim deb hisoblaydilar. Bu noto‘g‘ri qarashlar
bolalarning ijtimoiy hayotdan chetda qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
•
Ko‘plab ota-onalar inklyuziv ta’limning afzalliklarini yetarlicha
tushunmaydi. Ba’zan ular farzandlarining ta’lim tashkilotlarda o‘qishiga
ishonchsizlik bilan qaraydi yoki qo‘rqadi.
Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilishning
ahamiyati
Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limga
jalb qilinganda nafaqat
ular, balki butun jamiyat bundan manfaat ko‘radi. Quyida inklyuziv ta’limning
muhim jihatlari keltirilgan:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
328
•
Har bir bola ta’lim olish huquqiga ega. Imkoniyati cheklangan
bolalar uchun ham ta’lim olish sharoitini yaratish ularning bilim va
ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon beradi.
•
Imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv ta’lim muassasalarida
o‘qiganida, ular o‘z tengdoshlari bilan muloqot qilishni o‘rganadi. Bu ularga
kelajakda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish imkoniyatini beradi.
•
inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim olish, bolalarga mustaqil bo‘lish,
o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon etish va jamiyatda o‘z o‘rnini topish
imkonini beradi.
Sifatli ta’lim olgan imkoniyati cheklangan bolalar kelajakda kasb-hunar
egallash va ish topish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu ularning iqtisodiy
mustaqilligini ta’minlaydi. Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim
tizimiga jalb qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:
•
Maktablarda liftlar, maxsus jihozlangan sinflar, eshitish va ko‘rish
imkoniyatlarini yaxshilovchi texnologiyalar joriy etilishi lozim.
•
Nogiron bolalar uchun maxsus darslik va ta’lim vositalari ishlab
chiqilishi kerak.
•
Pedagoglar uchun maxsus kurslar va treninglar tashkil etish.
•
Defektolog va psixologlarni maktab tizimiga jalb qilish.
•
Ota-onalar va jamiyat a’zolari uchun inklyuziv ta’limning
ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borish.
•
Nogiron bolalarga nisbatan noto‘g‘ri qarashlarni kamaytirish uchun
ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot olib borish.
Davlat tomonidan inklyuziv ta’lim bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab
chiqish.Xalqaro va nodavlat tashkilotlar yordamida grantlar va loyihalar amalga
oshirish. Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimiga jalb qilish
jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Bu nafaqat inson huquqlari
masalasi, balki ijtimoiy barqarorlik va rivojlanish uchun zarur shartlardan biridir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
329
Ushbu yo‘nalishda infratuzilmani rivojlantirish, malakali pedagoglarni tayyorlash,
jamiyat ongini oshirish va davlat hamda nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik
qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar bular amalga oshirilsa, imkoniyati
cheklangan bolalar ham to‘laqonli ta’lim olib, kelajakda jamiyatning faol a’zosiga
aylanishlari mumkin.
XULOSA
Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv tizimiga jalb qilish – bu nafaqat
ijtimoiy adolatni ta’minlash, balki jamiyatning har tomonlama rivojlanishiga
xizmat qiluvchi muhim jarayondir. Ta’lim – har bir insonning asosiy huquqlaridan
biri bo‘lib, imkoniyati cheklangan bolalar ham undan teng foydalanishi lozim.
Maqolada ko‘rib chiqilganidek, imkoniyati cheklangan bolalar uchun
inklyuziv ta’limda qulay sharoit yaratish orqali, ularning ijtimoiy integratsiyasi va
intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash mumkin. Biroq, bu jarayonda turli
muammolar, jumladan, ta’lim infratuzilmasining yetarli emasligi, malakali
pedagoglarning kamligi, ota-onalar va jamiyatning xabardorlik darajasi pastligi
mavjud. Ushbu muammolarni hal qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga
oshirish lozim:
Inklyuziv ta’lim tizimi infratuzilmasini moslashtirish – imkoniyati
cheklangan bolalar uchun liftlar, maxsus jixozlangan sinflar va texnologik
vositalar bilan ta’minlash.
Pedagogik kadrlarni tayyorlash – inklyuziv ta’lim metodikasiga ega malakali
o‘qituvchilar va defektologlarni ko‘paytirish.
Jamiyat ongi va madaniyatini oshirish – inklyuziv ta’limning afzalliklari
haqida keng targ‘ibot ishlari olib borish.
Huquqiy-me’yoriy asoslarni mustahkamlash – davlat darajasida inklyuziv
ta’limni qo‘llab-quvvatlovchi qonun va dasturlarni takomillashtirish.
Agar ushbu chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilsa, imkoniyati
cheklangan bolalar o‘z tengdoshlari bilan bir xilda sifatli ta’lim olish imkoniyatiga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
330
ega bo‘ladilar. Bu esa ularning kelajakda jamiyatda to‘laqonli ishtirok etishini,
iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lishini va o‘z hayotini boshqarish imkoniyatiga ega
bo‘lishini ta’minlaydi. Shu bois inklyuziv ta’limni rivojlantirish – butun
jamiyatning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
:
1. Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O’quvchilarni tarbiyashda
ijtimoiy fanlarni o’qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION
SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.
2. Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda oʼqituvchi oʼzida kompetentlik
sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования: проблема
и решение, 1(1), 64–67.
3. Ҳайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ
АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.
4. Xайдаров C. (2024). Spiritual influence on child education in families.
Web of Teachers: Inderscience Research. 2 (11). 203-205.
5. Xайдаров C. (2025). Oилаларда фарзанд тарбиясига руҳий таъсир
ўтказиш. Modern Education and Development. 3 (17). 23-27.
6. Khaydarov S.A. (2025). The role of the use of fine arts in teaching the
history of the country. Modern Education and Development. 3 (17). 28-33.