https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
406
UYG‘ONISH DAVRI G`ARB ADABIYOTI
Amonova Shaxnoza Abdialimovna
Ona tili va adabiyot o`qituvchisi
Annotatsiya: Ovrupa Uyg‘onish adabiyoti asoslari, Italiya Uyg‘onish
adabiyoti Petrarka ijodi; Bokachcho ijodi. Fransiya adabiyoti. Rable ijodi Dante
Aligeri ijodi
Kalit so'zlar: Renessans, gumanistlar, Antik adabiy merosi , Dante Aligeri ,”
Ilohiy komediya”, Petrarka, Bokkachcho, “Dekameron”, Rable, “Gargantyua va
Pantagryuel”.
Ovrupa o‘rta asrlar tamaddunining yakunlanishi insoniyat tarixida
Uyg‘onish(yoki ilm-fanda qabul qilingan, fransuz atamasi Renessans) nomini
olgan ajoyib davr bilan bog‘liq. Uyg‘onish antik yoki o‘rta asrlarga nisbatan ancha
qisqa muddat davom etgan bo‘lsa-da, fan va madaniyatda erishilgan ulkan yutuqlar
uni alohida bir bosqich sifatida e’tirof etish imkonini beradi. XIV asrning
o‘rtalarida Italiyada, XV asrning ikkinchi yarmida Fransiya, Angliya, Ispaniya,
Germaniya va Niderlandiyada katta iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Ovrupa ning turli mamlakatlarida yuz bergan bu protsessni italyanlar –
Kvinkvechento, fransuzlar – Renessans, nemislar – Reformatsiya, umuman
olganda Uyg‘onish deb ataganlar. O‘rta asrlar feodalizmi sharoitida shakllana
boshlagan kapitalistik munosabatlar G‘arbiy Ovrupa da Renessans (Uyg‘onish)
harakatining paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Madaniyat tarixida Renessans nomi
bilan yuritiladigan ushbu harakat dastlab Italiyada (XIV) va keyinchalik Ovrupa
ning boshqa mamlakatlarida ham yuzaga keladi. Ishlab chiqarish shakllarining
yangi kurtaklari–manufakturaga o‘tish, buyuk geografik kashfiyotlar (Ovrupa
uchun Amerikaning kashf etilishi, Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi) va
dunyo miqyosida savdo-sotiqning rivojlanishi absolyutizmning g‘alabasi natijasida
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
407
feodal tarqoqlikka chek qo‘yilib, milliy davlatlarning paydo bo‘lishi, buyuk
dehqonlar urushi va xalq qo‘zg‘olonlari – bular ijtimoiy hayot va ijtimoiy
tushunchada qator yangiliklar tug‘diradi. Antik madaniyat ta’sirida Italiyada san’at
mislsiz darajada yuksaldi. Italiya, Fransiya, Angliya, Ispaniya va Germaniyada
yangi zamon adabiyoti vujudga keldi. Uyg‘onish davri madaniyatining ahamiyati
uning feodal tuzumi va cherkovga qarshi g‘oyaviy kurash olib borishi bilan
belgilanadi. Shaxs erkinligi va uni cherkov sirtmog‘idan ozod etish hamda
dunyoviy madaniyat yaratish uchun o‘z bilim va kuchlarini sarf etgan bu titanlar –
o‘zlarini gumanistlar (lotincha – humanis ya’ni insoniylik) deb atadilar. Inson
shaxsini ulug‘lash, kishi ongini dinning sarqitlaridan tozalash, tabiat va jamiyatni
inson manfaatlariga xizmat ettirish uyg‘onish davrining muhim xususiyatlari
hisoblanadi. Uyg‘onish davrining xususiyatlaridan yana biri antik madaniyatga
bo‘dgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Gumanistlar o‘zlarining ilg‘or fikrlarini
asoslash va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash uchun antik davr ulug‘
siymolari ijodiga murojaat qiladilar. Ular rim va grek adabiyoti janrlarining turli
uslub shakllarigagina emas, balki ularning tarixiy manbalari, g‘oyaviy mazmuniga
ham diqqatlarini qaratdilar. Italyan olim va yozuvchilari, jumladan birinchi
gumanist Bokachcho unutib yuborilgan qadimgi qo‘lyozmalarni qidirib topishga
kirishdilar. Uyg‘onish davrining yana bir xususiyati shundaki, gumanistik
adabiyotning rivoj topishi va uning realistik mazmunda bo‘lganligidadir.
Gumanistlar antik manbalardan tenglik va adolatuchun kurash g‘oyalarini oldilar.
Antik adabiyotning bunday xususiyatlaridan ta’sirlanish F.Rablening “Gargantyua
va Pantagryul”, M.Servantesning “Don Kixot”, V.Shekspir va Q.Marloning
tragediyalarida yaqqol gavdalanadi. Xalq turmushidan olingan tematik obraz va
folklor motivlari Bokachcho va M.Novarskaya ijodida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Uyg‘onish davri vakillari yangi gumanistik ideallar uchun kurashda antik meros
bilan bir qatorda ikkinchi zo‘r manba – xalq ijodidan ham foydalanganlar. Xalq
yaratgan asarlarning mazmuni, obrazlar sistemasi, shakli, jamiyat hayotining turli
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
408
tomonlarini xalq nuqtai nazaridan baholashi bilan gumanistlarga katta ta’sir etgan.
Tenglik, adolat, vijdon erkinligi g‘oyalari va hayotni sevish, dunyo lazzatlaridan
foydalana olishni gumanistik yozuvchilar faqat folklordagina topadilar. Uyg‘onish
davrining eng buyuk gumanist yozuvchilari Bokachcho, Ramble, Servantes va
Shekspir ana shu tuganmas manbadan to‘la foydalanganlar. Ovrupa mamlakatlari
gumanizmi va realistik san’atining shakllanishida antik va xalq elementlari bilan
bir qatorda italyan gumanizmi va adabiyoti ham katta rol o‘ynagan. Uyg‘onish
davri avval Italiyada XVI asrda boshlangan bo‘lib, Fransiya, Germaniya, Ispaniya,
Angliya va boshqa mamlakatlarda san’at va adabiyotning rivojlanishida antik
meros, xalq ijodi bilan bir qatorda italyan gumanizmi, Petrarka va
Bokkachcholarning roli ham nihoyatda katta bo‘lgan. Antik madaniy meros bilan
qiziqish, xalq ijodidan foydalanishning o‘zi ham boshqa Ovrupa mamlakatlarida
italyan gumanizmi ta’siri ostida boshlangan edi. Ovrupa Uyg‘onish harakatining
ilk vatani – Italiyada kapitalistik sanoatning dastlabki shakli – manufaktura yuzaga
keladi. Mamlakatning bir qancha shaharlarida savdo-sotiq tez sur’atlar bilan
rivojlanadi. Venetsiya va Genuya savdo bilan mashhur bo‘lgan bir vaqtda
Florensiya sanoat va bank ishlari bilan shuhrat qozonadi. Bu yerda jun va ipakchilik
sanoati avj oladi. Ishchilar bir korxonaga birlashtiriladi va ularni ekspluatatsiya
qilish kuchayadi. Binobarin, bu davr dastlabki kapital to‘plash davri edi. Italiyada
shahar-respublika tartiblarining g‘alaba qilishi, hunarmandchilikning va
savdosotiqning tez rivojlanishi Renessans harakatining hammadan oldin shu
mamlakatda yuzaga kelishiga zamin hozirladi. Mamlakat madaniy hayotida misli
ko‘rilmagan yangiliklar yuz bera boshlaydi. XIII-XVI asrlar mobaynida Italiya
shaharlarida 22 universitet ochiladi; ularda ilohiyot ilmi emas, balki
huquqshunoslik, meditsina fanlari o‘rgatiladi. Antik tarix, adabiyot va san’atni
o‘rganish dunyoviy fanlarning rivojiga, shubhasiz, jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu
o‘zgarishlar XV-XVI asrlarda buyuk geografik kashfiyotlarni keltirib chiqaradi.
Matematika, fizika, astronomiya fanlari sohasida erishilgan qator yutuqlar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
409
Uyg‘onish davrida faqat gumanitar bilimlar emas, balki tibbiyot fanlarining ham
rivojlanganligidan darak beradi. Italiya Uyg‘onish davri adabiyoti – dunyoni
insonparvarlik nuqtaiy nazaridan talqin qilish, insonning o‘zini Parvardigor
yaratgan eng oliy va mahbub jonzot sifatida tasdiqlashi, odamzodning kuch-
qudratiga ishonch, hurfikrlilik, xurofotlarga nafrat omili sifatida dunyoga keldi. Bu
davr italyan adabiyotining atoqli namoyandalari Franchesko Petrarka va Jovanni
Bokkachcholardir. Petrarka lotin tilini o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan vulgar so‘z
qatlamlaridan tozalagan bo‘lsa, Bokkachcho nasrda adabiy tilning yaratuvchisi
bo‘ldi. Italiyadagi Uyg‘onish davrining eng gullab-yashnagan vaqti XVI asrning
birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Yagona italyan adabiy tilining shakllanish jarayoni
aynan shu davrda yakunlandi. Uyg‘onish davrida italyan tasviriy san’atida ham
jiddiy burilish sodir bo‘ladi. Shaharlarning taraqqiy etishi natijasida arxitektura,
haykaltaroshlik va rassomlik san’ati, badiiy adabiyot kamol topadi. Italyan
gumanist yozuvchilari klerikal ruhdagi adabiyotdan foydalanib, diniy syujetlarni
real voqelikka bog‘lashga intiladilar. Yangi tematikaga murojaat etish badiiy tasvir
usullarini ham o‘zgartiradi. Bu hol, shubhasiz, o‘rta asr adabiyotidagi
allegorizmdan realizmga qarab yo‘l ochadi. Garchi yangi zamonning birinchi shoiri
Dante ijodida hali simvolistik tasvirlar mavjud bo‘lsa ham, lekin u asta-sekin
kamayib boradi. Dastlabki gumanistlar – Petrarka va Bokachcho asarlarida
mavhum simvolik iboralar ikkinchi o‘ringa qo‘yilib, realizm esa birinchi o‘ringa
chiqariladi, voqelikni tipik ravishda, xarakterli detallar bilan aks ettirishga
kirishiladi. Italiya Uyg‘onish davri adabiyotini o‘rganish florensiyalik mashhur
shoir Dante Aligeri(1265–1321) ijodidan boshlanadi. U ikki katta davr oralig‘ida
yashab ijod qildi. Dante o‘rta asrlarning so‘nggi va shu bilan birga yangi
zamonning eng avvalgi shoiri edi. Dante XIII-XIV asrlarda Italiyaning asosiy
madaniy markazi bo‘lgan Florensiyada tug‘ildi. U she’riyatga erta kirib keldi va
ijodining ilk davrida provans shoirlari ta’sirida asarlar yaratdi. She’riyatda fors tili
hukmron bo‘lgan bir muhitda Alisher Navoiy o‘zbek tilida ijod qilganday, Dante
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
410
ham o‘z ona tili – italyan tilida ijod qilgan. Dante sevgilisi Beatrichega bag‘ishlab
“Yangi hayot” she’riy to‘plamini (1283–1292) chop ettirdi va unga 30 ta sonet(o‘n
to‘rtlik) va kanson(qo‘shiq) kiritdi. Shoir to‘plamda Florensiya go‘zali Beatriche
Portinarining o‘lmas she’riy obrazini yaratdi. She’rlar xronologik tartibda
joylashtirilib, ularning mazmuni nasriy hikoyalar, falsafiy izohlar bilan
sharhlangan. Shoir to‘qqiz yoshligida ilk bora o‘zi bilan tengdosh bo‘lgan
Beatricheni uchratib, yoqtirib qoladi. To‘qqiz yildan so‘ng ular yana uchrashadilar,
qizning ochiq chehra bilan ta’zim qilishi shoirni hayajonga soladi. Shu kuni u tush
ko‘radi va uni birinchi sonetida tasvirlaydi. “Yangi hayot” to‘plami G‘arbiy
Ovrupa adabiyotidagi birinchi avtobiografik qissa bo‘lib, unda shoir sevgan
qalbning nozik ruhiy kechinmalarini ustalik bilan tahlil qila olgan. Dante
Beatrichening vafotidan so‘ng ilmiy-falsafiy masalalar bilan shug‘ullanadi. 1305-
yili u roman tilshunosligi bo‘yicha dastlabki tadqiqot hisoblanuvchi – “Xalq nutqi
haqida” risolasini, 1307–1308-yillari o‘zining mashhur “Ziyorat” traktatini
yaratadi. “Ilohiy komediya” – Danteni butun dunyoga ma’lumu-mashhur qilgan,
italyan she’riyatining buyuk durdonalaridan bo‘lib, shoirning o‘zi asarni
“Komediya”(o‘rta asrlarda qayg‘u, g‘am bilan boshlanuvchi, xursandchilik bilan
yakunlanuvchi har qanday asar komediya deb atalgan) deb nomlagan. “Ilohiy
komediya”ga kirgan dostonlar “Do‘zax”, “Arosat (A’rof)” va “Jannat” deb atalgan.
Dante tasvirlagan “Do‘zax” (asarning birinchi qismi) yer markaziga voronka
shaklida o‘yib tushirilgan joy bo‘lib, unda 9 pog‘onali chuqurlik bor. Gunohkor
jonlar shu pog‘onali chuqurlarda azob chekadilar. Pastki pog‘onaga tusha borgan
sari jon qattiqroq azoblanadi. Muhimi shu yerdaki, Dante o‘zining siyosiy
muholiflarini do‘zahga tashlaydi, ayniqsa, xristian dini ruhoniylarini qattiq
qoralaydi va ularni do‘zaxning so‘nggi pog‘onalariga joylashtiradi. Dantening
tasviricha, “A’rof” (poemaning ikkinchi qismi) yer kurrasiga qarama-qarshi
joylashgan. Yer bilan uni katta okean ajratib turadi. Okean o‘rtasidagi orolda
baland tog‘ bor. Tog‘ yetti pog‘onali bo‘lib, ulardan o‘tib borayotganida
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
411
aybdorning bittadan gunohi yuviladi, 7 pog‘onadan ko‘tarilganda 7 gunoh
(mag‘rurlik, ichi qoralik, g‘azab, umidsizlanish, tamagirlik, mechkaylik,
buzg‘unchilik) yo‘qoladi va u jannatga chiqadi. “Jannat” ham 9 qavatga bo‘linadi,
jon qancha yuqori pog‘onaga ko‘tarilsa, u go‘yo xudoning shuncha ko‘p
marhamatiga muyassar bo‘ladi. Dante tabiat hodisalari tasviriga alohida ahamiyat
beradi. “Do‘zax” dagi qayg‘uni aks ettirgan bo‘yoq va zulmat “A’rof”da ochiq va
moviy osmon bilan almashadi. Dante “Jannat” dagi bog‘larni o‘z vatanidagi
yashnagan go‘zal bog‘lar bilan taqqoslaydi. Dantening “Ilohiy komediya” sining
kompozitsiyasi puxta ishlangan. Asar tuzilishida uchlik (poemaning uch qismdan
tashkil topishi, uch yirtqich hayvon, iblisning uch yuzliligi, hatto she’rlarning
tersina – uch misrali ekanligi) troitsa haqidagi xristian ideyasi simvoli sifatida
ko‘rinsa ham, lekin asarning yaratilishida antik adabiyot manbalari asosiy rol
o‘ynaydi. “Ilohiy komediya” nafaqat Dantening, shuningdek, butun o‘rta asrlar
g‘arb she’riyatining eng nodir asaridir. Osiyoda “Ramayana” va “Shohnoma”,
“Go‘ro‘g‘li” va “Xamsa” kabi buyuk asarlar dunyo madaniyati va she’riyatida
qanday ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, “Ilohiy komediya” Ovrupa va jahon
madaniyati va she’riyatida shunday ahamiyat kasb etdi. Buyuk italyan shoiri
Franchesko Petrarka (1304 – 1374)ning ijodi ilk Uyg‘onish davriga to‘g‘ri keladi.
Uning ota-onasi Florensiyalik bo‘lib, Dante kabi Oq gvelflar partiyasi tarafdorlari
bo‘lgan va shahardan quvg‘in qilinishgan. Aretsso shahrida tug‘ilgan Petrarka,
huquqshunoslikni Italiya universtetlarida o‘rgandi, biroq yurist bo‘lib ishlamadi.
Antik madaniyat, uning tarixiga qiziqqan bo‘lajak shoir, lotin tilini mukammal
o‘rgandi. U o‘z hayotini qadimgi davr olimlari, rimlik shoir va faylasuflarning
qo‘lyozmalarini tadqiq etishga bag‘ishlashga qaror qildi. Kutubxonalarga kirib
ishlash imkoniyatini unga ruhoniy rutbasi berar edi. Kardinal Jovanni Kolonni
bilan birga Ovrupa ning ko‘plab mamlakatlari va shaharlarida bo‘lgan Petrarka, bir
necha yil Fransiyaning janubida yashadi va o‘zining sevimli mashg‘uloti bilan
shug‘ullandi. 1342-yili Rimda unga dafna daraxti yaproqlaridan shuhrat chambari
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
412
taqdim etildi. Bu milliy shoirga bo‘lgan yuksak ehtirom edi. 1327-yilning 6-
aprelida Avinon shahrida uning hayotidagi muhim voqealardan biri sodir bo‘ldi.
Bu yerda u ilk bora Laura bilan uchrashdi. Go‘zal xonimning qiyofasi bir umrga
qalbiga muhrlandi. Shoir unga bag‘ishlab ko‘plab she’rlar, sonetlar bitdi. Lauraga
bag‘ishlangan she’rlari ikki qism: “Madonna Lauraning hayoti” va “Madonna
Lauraning o‘limi” dan iborat bo‘lgan “Qo‘shiqlar kitobi” (1358) to‘plamida
jamlagan. “Afrika” epik dostoni va buyuk rimliklar hayotiga bag‘ishlangan
“Mashhur kishilar haqida” asari Petrarkaning qalamiga mansub. Shoir tiriklik
chog‘laridayoq Italiya adabiy dunyosining yetakchisiga aylandi. Biroq Petrarka
jahon adabiyoti tarixida, avvalo, sonetlar muallifi sifatida nom qozondi. Sonet janri
XIII asrda italyan she’riyatida paydo bo‘ldi. Dantening Beatrichega bag‘ishlangan
she’rlari sonet shaklida yozilgan bo‘lsa-da, bu janrni XIV asrda Petrarka yuqori
pog‘onaga ko‘tardi. Ovrupa dagi ko‘plab mamlakat shoirlari uning an’analarini
davom ettirdilar. Sonet janri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular
quyidagilardan iborat: sonet o‘n to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak. Ular to‘rt
bandga bo‘linadi: ikkita birinchi va ikkinchi bandlar to‘rt qatorli bo‘lib, katrena deb
ataladi, uchinchi va to‘rtinchi bandlar uch qatorli tersetlardan iborat. Petrarkaning
sonetlari aynan shu tarzda qurilgan: O, bu bol takallum, o, qarash qiyg‘och,
Ko‘rgummi sizni bot, eshitgummi bot? Quyida xuniga cho‘mgan Muhabbat,
Taqdiridan rozi o, bu, sumbul soch! O, bu, ajib chehra, qahri boshda toj, Zorman-
u ko‘rgani, cho‘chirman, hayhot! O, bu ishq choyshabi va’da qilgan tot! Yotsam
yondiradir, hohlasang-da, qoch! Navozish va sehr-u jodu ko‘rsatib, Qiyo boqur
ahyon-ahyonda bir-bir, Ma’no qorishadir bor hayotimga. Va shu on hasad-la olay,
deb tortib – Shu zarra haqqim bor, fortuna-taqdir, Beomon g‘animday shoshar
oldimga. (Shukur Qurbon tarjimasi).Italyan sonetlarida katrenalarning birinchi
misra uchinchisi bilan qofiyadosh bo‘lsa, ikkinchisi to‘rtinchi misra bilan
qofiyalanadi – abab abab, yoki ikkinchi varianti – abba abba. Tersetlarda ham
misralar ikki xil ko‘rinishda qofiyalanadi: I variant – cdc dcd; II variant – cdc cdc.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
413
Petrarka ko‘proq ikkinchi variantdan foydalanganOdatda, sonet shunday
quriladiki, birinchi katrenada bildirilgan fikrga ikkinchi katrenadagi mulohaza
qarama-qarshi qo‘yiladi; sonet mulohazalarni tugallovchi o‘y-fikrlar bilan
yakunlanadi. Bokachcho (1313–1375). Jovanni Bokachcho Parijda, italiyalik
badavlat savdogar va fransuz ayoli oilasida tug‘ildi. Bolaligida Italiyaga olib
kelingan Bokachcho oldin savdo maktabida, keyin Neopolitan universitetining
huquqshunoslik fakultetida o‘qiganiga qaramay, adabiyot hayotining mazmuniga
aylandi. U she’rlar, poemalar, romanlar muallifi bo‘lsa-da, hikoyalari bilan
mashhurlikka erishdi. Bokachcho Florensiya shahrining siyosiy hayotida faol
ishtirok etdi, Florensiyaning Romanedagi elchisi bo‘ldi. Dantening “Ilohiy
komediya”si ta’sirida “Muhabbat xayollari” poemasini yozib, boqiy baxt-saodat,
huzur-halovatga erishish yo‘llarini izlash haqidagi fikrmulohazalarini bayon qiladi.
Adib Petrarka kabi antik davr madaniyatini chuqur o‘rgandi; “Iliada” dostonini
asliyatda o‘qish maqsadida qadimgi yunon tilini o‘rgandi. qiziqarli voqealarni
kiftini keltirib so‘zlab berish qobiliyati bor bo‘lib, o‘z hikoyalari syujetini
hayotning o‘zidan topar, qahramonlari turli tabaqa vakillari edi. Italyan badiiy
prozasi va novella janrining asoschisi bo‘lgan Bokkachcho, novellada hikoya
janriga oid turli xususiyatlarni: afsona va rivoyatlar, ertaklar, masallarni
birlashtirdi. Yozuvchi novellalar to‘plami bo‘lgan “Dekameron”(yunoncha
dekameron so‘zi o‘n kunlik ma’nosini anglatadi) asari ustida 1352–1354-yillarda
ishladi. Kitobning nomi uning kompozitsion qurilishi bilan bog‘liq bo‘lib, u o‘n
qismdan iborat, har bir qismda o‘ntadan novella berilgan. Ular o‘nta hikoyachi –
yetti erkak va uch ayol tomonidan o‘n kun davomida so‘zlab beriladi. Asarning
kirish qismida o‘nta yigit va qiz Florensiyada tarqalgan vabo epidemiyasidan
qochib, shahar tashqarisidagi bog‘li koshonada to‘planadilar. Ular har kecha
navbatma-navbat turli hikoyalarni so‘zlab beradilar.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak
Har kun uchun ma’lum mavzu tanlangan:
baxtsiz muhabbat, oqilona javoblar, ayyor odamlar, bevafo xotinlar, muruvvatli va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
414
saxovatli kishilar, inson boshiga tushgan mushkul sinovlar, taqdirning bevafoligi
haqida. Xarakteriga ko‘ra novellalar turlicha bo‘lib, “Dekameron”da sarguzasht
novellalar (Landolfo Rufalo haqida – ikkinchi kun, to‘rtinchi novella), novella-
latifalar (Cheska haqida – oltinchi kun, sakkizinchi novella), psixologik novellalar
(Federigo delya Alberiga – beshinchi kun, to‘qqizinchi novella)ni uchratish
mumkin. Keyingi davrlarda Bokachcho novellalari syujetlariga ko‘plab
yozuvchilar, jumladan, Shekspir, Molyer, ispan dramaturgi Lope de Vegalar
murojaat qildilar. Rus kompozitori D.Bortnyanskiy Federigo haqidagi syujet
asosida “Lochin” operasini yaratdi.
Foydalangan adabiyotlar:
1. The Renaissance. Walter Pater.2000. The Modern library. P.249
2. Қаюмов О. Чет эл адабиёти. – T. : Ўқитувчи, 1987.
3. Qosimov A. Xo‘jayev S. Jahon adabiyoti: Antik davrdan XVII asrgacha. –
Farg‘ona, 2016.
4. Сулаймонова Ф. Шекспир Ўзбекистонда. – T.: Фан, 1978.
5. Шекспир. Танланган асарлар. Беш жилдлик. 1-жилд. – T., 2008.
6. Шекспир. Сайланма. 3-жилд. – T., 2008