https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
282
TILSHUNOSLIKDA ANTROPONIMLAR MUAMMOSI.
Farg‘ona davlat universiteti, Jismoniy tarbiya va sport fakulteti,
Umumkasbiyfanlarni o‘qitish metodikasi Kafedrasi assistent-o‘qituvchisi
Ergashov Ulug’bek Akbarali o‘g‘li
Elektron pochta: Uergashefff@gmail.com
Annotatsiya: Ma’lumki, antroponim (yunoncha: antropos-antropos +
onoma-atoqli ot) – kishi atoqli oti (ism, familiya, laqab, taxallus va boshqalar).
O‘zbek tili antroponimiyasining o‘rganilish tarixi shuni ko‘rsatadiki, u boshqa
turkiy tillar orasida kamroq tadqiq qilingan. Qozoq, qoraqalpoq, uyg‘ur, qirg‘iz
va boshqa turkiy tillarga nisbatan o‘zbek tilshunosligida antroponimiya masalalari
bir oz keyinroq yoritila boshlagan. Bu holat antroponimiya muammolarini tadqiq
qilishning ham miqdoriy, ham sifat jihatlarida o‘z aksini topgan.
Abstract: It is known that anthroponym (Greek: anthropos-anthropos +
onoma-proper noun) is a proper noun of a person (name, surname, nickname,
pseudonym, etc.). The history of the study of anthroponymy of the Uzbek language
shows that it has been studied less than other Turkic languages. In comparison
with Kazakh, Karakalpak, Uyghur, Kyrgyz and other Turkic languages, issues of
anthroponymy began to be covered in Uzbek linguistics a little later. This situation
is reflected in both the quantitative and qualitative aspects of the study of
anthroponymy problems.
Аннотация: Известно, что антропоним (греч. антропос-антропос +
онома-имя собственное) – это личное существительное (имя, фамилия,
прозвище, прозвище и т. д.). История изучения антропонимии узбекского
языка показывает, что она менее изучена среди других тюркских языков.
Применительно к казахскому, каракалпакскому, уйгурскому, киргизскому и
другим тюркским языкам вопросы антропонимии в узбекском языкознании
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
283
стали освещаться несколько позже. Данная ситуация отражается как на
количественном, так и на качественном аспектах исследования проблем
антропонимии.
Kalit so‘zlar: antroponim, kishi nomlari, laqablar etimologiyasi,
etnografiya, til-lug‘at tizimi.
Keywords: anthroponym, personal names, etymology of nicknames,
ethnography, language-dictionary system.
Ключевые слова: антропоним, личные имена, этимология прозвищ,
этнография, языковая система.
Tilshunosligimizning keyingi taraqqiyotida antroponimlarni ilmiy jihatdan
o‘rganish qator ilmiy ishlarning obyekti bo‘lib kelmoqda. Jumladan, E.T.Smirnov,
keyinchalik N.S.Likoshin va rus sayyohi va etimologi V.F.Oshanin, turkiyshunos
olim A.Samoylovichlar o‘zbekcha ismlarni to‘plash va ularni ruscha
transliteratsiyada ifodalash masalalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borganlar.
Shuningdek, N.Ostroumov, A.Samoylovich, S.Oldenburg, V.YA.Nalivkin,
M.Nalivkina kabi tilshunos olimlar ishlarida ham o‘zbekcha ismlar va laqablar
etimologiyasi, etnografiyasiga oid ayrim masalalar haqida fikrlar bayon qilingan,
ularning urf-odati masalalari ham diqqat-markazida bo‘lgan. S.Ibrohimov,
M.Rahmonlar esa o‘zbekcha ismlar va familiyalarning imlosiga doir kuzatishlar
olib borsa, N.S.Malitskiy esa Toshkent shahridagi mahalliy aholi ismlarini
o‘rgangan.
O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab o‘zbekcha ismlarning lisoniy
xususiyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganishga qiziqish boshlandi. Shu yillarda
D.Abdurahmonov, O‘.Nosirov, F.Abdullayev, M.Shamsiyeva, A.Ishayev,
X.Doniyorov kabi olimlarning o‘zbek antroponimikasiga doir ayrim ilmiy va
ilmiy-ommabop maqolalari nashr qilindi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
284
E.A.Begmatov o‘zbek antroponimikasiga ulkan hissa qo’shgan nomshunos
olimdir. U antroponimlarning lingvistik, ekstralingvistik xususiyatlari, ism, laqab,
taxallus, familiya, ota ismlarning leksikasi, strukturasi, grammatik xususiyatlari
bo‘yicha qator salmoqli maqolalar e’lon qildi va o‘zbek antroponimiyasi bo‘yicha
ko‘plab ma’lumotlar yig‘di. Olim 1965-yilda “O‘zbek tili antroponimikasi”
mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. Uning ismshunoslikka oid
“Nomlar va odamlar” (1966), “Kishi nomlari imlosi” (1970), “O‘zbek ismlari
imlosi” (1972), “Литературные имена и фамилии узбекских авторов в русской
транскрипции” (1981), “O‘zbek ismlari” (1992, 2000, 2007), “Ism chiroyi”
(1994) kabi asarlari o‘zbek tilshunoslik ilmiga qo‘shilgan salmoqli hissadir.
Zamonaviy o‘zbek antroponimiyasi tadqiqi o‘tgan asrning 20-yillari boshiga
borib taqaladi. Bir asr davomida o‘zbek antroponimiyasining turli masalalari
bo‘yicha o‘nga yaqin dissertatsiya yozilgan, jumladan: A.Ishayevning “Mang‘it
shevasida so‘zlarning torayish formalari” (1962), E.Begmatovning “O‘zbek tili
antroponimikasi” (1965), F.Abdullayevning “Xorazm shevalari” (1967),
X.Doniyorovning “Qipchoq dialektlarining leksikasi” (1979), G‘.Sattorovning
“Otoyi emas, Atoyi” (1984), Sh.Yoqubovning “Navoiy asarlari onomastikasi”
(1994), I.A.Jurayevaning “Номинативные функции антропонимов (на
материале английского, узбекского и русского языков)” (2012),
N.A.Husanovning “XV asr o‘zbek adabiy yodgorliklaridagi antroponimlarning
leksik-semantik
va
uslubiy
xususiyatlari”
(2000), I.Xudoynazarovning
“Antroponimlarning til-lug‘at tizimi va ularning semantik uslubiy xususiyatlari:
Ergash Jumanbulbul dostonlari asosida” (1998), Yu.N.Xojalepesovaning
“Прозвища
в
системе
Каракалпакской
антропоними”
(2014),
R.Yu.Xudoyberganovning “O‘zbek antroponimiyasi tizimining variantdorligi”
(2009), D.Andaniyozovaning “Badiiy matnda onomastik birliklar lingvopoetikasi”
(2017), I.O‘.Darvishevning “Janubi-g‘arbiy Namangan shevalari fonetik-fonologik
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
285
xususiyatlarining areal tadqiqi” (2018) va boshqa qator tadqiqot ishlari hamda
maqolalarni sanab o‘tish mumkin.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ushbu muammo bo‘yicha barcha adabiyotlar
ko‘p qirralililgi, ham mazmunan, ham muammolarni yoritish xususiyati va darajasi
bo‘yicha xilma-xildir. O‘zbek antroponimiyasiga oid adabiyotlarda tadqiqot
nazariyasi va amaliyotining turli masalalari, jumladan, sof amaliy xarakterga ega
bo‘lgan – ota-onalarga ism tanlash bo‘yicha tavsiya beradigan alohida maqola va
to‘plamlar keltirilgan. Shuning uchun mavjud adabiyotlarda antroponimiya
muammolarining yoritilish darajasini tahlil qilish maqsadida muayyan ruknlar va
mavzular bo‘yicha tadqiqotlarni tizimli tavsiflash usulini tanladik.
F.Abdullayevning “Xorazm shevalari” nomli monografiyasida o‘zbek
ismlarining Xorazm lahjasidagi lisoniy xususiyatlari haqida mulohazalar berilgan
bo‘lib, muallif kishi ismlarining qisqarishiga oid materiallarni ham beradi. “Ba’zi
bir kishi otlari va ularning qisqargan formalari” ro‘yxati 163 ta ismni o‘z ichiga
oladi.
Tilshunos A.Ishayev esa o‘zining “Mang‘it shevasida so‘zlarning torayish
formalari” haqidagi tadqiqotlarida ismlarning qisqarishi o‘rnida “torayish
formalari” atamasini qo‘llaydi.
X.Doniyorov ham “Qipchoq dialektlarining leksikasi” tadqiqida qayd
qilingan ism shakllarini sheva antroponimiyasiga oid nomlar sifatida beradi,
ularning ism sifatida berilish sabablarini izohlaydi.
Tilshunos olim E.Begmatov “O‘zbek antroponimikasi” nomli tadqiqotida
shaxslarning ismlari dialektal shakllarda ham uchrab turishini qayd etadi. Olim
kishi ismlarining qisqargan variantlarini antroponimiyaning o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri deb biladi.
Yana bir tilshunos Sh.Yoqubov ham “Navoiy asarlari onomastikasi”
haqidagi tadqiqot ishida o‘zbek tilidagi tarixiy ismlarga batafsil to‘xtalib o‘tadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
286
Mazkur tilshunosning 1970-1990-yillardagi bir qator tadqiqot ishlari o‘zbek
ismlari imlosi bilan bog‘liq bo‘lib, “Kishi nomlari imlosi” [1] ishida ismlarning
unli va undosh tovushlar bilan bog‘liq imloviy nuqsonlar, antroponimlarning
lahjaviy va qisqarish xususiyatlariga doir mulohazalar berilgan. Muallif o‘zbek
ismlarining ruscha yozilishi masalasini ham o‘rtaga tashlaydi [2].
O‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab tarixiy-etnografik xarakterdagi bir
qator asarlar yozilgan va nashr etilgan bo‘lib, ularda bolalarga ism qo‘yish usullari,
turlari va omillari yoritilgan.
O‘zbek antroponimiyasining etnografik jihatlari tarixchi-etnograflar,
shuningdek, tilshunoslar va keng doiradagi mutaxassislarning ishlarida o‘z aksini
topgan. Bu haqda M.S.Andreyev 1924-yilda “Match (Zarafshonning yuqori qismi)
dagi turli qishloqlar aholisining laqablari” maqolasida yozgan; A.A.Semyonov
“O‘rta asr Buxorosida mansab va unvonlar hamda ularning egalari majburiyatlari
haqidagi Buxoro risolasi”, M.R.Rahimov “Zarafshon vodiysidagi antroponimlar”
haqidagi kitoblarida to‘xtalib o‘tishgan.
Har bir xalqning o‘ziga xos atoqli otlar tizimi mavjud bo‘lib, u rang-
baranglik bilan ajralib turadi, milliy an’analarni yuqori darajada aks ettiradi va
ismlarning katta tanloviga imkon beradi. Umuman olganda, antroponimiya
muammolarini tadqiq etish ma’lum jihatdan zamonaviy tilshunoslik darajasiga
yaqin bo‘lib, uning masalalarini zamonaviy lingvomadaniyatshunoslik va
etnolingvistika nuqtayi nazaridan tavsiflash zarur. Darhaqiqat, har bir xalq
obyektiv voqelikni aks ettirishning shakllangan lingvomadaniy va etnolingvistik
qonuniyatlariga muvofiq, antroponimlarning o‘z fondini (to‘plamini)
shakllantiradi, bu ism qo‘yishning o‘ziga xos an’analarida ifodalanadi va ushbu
xalqning olamning o‘ziga xos lisoniy manzarasini aks ettiradi.
M.Mamajonovning “Antroponimlar diskurs relevanti sifatida” nomli
tadqiqot ishida antroponimlarning uslubiy-funksional hamda motivatsion
xususiyatlari,
lingvo-etnomadaniy
asoslari, tasnifi o‘rganilgan. Muallif
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
287
antroponimlar diskurs relevanti sifatida birlashtirish va ajratish(farqlash)lik
funksiyasini ham bajarishini ta’kidlar ekan, “biror notanish kishi sizga ismingiz
(familiya yoki otangizning ismi) orqali murojaat qilsa, birdan o‘rtadagi begonalik
ma’lum ma’noda ortga chekinadi, ya’ni siz murojaat qiluvchiga xuddi eski tanishga
qaragandek yuzlanasiz” [3, 157], deydi.
Antroponim (ism)larning bu kabi birlashtiruvchilik xususiyatlari haqida
Tursunoy Sodiqovaning “Murosa ilmi” hamda Siddiq Mo‘minning “Muloqot
mezoni” risolalarida ham asosli fikrlar bildirilgan.
Jahonda har bir o‘lka, elat va hatto har bir mintaqaning tili, madaniy va
ijtimoiy tuzumi bilan uyg‘unlashgan holda o‘ziga xos ism qo‘yish odati bor.
Shuning uchun ham, har bir millatning tilidagi otlar o‘sha millat turmush sharoiti,
saviyasi, qaysi bir etnik guruhga mansubligi, shuningdek, ularning rasm-rusum va
an’analarini ham aks ettiradi. Kishi nomi muayyan zamon va makonda o‘z
egasining tutgan o‘rnini ham belgilaydi. Masalan, buyuk sarkarda sohibqiron Amir
Temur Tarag‘ay Ko‘ragoniy bobokalonimizga Sohibqiron va Ko‘ragon nomlari
berilgan. Sohibqiron nomi ikki sharofatli sayyora – Zuhro va Mushtariy samoviy
doirasida Tur (jaddiy) burjida o‘zaro yaqinlashgan vaqtda tug‘ilganligi uchun
qo‘yilgan. “Amir Temur Saroymulkxonimni o‘z nikohiga kiritgach, mashhur
“Ko‘ragon” nomini olishga musharraf bo‘ladi” deyiladi. Ko‘ragon so‘zi mo‘g‘ul
tilidan o‘zbek tiliga o‘girilsa, “kuyov” degan ma’noni anglatadi [4].
Shunday qilib, o‘zbek tilshunosligida atoqli otlarning tadqiqi uzluksiz
jarayondir.
Hozirgi kunga qadar zamonaviy o‘zbek antroponimiyasi
muammolariga monografik tadqiqotlar, jumladan, nomzodlik va doktorlik
dissertatsiyalari bag‘ishlangan bo‘lsa-da, o‘zbek antroponimiyasi o‘zbek
tilshunosligining hali ham yetarli darajada o‘rganilmagan sohasi bo‘lib qolmoqda.
O‘zbek antroponimiyasida doimiy izlanishlarni talab qiladigan ko‘plab hal
etilmagan muammolar mavjud. Aynan shu masalalar antroponimiyani qiyosiy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
288
o‘rganish jihatiga ham taalluqlidir. Tilshunoslikning bu muhim muammosini
tadqiq etish amalda alohida ishlar bilan chegaralanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Бегматов Э. Киши номлари имлоси. – Тошкент: Фан, 1970.
2.
Бегматов Э. Ўзбек исмлари имлоси (Русча ёзилиш масалалари). –
Тошкент, 1972.
3.
Мамажонов М. Антропонимлар дискурс релеванти сифатида: Филол.
фан. б-ча фалс. д-ри (РhD) ...дисс. – Фарғона, 2020. – 157 б.
4.
Яхшибоев Я. Яна кўрагон ҳақида // Туркистон, 1992, 5 февраль.
5.
Содиқова Т. Муроса илми. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги матбаа
ижодий уйи, 2016;
6.
Сиддиқ Мўмин. Мулоқот мезони. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2004.
7.
Ulug‘bek, E. (2023). Dastxat matnlarida murojaat shakllarining qo
‘llanishi.
European journal of interdisciplinary research and development
,
15
,
453-459.
8.
Ergashev, U. B. (2023). Sportchilar faoliyati davomida xorijiy tillarning o ‘rni
va ahamiyati.
Educational research in universal sciences
,
2
(11 SPECIAL), 387-
390.
9.
Nurmatova,
M.,
Ergashov,
U.
B.,
&
Ergasheva,
S.
(2023).
Pragmalingvistikaning shakllanishi va o’rganilishi.
Бюллетень педагогов нового
Узбекистана
,
1
(5 Part 2), 23-24.
10.
Ergashov, U., & Rahimov, Z. (2023). Signature and its relationship to speech
styles. In
International conference on business management and humanities
(Vol.
1, No. 1, pp. 68-69).
11.
Mirzayeva, D., & Ergashov, U. B. (2023). Dastxat matn sifatida.
Бюллетень
студентов нового Узбекистана
,
1
(5 Part 2), 60-62.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
289
12.
Ergashov, U., & Sulaymonov, M. (2023). Sportchilar dasxatlarining funksional
ahamyati va xoslanishining bugungi kundagi o’rni.
Gospodarka i Innowacje.
,
32
,
1-4.
13.
Эргашов, У. (2024). ВЛИЯНИЕ ЯЗЫКА НА КОГНИТИВНЫЕ И
ПОВЕДЕНЧЕСКИЕ
АСПЕКТЫ
СПОРТИВНОЙ
ДЕЯТЕЛЬНОСТИ.
Research and implementation
,
2
(6), 146-150.
14.
Ergashov,
U.
B.
(2024).
SPORTCHILAR
DASXATINING
PSIXOLINGVISTIK HUSUSIYATLARI.
Educational Research in Universal
Sciences
,
3
(4 SPECIAL), 229-232.
15.
Ergashov, U. (2024). Sportchilar dastxatlarining psixolingvistik tadqiqi (o
‘zbek va ingliz tili misollarida).
Research and Implementation
, 197-201.
16.
Эрназаров, Г. Н. (2023). Сложные Формы Заявлений.
Central Asian
Journal of Social Sciences and History
,
4
(10), 114-118.