Авторы

  • Raximov Alisher Farxadovich

Биография автора

  • Raximov Alisher Farxadovich

    Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura tinglovchisi, katta leytenant

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100218

Ключевые слова:

Kalit So‘zlar: Extreme situations military personnel psychological preparedness stress management decision-making resilience.

Аннотация

Annotatsiya: This article analyzes the psychological approaches used in preparing military personnel for extreme situations, focusing on methods and theories critical for decision-making, stress management, and maintaining psychological stability in extreme circumstances. The article emphasizes the importance of psychological approaches in enhancing military personnel's readiness for extreme situations.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

369

EKSTREMAL VAZIYATLAR VAQTIDA QIDIRUV-QUTQARUV

ISHLARINI OLIB

BORUVCHI HARBIY XIZMATCHILARNI STRESS HOLATLARIGA

MOSLASHTIRISH.

Raximov Alisher Farxadovich

Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura tinglovchisi, katta leytenant

Annotatsiya: This article analyzes the psychological approaches used in

preparing military personnel for extreme situations, focusing on methods and

theories critical for decision-making, stress management, and maintaining

psychological stability in extreme circumstances. The article emphasizes the

importance of psychological approaches in enhancing military personnel's

readiness for extreme situations.

Kalit So‘zlar: Extreme situations, military personnel, psychological

preparedness, stress management, decision-making, resilience.

Kirish

So‘nggi davrda yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash,

jamoat tartibini saqlashda yangi mexanizmlarni joriy etish, ertangi kunga ishonch

bilan qarash va ichki ishlar organlari tizimiga xalqning ishonchini oshirish bilan

birga “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyiliga rioya qilgan holda keng

qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Natijada kadrlarni tanlash, harbiy xizmatchilarni zo‘riqishlar, stressli

vaziyatlarga moslashishlarini ta’minlash zarur. Shuning uchun harbiy

xizmatchilarni psixologiya fanining yutuqlaridan va ilg‘or yangiliklaridan

foydalangan holda tayyorlash davr taqozo etmoqda.

Stressga bо‘lgan xatti-harakatlar, birinchi navbatda, uni yengish uchun

harakatlarni о‘z ichiga oladi. Stressni bartaraf etish-stressni keltirib chiqaradigan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

370

atrof-muhit talablariga qarshi turish, kamaytirish yoki dosh berishga qaratilgan

harakatlardir. Odamlar turli xil yо‘llar bilan stressni yengishadi. Bir yoki bir nechta

strategiyani tanlash insonning tashqi sharoitlari va о‘ziga xos xususiyatlariga

bog‘liq bо‘lgan bir qator omillarga bog‘liq.

Shuni ta’kidlash kerakki

, har bir

stressning oqibatlari ijobiy yoki salbiy bо‘ladimi-yо‘qmi, uni bartaraf etish

strategiyasiga bog‘liq.

Stressga bо‘lgan barcha xatti-harakatlar ikki qutbga bо‘linishi mumkin:

anglanilmagan reaksiyalar (odatda ongsiz) va anglanilgan reaksiyalar (odatda

ongli).

Bunga koping mexanizmlari kiradi. R.Lazarusning ta’rifiga kо‘ra, koping

mexanizmlari psixologik tahdid sharoitida inson tomonidan amalga oshiriladigan

harakatlar strategiyasidir. Ushbu strategiyalar tabiatda faol bо‘lib, insonning yangi,

subyektiv qiyin vaziyatda muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz moslashuvini

aniqlaydi. Koping mexanizmlari shaxs faoliyatining bilim, hissiy va xulq-atvor

sohalarini qamrab oladi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi.

“Soping strategy” bu - inson stressini yengishi uchun qiladigan ishi.

Hayotdan hafalik masalalarini bartaraf etish uchun emotsional, kognitiv va xulq-

atvorning birgalikdagi strategiyasini anglatadi.

Bu atama psixologiyada 1962 yil paydo bо‘ldi. L.Merfi buni bolalardagi

inqiroz davrini qanday yengib о‘tishlarini kuzatib aniqladi. 1966 yil R.Lazarus

о‘zining “Psixologik stress va uni yengib о‘tish jarayoni” kitobida stress va boshqa

bezovtalik holatlarini yengib о‘tishda kopingga etibor qaratadi.

Lazarusning aytishiga kо‘ra, stress —bu diskomfort, atrof-muhit bilan

о‘zaro va resurslar о‘rtasidagi notenglikning mavjudligi, individual bu savollar

bilan harakatlanishiga olib keladi. Aynan individ buni stressga oidmi yoki yо‘q

buni aniqlab beradi. Lazarus va Folkman fikriga kо‘ra, individlar о‘zlari,

resurslarni baholashda yuzaga kelgan anashu savollarni yengib о‘tish uchun

stressing ta’sir darajasini baholab oladilar.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

371

Vaqt о‘tishi bilan “koping” nafaqat “Inson resurslariga bо‘lgan talablari

haddan tashqari yoki о‘ta oshib ketishi” shu bilan birga kundalik stressli

vaziyatlarni ham о‘z ichiga oladi. Koping shundayligicha qoladi — bunda inson

stressni yengish uchun nima qiladi, hayotiy masalalarni hal qilish uchun kognitiv,

emotsional va xulq-atvor strategiyalarini birgalikda ishga soladi. Fikrlar hissiyotlar

va harakatlar turli xil ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz vaziyatlarda koping—strategiyasi

ishga tushadi.

Ixtiyorsiz reaksiyalar — bu temperamentdagi individual farqlarga

asoslangan, shuningdek, takrorlash orqali olingan va endi ongli nazoratni talab

qilmaydigan reaksiyalardir.

Psixologlar, koping-xulq atvori bilan shug‘ullanuvchilar, faoliyat

strategiyasining samaradorligiga turli xil nazar solishadi. Kо‘plab nazariyalarda

koping - strategiyasi о‘z yо‘nalishiga kо‘ra produktiv, funsional bо‘lishi mumkin,

ammo buni noproduktiv va disfuksional deb hisoblovchilar ham mavjud, ular

koping-xulq atvorini foydali tomonini “adaptatsiyali, maqsadli va potensal

yо‘nalgan harakat” yoki individ tomonidan stressni yengish uchun yо‘naltirilgan

maqsadli harakatlar deb atashadi.

Koping - strategiyasining fenomeni murakkab, uni psixologiyada qabul

qilish qiyin edi, sababi tadqiqotchilar hali bir yechimga kelmagandilar. Koping-

stategiyasi yetarlicha о‘rganilgan bо‘lsada, uni о‘rgangan olimlar о‘z

klassifikatsiyasini taklif qilishadi. Shuning uchun har bir taklif qilingan ish

klassifikatsiyaning klassifikatsiyasi hisoblanadi.

Muammoga —yо‘nalgan va emotsional-yо‘nalgan koping-strategiyasi.

Psixologiyada dastlabki koping tushunchasi о‘rganilganda uni quyidagi

klassifikatsiyaga bо‘lingan. Lazarus va Folkman dixromatik koping-stategiyasini,

quyidagi yо‘nalishini taklif etadi:

Muammoga —yо‘nalgan strategiya (11-koping harakat);

Emotsional-yо‘nalgan strategiya (62- koping harakat);


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

372

Lazarus fikriga kо‘ra koping muammoga —yо‘nalgan va emotsional-

yо‘nalgan jarayonni о‘z ichiga oladi. Boshqa tadqiqotchilar ham shu kabi

strategiyani taklif etadi. Moos va Sheffer uchta strategiya: baholashga qaratilgan

(о‘zi uchun muhim vaziyatni yaratish); muammoga qaratilgan (stressni yengish

uchun yechimni anglash va aniq harakat qilish); emotsiyalarga qaratilgan

(hissiyotlarni boshqarish va emotsional barqarorlikni ta’minlash);

Shuler Moos va Sheffer fikrini davom ettirib, Perlen о‘zining analogik

taklifini beradi, unda uch yо‘nalish kо‘rsatiladi: bu muammoga qarashni

о‘zgartirish, muammoni о‘zgartirish strategiyasi va emotsional distress

strategiyasi.

Bu ikki strategiya Lazarus va Folkman klassifikatsiyasi bilan bir xil. Bunda

Mooc, Shefer va Perlen, Shuler “muammoga qarashni” ikki tipga ajratadi: kognitiv

qarash (“baholashga qaratilgan” va “muammoga qarashni о‘zgartirish qobilyati”

о‘zaro mosligi) va xulq-atvoriy qarash (“muammoga qaratilgan” va “muammoni

о‘zgarish strategiya” sining о‘zaro mosligi).

Koping—strategiyasining deyarli hammasi Lazarus va Folkman

klassifikatsiyasiga о‘xshash, an’anaviy ikki yо‘nalish, “muammo bilan ishlash/

muammoga munosabat bilan ishlash” ga bо‘linadi. Koping-strategiyasining

klassifikatsiyasi asosan muammoni tashqi belgilarini bartaraf etish uchun

shakllantirilgan bо‘lib, xatti-harakatlar yoki muammoni tashqi tomondan kognitiv

baholashni о‘z ichiga oladi.

Kognitiv/emotsional/xulq-atvoriy koping-strategiyasi.

Koping-strategiyasi,

asosan, tiplariga qarab (emotsional, kognitiv, xulq-atvoriy) turlicha bо‘lishi

mumkin. Nikolayskiy va Granovskiy koping-strategiyasini quyidagi uchta katta

jarayonga ajratadi: xulq-atvoriy, emotsional ta’sirni qayta ishlash va kognitiv

jarayon.

Kognitiv koping-strategiyasining ikki yoqlama klassifikatsiyasi mavjud:

axborot qidirish strategiyasi va axborotni bekitish strategiyasi. Vitaliono esa, bunga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

373

qarshi uch xil emotsional-yо‘nalgan yengish usulini kо‘rsatadi: о‘z-о‘zini ayblash,

qochish va bо‘ysunishga moyillik. Boshqa nazariyaga kо‘ra, emotsional

yengishning kо‘rinishi uchta namoyish etilmaydigan kо‘rinishda bо‘ladi, va u

egallashga

qaratilgan

harakatdan

iborat

bо‘ladi:

doimiy

ichki

emotsiya(jabrlanuvchida), emotsional qayg‘uli xulq-atvorni nazorat qilish,

emotsiyaga sabab bо‘ladigan omillarni nazoratda ushlash.

Funsional va disfunsional

koping-strategiyasi.

Kо‘pgina olimlar koping-

strategiyasini funsional va disfunsional aspektga bо‘lishni taklif etishadi. Funsional

uslub disfunsional noodatiy usullardan farqli ravishda, muammoni hal etishda

boshqalar yordamida yoki ularsiz, samarali usullarni tо‘g‘ridan tо‘g‘ri qо‘llashni

taklif etadi. Lug‘atlarda dizfunksional koping-strategiyasi usuli “kopingdan

qochish” deb ta’riflangan. Freydengburg о‘z klassifikatsiyasida 18ta strategiyadan

iborat uch yо‘nalishni kо‘rsatadi: boshqalarga murojat qilish (yordam sо‘rab ota-

ona, tengdoshlar va boshqalarga murojaat qilish), neproduktiv koping (muammo

bilan ishlashda optimislikni, ijtimoiy munosabatni saqlash, va tonus). “Boshqalar

bilan muloqot” koping-strategiyasi.

Shunday qilib funksional va dizfunsional koping klassifikatsiyasi

mavjudligiga qaramasdan, tadqiqodchilar bunga yana bir qо‘shimcha “ijtimoiy

faollik” strategiyasini ham kiritadilar va bu natijali va natijasiz (samarali va

samarasiz) bо‘lishi mumkin.

Vaziyatni boshqaradigan koping strategiyasi.

Psixologik lug‘atlarda

vaziyatni boshqaradigan koping strategiyasiga quyidagicha ta’rif beriladi: xavf-

hatarli vaziyatlarda xulq-atvorni nazoratga olish va о‘zini ushlab turishga

qaratilgan xulq-atvor strategiyasi, hatti-harakatlarning irodaviy boshqarilishi.

Jumladan, bu klassifikatsiya mualliflari bolalardagi koping-strategiyasida tо‘rt xil

strategik xulq-atvor о‘zgarishlarini kuzatadilar: aktiv faoliyat, bilvosita harakat,

ijtimoiy tarafdorlik va jamiyatga qarshi xatti-harakatlar.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

374

Xobfollom shunga о‘xshash klassifikatsiyani taklif qiladi. U о‘zining

“Resurslarni saqlab qolish nazariyasi” asrida koping strategiyasining oltita

xususiyatini ajratadi: ijtimoiy /antisotsial yо‘nalish, bevosita/ bilvosita xatti-

harakatlar, passiv/ faol xatti -harakatlar.

Koping-strategiyalari va individning samarali ishlashi.

Bugungi kunda

koping - strategiya muammosi sohalarda va har xil turdagi faoliyat misolida faol

о‘rganilmoqda. Shaxsning hissiy holati, ijtimoiy sohadagi muvaffaqiyati va stress

bilan kurashish strategiyasi о‘rtasidagi bog‘liqlikni о‘rganishga jiddiy e’tibor

qaratilmoqda. Shu bilan birga koping-strategiyasining samaradorlik/samarasizlik

jihatidan о‘rganishda, samaradorlik jihati stressga nisbatan zaiflikni yо‘qotishga

hizmat qiladi.

Masalan, muammoni hal qilishga qaratilgan reaksiyalar (jumladan, boshqa

odam bilan ijtimoiy munosabatni о‘zgartirishga urinish yoki boshqa insonlar

о‘rtasidagi stressli munosabatlarni о‘zgartirishga urinish) salbiy stressli

vaziyatlarda nisbatan past darajada bо‘lganda ular nazorat ostida deb hisoblanadi.

Bundan tashqari, muammolarga qarshi kurashish strategiyalaridan foydalanish

xulq-atvor va ijtimoiy muammolarga salbiy ta’sir etadi.

Shu bilan birga, muammolarni hal qilish strategiyasini qо‘llaydigan bolalar

moslashishda(adaptatsiyada) kо‘proq muammolarga duch kelishlari kо‘rsatilgan.

Bundan farqli о‘laroq, о‘z hissiyotlariga qarshi chiqishning tez -tez sodir bо‘lishi,

xatti–harakatlarda jiddiy muammolar, shuningdek, tashvish va tushkunlik

alomatlarini yuzaga keltiradi.

Shuningdek bu strategiya ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash, tajovuzkor kurashish

(masalan, verbal/jismoniy ravishda muammoni hal qilish, hissiyotlarni chiqarib

yuborish) va rad etish kabi strategiyalar ham malaka va moslashuvchanlik bilan

bog‘liq. “Ijtimoiy madad qidirish” ning samarali tomoni shundaki, bu

boshqalarning tajribasidan foydalanishga imkon beradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

375

Eksperimental tadqiqotlar kopingdan qochishning turli xil strategiyalarini

kо‘rsatib bergan (yomon fikrdan yoki salbiy kognitiv vaziyatdan qochish). Bir

tomondan, maktab bilan bog‘liq yuqori darajadagi distress, bezovtalik, aslida,

moslashishga qiynalish belgisi. Ammo, boshqa tadqiqotchilarning fikriga kо‘ra,

muammodan qochish bolalarning maktabdagi xulq-atvori bо‘lib, о‘qituvchilar

bunda kuchli ijtimoiy kompetentlik bor deb ta’kidlashadi. Balki, stressli vaziyatda

kopingdan qochish orqali nazorat yо‘qotilganda, bu qochish salbiy vaziyatning

oshib ketishini oldini olishi mumkin yoki ijtimoiy muvaffaqiyat bilan bog‘liq

bо‘lishi mumkin.

Tadqiqotchilarning aytishiga kо‘ra, kopingdan qochish uzoq davom

etuvchi stresslarni oldini oladi, uzoq davom etuvchi stresslardan qochish

noadaptatsion reaksiya kо‘rsatadi.

“Vaziyatni ijobiy baholash” koping-strategiyasi turlicha bо‘ladi. Bir

tomondan muammoga pozitiv baho berish stressni kamaytiradi va emotsional

imkoniyatni oshiradi: boshqa tomondan ma’lum bir amaliy muammolardan

qochishga imkon beradi. Agar subyekt vaziyatni boshqara olmasa, ushbu strategiya

shu vaziyatni ijobiy hal qilishga yordam beradi. Koping –strategiyasini

о‘rganishdagi akademik bosqichning muvaffaqiyati psixologik kitoblarda hali

chuqurroq yoritilmagan. Masalan, muvaffaqiyatli koping-strategiyasining о‘zini

yutuqlarga olib boradi deb bо‘lmaydi. Masalan, о‘qishda yuqori natijalarga

erishgan о‘smirlar (о‘g‘il bola) koping-strategiyasida ancha yuqori natijaga

erishadi, ular IQ-darajasini oshirish uchun boshqalardan kо‘ra kо‘proq harakat

qilishi kerakligini biladi.

Muammolarni hal qilish strategiyasi, odatda, shaxsning muammoga

bо‘lgan munosabatini yengishga qaratilgan strategiyalardan kо‘ra samaraliroqdir.

Ammo, qanday bо‘lishidan qat’iy nazar, tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, vaziyatga

bir xil javob berish usulini tanlashdan kо‘ra, bir vaqtning о‘zida bir nechta usullarni

qо‘llash samaraliroqdir. Yuqorida aytib о‘tilganidek, koping-strategiyalarining


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

376

samaradorligi ham reaksiyaning о‘ziga, ham bu reaksiya о‘tkaziladigan kontekstga

bog‘liq. Bir vaziyatda samarasiz bо‘lgan koping-strategiyasi boshqa vaziyat uchun

samarali bо‘lishi mumkin. Masalan, subyektning nazorati ostida bо‘lmagan

vaziyatda samarasiz bо‘lgan strategiyalar, subyekt nazorat qila oladigan va kerakli

yо‘nalishda о‘zgarishi mumkin bо‘lgan holatlarda samarali bо‘lishi mumkin.

Shunisi e’tiborga loyiqki, erkaklar ayollarga qaraganda kо‘proq xavotirli

(adrenalin turi) va hissiy jihatdan berqaror bо‘ladi va shuning uchun stressga

kо‘proq moyil. Shuni ham qо‘shimcha qilish kerakki, spirtli ichimliklar ta’siri

ostida (har xil dorilar kabi) tanada kо‘p miqdorda noradrenalin ishlab chiqariladi.

Bu esa, о‘ziga ishonchi yо‘q va havotirli kishilarni spirtli ichimlik ta’sirida

agressivlikni va о‘ziga ishonchini oshirib yubaradi. Bu holat kо‘pchilikka yoqadi

va uning ta’siriga tez-tez tushib qolishadi. Bu toifa insonlarga alkogolizm havf

soladi. Agar siz bu toifaga kirsangiz bundan qutulishga va muammolarni boshqa

yо‘l bilan hal qilishga urinib kо‘ring.

Bundan tashqari, stressli vaziyatni bartaraf etishdan qochishga

qaratilgan

kuchsiz reaksiyalar

ham mavjud. Bu psixologik himoya mexanizmlarini

о‘z ichiga oladi, uning g‘oyasi dastlab psixoanalitik nazariya doirasida shakllangan

(bu atama birinchi marta 1894 yilda paydo bо‘lgan (Freyd "himoya

neyropixozlar"). Ushbu mexanizmlar ahamiyatini yо‘qotish va shu bilan stressning

shaxsiyatga ta’sir qilishining shikastlanadigan daqiqalarini bartaraf etishga

qaratilgan.

Bugungi kunda mutaxassislar psixologik himoya mexanizmlarining

yigirmadan ortiq turini bilishadi. Ular orasida:

Repressiya -

har qanday hodisani eslay olmaslik yoki ushbu

ma’lumotlarning shikastlanishiga bog‘liq har qanday ma’lumotni qabul qilish;

rad etish-

inson uchun xavf tug‘diradigan turli faktlarni inkor etadigan yoki

ular tomonidan qabul qilinmaydigan himoya mexanizmi;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

377

proyeksion-

boshqa odamning о‘z xususiyatlari va xususiyatlariga

befarqligi, his-tuyg‘ulari va tajribalarini boshqa shaxsga yoki boshqa vaziyatga

о‘tkazish;

regressiya-

oldingi, kamroq yetuk va yetarlicha xulq-atvorga о‘tish;

ratsionalizatsiya-

qabul qilinadigan impulsiv xatti-harakatlarni tushuntirish

va oqlash uchun maqbul axloqiy, mantiqiy

asoslarni yaratish

;

sublimatsiya-

ijtimoiy jihatdan ma’qullangan, qoida tariqasida, inson

faoliyatining ijodiy sohalariga energiya yо‘naltirish;

hissiy yengillashish-

xotiralar, tasvirlar, fikrlar, istaklarni rad etishga olib

keladigan

yoqimsiz

xotiradan

chiqarib

tashlash

va

boshq.

Muayyan himoya turlari о‘rtasidagi farqlarga qaramasdan, ularning vazifalari

о‘xshash. Ular psixikaga kiruvchi hodisalarning shikast

yetkazish ta’sirini

kamaytirish

, shaxsiy tashvish darajasini pasaytirish, shaxsning о‘zini namoyon

qilishning barqarorligi va о‘zgaruvchanligini saqlab qolishdan iborat.

Bir qator tadqiqotlarga kо‘ra, stress reaksiyalari orasida yetuk, mos

keluvchi shaxslar vijdon mexanizmlari tomonidan boshqariladi, pishmagan,

noqulay, infantil shaxslar esa psixologik himoya mexanizmlariga ega.

Stress—bu "mushak qisqarishi" ning о‘ziga xos analogidir, shuning uchun

uni bо‘shatish uchun siz о‘zingizni teskari yо‘nalishda chо‘zishingiz kerak,

boshqacha aytganda "stressga qarshi vosita" ni о‘ylab topishingiz kerak. Buni tahlil

qiling, qachonki stressli vaziyatga tushganingizda о‘zingizning qarshi vositangizni

ishga solishga harakat qiling. Asosiysi—tо‘g‘ri amalga oshirish.

Stressni о‘tib ketishiga harakat qiling, organizmga foydali ta’sir etuvchi

gormonlarni, ishtaha ochuvchi va endofrin gormonlarini (“baxt” gormoni) olishga

harakat qiling. Ratsionga salatlar, uzum, karam, qizil qalampir qо‘shing, chunki

ularning tarkibida “sitofin” moddasi mavjud. Banan tarkibida ijobiy emotsiyalarni

keltirib chiqaruvchi “serotonin” gormoni mavjud bо‘lib, u inson qalbiga yengillik


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

378

va quvonch beradi. Shirinliklarni (shokoladni) ham ratsionga qо‘shish kerak, ular

hayot quvonchini oshiradi va miyadagi “qoniqish mexanizmini” ishga soladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Fletcher, D., & Sarkar, M. (2013). Psychological resilience: A review and

critique of definitions, concepts, and theory. European Psychologist, 18(1), 12–23.

2. Bergman, M., & Dierks, K. (2020). Stress management strategies for

military personnel: The role of psychological training. Military Psychology, 32(4),

317–328.

3. O‘zbek Milliy Psixologik Tadqiqotlar Jamiyati (2022). Ekstremal

vaziyatlarda psixologik tayyorgarlik. Uzbek Journal of Military Psychology, 10(2),

55–70.