Авторы

  • Kodirov Barxayotjon Sobirjonovich
  • MIRZALIYEVA ZARINABONU JAHONGIR QIZI

Биографии авторов

  • Kodirov Barxayotjon Sobirjonovich

    Ilmiy rahbar: QDPI kotta o’qituvchisi v/b dotsent

  • MIRZALIYEVA ZARINABONU JAHONGIR QIZI

    Tadqiqotchi QDPI talabasi:

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100157

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: innovatsiya rivojlanish klaster inson kapitali ta’lim innovatsion rivojlanish. Клюchевые слова: инновации развитие кластер chеловеchеский капитал образование инновационное развитие. Keywords: innovation development cluster human capital education innovative development.

Аннотация

Annotatsiya. Maqolada klasterli yondashuv mohiyati va ularni amalga joriy etilishi innovatsion rivojlanishning muhim omili ekanligi falsafiy

Аннотация. В статье философски анализируется сущность кластерного подхода и его реализация как важного фактора инновационного развития.

Abstract. The article philosophically analyzes the essence of the cluster approach and its implementation as an important factor in innovative development.

tahlil etilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-3_ Март-2025

76

YANGI O’ZBEKISTONNING INNOVATSION RIVOJLANISH

ISTIQBOLLARI

Ilmiy rahbar: QDPI kotta o’qituvchisi v/b dotsent

Kodirov Barxayotjon Sobirjonovich

Tadqiqotchi QDPI talabasi:

MIRZALIYEVA ZARINABONU JAHONGIR QIZI

Қўқон давлат педагогика институти катта ўқитувchиси

Annotatsiya. Maqolada klasterli yondashuv mohiyati va ularni amalga joriy

etilishi innovatsion rivojlanishning muhim omili ekanligi falsafiy tahlil etilgan.

Kalit so’zlar: innovatsiya, rivojlanish, klaster, inson kapitali, ta’lim,

innovatsion rivojlanish.

Аннотация. В статье философски анализируется сущность

кластерного подхода и его реализация как важного фактора инновационного

развития.

Клюchевые слова: инновации, развитие, кластер, chеловеchеский

капитал, образование, инновационное развитие.

Abstract. The article philosophically analyzes the essence of the cluster

approach and its implementation as an important factor in innovative development.

Keywords: innovation, development, cluster, human capital, education,

innovative development.

XXI asrning boshlarida kashf qilingan va qo’llanilgan innovatsiyalar ko’pgina

sohaning tub o’zgarishlariga sabab bo’ldi. Jumladan, iqtisodiyotni raqamli

iqtisodiyotga o’tishi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda klasterli yondashuvning

qo’llanilishi, sohalarning raqamlashtirilishi, ta’lim sohasidagi transformatsiyalar

inson faoliyatlarida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi. Rivojlangan mamlakatlarda


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-3_ Март-2025

77

aholi turmush darajasining oshishi oqibatida fan-texnikadagi innovatsiyalar

ommaviy tus olib millionlab kishilarni o’ziga jalb qildi. Buni esa jamiyat, inson

kognitiv imkoniyatlari va intellektining rivojlanishiga hamda mamlakatimizda

ta’lim sohasidagi innovatsion o’zgarishlarida ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa,

Harakatlar strategiyasi va keyingi yillardagi ta’lim to’g’risida qabul qilingan

qarorlar ham mamlakatimizdagi olib borilayotgan islohotlarning asosini tashkil

etmoqda.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida keng qo’llaniladigan iqtisodiy

rivojlanish usullaridan biri klasterli yondashuvdir. CHunki ushbu yondashuv

iqtisodiy o’sishni ta’minlash, ishlab chiqarish omillaridan yanada samarali

foydalanishni tashkil etishda jahon mamlakatlari rivojlanishi va boshqaruvining

innovatsion metodlaridan biridir. SHu sababdan, u bugungi kunda milliy

iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan va

rivojlanayotgan mamlakatlar uchun asosiy vazifalardan hisoblanadi. Albatta

keyingi yillarda mamlakatimizda xalqaro amaliyotda sinalgan va iqtisodiyotni

rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi bozor munosabatlarini va

tajribalarini hayotga tatbiq etishga katta e’tibor qaratilmoqda. SHulardan biri

klasterlar bo’lib, hozirda mamlakatimizda agroklaster, ta’lim klasteri, sanoat

klasteri, tibbiyot klasterlarini amalga joriy etishga kirishilmoqda.

SHuningdek, ilmiy adabiyotlarda rivojlangan davlatlarning tajribalari

barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda, investitsion faollikni

oshirishda, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishda xalqaro logistik markazlari,

erkin iqtisodiy zonalar kabi klasterlarning o’rni va ahamiyati juda yuqori ekanligi

ko’rsatilgan. Aytish kerakki, klasterlarning eng yuqori samaradorlikka ega va

mamlakatda innovatsion faoliyatning jadal tarzda rivojlanishiga ijobiy ta’sir

ko’rsatuvchi turidan biri – innovatsion klasterdir. Ushbu klaster turi bizning

mamlakatda ham olib borilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishi sifatida 2018

yildan amalda foydalanilmoqda.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-3_ Март-2025

78

Bizning respublikada ham klasterli yondashuvlar amalda keng qo’llanilishi

yuzasidan, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga

bag’ishlab o’tkazilgan tantanali marosimdagi nutqida ham to’xtalib o’tdi. Ayniqsa,

bu usulga mamlakatimiz qishloq xo’jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri –

O’zbekiston paxtachiligining kelajagi sifatida yuksak baho berdi. Amalda buni

«Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi «Angor Surxon g’ururi» mas’uliyati

cheklangan jamiyati paxtachilikda hosilni parvarishlashdan tortib, undan tayyor

mahsulot ishlab chiqarishgacha bo’lgan barcha bosqichni o’zida mujassam etgan

klaster usulini» joriy etayotganida ko’rish mumkin. Ushbu yangi usulni

qo’llanilishi qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish, mahalliy byudjet daromadlarini

oshirish, vakolatlarni taqsimlash, tadbirkorlik tuzilmalari bilan o’zaro ta’sirlashish,

axborot ayirboshlashni jadallashtirish va yangiliklarni targ’ib etish, kichik biznes

va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faolligini hamda hududlar

innovatsion jozibadorligini yuksaltirish, hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya

qilish kabi yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.

SHu bilan birga «2017 yil xalq bilan yaqindan muloqot qilish, uning dardu

tashvishlari, hayotiy muammolarini samarali hal etish bo’yicha yangi tizim

yaratilgan yil bo’ldi». Albatta ushbu yilda O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi fuqarolarning

murojaatlari bilan ishlashning o’ziga xos demokratik instituti sifatida amalda o’zini

oqlamoqda. CHunki qisqa muddatda ana shu qabulxonalarga bir yarim milliondan

ziyod fuqaro murojaat qilgani va qanchadan-qancha odamlarning yillar davomida

hal etilmagan muammolari ijobiy yechimga ega bo’ldi. Bu esa joylarda

rahbarlarning yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etish

yuzasidan shaxsiy javobgarligi kuchayishiga, rahbarlarning joylarga borib, aholini

bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy yechimi bilan

shug’ullanishiga sabab bo’ldi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-3_ Март-2025

79

Ma’lumki, Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan tizimli

demokratik islohotlar mamlakatni ijtimoiy-innovatsion rivojlanishiga asos

bo’lmoqda. Buni respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy

sohalardagi ijobiy o’zgarishlar va shu sohalarning rivojlanishida ko’rishimiz

mumkin. Darhaqiqat, Harakatlar strategiyasida qo’yilgan maqsad va vazifalarning

amalga oshgani insonlar hayoti va faoliyatida qulayliklar yaratilmoqda.

SHuni ta’kidlash kerakki, respublikamizda Harakatlar strategiyasi asosida

amalga oshirilgan islohotlar natijasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy,

ma’naviy sohalarda o’zgarishlar yuz berdi hamda rivojlanishning yangi bosqichiga

o’tishga zamin yaratildi. Natijada Yangilanayotgan yoki yangi O’zbekiston

shakllandi. Nega endi yangi O’zbekiston? Oldingi O’zbekiston bilan qaysi jihatlari

farq qiladi?

SHuni aytish kerakki, yangi O’zbekiston bu mamlakatimiz mustaqilligini

yanada mustahkamlash, erkinlik va ozodlikning yangi davri, bunyodkorlik va

farovonlik yo’lining yuqori bosqichidir. Ya’ni, yangi O’zbekiston - «o’zgarib,

kuch-qudratga to’lib borayotgan, dunyo ahli e’tirof etayotgan yangilangan jamiyat,

dunyoga yuz tutayotgan erkin bir o’lkadir». SH.Mirziyoev yangi O’zbekiston

taraqqiyot strategiyasinining 7 ta ustuvor yo’nalishlarini belgilab berdi.

Umuman olganda, bugungi kunda mamlakatimizda Harakatlar strategiyasi

doirasida olib borilayotgan innovatsion rivojlanish bir qator sifat o’zgarishlarda

namoyon bo’lmoqda. Ya’ni, jamiyatning barcha jabhalarida strukturaviy va

funktsional yangilanishlar ustuvor jarayonga aylandi. Bunday o’zgarishlar

pallasiga kirgan jamiyatda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, noan’anaviy

fikrlash va faliyat ko’rsatish, eng yangi ishlab chiqarish usullari va vositalaridan

foydalanish ijtimoiy ehtiyoj darajasiga ko’rilmoqda, barqaror amaliyot tusini

olmoqda.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-3_ Март-2025

80

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoev SH.M. Yangi O’zbekiston strategiyasi. – Toshkent: «O’zbekiston»,

2021. -B.27.

2. Mirziyoev SH. M. Yangi O’zbekiston strategiyasi. – Toshkent: «O’zbekiston»,

2021.

3.Mirziyoev SH. M. Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik

islohotlar yo’lini qat’iy davom ettiramiz / Yangi saylangan O’zbekiston

Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning lavozimiga kirishish tantanali

marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalari qo’shma majlisidagi nutqi //

Yangi O’zbekiston gazetasi, 2021 yil 7 noyabrь, 223-son, -B.2.

4.Yangi saylangan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning

lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis avlatalari

qo’shma majlisidagi nutqi //

https://uza.uz/oz/posts/yangi-ozbekiston-taraqqiyot-

strategiyasi-asosida-demokratik-islohotlar-yolini-qatiy-davom-ettiramiz_318163

5.Кодиров Б.С. Важность стратегии действий в инновационном развитии.

ISJ Theoretical & Applied Science, 2021. 08 (100), -С.75-78.

6.Qodirov B.S. Theoretical and practical basis of innovative development of

Uzbekistan European science review, Premier Publishing s.r.o. Vienna. 1-2 (8),

2021, - P.112-117.