Авторы

  • Vohidova Ruxshona Baxtiyor qizi
  • Narbayev Azamat Baxramovich

Биографии авторов

  • Vohidova Ruxshona Baxtiyor qizi

    Termiz davlat universiteti Astronomiya ta’lim yo’nalishi  1-kurs talabasi

  • Narbayev Azamat Baxramovich

    Termiz davlat universiteti Umumiy fizika kafedrasi mudiri (PhD), ilmiy rahbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99988

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Virtual ko’zoynaklar linzalar smartfon audio tizim animatsiya film va 3600 li videolar.

Аннотация

Annotatsiya: Bugungi kunda Astronomiya fanini o’qitishda o’quvchilarni tasavvur qilish qobilyatlarini rivojlantirish alohida ahamiyati kasb etadi. Bunda hammamizga ma’lumki o’quvchilar aytib o’tilgan nazariy ma’lumotlarni va hodisalarni amalda ko’rsalar, ularda shu  hodisa tasavvurlari yanada to’liqroq bo’lishi mumkin. Biz bu maqolada o’quvchilarning  virtual ko’zoynaklar tarixi, ish printsiplari va foydalaniladigan sohalari kelajakdagi istiqbollarini bilish va virtual ko’zoynaklar haqidagi tasavvurlarini shakllantirish uchun virtual ko’zoynak yasash va undan foydalanish metodikasi haqida ma’lumot berib o’tamiz.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

175

VIRTUAL KO’ZOYNAK YASASH VA UNDAN FOYDALANISH

METODIKASI

Vohidova Ruxshona Baxtiyor qizi

Termiz davlat universiteti Astronomiya ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi

Narbayev Azamat Baxramovich

Termiz davlat universiteti Umumiy fizika kafedrasi mudiri (PhD), ilmiy rahbar

Annotatsiya: Bugungi kunda Astronomiya fanini o’qitishda o’quvchilarni

tasavvur qilish qobilyatlarini rivojlantirish alohida ahamiyati kasb etadi. Bunda

hammamizga ma’lumki o’quvchilar aytib o’tilgan nazariy ma’lumotlarni va

hodisalarni amalda ko’rsalar, ularda shu hodisa tasavvurlari yanada to’liqroq

bo’lishi mumkin. Biz bu maqolada o’quvchilarning virtual ko’zoynaklar tarixi, ish

printsiplari va foydalaniladigan sohalari kelajakdagi istiqbollarini bilish va virtual

ko’zoynaklar haqidagi tasavvurlarini shakllantirish uchun virtual ko’zoynak

yasash va undan foydalanish metodikasi haqida ma’lumot berib o’tamiz.

Kalit so’zlar: Virtual ko’zoynaklar, linzalar, smartfon, audio tizim,

animatsiya, film va 360

0

li videolar.

Virtual ko’zoynaklar -insonning ko’z oldida sun’iy vizual tasvir yaratadigan

qurilmalar bo’lib ular VR (Virtual Realitiy) yoki AR(Augmented Reality)

texnologiyalariga

asoslanadi.

VR

(Virtual

Reality)

ko’zoynaklar

-

foydalanuvchining to’liq sun’iy muhitga olib kiradi ( masalan, Meta Quest, HTC

Vive, Playstation VR). AR (Augmented Reality) ko’zoynaklar - real dunyoga

qo’shimcha raqamli obyektlar qo’shadi (masalan, Microsoft Holo Lens, Google

Glas). Astronomiya, Biologiya, Kimyo, Fizika va boshqa tabiiy fanlarni o’qitishda


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

176

ushbu VR ko’zoynaklari talabalar va o’quvchilarning hodisalarni tassavvur qilish

qobiliyatlarini rivojlantirishga yordanm beradi.

Virtual ko’zoynaklarning kelajagi. Kelajakda virtual ko’zoynaklar sun’iy

intellekt va masofaviy teleskoplar bilan birlashib, koinotni o’rganish uchun yanada

kuchli vositaga aylanishi kutilmoqda. Texnologiya rivojlanishi bilan tenglashib,

astronomiya sohasida yangi kashfiyotlar qilishga yo’l ochadi.

Virtual ko’zoynaklar qo’llanilishi. O’yinlar va ko’ngilochar kontentlar(VR

o’yinlar, filimlar, tibbiyot va jarrohlik mashg’ulotlari, muhandislik va dizayn)

sifatida turli sohalarda qo’llanilishi mumkin. Ta’lim jarayoni asosan virtual

laborotoriyalar, tarixiy va kosmosga sayohatlar, obyektlarning harakatini

o’rganish va hk. sohalarda qo’llanilishi mumkin.

Ba’zi bir chekka maktablarda virtual ko’zoynaklar mavjud bo’lmasligi mumkin.

Ushbu hollarda o’quvchilarning koinot haqida tasavvurlari to’liq bo’lmaydi. Biz

quyida har bir o’qituvchi va o’quvchi o’z qo’li bilan virtual ko’zoynak yasash

mumkinligini ko’rsatib o’tamiz.

Buning uchun linza, yelim, elastik tasma, penoplast (po’kak) kerak bo’ladi.

1-rasm:Virtual ko’zoynak yasash uchun kerakli asboblar


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

177

Ishni boshlashda bizga asosiy po’kakni uzunligi 20 sm balandligi 11 sm qilib

to’rtburchak qilib kesib olamiz. Kesib olingandan so’ng linzaga moslab aylana

shaklda teshiklar ochamiz va unga linzalarni joylashtiramiz (2-rasm) hamda burun

joylashishi uchun joyni ham kesib olamiz.

2-rasm: Penoplastga linzalarni joylashtirish

Huddi shunday o’lchamda yana 2 ta po’kak kesib olamiz. So’ngra kesib olingan

3 ta po’kakni yelim yordamida birlashtiramiz. Asosiy smartfon solinadigan joyini

linzaning tiniqlashtirishi va kattalashtirishiga moslab olamiz hamda to’g’rilab

kesib olib yasalgan ko’zoynagimizga yelim yordamida yopishtiramiz. atroflarini

bezaklar yordamida o’rab chiqamiz. Oxirgi qiladigan ishimiz elastik tasmani

boshimizga moslab ko’zoynagimizga joylashtiramiz. Virtual ko’zoynagimiz tayyor

bo’ladi (3-rasm).

Shuni esda tutish joizki, bu ko’zoynaklardan juda ko’p vaqt va uzluksiz

foydalanish tavsiya etilmaydi. Qisqa filmlarni tomosha qilish maqsadga

muvofiq.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

178

3-rasm:Virtual ko’zoynagimiz tayyor.

Ishlatish usuli Youtube platformasidan bir VR videoni qidirib topamiz undan

vr funksiyasini yoqamiz va ko’zoynagimizga smartfonni joylashtiramiz. Bu

jarayondan so’ng ko’zoynak ishlashni boshlaydi.

Virtual ko‘zoynaklar zamonaviy texnologiyalarning muhim yutuqlaridan biri

bo‘lib, foydalanuvchilarga virtual yoki aralash reallikni boshdan kechirish

imkonini beradi. Ular o‘yin-kulgi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, dizayn va biznes kabi

sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Garchi yuqori narx va ba’zi noqulayliklar mavjud

bo‘lsa ham, ushbu texnologiya kelajakda yanada rivojlanib, hayotimizning turli

jabhalarida yanada samarali qo‘llanilishi kutilmoqda.

Virtual ko‘zoynaklar

qiziqarli va foydali bo‘lishiga qaramay, ularni me’yorida va to‘g‘ri foydalanish

muhim. Oraliq tanaffuslar qilish, maxsus himoya ko‘zoynaklari ishlatish va xavfsiz

muhitda foydalanish sog‘liq muammolarining oldini olishga yordam beradi.

ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.Sherman, W. R., & Craig, A. B. (2018).

Understanding Virtual Reality: Interface,

Application, and Design

. Morgan Kaufmann.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

179

2.Jerald, J. (2015).

The VR Book: Human-Centered Design for Virtual Reality

.

ACM Books.

3. Lanier, J. (2017).

Dawn of the New Everything: Encounters with Reality and

Virtual Reality

. Henry Holt and Company.

4. LaValle, S. M. (2021).

Virtual Reality: Principles and Practice

. Cambridge

University Press.

5. Slater, M., & Sanchez-Vives, M. V. (2016).

Enhancing Our Lives with

Immersive Virtual Reality

. Frontiers in Robotics and AI, 3, 74.

6. Biocca, F., & Levy, M. R. (2013).

Communication in the Age of Virtual Reality

.

Routledge.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)