https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
162
INKLYUZIV TA’LIM TASHKIL ETILGAN O‘QUV MUASSASALARDA
MAXSUS TARBIYAGA MUHTOJ BOLALAR MULOQOTINING PERSEPTIV
TOMONI
Mamaraximova Zamira Atadjonovna
Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun, ixtisoslashtirilgan maxsus
texnikum maxsus fan o’qituvchisi.
Annotatsiya:Maqolada inklyuziv ta’lim tashkil etilgan o‘quv muassasalarda
maxsus tarbiyaga muhtoj bolalar muloqotining perseptiv tomoni va ta’lim
muassasalarida inklyuziv ta’limning pedagogik-psixologik tahlili yoritildi.
Kalit so’zlar: inklyuziv ta’lim, bolalar, muloqot, idrok qilish, “ijtimoiy
persepsiya”, xulq-atvor, identifikasiya, atama
.
KIRISH
Аннотация: В статье рассматривается перцептивный аспект общения
детей с особыми потребностями в образовательных организациях, где
организовано инклюзивное образование, а также проводится педагогический и
психологический анализ инклюзивного образования в образовательных
организациях.
Ключевые слова: инклюзивное образование, дети, коммуникация,
восприятие, «социальное восприятие», поведение, идентификация, термин.
Abstract: The article discusses the perceptual aspect of communication of children
with special needs in educational institutions where inclusive education is organized,
and the pedagogical and psychological analysis of inclusive education in educational
institutions.
Keywords: inclusive education, children, communication, perception, "social
perception", behavior, identification, term.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
163
KIRISH
Muloqot jarayonida bolalarning o‘rtasida bir-birini tushunish, bir-biriga
yordam berish, hurmat qilish kabi xislatlari ochib beriladi. Masalan, bolalar o‘zaro bir-
birini turlicha talqin qilishi mumkin: o‘zaro ta’sirga kirishuvchi sherigining maqsadi,
orzulari va holatini tushunishi yoki nafaqat tushunishi, balki qabul qilishi ham
ehtimoldan holi emas. Biroq ikkala holda ham kishining kishi tomonidan idrok etilish
jarayoni muloqotning majburiy tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Idrok etish.
Muloqotga xos ushbu tomonning mazmunini ochib berishdan avval, qo‘llanilayotgan
atamalarni aniqlab olish lozim. Ko‘pincha kishining kishi tomonidan idrok etilishi
“ijtimoiy persepsiya” sifatida qaraladi. “Ijtimoiy persepsiya” atamasi birinchi marta
1947-yilda Dj.Bruner tomonidan idrokka yangicha nigoh (New Loor) sifatida
qo‘llanilgan. Ijtimoiy persepsiya deganda, ijtimoiy obyektlar – boshqa odamlar, ijtimoiy
guruhlar katta ijtimoiy birlashmalarning idrok qilish jarayoni tushunila boshlandi.
Ijtimoiy psixologik adabiyotlarda ushbu atama aynan mana shu mazmunda qo‘llaniladi.
Shu tufayli insonning inson tomonidan idrok etilishi ijtimoiy persepsiya sohasiga
tegishli bo‘lgani bilan uni to‘la qamrab olmaydi. Ijtimoiy persepsiya jarayonlarini to‘la
hajmda tasavvur qiladigan bo‘lsak, murakkab va ko‘p tarmoqli sxema yuzaga keladi. U
nafaqat obyekt, balki idrok subyektining ham turli variantlarini o‘z ichiga oladi. Idrok
subyekti sifatida individ tushuniladigan bo‘lsa, unda u o‘z guruhiga taalluqli bo‘lgan
boshqa individni, “begona” guruhni idrok etishi mumkin. G.M.Andreyeva fikricha,
umuman ijtimoiy persepsiya haqida emas, balki shaxslararo persepsiya yoki shaxslararo
idrok haqida gapirish maqsadga muvofiqdir. Rus psixologi A.A.Bodalyov, o‘z
tadqiqotlarida “boshqa kishini idrok etish” sinonimi sifatida “boshqa kishini anglash”
ifodasini qo‘llaydi. Atamani bunday keng ma’noda tushunish boshqa odamni idrok
qilishning o‘ziga xos tomonlari bilan bog‘liq. Chunki boshqa kishini idrok etish
bolaning jismoniy holatlarini emas, xulq-atvorini o‘rganib uni tavsiflashni bildiradi.
Muloqot jarayonida inson shaxs sifatida namoyon bo‘lganligi sababli boshqa inson,
muloqotdagi sherigi tomonidan ham shaxs sifatida idrok etiladi. S.L.Rubinshteynning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
164
ta’kidlashicha, xulq-atvorning tashqi ko‘rinishi asosida biz go‘yoki boshqa kishini
“o‘qiymiz”, uning xulq-atvori mazmunini tushunamiz. Bunda yuzaga keladigan
taassurotlar muloqot jarayonida boshqaruvchilik jarayonini bajaradi. Birinchidan,
boshqa kishini bilishga harakat qilish jarayonida shu individning o‘zi shakllanadi.
Ikkinchidan, u bilan birgalikda qilinadigan harakatlarni tashkil etish muvaffaqiyati
boshqa kishini “o‘qish”ning aniqligiga bog‘liq bo‘ladi. Inson haqidagi tasavvurlarning
hosil bo‘lishi o‘z- o‘zini anglash darajasi bilan uzviy bog‘langan. Bunda ikki yoqlama
aloqani ko‘rish mumkin: bir tomondan, o‘zi haqidagi tasavvurlarning boyligi boshqa
kishi haqidagi tasavvurlarning boyligini belgilasa, ikkinchi tomondan, boshqa kishi
o‘zini qanchalik namoyon qilsa, insonning o‘zi haqidagi tasavvurlari ham shunchalik
to‘liq bo‘ladi. A.V.Petrovskiy fikriga ko‘ra, muloqot ishtirokchilari o‘z ongida bir-
birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga, his-tuyg‘ularini, xulq-atvorining sabablarini,
ahamiyatga molik obyektlarga nisbatan munosabatlarini fahmlab yetishga harakat
qiladilar. Boshqa kishining ichki dunyosini qayta tiklash juda murakkab jarayon bo‘lib,
subyektga boshqa odamlarining faqat tashqi qiyofasi, ularning fe’l-atvori va xatti-
harakatlari ular qo‘llaydigan kommunikativ vositalargina bevosita namoyon etiladi va u
ana shu ma’lumotlarga tayangan holda subyekt o‘zi bilan muloqotga kirishgan
odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, o‘y-fikrlari, niyatlari va
shu kabilar haqida xulosa qila olish uchun muayyan ishni bajarishga to‘g‘ri keladi.
S.A.Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik hayotda, odamlar bilan
munosabatga kirishar ekanmiz, biz ularning xulq-atvoriga qarab mo‘ljal olamiz. Negaki,
biz ularning tashqi ma’lumotlari mohiyatini go‘yo “uqib”, ya’ni “mag‘zini chaqib”
olamiz va shu yo‘sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati
mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz”. Bunday “o‘qish” naridan beri, tez yuz beradi.
Chunki, tevarak atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan darajada ularning
fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil
bo‘ladi. Muloqot jarayonida kam deganda ikki kishi jalb etilgan bo‘ladi va ularning har
biri faol subyekt hisoblanadi. Shunday ekan, o‘zini boshqa kishi bilan taqqoslash ikki
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
165
tomondan amalga oshiriladi: sheriklardan biri o‘zini ikkinchisiga o‘zini unga o‘xshatadi.
Demak, o‘zaro ta’sir strategiyasini qurishda muloqot ishtirokchilarining har biri nafaqat
sheriklarning ehtiyojlarini hisobga olishlari, balki ularni qanday tushunishlarini
bilishlari ham muhimdir. Bularning barchasi shunday xulosaga olib keladiki, o‘zini
anglash boshqa kishi orqali tahlil qilish identifikasiya va refleksiyani o‘z ichiga oladi.
“Identifikasiya” atamasi o‘zini boshqa kishiga o‘xshatish ma’nosini anglatadi.
Identifikasiya – bu kishining o‘zini kishiga, guruhga, namunaga o‘xshatishdir.
Identifikasiya boshqa kishilarning his-tuyg‘ularini, kechinmalarini tushunishga yordam
beradi. Inson o‘zaro birgalikda harakat vaziyatlarida boshqa kishini o‘zining o‘rniga
qo‘yib ko‘rishga uringan holda, uning ichki holati, niyatlari, o‘y-fikrlari, mayllari va his-
tuyg‘ulari haqida taxmin qiladi. Bu o‘zaro bir-birini tushunishga erishishning yagona
usuli bo‘lmasa-da, real vaziyatlarda o‘zaro ta’sir jarayonida kishilar bu usuldan
foydalanadilar. Bunda identifikasiya boshqa kishini anglash va tushunishning
mexanizmlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Identifikasiya jarayoni va uning
muloqotdagi rolini aniqlashga bag‘ishlangan eksperimental tadqiqotlar o‘tkazilgan
bo‘lib, bu tadqiqotlar natijasida indentifikasiya bilan uning mazmuniga yaqin bo‘lgan
empatiya o‘rtasida uzviy aloqa mavjudligi aniqlangan. Empatiya ham boshqa kishini
tushunish usullaridan biri sifatida qaraladi. Faqat bu yerda boshqa kishiga tegishli
bo‘lgan muammolarni ratsional tarzda fikrlash emas, ko‘proq uning muammolariga
emotsional hamdardlik bildirish ko‘zda tutiladi. Demak, empatiya boshqa kishini chuqur
idrok etishdir. Ammo subyektga munosabat boshqa kishini faqat undan o‘zini
chetlashtirgan holda, tashqaridan turib tushunish emas, balki o‘zi bilan muloqotga
kirishgan individning uni qanday qabul qilishi, uning o‘zini qay tarzda idrok etishi va
tushunishi ham muhim ahamiyatga egadir. Subyektning u bilan munosabatga kirishgan
sherigi tomonidan qay tarzda idrok etilishini anglab yetishi, degan ma’noni bildiradi.
Shunday qilib, kishining kishi tomonidan idrok etilishini ko‘zgudagi qo‘shaloq aksga
o‘xshatish mumkin. Kishi boshqa birovni o‘ziga idrok etar ekan, o‘sha kishi qiyofasida
o‘zini ham aks ettiradi. Refleksiya identifikasiyaga o‘xshab, boshqa kishining ichki
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
166
holatiga kira olish, uning niyatlari, motiv, fikr, hissiyotlarini bila olishga imkon beruvchi
mexanizm hisoblanadi. Kundalik hayotimizda identifikasiya va refleksiya ongsizlik
darajasida amalga oshiriladi. Inson boshqa kishiga o‘zining motiv va xulq-atvorini
ko‘chirish mumkin. Bu holda xatoga yo‘l qo‘yish, ya’ni boshqa kishini ortiqcha
baholash yoki yetarlicha baho bermaslik ham mumkin. Agar har bir kishi o‘zi
munosabatga erishgan odamlar to‘g‘risida doim to‘liq, ilmiy asoslangan axborotga ega
bo‘lganida ular bilan bo‘ladigan o‘zaro harakat taktikasini bexato va uni aniq axborotga
ega bo‘lavermaydi, bu esa ularning qilgan ishlari va xatti-harakatlarining sabablarini,
histuyg‘ularini, niyatlarini, o‘y-fikrlarni va xulq-atvor motivlarini boshqa kishiga
to‘nkash yo‘li bilan tushuntiradi. Bu ijtimoiy psixologiyada kauzal atrabatsiya deb
ataladi. Kauzal atrabatsiya ko‘pincha anglanilmagan holda yo boshqa kishiga o‘xshatish
negizida, ya’ni subyektning o‘zi xuddi shunday vaziyatda u payqashi mumkin, deb
hisoblaydigan motivlar yoki his-tuyg‘ularining boshqa birovga xosligi ta’kidalangan
paytda, muloqotga kirishgan sherikni o‘zlariga nisbatan ba’zi bir qolipdagi tasavvurlar
hosil bo‘ladigan shaxslarning muayyan toifasiga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
XULOSA
Maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning ahamiyati shundaki, imkoniyati
cheklangan o’quvchilarni ilk yoshlaridanoq sifatli ta’lim olishini ta’minlagan holda
bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va haraktlarini rivojlantirishdir. Nuqsoni bor
tarbiyalanuvchilarni har tomonlama tarbiyash orqali ularni ona-Vatanga, tabiatga
nisbatan go’zallikni his etishga, tafakkurini rivojlantirishga, bolalarning talab-
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
O‘zaro bir-birini tushunish mexanizmlaridan yana biri - stereotiplashtirish.
Steriotiplashtirish xulq-atvor shakllarini tasniflash va ularning sabablarini avval ma’lum
bo‘lgan, ya’ni ijtimoiy stereotipga javob beruvchi holatlarga kiritish orqali tahlil
qilishdir. Bu stereotip - inson tamg‘a (shtamp) sifatida foydalanadigan obraz.
Stereotiplashtirish shaxslararo idrok subyektining shaxsiy tajribasini umumlashtirish
natijasi sifatida shakllanishi mumkin. Demak, shaxslararo persepsiya jarayoni murakkab
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
167
tabiatga ega bo‘lib, insonni inson tomonidan idrok etishning aniqligi muammosini
sinchiklab tadqiq qilishini taqozo etadi.
ADABIYOTLAR
1. “Inklyuziv ta’lim” - o‘quv uslubiy qo‘llanma. Toshkent 2019.
2. “Inklyuziv ta’lim asoslari” -o‘quv uslubiy qo‘llanma.Urganch 2020.
3. Буторина, О. Г. Об опыте воспитания и обучения детей с ограниченными
возможностями здоровья / О. Г. Буторина // Воспитание школьников, 2010.
4. Инклюзивная практика в дошкольном образовании. Современный
образовательный стандарт / Т. В. Волосовец, А. М. Казьмин, В. Н. Ярыгин. – М.:
Мозаика-Синтез, 2011. – 144 с.
5. D.S.Qaxarova “ Inklyuziv ta’lim texnologiyasi” o‘quv va metodik qo‘llanma
2014-yil .
6. R.Sh. Shomaxmudova ,, Maxsus va inklyuziv ta’lim xalqaro va milliy
tajribalar’’-o‘quv uslubiy qo‘lanma.Toshkent 2011.