https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
326
HARBIY XIZMATCHILARNING AHLOQIY-RUHIY
TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHДА TARBIYAVIY
ISHLARNING О‘RNI.
Saburov Alisher Ikramovich
Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura tinglovchisi,
mayor
Аннотация: В данной статье рассмотрены проблемы и решения в
организации психологической службы в воинских частях, психологической
подготовки
Ключевые слова: Моральная-духовная подготовка, психологические
характеристики,
различные
профессиональные
подготовки,
психологические тренинги, знания, умение, профессионализм.
Annatation: This article examines the problems and solutions in organizing
psychological services in military, units psychological preparation for military
service, professional competencies and issues of their adaptation.
Keywords: moral and spiritual preparation, psychological characteristics,
various professionaltrainings, psychological trainings, knowledge, skill,
profesionalizm.
Kirish
Harbiy xizmatning murakkabligi va xavf-xatarli sharoitlari harbiy
xizmatchilardan yuqori axloqiy va ruhiy tayyorgarlikni talab qiladi. Shu sababli,
harbiy
xizmatchilarning
axloqiy-ruhiy
tayyorgarligini
rivojlantirish
mexanizmlarini takomillashtirish zarurati tug‘iladi.
Harbiy jamoada komandirlar harbiy xizmatchilarning birinchi harbiy
hayotga qadam qo‘ygan davridan boshlab salomlashishi va ko‘rishishini milliy-
harbiy ruhda o‘rgatishi an’anaga aylangan. Chunki salomlashish va alik olish
ya’ni “Assalomu alaykum”, “Sog‘lik-salomatlik tilayman”-deb salom berish va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
327
“Vaalaykum assalom” tarzda javob qaytarishi o‘zbek harbiylarining axloq-odob,
xulq-atvor qoida normalarining yig‘indisi deb izohlash mumkin.
Harbiy xizmatchilarimizning salomlashish an’anasi millatning obro‘si,
g‘ururi, faxri, madaniyati hamda ma’naviyatining bir tarkibiy qismi bo‘lgandagina
teranroq tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Millatning faxri hamda harbiy
xizmatchilarni jamoada tarbiyalashning milliy ishonchli vositasi bo‘lib xizmat
qiladi. Shundan keyin yosh ofitserlarning salom berish va alik olishga bo‘lgan
intilishi, qiziqishi, xohishi ortadi.
Harbiy jamoada komandirlarning qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilar
salomlashishi va alik olish mohiyatini anglatishi bag‘oyat muhim. Buning uchun
komandirlar avvalo salomlashish haqida ma’lumot berishi maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, harbiylarimizning eng qadimgi an’analaridan biri bemorlardan
hol-ahvol so‘rash va oila boshiga kulfat tushganda yordam berish an’anasidir.
Oilada uzoq vaqt betob bo‘lib qolgan kishilarni, yoshi ulug‘ yoki yosh bo‘lishidan
qat’iy nazar hol-ahvol so‘rash avloddan avlodga o‘tib kelayotgan harbiy-
insonparvarlik an’analaridan biridir. Mazkur an’ana mazmuni axloq-odobga oid
hadis namunalarida quyidagicha asoslangan. “Mo‘minlarning bir-birlariga oltita
haqlari bor: salom berish, chaqirsa borish, maslahat so‘rasa berish, aksirsa, javob
aytish, kasal bo‘lsa, borib ko‘rish, betobligingda seni ko‘rgani kelmagan odamni
sen borib ko‘raver. Senga xayru ehson qilmagan odamga sen xayru ehson qilaver;
bemorni ko‘rgani borganda uning peshonasiga qo‘lni qo‘yib hol-ahvol so‘rash
barkamol ziyorat hisoblanadi. Qo‘l berib salomlashish mukammal bo‘ladi va
hakazo. Haqiqatan ham hadislarning har biri hayotda yashayotgan kishilar oldiga
muayyan insoniylik ma’suliyatlarini yuklaydi. Bu mas’uliyatlarsiz har qanday
odam etuk, barkamol bo‘la olmaydi.
Harbiy
xizmatchilarning
psixologik-munosabatlarining
axloqiy
tarbiyada ko‘rinishi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
328
Urushda g‘alabaga erishish harbiy, iqtisodiy va ma’naviy-siyosiy omillarga
bog‘liq bo‘ladi. Urushni muvaffaqiyatli olib borish uchun uni jangovar texnika va
qurollar, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan qo‘shin, yuksak malakali ofitserlar va
boshqa narsalar bilan ta’minlash zarur. Bundan tashqari ma’naviy omil-xalq va
Qurolli Kuchlarning ma’naviy jihatdan birligi muhim ahamiyatga ega. Qurolli
Kuchlarning ma’naviy ruhi quyidagi 3ta sifatni o‘z ichiga oladi: shaxsiy tarkibning
g‘oyaviy-siyosiy holati; shaxsiy tarkibning axloqiy-jangovar holati; shaxsiy
tarkibning ruhiy holati.
Quroli Kuchlar ma’naviy ruhining eng muhim tashkil qiluvchisi g‘oyaviy-
siyosiy jihat hisoblanadi. U narsa shaxsiy tarkibning g‘oyaviy va siyosiy jihatdan
qanchalik etukligida o‘z ifodasini topadi. Bular g‘oyaviy e’tiqodlilik,
vatanparvarlik, dushmanlardan nafratlanish, baynalminallik, o‘z burchi va
majburiyatini yuksak darajada anglash, shuningdek, galabaga erishish yo‘lida har
qanday yo‘qotish va qiyits. chiliklarga chidab berishdir. Qurolli Kuchlar ruhining
ahloqiy-jangovar tomoni esa quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
mustahkam bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish;
•
jangovar mahorat;
•
o‘z harbiy texnikasi va quroliga ishonch hissi;
•
o‘z komandirlariga, o‘z-o‘ziga va g‘alabaga bo‘lgan ishonch;
Harbiy jamoa psixologiyasidagi axloqiy-jangovar komponent yuksak
jangovar tayyorgarlik va jangovar qobiliyatni his qilishda va shuningdek, jangovar
jipslikka erishishda, hujumkorlik va shijoatkorlik ruhida namoyon bo‘ladi. Qurolli
Kuchlar ahloqiy ruhining psixologik tomoni shaxsiy tarkibdagi ahloqiy-siyosiy va
jangovar sifatlarning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari harbiy
xizmatchilardagi
psixologik
xususiyatlar,
psixik
jarayonlar,
holatlar,
munosabatlar, shuningdek, harbiy jamoaga xos xususiyatlar ham psixologik
tomonini tashkil qiladi. Masalan: hozirgi paytda harbiy uchuvchi taxminan 30ta
psixologik va psixofiziologik sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Ulardan qaror qabul
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
329
qilishdagi mustaqillik va tezkorlik, idrok va diqqat qobiliyatining yorqin namoyon
bo‘lishi, yaxshi fazoviy tasavvur va operativ xotira, sensomotor va aqliy
ko‘nikmalarni tezda egallash qobiliyati, yuksak emotsional irodaviy barqarorlik va
hokazo. Uchuvchining bunday sifatlarni egallashi harbiy texnikani boshqarish va
urush talablari bilan bog‘liq. Keyingi 30 yil ichida samolyotlardagi priborlar soni
10 martaga, samolyotni boshqarish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish
uchun ketadigan vaqt esa 6-7 martaga qisqardi.
Shuningdek, harbiy jamoani quyidagi ijtimoiy-psixologik sifatlarsiz ham
tasavvur qilib bo‘lmaydi:
❖
harakatlarning yuksak darajadagi uygunligi va ijtimoiy-psixologik
jipslik;
❖
jangovar birodarlik va o‘rtoqliq hissi;
❖
g‘alabaga erishish yulida fikrlar va intilishlarni birlashtira olish;
❖
hujumga shiddat bilan kirishish va mudofaada sabot bilan tura olish;
❖
jamoada
ko‘pchilikning
ozchilikning
fikrlariga
nisbatan
bag‘rikengligi.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa ko‘rinib turibdiki, harbiy jamoa
psixologiyasi individual-psixologik va ijtimoiy-psixologik hodisalar yig‘indisidan
iborat. Qurolli Kuchlarda olib boriladigan ahloqiy-siyosiy, jangovar va psixologik
tayyorgarliklar bir-biridan ajralmas jarayonlardir. Ushbu jarayonda axloqiy-
siyosiy va jangovar tayyorgarlik etakchi hisoblanadi. Psixologik tayyorgarlik esa
ikkala jarayonda shaklantiriladi. ya’ni, alohida psixologik tayyorgarlik
mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.Malumki, hozirgi vaqtda dunyoning bir qancha
davlatlari ommaviy qirg‘in qurollariga ega, jumladan, bizning hududimizga yaqin
joylashgan Rossiya, Hindiston va Pokiston davlatlari ham yadroviy qurollarga
ega, Ommaviy qirgin qurollarining mavjudligi, ularni ishlatish ehtimoli yoki
bevosita harakatga solish harbiy xizmatchilarda (aholida ham) bir qator
psixologik holatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
330
ruhiy zo‘riqish;
ruhiy holatning izdan chiqishi;
hatti-harakatlarni boshqara olmaslik;
vaziyatlarni baholashda xatoliklarga yo‘l qo‘yish;
vaqtini va joyini aniqlashdagi xatoliklar;
reaksiyalar tezligi va aniqligining pasayishi;
xotira va tafakkurning zaiflashuvi.
Bu holatlarning hammasi urush vaqtida odamlarni va harbiy texnikani
boshqarayotgan harbiy xizmatchining kasbiy imkoniyatlarini xavf ostiga qoldirishi
mumkin. Agar zamonaviy harbiy qurollar va texnikaning jangdagi ishtiroki inson
imkoniyatlarini bir necha marotaba oshirishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, u yo‘l
qo‘yadigan xatoliklarning ham ko‘lami shunga mos ravishda kattalashadi.
Shunday qilib, zamonaviy urush talablaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, psixologik
tayyorgarlikning vazifalaridan biri, harbiy xizmatchi psixikasining funksional
ishonchliligini oshirishdan iborat.
Psixikaning funksional ishonchliligi quyidagilar hisobiga oshadi:
➢
sezgi organlarining sezuvchanligini oshirish,
➢
reaksiyalarning tezligi va aniqligi,
➢
xatti-harakatining kuchi koordinatsiyasi va barqarorligi;
➢
jang vaqtida vaqtni va masofani, ob’ektlarning o‘lchamlarini, harakat
tezligini to‘g‘ri baholash qobiliyatini rivojlantirish
➢
jang vaqtida harbiy xizmatchilarda diqqat ko‘lamini asosiy faoliyatga
yo‘naltirilgan diqqatga ziyon etkazmagan holda boshqa narsalarga ham qarata
➢
inson jangda ro‘baro‘ kelishi mumkin bo‘lgan predmet va hodisalar
haqida har tomonlama keng tasavvurlarni yaratish va mustahkamlash;
➢
jang vaqtida xotira samaradorligini saqlab qolish, esga olishning
tezligi, esda saqlash va aniq esga olish, operativ xotira mavjudligi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
331
Bularning hammasiga jangovar sharoitlarga yaqin sharoitlarda o‘quv
mashg‘ulotlarini o‘tkazish yo‘li bilan erishish mumkin.
Zamonaviy urushlar insonning nafaqat bilish jarayonlariga, balki, uning
hissiyot va irodasiga ham yuksak talablar qo‘yadi.Xavf-xatar urushning ajralmas
xususiyati hisoblanadi. Ma’lumki, insonning xavf-xatarni bevosita idrok qilishi
qiyin va u buni xayol vositasida biladi.Insondagi xavfli vaziyatlarda ham ruhiy
barqarorlikni yo‘qotmaslik va samarali faoliyat yurita olish layoqatiga
emotsional-irodaviy
barqarorlik,
deyiladi.Emotsional-irodaviy
barqarorlik
shaxsiy tarkibni psixologik tayyorlashning muhim vazifalaridan biri. Shuni alohida
ta’kidlab o‘tish kerakki, harbiy xizmatchilarda sovuqqonlikni, barqarorlikni va
qo‘rqishni enga olish mahoratini tarbiyalash jangovar vazifalar ichida eng
mas’uliyatlisi, psixologik jihatdan esa eng murakkabi hisoblanadi.Psixologik
tayyorgarlik axloqiy-siyosiy hamda harbiy-kasbiy tayyorgarlik doirasida amalga
oshiriladi
Psixologik tayyorgarlik-bu harbiy xizmatchilarda jangovar vazifalarni
bajarishga nisbatan ichki tayyorgarlikni shakllantirish, shuningdek, ularda
faoliyatning barqaror ijobiy motivlarini yaratishdan iborat bo‘lgan hodisa.Qurolli
Kuchlarda shaxsiy tarkibni psixologik tayyorlashning 3 xil turi mavjud:
❖
maxsus;
❖
umumiy;
❖
maqsadli.
Psixologik tayergarlikning maxsus turida harbiy xizmatchilarda jangovar
holatlarga
nisbatan
tayyorgarlik
hosil
qilinadi,
ularda
barqarorlik
shakllantiriladi. Psixologik tayyorgarlikning umumiy turida esa harbiy
xizmatchilarda
Vatan
himoyasiga
ongli
ravishda
tayyor
turish
shakllantiriladi.O‘quv mashg‘ulotlarida qiyin va xavfli vaziyatlarni hosil qilish
bilan harbiy xizmatchilarda qo‘rqishni irodaviy engish ko‘nikmalari maqsadli
psixologik tayyorgarlik jarayonida hosil qilinadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
332
O‘zbekiston Respublikasidagi barcha harbiy oliy o‘quv yurtlarida amalga
oshirilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari harbiylarni barkamol inson qilib
shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Harbiylarni axloqiy sifatlari kasbiy-ma’naviy fazilat bo‘lib, oliy
qo‘mondonda amalga oshiriladigan pedagogik jarayonida shakllanadi. Bu
jarayonda kasbiy tayyorgarlik bilan tarbiyaning barcha tarkibiy qismlari; aqliy,
mehnat, axloqiy, huquqoy, jismoniy, ekologik va nafosat tarbiyasi o‘zviy ravishda
bog‘langan holda rivojlanadi. Psixologik munosabatlarda axloqiy tarbiya
harbiylarni va yoshlarni axloqiy jihatdan rivojlanishiga olib kelishi va unga turtki
bo‘lishi lozim.
Psixologik munosabatlarda axloq-bu jamoatchilik tomonidan qabul qilingan,
insonlarning jamiyatda, oilada, mehnatda, bir-birlariga munosabatda va o‘z-
o‘zlariga munosabatdagi xulq-atvoriga qo‘yiladigan talablar, me’yorlar va
qoidalarning yig‘indisi.
Psixologik munosabatlarda axloqiy tarbiya faol jarayon bo‘lishi bilan birga
u juda murakkab va yaxlit hodisadir. Harbiy o‘quv yurtlarida axloqiy tarbiya
jarayoni bo‘lg‘usi ofitserlarga axloqqa doir bilimlar berish, ularga odobning
tushuncha va qoidalarini o‘rgatish, psixologik axloqiy e’tiqod, axloqiy xislar,
ehtiyojlar va tarbiyachiga xos axloqiy fazilatlarni shakllantirish kabilarni o‘z
ichiga oladi. Harbiy bilim yurtlarida, xususan universitetimizda ham beriladigan
axloqiy-psixologik munosabatlar tarbiyasi harbiylarning ma’naviy jihatdan
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Axloqiy rivojlanishning mohiyatini uning
tarkibiy qismlarini aniqlab chiqqan taqdirlardagina tushunish mumkin.
Axloq ilmi yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi murakkab muammolar
haqida baxs yuritib, ofitserning kamolotga erishish yo‘lini yoritib boradi.
Shaxsning zohiriy va botiniy olamini, ayniqsa, qalb olamini o‘rganish, bilish,
tahlil etish g‘oyatda qiyin, bu ruhiyat bilan bog‘liq holatdir.
Farobiyning
fikricha,
insonning axloqli, saxovatli va aql-idrokli bo‘lishida bilimlarni egallashi muhim
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
333
rol o‘ynaydi...
inson bilish orqali o‘z maqsadlariga erisha oladi.
Abu Ali ibn Sino
ham “Alloh haqida risola”, “Tib qonunlari”, “Ash-shifo” va boshqa asarlarida
odamlarni fazilatlarini kishilarni yaxshi va yomon xulqlarida bo‘lishini isbotlab
bergan. Ibn Sino ta’limotiga kora, do‘st tutishning uch turi bor:
Birinchidan
, har qanday qiyinchilik bo‘lishiga qaramay, kishi o‘z do‘stini
falokatdan quritsin;
Ikkinchidan
, g‘oyaviy yaqinlik va dunyoqarashlar umumiy bo‘lgan
chinakam va doimiy do‘stlik;
Uchinchidan
, haqiqiy do‘stlik kishining mansabi, puli yoki mavqeiga qarab
o‘lchanmaydi.
Psixologik munosabatlarda axloqiy tarbiya nafaqat harbiylarda bilimlarni
hosil qilishni ko‘zda tutadi, balki bu me’yorlarni ularning qarashlariga va
e’tiqodlariga singdirishni, uni odatdagi xulq-atvor shakllariga aylantirishni
nazarda tutadi. Psixologik munosabatlarda axloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi
yuksak axloqni insonni tarkib toptirishdan iborat.
Bo‘lajak ofitserlarda milliy tarbiyani shakllantirish ko‘p qirrali va murakkab
jarayondir. Harbiylarni ma’naviy shakllanishi bir-biri bilan uzviy bog‘liq va biri
ikkinchisini taqozo etadigan ta’lim-tarbiya ishlarini muntazam va izchil ravishda
bajarishni talab etadi.
Har bir bilim yurtlarida milliy tarbiya ishlari, ayniqsa axloqiy psixologik
munosabatlarda tadbirlar ko‘plab ishlatiladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya ishida og‘zaki bayon qilish
usuli ko‘proq bo‘lib, shu qatorda harbiylarni amaliy faoliyatga, ijtimoiy-foydali
mehnatga jalb etish usullariga ham e’tibor berish lozim. Ma’naviyatga doir
suhbatlar, maruza va munozaralar harbiylarda milliy tarbiyaning ma’naviy
fazilatlarini shakllantirilishiga ta’sir etadi.
An’ana-bu jamiyatda ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilarning ongida, hayotida
barcha sohalarni qamrab olgan, o‘z o‘rnini topgan, ajdodlardan-avlodga o‘tib
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
334
turadigan, takrorlanadigan harbiy hayotda qo‘llanadigan umumiy tartib, qoidalar
va tajribalar yig‘indisi deb ta’riflash mumkin.
Harbiy an’analar esa harbiy, ijtimoiy hodisa bo‘lib, harbiylar hayotining
barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan ya’ni turmush tarzi, mehnat, odob-ahloq,
madaniyat, ma’naviyatlarida o‘z o‘rnini olgan, avloddan avlodga o‘tib turadigan,
takrorlanadigan, qo‘llanadigan harbiy tartib-qoidalar yig‘indisi deb tushunish
zarur.
Harbiy an’analarning hayotda tadbiq qilinish hajmi, ko‘lami, doirasi ijtimoiy
an’analarga qaraganda nisbatan torroq yo‘nalishga ega. Shu nuqtai nazardan
yondoshganda harbiy an’analar davlat miqiyosidagi harbiy ta’lim-tarbiya
muassasalari, mehnat jamoalari an’analaridan shakli, mohiyati, mazmuni hamda
o‘ziga xos harbiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Harbiy psixologiya: O‘quv qo‘llanma. /A.U.Klichev, D. A. Xoliqova,
F.S.Nizamov,; O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi. – T.:’’Sharq”, 2013. -
186 b.
2. Ch.R.Nasriddinov «Harbiy psixologiya» Fan nashriyoti, Toshkent 2004 y.
A.Sotib-Oldiyev, A.Karimjonov «Harbiy pedagogika» Sharq nashriyoti, Toshkent
2009 y.
3. A.Sotiboldiyev «Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari» TDPU
nashriyoti, Toshkent 2003 y.
4. Филонов Л.Б. Тренинги делового общения сотрудников органов
внутренних дел с различными категориями граждан.-М., 1992.-С.5-6.
5. Жон Честара. Деловой этикет.-М., 1997.-Б.26.
6. Andriadi I.P. ―Pedagogik mahorat asoslari‖-M.: Akademiya, 2009 yil.
7. Bodalev A.A. ―Muloqot psixologiyasi‖-M .: MPSI, 2002.
8. Volkov B.S., Volkova N.V. ―Harbiy xizmatchilardagi muloqot
psixologiyasi-Sankt-Peterburg: Peter,-2008.-272p.