https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-3_ Март-2025
64
YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOTNI IQTISODIY ISTIQBOLLARI
Ilmiy rahbar: Qodirov Barhayotjon SobirjonovichЮ
QDPI kotta o’qituvchisi v,b dotsent
Тel.: 97 819-11-10, e-mail:
Ilmiy tadqiqotchi qdpi talabasi: Erkinov Jamshidbek Abdurasul o’gli
Annotatsiya: Respublikamizni innovatsion rivojlanishning «Harakatlar
strategiyasidan taraqqiyot strategiyasi sari»tamoyili asosida «Yangi O’zbekiston
strategiyasi»mohiyati, yangi O’zbekiston tushunchasi, taraqqiyot strategiyasining
ustuvor yo’nalishlari hamda ularni amalga oshirishdagi istiqbolli rejalar tahlili
asosida yoritib beriladi.
Kalit so’zlar: yangi O’zbekiston, davlat va jamiyat, inson manfaati, uning
qadr-qimmati, yaratish, Temir daftar, Ayollar daftari, Yoshlar daftari,
Аннотация. В статье философски анализируется сущность
кластерного подхода и его реализация как важного фактора инновационного
развития.
Ключевые слова: инновации, развитие, кластер, человеческий капитал,
образование, инновационное развитие.
Abstract. The article philosophically analyzes the essence of the cluster
approach and its implementation as an important factor in innovative development.
Keywords: innovation, development, cluster, human capital, education,
innovative development.
SHuni aytish kerakki, yangi O’zbekiston bu mamlakatimiz mustaqilligini
yanada mustahkamlash, erkinlik va ozodlikning yangi davri, bunyodkorlik va
farovonlik yo’lining yuqori bosqichidir. Ya’ni, yangi O’zbekiston - «o’zgarib,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-3_ Март-2025
65
kuch-qudratga to’lib borayotgan, dunyo ahli e’tirof etayotgan yangilangan jamiyat,
dunyoga yuz tutayotgan erkin bir o’lkadir».
SH.Mirziyoev yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasinining 7 ta ustuvor
yo’nalishlarini belgilab berdi. Xususan, unda amalga oshiriladigan eng ustuvor
vazifalar qilib quyidagilar belgilandi:
«– erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo
etish, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
– adolat va qonun ustuvorligi – xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini
ta’minlash;
– milliy iqtisodiyotni rivojlantirish;
– adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
– ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish;
– global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish;
– tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish».
SHuningdek, «taraqqiyot strategiyasida islohotlarning uzviyligi va
davomiyligini ta’minlash maqsadida «Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot
strategiyasi sari» degan tamoyil asosiy g’oya va bosh mezon qilib olindi».
Darhaqiqat, mamlakat rahbari kelgusi besh yil uchun ustuvor yo’nalishlarni
belgilab berar ekan, «yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va
erkinliklari, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat»
ekanligini alohida ta’kidlab
o’tdi. E’tiborli jihatlaridan biri shundaki, Yangi O’zbekiston taraqqiyot
strategiyasida birinchi o’ringa shaxs, inson qadri yuqori o’ringa qo’yilib, «inson –
jamiyat – davlat» degan yangi tamoyil asosida davlat va jamiyat boshqaruvini
tashkil etadi. Bir so’z bilan aytganda, amaliy natija, inson manfaati, uning qadr-
qimmati bosh maqsadga aylangan.
Tan olib aytish joizki, o’tgan 5 yilda ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida
qator tizimli islohotlar amalga oshirildi va ijobiy natijalarga erishildi, biroq shu
bilan birga mazkur sohada samarali mexanizmlarni yaratishga to’sqinlik qilayotgan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-3_ Март-2025
66
qator muammo va kamchiliklar ham yo’q emas. Kelgusi 5 yilda bu borada ijtimoiy
yo’nalishdagi islohotlar alohida ahamiyatga ega, albatta.
O’tgan yillar mobaynida ijtimoiy sohada amalga oshirilgan ishlarga nazar
soladigan bo’lsak, ijtimoiy himoya va doimiy yordamga muhtoj shaxslar bilan
ishlashning «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» kabi yangicha
ishlash mexanizmi joriy etildi. Ijtimoiy nafaqa bilan ta’minlanadigan aholi soni
qariyb 1,5 barobar oshirildi.
Xalqimiz salomatligini ta’minlash doimo ustuvor vazifa bo’lgan. Raqamlarga
e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2017 yilda sog’liqni saqlash tizimiga byudjetdan
ajratilgan jami mablag’lar 7,1 trln. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2020 yilga kelib
bu ko’rsatkich 14,8 trln. so’mga yetdi. Prezident o’z nutqida «ushbu sohaga
yo’naltiriladigan mablag’larni 2 barobar oshirish, jumladan, kelgusi besh yilda oliy
toifali shifokorlar maoshini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazish»
mo’ljallanayotganini e’lon qilishi mazkur tizimda faoliyat olib borayotgan
zahmatkash shifokorlarning mehnatlariga davlat tarafidan bo’layotgan yuksak
e’tibor namunasi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, keng ko’lamli islohotlar jarayoni izchil
davom etib, ular sermahsul bo’lishidan butun xalqimiz manfaatdor. Yangi
O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda barcha davlat va jamoat
tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari
ham kamarbasta bo’lishiga umid qilamiz.
Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi
bosqichini boshlab beradi hamda xalqimizni umumiy maqsadlar yo’lida birlashtirib
turadigan yaxlit ma’naviy asos va mezonga aylanishiga ishonchimiz komil.
Davlatimiz rahbari tomonidan Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasida
ilm-fan asosida Uchinchi Renessans poydevorini qurish eng muhim vazifa qilib
belgilandi. Ayniqsa, Oliy ta’limga qamrovni 50 foizga chiqarish vazifasi qo’yildi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-3_ Март-2025
67
Vaholanki, bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasi «2016 yili 9 foizni
tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2021 yilga kelib 28 foizni» tashkil qilmoqda.
Har bir viloyatda yangi oliygohlarni qurish maqsad qilindi. Ayni paytda
nafaqat xalqimiz, balki xalqaro hamjamiyat ham bu – Yangi O’zbekistonni qurish
yo’lidagi eng to’g’ri strategiya ekanligini haqli ravishda e’tirof etmoqda.
Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, maktabgacha ta’limdagi qamrov
darajasi 2017 yilda 27,7 foizni tashkil qilgan bo’lsa, hozirda 62 foizni tashkil
qilmoqda, 2030 yilga borib esa mazkur qo’rsatkichni 80 foizga yetkazish maqsad
qilinganligi ushbu sohada ham ulkan marralarni qo’yayotganligimizdan dalolat
beradi.
Ta’kidlash kerakki, «rivojlanishning Harakatlar strategiyasi doirasida amalga
oshirilgan tizimli islohotlar natijasida davlat va jamiyat, ijtimoiy-iqtisodiy
sohalarda ham strukturaviy o’zgarishlarga olib keldi». Ma’lumki, «struktura
tizimning elementlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanish va o’zaro ta’sirlarni o’zida aks
ettiradi. SHu sababli strukturaning o’zgarishi jamiyatning ham o’zgarishiga olib
keladi».
Albatta, bugun «O’zbekiston o’z taraqqiyotining mutlaqo yangi, yanada
yuksak bosqichga qadam qo’ymoqda». Darhaqiqat, yangi o’n yillikda
mamlakatimizda yangi-yangi o’zgarishlarni amalga oshirish bo’yicha islohotlar
olib borilmoqda. Xususan, «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish»
yilida 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilindi. Bu esa bog’cha
yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bilan
birga xususiy maktabgacha ta’lim muassasalarini ham kengroq faoliyat olib
borishlariga imkoniyat yaratdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoev SH.M. Yangi O’zbekiston strategiyasi. – Toshkent: «O’zbekiston»,
2021. -B.27.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-3_ Март-2025
68
2. Mirziyoev SH. M. Yangi O’zbekiston strategiyasi. – Toshkent: «O’zbekiston»,
2021.
3.Mirziyoev SH. M. Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik
islohotlar yo’lini qat’iy davom ettiramiz / Yangi saylangan O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning lavozimiga kirishish tantanali
marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalari qo’shma majlisidagi nutqi //
Yangi O’zbekiston gazetasi, 2021 yil 7 noyabrь, 223-son, -B.2.
4.Yangi saylangan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning
lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis avlatalari
https://uza.uz/oz/posts/yangi-ozbekiston-taraqqiyot-
strategiyasi-asosida-demokratik-islohotlar-yolini-qatiy-davom-ettiramiz_318163
5.Кодиров Б.С. Важность стратегии действий в инновационном развитии.
ISJ Theoretical & Applied Science, 2021. 08 (100), -С.75-78.
6.Qodirov B.S. Theoretical and practical basis of innovative development of
Uzbekistan European science review, Premier Publishing s.r.o. Vienna. 1-2 (8),
2021, - P.112-117.