Авторы

  • Saburov Alisher Ikramovich

Биография автора

  • Saburov Alisher Ikramovich

    Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura tinglovchisi, mayor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100225

Ключевые слова:

Kalit So‘zlar: Ethical readiness psychological resilience military personnel moral development stress management ethical training.

Аннотация

Annotatsiya: This article analyzes mechanisms aimed at enhancing the ethical and psychological readiness of military personnel, focusing on methods to strengthen their moral grounding and resilience.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

318

HARBIY XIZMATЧИЛАРНИНГ АХЛОҚИЙ-РУҲИЙ

ТАЙЁРГАРЛИГИНИ RIVOJLANTIRISHNING AMALIY YO‘LLARI VA

SHAKLLARI

Saburov Alisher Ikramovich

Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura tinglovchisi, mayor

Annotatsiya: This article analyzes mechanisms aimed at enhancing the

ethical and psychological readiness of military personnel, focusing on methods to

strengthen their moral grounding and resilience.

Kalit So‘zlar: Ethical readiness, psychological resilience, military personnel,

moral development, stress management, ethical training.

Kirish

Harbiy xizmatning murakkabligi va xavf-xatarli sharoitlari harbiy

xizmatchilardan yuqori axloqiy va ruhiy tayyorgarlikni talab qiladi. Shu sababli,

harbiy

xizmatchilarning

axloqiy-ruhiy

tayyorgarligini

rivojlantirish

mexanizmlarini takomillashtirish zarurati tug‘iladi. Ushbu tezisda harbiy

xizmatchilarni professional va shaxsiy sifatlari bo‘yicha tayyorlashga qaratilgan

amaliy yo‘llari va shakllari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy asosan, harbiy

sohada rivojlanishi yetuk ofitser shakllantirish bilan ro‘yobga chiqariladi.

Barkamol, yetuk ofitser o‘qimishli, yangicha fikrlaydigan, madaniyatli, axloqli,

mehnatsevar, jismonan va ruhan sog‘lom, o‘z haq-huquqini bilgan, vatanini

sevadigan, faol, fidoiylik va ma’naviy boy singari insoniy fazilatlarni o‘zida

mujassamlashtirmog‘i lozim.

Harbiy an’analarning o‘rni va ahamiyatini anglash uchun eng avvalo

an’analarning mohiyati, mazmuni haqida fikr yuritaylik. Harbiy jamoada

yashovchi harbiy xizmatchi o‘z bo‘linmasining milliy harbiy an’analari tarixini,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

319

turmush tarzini, madaniyatini, ruhiyatini va ma’naviyatini chuqur bilgandagina, u

shu xalqning barkamol, etuk ofitseri bo‘la oladi. Barkamol yetuk ofitser o‘z

navbatida o‘zining xizmat faoliyati davomida o‘rgangan g‘oya va tajribalarini

o‘zidan keyingi avlodga o‘rgatishga harakat qiladi. Ana shu o‘rgatish harbiy va

ijtimoiy hayotni davom ettirishga asos, negiz bo‘ladi.

Shuning uchun o‘z qadr-qimmatini bilgan harbiylar o‘z harbiy san’atining,

ma’naviyatining ya’ni harbiy vatanparvarligining, qadriyatlarining asosi bo‘lgan

an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlarni avloddan avlodga etkazadi, asraydi

hamda ularni davom ettiradi. Ana shundagina harbiylarning, xalqning, davlatning,

hayotning davomiyligi ta ‘minlanadi. Bu haqda buyuk sharq mutafakkiri Abu

Rayhon Beruniy “Vaqt pillapoyasi cheksizdir, bir-birining o‘rnini egallab

boradigan avlodlar zinadan zinagagina ko‘tariladilar, xolos. Jamlangan tajribani

har bir harbiy xizmatchi o‘zidan keyin kelayotgan, o‘zidan keyin uni taraqqiy

ettiradigan va boyitadigan navbatdagi harbiy xizmatchiga etkazib beradi”,-deb

o‘rinli ta’kidlagan.

O‘zbek harbiylari o‘z harbiy an’analari bilan jahon hamjamiyatida o‘ziga

xos mavqega ega bo‘lgan eng qadimgi xalqlardan biri sifatida mana shunday

bebaho, boy xazinaga ega. Buning uchun o‘zbek xalqining harbiy an’analarini

bilishimiz, boyitishimiz, takomillashtirishimiz, saqlashimiz hamda keyingi

avlodlarga etkazish har birimizning, muqaddas vazifamiz bo‘lmog‘i darkor. Eng

asosiysi harbiy an’analaridan yosh ofitserlarni tarbiyalashda foydalanishni hozirgi

talabning o‘zi talab qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining kadrlar

tayyorlash milliy dasturida “Yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda

xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda

umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va

vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi”-deb alohida ta’kidlangan.

An’ana-bu jamiyatda ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilarning ongida, hayotida

barcha sohalarni qamrab olgan, o‘z o‘rnini topgan, ajdodlardan-avlodga o‘tib


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

320

turadigan, takrorlanadigan harbiy hayotda qo‘llanadigan umumiy tartib, qoidalar

va tajribalar yig‘indisi deb ta’riflash mumkin.

Harbiy an’analar esa harbiy, ijtimoiy hodisa bo‘lib, harbiylar hayotining

barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan ya’ni turmush tarzi, mehnat, odob-ahloq,

madaniyat, ma’naviyatlarida o‘z o‘rnini olgan, avloddan avlodga o‘tib turadigan,

takrorlanadigan, qo‘llanadigan harbiy tartib-qoidalar yig‘indisi deb tushunish

zarur. Harbiy an’analarning hayotda tadbiq qilinish hajmi, ko‘lami, doirasi

ijtimoiy an’analarga qaraganda nisbatan torroq yo‘nalishga ega. Shu nuqtai

nazardan yondoshganda harbiy an’analar davlat miqiyosidagi harbiy ta’lim-

tarbiya muassasalari, mehnat jamoalari an’analaridan shakli, mohiyati, mazmuni

hamda o‘ziga xos harbiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.

O‘zbek harbiy xizmatchilarining harbiy an’analari o‘ziga xos milliy

xususiyatlarga ega. An’analar harbiy jamoaning turmush tarzini bezab, ifodalab

uning qadr-qimmatini yuksaltiradi. Har bir harbiy an’ana o‘z shakli, mazmuni,

maqsadi va vazifalarni nazarda tutadi. Harbiy an’analar o‘z milliy mazmuni,

shakli, mohiyati hamda xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Yosh

ofitserlarning muntazam tizimli uzluksiz, shakllanishida to‘g‘ridan to‘g‘ri kuchli

tarbiyaviy ta’sir etuvchi milliy tarbiya vositasidir. Harbiy an’analar harbiylarning

boy axloq-odobi, madaniyati, ma’naviyati ijtimoiy, harbiy tajribalari bilan uzaro

uzviy bog‘langan va ularni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. O‘zbekiston Qurolli

Kuchlarining harbiy an’analari, ayniqsa aqliy, axloqiy, mehnat, nafosat, huquq,

ekologik yo‘nalishlar orqali tarbiyalash asosli ildizlarga ega. Masalan, kattalarga

hurmat va kichiklarga mehribon bo‘lish; salomlashish va ko‘rishish; bemorlardan

hol-ahvol so‘rash va oila boshiga kulfat tushganida yordam berish; birinchi maosh

olish; birinchi kor; mehmondo‘stlik va h.k.

Shuning uchun ham harbiy an’analar шахсни harbiy hayotga tayyorlashda

tarbiya vositasi bo‘lib qolaveradi. Masalan, ustoz-shogird, hashar, salomlashish,

mehmondo‘stlik, to‘y, keksalarni hurmatlash, kabi yuzlab an’analar o‘zbek harbiy


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

321

xizmatchilarining milliy axloqiy qadriyatlariga aylanganini ko‘rsatish mumkin.

Jamoviy (Harbiy) an’analar ham ijtimoiy an’analar kabi taraqqiyotning

doimiy shakldagi o‘zgarishlari bilan o‘zaro bog‘langan. Harbiy hayotdagi boshqa

hodisa va voqealar kabi jamoaviy an’analar ham biri paydo bo‘ladi, ikkinchisi

rivojlanadi, yana boshqasi esa harbiy hayot talablariga javob bermaydi va

iste’moldan chiqadi. Bu tabiiy bir qonuniyatdir. Jamoaviy an’analarning

ko‘pchiligi kishilarning harbiy hayotida sinovlarga dosh berib qo‘llanib,

mustahkamlanmoqda.

Shu an’analardan xizmat faoliyatda harbiylar faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydigan

jihatlari jamoa an’analari tarkibidan chiqib borilmoqda. Istiqlol sharofati bilan

harbiy an’analarni xizmat faoliyatga qo‘llash uchun qulay shart-sharoitlar yuzaga

keldi. Mustabid yillarida milliy harbiy an’analarni xizmat faoliyatida qo‘llash u

yoqda tursin, hatto milliy tarbiya degan iborani ishlatish mumkin emas edi.

“An’analarni tarbiyalash, ularni saqlash tarbiyaviy ishlarning eng muhim

vazifasidir” degan edi mashhur pedagog

A.S.Makarenko.

Demak, harbiy

an’analarni tarbiyalash, ulardan samarali foydalanish xizmat faoliyatida

tarbiyaviy ishlarning eng muhim vazifasi bo‘lmog‘i darkor.

Chindan ham harbiy jamoada harbiy an’analarni avaylab saqlash va boyitish,

ularga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib shu xalqning, Vatanning

haqiqiy jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas. Haqiqiy harbiy vatanparvar,

oilaparvar harbiy xizmatchi esa o‘z navbatida o‘z nasl-nasabi ya’ni sarkarda ota-

bobolarining muborak nomlariga dog‘ tushirmaslikka, ularga sodiq bo‘lishga, o‘z

bilimi, mehnati bilan ular obro‘sini mustahkamlashi orqali jamoadoshlarining

hurmat-ehtiromiga sazovor bo‘lish zarurligi uqtirilayapti.

Bunday inson eng avvalo o‘z oilasiga,xalqi va millatiga, yurtiga va harbiy

jamoasiga hamda an’analariga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalanishi zarur.

Chunki o‘z yurtini sevmaydigan harbiy xizmatchi hech bir millatda, xalqda,

davlatda bo‘lmasa kerak. Harbiy xizmatchilarni an’analar asosida tarbiyalashda


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

322

komandirlarning tarbiya haqidagi ma’lumoti asosiy o‘rin tutadi.

Bizningcha, komandirlarning o‘z qo‘l ostidagi harbiy xizamtchilarni

jamoaviy an’analar vositasida tarbiyalashdagi imkoniyatlarini oshirish,

takomillashtirish uchun quyidagi ikki yo‘nalishda ma’rifiy ishlarni tashkil etish

ma’qul.

Birinchidan

, komandirlarning jamoaviy an’analar bo‘yicha pedagogik

ma’lumot-madaniyatini oshirish.

Ikkinchidan

, harbiy o‘qituvchilar, xizmat bo‘yicha tegishli ofitserlar,

xodimlar, xizmatchilar va boshqa ofitserlarning pedagogik madaniyatini oshirish.

Bu ma’rifiy ishlarni olib borishni tashkil etishda o‘z yechimini kutayotgan

muammolar ham yo‘q emas. Xususan, hozir davlat ta’lim-tarbiya muassasalarida

ishlayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, madaniyat xodimlari, ichki ishlar, hokimiyat

vakillari, mahalla faollarining jamoaviy an’analar bo‘yicha ma’lumotlari va

malakalari hozirgi talab darajasida deb xulosa chiqarish qiyin. Shuning uchun bu

muammoni hal etishni keng qamrovli tarbiyaviy ishlardan boshlash maqsadga

muvofiq. Yana oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida tayyorlanayotgan yosh

malakali mutaxassislar o‘quv reja va o‘quv dasturlari, davlat ta’lim standardlarida

ham jamoaviy an’analar, qadriyatlar, ma’naviyatlar bo‘yicha mavzular va ularga

ajratilgan soatlar hozirgi hayot talabi darajasida emasligini aytish zarur. Ammo

istiqlolning keyingi uchinchi, to‘rtinchi yillarida jamoa tarbiyasini yaxshilash

bo‘yicha 1996-yilni “Amir Temur” yili deb e’lon qilingani, HOTM larida

harbiylar tarbiyasini o‘rganuvchi bo‘limning tashkil qilinishi kabi amaliy

tadbirlarning bajarilishi bu sohada ijobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirishga asos

bo‘lmoqda.

Eng muhimi komandirlar harbiy an’analarning yosh ofitserlarni xizmat

faoliyatga va ijtimoiy hayotga tayyorlashdagi ilmiy o‘rnini va amaliy ahamiyatini,

tajribalarni orttirishdagi, mustahkamlashdagi rolini anglashlari nihoyatda zarur.

Masalan

, birinchidan

, mehmondo‘stlik, keksalarni hurmatlash an’analari


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

323

to‘g‘risida harbiy xizmatchilarga tushuncha, ko‘nikma, , ma’lumot bilan

qurollantirmay turib, ularni xizmat faoliyatga va ijtimoiy turmushga amaliy

tayyorlash mumkin emasligi hamda bu milliy-harbiy urf-odatlarsiz inson

barkamol harbiy xizmatchi bo‘lmasligini bilishlari shart.

Ikkinchidan,

komandirlarga harbiy an’analarning tarbiyaviy vazifasini tushuntirishni quyidagi

shakl va mazmunda tashkil etsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Komandirlarga

harbiy jamoaviy an’nalarning tarixi, maqsadi, vazifasi, har birining o‘ziga xos

xususiyatlari, ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan qullanilib kelinish sabablari, turmush

tarzi, tili, axloqi, mehnati, madaniyati, ma’naviyati hamda udum, urf-odat

kabilarning harbiy xizmatchilarni tarbiyalashdagi tarbiyaviy imkoniyatlarini

pedagogik asoslab ko‘rsatishdan iborat.

Komandirlarga an’analarning harbiy xizmatchilarni ijtimoiy hayotga

tayyorlashdagi tarbiyaviy qirralari haqida ma’lumot berishda o‘zbek millati

tarixi, turmush tarzi, harbiy an’nalari, udumi, urf-odati, axloq-odobi, madaniyati

ma’naviyati asoslarini harbiy xizmatchilarga o‘rgatishda ahamiyatini anglatish

hamda ular bilan bog‘liq milliy mafkura, milliy ong, milliy g‘urur, o‘zlikni

anglash, millatidan faxrlanish va unga sodiq bo‘lish, harbiy vatanparvarlik kabi

insoniylik fazilatlarni shakllantirishda harbiy jamoaviy an’analarning tarbiyaviy

vazifalarini bajarishga komandiralarning alohida e’tiborini qaratish zarur.

Bu fazilatlarni harbiy an’analar vositasida tarbiyalanganligiga komandirlar

ishonch hosil qilishlari darkor. Shundan keyingina harbiyiy an’analarning

tarbiyaviy vazifasi amalda o‘z tadbig‘ini topadi. Misol uchun jamoada

salomlashish va alik olish an’anasini pedagogik tahlil qilaylik.

Birinchidan

,

salomlashish eng avvalo insonning insonligini ko‘rsatuvchi belgi, uning ongli

bir jonzotligini, boshqa jonzotlardan farqlanishini, insoniyligini his qilish, burchni

anglash, o‘z ruhini o‘zi boshqara olish, boshqalarga insonlarcha munosabatda

bo‘lish, o‘zini hurmatlash o‘z qadriga va hurmatiga sazovor bo‘lish deb izohlasak

to‘g‘ri bo‘ladi.

Ikkinchidan,

qonuniy majburiyati. Bunday holat esa


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

324

harbiylarning shug‘ullanayotgan faoliyatiga bevosita ta’sir etmay qolmaydi. Har

qanday harbiy xizmatchi o‘zi ro‘para bo‘lgan kishiga salom bermasa yoki

salomini olmasa, birinchi navbatda, o‘z xayolida nima uchun bunday holat

bo‘lganligi haqida fikr yuritadi, o‘ylaydi va to‘g‘ri xulosaga keladi.

Bu holatning salbiy ta’siri uyqudan so‘ng unutilishi mumkin. Shuning uchun

harbiy xizmatchilar jamoada va ijtimoiy hayotda oddiy harbiyiy an’analarga rioya

etishi amaliy ahamiyatga ega deb komandirlarni ishontirish va uni bajarishga

undash darkor. Harbiy an’analarni harbiy xizmatchilarning rivojlanishidagi

amaliy vazifasi bundan oldingi ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari natijasida hosil

bo‘ladi. Buni sodda etib harbiy jamoaviy an’analarningharbiy xizmatchilarga

o‘rgatishdagi hamda tarbiyalashdagi vazifalari ya’ni bilimi, ko‘nikmalari, odatlari

ularning umumiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, natijada ular barkamol bo‘lib har

tomonlama yetishadi. Bu jarayonni komandirlarga quyidagicha izohlab berish

mumkin. Harbiy xizmatchi jamoada harbiy an’analarga amal qilishda xizmat

faoliyatida zarur bo‘ladigan axloq, mehnat, estetik tarbiyalarga doir muomala

ko‘nikmalari haqida ilmiy ma’lumotga ega bo‘ladi. Ana shu ma’lumotga tayanib

xizmat faoliyati va ijtimomy hayotda axloq, odob, mehnat ko‘nikmalarini, insoniy

xulq-atvorni shakllantirib, barkamollikka erishadi.

Ana shu sifatlar harbiy xizmatchilarni rivojlanganligini ko‘rsatadi. Bu

jarayonlarni jamoada komandirlarning bilishlari nihoyatda zarur. Aksincha

komandirlar bu jarayonni tushunib yetmasalar boshqaruvi ostidagi harbiy

xizmatchilar tarbiyasi samaradorligi shunga yarasha bo‘ladi. Shuning uchun

avvalo komandirlarning o‘zlari harbiy an’analarning rivojlantiruvchi, amaliy

vazifalari haqida chuqur pedagogik ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim. Demak,

insonning barkamolligida ta’lim-tarbiyaning natijasida uning umumiy rivojlanishi

ta’minlanadi. Ana shu pedagogik jarayonni anglash jamoada komandirlarning eng

muhim burchi vazifasi hisoblanadi. Harbiyiy an’analarga quyidagilarni misol

qilishimiz mumkin: hashar an’anasi, mehmondo‘stlik an’anasi, salomlashish va


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

325

ko‘rishish an’anasi, bemorlardan hol-ahvol so‘rash va oila boshiga kulfat

tushganda yordam berish an’anasi va boshqa an’analar mavjud.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Jones, T., & Carter, M. (2021). Ethical and moral training in the military.

Military Ethics Journal, 18(2), 123–139.

2. Brown, L., & Roberts, A. (2020). Psychological resilience and moral

development among soldiers. International Military Psychology, 14(1), 89–103.

3. O‘zbek Milliy Psixologik Tadqiqotlar Jamiyati (2023). Harbiy

xizmatchilarning axloqiy-ruhiy barqarorligini oshirish. Uzbek Psychology

Bulletin, 15(3), 75–90.

4. Филонов Л.Б. Тренинги делового общения сотрудников органов

внутренних дел с различными категориями граждан.-М., 1992.-С.5-6.

5. Жон Честара. Деловой этикет.-М., 1997.-Б.26.

6. Andriadi I.P. ―Pedagogik mahorat asoslari‖-M.: Akademiya, 2009 yil.

7. Bodalev A.A. ―Muloqot psixologiyasi‖-M .: MPSI, 2002.

8. Volkov B.S., Volkova N.V. ―Harbiy xizmatchilardagi muloqot

psixologiyasi-Sankt-Peterburg: Peter,-2008.-272p.