https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
175
ELEKTR ENERGIYASINI O’LCHASH VA NAZORAT QILISHDA
AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARDAN FOYDALANISHNI
TATBIQ QILISH
Yo’lchiyev Mash’albek Erkinovich,
Soliyev Abdulaziz Rasuljon oʻgʻli
Andijon davlat texnika inistituti, Elekt va energetika muxandislig fakulteti ETEA
yo’nalishi 4 - kurs K-95-21 guruh talabasi.
Annotatsiya:
Mazkur maqolada elektr energiyasini o‘lchash va nazorat
qilishda avtomatlashtirilgan tizimlarning afzalliklari va joriy etish usullari
o‘rganilgan. Zamonaviy texnologiyalar asosida energiya samaradorligini oshirish
va yo‘qotishlarni minimallashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: Elektr energiyasi, avtomatlashtirilgan tizimlar, energiya
samaradorligi, yo‘qotishlarni kamaytirish, o‘lchash texnologiyalari.
Kirish
: Hozirgi davrda elektr energiyasini samarali boshqarish va
yo‘qotishlarni kamaytirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu muammoni
hal qilishda avtomatlashtirilgan tizimlarning o‘rni beqiyosdir. Ushbu maqolada
avtomatlashtirilgan energiya boshqaruv tizimlarini joriy etishning ahamiyati,
qo‘llaniladigan texnologiyalar va ularning afzalliklari yoritiladi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarning mohiyati va turlari
Avtomatlashtirilgan tizimlar bu - elektr energiyasini kuzatish, o‘lchash va
boshqarishda inson ishtirokisiz ishlaydigan texnologiyalardir. Ushbu tizimlar
yordamida energiya iste’molini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyati
yaratiladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
176
Elektr energiyasini o‘lchashda zamonaviy usullar
- Smart hisoblagichlar: Elektr energiyasini o‘lchashning aniq va tezkor usuli bo‘lib,
iste’molchilar
va
ta’minotchilar
o‘rtasidagi
shaffoflikni
ta’minlaydi.
- IoT texnologiyalari: Internet orqali ulangan tizimlar energiya iste’molini
masofadan kuzatish va boshqarishni imkon beradi.
Energiya resurslariniiig rivojlangan savdosi ma'lumotlarni o‘lchash, yig‘ish
va qayta ishlash bosqichlarida inson ishtirokini minimumga olib keladigan va
energiya resurslarini yetkazib beruvchi tomonidan ham, iste’molchi tomonidan
ham turli tarif tizimlariga ishonchli, aniq va ixcham moslashtirilgan
avtomatlashtirilgan tizimli energiyani hisoblashdan foydalanishga asoslangan
tizimlarni tatbiq etishni talab qilmoqda. Shu maqsadda, iste’molchilar hamda
ta’minotchi korxonalar o‘z obyektlarida ENHATni tashkil qiladilar.
ENHAT
bu — nazorat-olchov qurilmalari, aloqa kotnmunikatsiyalari
(ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i), EHM va dasturiy ta’minot (DT) dan tashkil
topgan energiya iste'moli jarayonini avtomatik boshqarish va avtomatik hisobga
olishni tashkil etish uchun mo‘ljallangan texnik va dasturiy vositalar majmuyidir.
ENHAT quyidagilarga imkon beradi:
— elektr energiyasi bozori subyektlari bilan ma’lumotlar almashmuvini
avtomatlashtirish;
— elektr energiyasi bozori subyektlari va iste’molchilari bilan hisob-kitoblami
avtomatlashtirish;
— elektr energiyasini hisobga olishning ishonchliligini va tezkorligini oshirishga
erishish;
— elektr energetika tizimlari texnik bolatlarining avtomatik nazorat qilinishini
ta’minlash;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
177
— iste’molchilar o‘rtasida energiya va quwat taqsimlanishining turli boshqarish
sxemalarini ishlatish;
— korxonaning ish samaradorligini oshirish. ENHAT tarkibiga quyidagilar kiradi:
— elektr energiya va quwat hisoblagichlari (raqamli, interfeysli yoki impuls
chiqishli);
- ma’lumotlami yig‘ish va uzatish qurilmasi (multipleksorlar, telesummatorlar va
boshqalar);
- kommunikatsiyalar (kommutatsiyalanadigan telefon kanallari, ajratilgan telefon
kanallari, GSM, GPRS, radiokanallar va boshqalar);
- aloqa apparaturalari (modemlar, radiomodemlar, multipleksorlar va boshqalar);
- maxsus DT o‘rnatilgan EHM (iste’molchilar hisoblagichlaridan ma’lumotlarni
yig‘ish va tahlil qilish hamda boshqa korxonalar yoki elektr energiyasini yetkazib
beruvchi bilan o'lchov ma’lumotlarini almashtirish uchun).
ENHATning DTi quyidagi tizimlardan iborat:
- ma’lumotlar bazasi(MB)ni va hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini boshqarish tizimi;
- aloqa va kuch iste’molchilari liniyasi bo‘yicha hisoblagichlami avtomatik so'rov
tizimi;
- elektr hisoblagichlarning parametrlarini grafik ko‘rinishda aks ettirish tizimi;
- ma’lumotlami tahlil qilish tizimi;
- kompleks ma’lumotlar bazasining avtomatlashtirilgan tizimi.
ENHAT funksiyasiga quyidagilar kiradi:
- elektr energiyasi haqida ma’lumotlarni yozish;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
178
- hisoblagichlardagi arxiv yozuvlar va tizimning o‘z-o‘zini avtomatik tekshirish
ma’lumotlarini saqlash va nazorat qilish;
- konsentrator, terminal va hisoblagich parametrlarini o‘rnatish;
- masofadan o'qish, elektr ta’minotini uzish/ulashni nazorat qilish va iste’mol
darajasini nazorat qilish;
- avtomatik va avtomatik bo'lmagan so‘rov;
- liniyalardagi isroflar va elektr energiyasi o‘g‘irlanishlarining oldini olish;
- operator vakolatlarini cheklash;
- normal bo‘lmagan jarayonlar haqida hisobot;
- taqsimlash tarmog‘ining sxemasini aks ettirish;
- har bir faza ma’lumotlarini hisobga olish va har bir faza bo‘yicha muvozanatning
buzilish holatlarini aniqlash;
Nazorat qilish va hisobga olish tizimlarining vazifalari quyidagilardan
iborat:
• energiya resurslari iste’molini real hajmiga va ularni
lab chiqarishga bog‘liq bo'lmagan xarajatlanni mmimallashtirishga muvofiq,
xususan, amqhlik darajasi yuqori bo lgan chash asboblaridan foydalanish yoki
birlamchi ma lumot arm yig‘ish uzviyligi hisobiga energiya resurslariga
hisoblashlam
la’minlash maqsadida energiya resurslari iste’moli parametrlarini aniq o‘lchash;
• energiya ta’minoti korxonalari subabonentlari bilan moliyaviy hisoblashlar
va boshqarish yechimlarini qabul qilish uchun ishlatiladigan m a’lumotlar
ishonclililigini oshirish hisobi ga ulardan foydalanishni real hajmiga bog‘liq
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
179
ravishda energiya resurslari iste’moli hisobini ta’minlash maqsadida ma’lumotlar
to‘liqligini tahlil qilish;
• energiya resurslarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan
xarajatlarni minimallashtirish maqsadida amaldagi tariflar tizimiga asosan
korxona, uning obyektlari va sexlari bo‘yicha energiya resurslarini kompleks
avtomatlashtirilgan tijorat va texnik hisobga olish tizimi yordamida iste’- molni
nazorat qilish;
• energiya resurslari xarajatlarini minimallashtirish va energiya ta’minoti
xavfsizligini ta’minlash maqsadida berilgan limitlarga nisbatan berilgan vaqt
intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar, dekadalar, oylar, kvartallar
va yillar) quwat, sarf va haroratni rejimli va texnologik jarayonlar hisobga olish
nuqtalarida va obyektlarida energiyadan foydalanishni nazorat qilish;
• energiya resurslariga xarajatlarni minimallashtirish va energiya resurslari
nazorat qilinadigan parametrlarining ruxsat etilgan chegaralardan chiqishi tufayli
ishlab chiqarish jarayonlarining buzilishidan keyin ularni qayta tiklash maqsadida
ham energiyadan foydalanishni va ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish uchun
energiya resurslari nazorat qilinadigan parametrlarining og‘ishlarini qayd etish,
ularni absolut va nisbiy birliklarda baholash;
• operativ yechimlarni qabul qilish hisobiga energiya resurslari ishlab
chiqarish xarajatlarini minimallashtirish maqsadida nazorat qilinadigan
kattaliklarni ruxsat etiladigan qiymatlar oralig‘idan og‘ishlari haqida xabar berish
(rang, tovush bilan);
• energiyadan foydalanishni rejalashtirish hisobiga energiya resurslariga
ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish maqsadida energiyani hisobga olish
kattaliklarining parametrlarini oldindan bashorat qilish (qisqa, o‘rta va uzoq
muddatli)
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
180
• inson ishtirokini minimumga keltirish va boshqarish sifatini ta’minlash
hisobiga energiya resurslariga ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish
maqsadida ma’lum mezonlar va iste’molchilar-rostlagichlarni ulash/uzish
funksiyalarida prioritet sxemalar asosida energiya iste’molini avtomatik
boshqarish;
• sinxron oUchashlarni ta’minlash hisobiga energiya resurslari ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni minimallashtirish maqsadida yagona
tizim vaqtini ushlab turish. Ishlab chiqarish korxonalarining ko‘plab amaldagi
ENHAT o‘z tuzilmaviy va funksional cheklashlari tufayli ko‘rib chiqilgan
masalalarni faqat bir qismini yechadi.
Avtomatlashtirish energiya iste’molini optimallashtirish va yo‘qotishlarni
kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Misol tariqasida SCADA tizimlari
keltiriladi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarning joriy etilishi natijasida yo‘qotishlar 20-
30% ga kamayadi, energiya samaradorligi esa oshadi. Bu texnologiyalarni keng
joriy qilish iqtisodiy jihatdan ham foydali.
Avtomatlashtirilgan elektr o‘lchash tizimlari (AMR – Automated Meter Reading)
elektr iste'molini masofadan nazorat qilish va hisob-kitob qilish imkonini beradi.
Ushbu tizimlar quyidagi ustunliklarga ega:
Yo‘qotishlarni kamaytirish: Elektr tarmoqlaridagi noqonuniy ulanishlar yoki
yo‘qotishlarni aniqlash imkoniyati yaratiladi.
Masofadan boshqarish: Masofaviy o‘lchov va boshqaruv funktsiyalari xarajatlarni
sezilarli darajada kamaytiradi.
Ushbu tizimlardan foydalanish sanoat korxonalari va energetika kompaniyalari
uchun samaradorlikni oshirish vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
181
“Aqlli hisoblagichlar”: Elektr energiyasini o‘lchash uchun aqlli
hisoblagichlar (Smart Meters) keng joriy qilinmoqda. Ular iste'molni aniq qayd
etish bilan birga, foydalanuvchi xabardorligini oshiradi.
Bulutli texnologiyalar: Hisob-kitoblar va saqlash tizimlari bulutli
platformalar orqali amalga oshiriladi. Bu ma'lumotlarga osongina kirish imkonini
beradi va xavfsizlikni ta'minlaydi.
Xulosa
Elektr energiyasini o‘lchash va nazorat qilishda avtomatlashtirilgan
tizimlarning qo‘llanilishi iqtisodiy va texnologik jihatdan katta samara beradi. Bu
texnologiyalarni har bir iste’molchi va korxona darajasida joriy etish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. X.Yo‘ldoshev, “Energiya samaradorligini oshirish usullari”, Toshkent,
2020.
2. A.Karimov, “Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari”, 2019.
3. World Energy Council hisobotlari, 2023.
4. Erkinovich, Y. M. A., & Umurzoqbek, D. (2024). APPLICATION OF
HYBRID
SYSTEM IN MULTIFUNCTIONAL DEVICES USING BOTH
RENEWABLE AND
CONVENTIONAL ENERGY RESOURCES.
Лучшие
интеллектуальные
исследования
,
14
(2), 226-233.
5. Alijanov, D. D. (2023). Storage of Electricity Produced by Photovoltaic
Systems.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
182
6. Axmadaliyev, U. A. (2024). EFFECTIVE USE OF ELECTRICITY IN
AGRICULTURE AND ITS IMPORTANCE.
Лучшие интеллектуальные
исследования
,
21
(2), 76-80.
7. Anarboyev, I. I., & Turg‘unboyev, M. (2024). HEAT CONDUCTIVITY
IN
THERMOELECTRIC
MATERIALS.
Лучшие интеллектуальные
исследования
,
21
(1), 133-137.
8. Qosimov, O. A., & Sh, S. (2024).
RK-4 RUSUMLI SILKITUVCHI
MASHINALARNING TEHNIKAVIY TAVFSIFLARI. Лучшие интеллектуальные
исследования, 14 (2), 206–211
.