https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
103
MA'RIFATGA EHTIYOJ, ILM-FANNI EGALLASH G'OYASI
MILLATNING POYDEVORIDIR.
Amonova Shaxnoza Abdialimovna
Chirchiq shahar kasb-hunar maktabi
Ona tili va adabiyot o`qituvchisi
Annotatsiya: milliy, madaniy-ma'rifiy tiklanish -jadidchilikharakati sifatida
namoyon bo'ldi. Turkiston jadidlari xalqni qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish,
shariat tamoyillarini isloh qilish, xalqqa ma 'rifat tarqatish va milliy muxtoriyatga
erishish g'oyasini ilgari suradilar
Kalit so'zlar: milliy ko'tarilish, matbuot, muxtoriyat, milliyg'oya islohatlar,
jamyatni yangilash, yuksaltirish yo`llarini izlash.
Biz ushbu maqolada mamlakatimiz xududida jadidchilik oqimining yuzaga kelishi
va uning ma'rifatparvarlik soxasidagi faoliyatiga to'xtaldik. Jadidchilik harakatining
ijtimoiy -siyosiy qarashlari, milliy mustaqillik va davlatchilik g'oyalari (Munavvarqori,
Behbudiy, Polvonniyoz Yusupov, Fitratning dasturlari), bu boradagi amaliy harakatlari
va kurashlari aloxida katta mavzudir.Turkistonda jadidchilik harakatining faol
tashkilotchi - ishtirokchilari haqida to'xtaladigan bo'lsak, bular: Mahmudxo'ja Behbudiy,
Abduqodir Shukuriy, Saidahmad Siddiqiy - Ajziy (Samarqand), Munavvarqori
Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jaev, Toshpo'latbek
Norbo'tabekov (Toshkent), Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo'jaev, Usmonxo'ja
Po'latxo'jaev, Abdulvohid Burxonov, Sadriddin Ayniy, Abudulqodir Muxiddinov
(Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulhamid Cho'lpon,
Ishoqxon Ibrat, Muhammadsharif So'fizoda (Farg'ona vodiysi), Polvonniyoz hoji
Yusupov, Bobooxun Salimov (Xorazm)lar nomini birinchilar safida keltirishimiz
mo'mkin.Shuningdek,1909 yil18 iyulda Buxoro shahrida jadidlar tomonidan tuzilgan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
104
"Tarbiyai atfol" jamiyati shu yilning o'zida Fitrat, Usmonxo'ja Po'latxo'ja o'g'li, Ato
xo'ja, Mazhar Burxonov kabi yoshlarni Istanbulga o'qishga yo'llagan edi. Ushbu jamiyat
orqali o'qishga jo'natilganlar soni 1911 yilda 15 nafar, 1912 yilda 30 nafarga yetgan [6].
Jadidchilik xarakatining Buxorodagi yirik vakillaridan biri - Abdurauf Fitrat (1886-
1938). U 1909 yilda Istambulda nashr etilgan "Munozara" asarida Buxoro amirligi
idorasiga ma'lum islohot - o'zgarish kiritish g'oyasi va "Usuli jadid" deb nomlangan
yangi maorif tizimining asoslarini ilgari surdi. Fitrat butun vujudi, otash va jo'shqin
yuragi bilan, ijodi va faoliyati bilan mamlakat yoshlarini rivojlangan yangi dunyo tomon
safarbar etadi.Fitratning "Hind sayyohining qissasi" asari ham 1912 yilda Istambulda
nashr etilgan bo'lib, bunda Buxoro amirligiga ma'lum darajada o'z e'tiroznomasini bayon
etadi. Bir zamonlar ilm va din quvvati bo'lgan Buxoro, nega tanazzulga yuz tutdi? Xar
kuni bir Abu Ali Ibn Sino, Farobiy va boshqalarni jahonga hadya etgan yurt nima
sababdan bunchalar abgor xolga tushib qoldi? Bu qorong'u zulmatdan qutulish yo'li
bormi?, -deya savollar berar ekan, javob sifatida ma'rifatni ko'rsatadi.Xorazm xonligida
ham tatar ziyolilari Tavfiq Bikkulin, Yusuf Axmedovlar yordami bilan, dastlab, xon va
uning amaldorlari farzandlariga mo'ljallangan bo'lsa -da, jadid maktablari ochildi. Tez
orada ularning soni 8 taga yetdi. 1906-1907 o'quv yilida Urganchda qizlar uchun xam
maktab ochildi .Biz yuqorida milliy uyg'onish harakati namoyandalarining yangi usul
maktablar ochib, uni uslubiy jixatdan taminlashga harakat qilganliklarni o'rgandik.
Ammo, jadid namoyondalari bu bilan cheklanib qolmasdan, keng xalq ommasi uchun
kutubxonalar ham barpo etganlar.Behbudiy, 1908 yilda keyinchalik "Behbudiya"
kutubxonasi nomi bilan mashhur bo'lgan qiroatxonani tashkil etib [5], uni axoli uchun
qo'laylik yaratish maqsadida ikki smena, ertalab soat 9 dan shom 5 gacha va kechki soat
6 dan tungi 12 gacha ishlab, 60 dan 110 nafargacha bo'lgan kishilarga madaniy xizmat
ko'rsatishni yo'lga qo'yadi.Bugungi mustaqil O'zbekistonda Davlatimiz rahbari
tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish
borasida ilgari surilgan besh tashabbusning uchinchisi ham kitobxonlikni keng targ'ib
qilishga bag'ishlangan. Demak 110 yil muqaddam jadidlar tomonidan ilgari surilgan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
105
mavzu eskirgani yo'q, o'zgargani yo'q.Yuqorida keltirganimiz jadidlarninig ma'rifiy
soxadagi ikkinchi vazifasi xayriya va maorif jamiyatlarini tuzish edi. Bu borada
"Turon", "Jamiyati xayriya", "Tarbiyai atfol" kabi jamiyatlar ochildi. 1909 yil 12 mayda
Toshkentda tuzilgan Turkiston jadidlarinig "Jamiyati xayriya" tashkiloti maxalliy
yoshlarni chet ellarga o'qitish, xomiylik qilish ishiga rahbarlik qildi. Uning yordami
bJadidlarning keyingi qadami matbuot bo'ldi. Ular matbuotga asos soldilar. Yangi
gazeta va jurnallar chiqardilar. Milliy jurnalistika yuzaga keldi.1906 yilda Ismoil
Obidov muxarrirligida "Taraqqiy", Munavvarqori muxarrirligida "Xurshid", Abdulla
Avloniy muxarriligida "Shuxrat", Axmadjon Bektemirov muxarrirligida "Osiyo"
gazetalari chop etildi. Ashaddiy millatchi N.P.Ostroumov qarshiligi bilan bir oz
to'xtalish bo'lgach, 1913-1915 yillarda matbuotchilikning yangi to'lqini shakllandi. Bu
davrda "Samarqand", "Sadoi Turkiston", "Sadoi Farg'ona", "Buxoroi sharif", "To'ron",
gazetalari va "Oyina" jurnali, 1917 yilda esa "El bayrog'i, "" Kengash", "Xurriyat",
"Ulug'Turkiston", "Najot" kabi ommaviy axborot vositalari yuzaga keldi.Xalqning
dunyoqarashi, milliy ongning yuksaltirishda matbuotning o'rni nihoyatda muhim
ekanligini bilgan Maxmudxo'ja Behbudiy ham "NashriyotiBehbudiya" nomi bilan o'z
xususiy nashriyotini ochadi va 1913 yilda "Samarqand" gazetasi va "Oyna" jurnalini
nashr etishda bosh-qosh bo'ldi.Behbudiyning "Turkiston idorasi", "Turkistonda maktab
jarida", "Buxoroda usuli jadid", "Yoshlarga murojaat", "Ehtiyoji millat", "Ikki emas,
to'rt til kerak", «Musulmonchilik libos va qiyofat tanlamaydi» kabi publisistik
maqolalari milliy jurnalistika asoslarini tashkil etadi.Behbudiy faoliyati va uning
ahamiyati haqida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga
murojaatnomalarida: "2020 yilda xalqimiz tarixining murakkab damlarida, ma'rifat
mash'alasini baland ko'tarib chiqqan ulug' alloma va jamoat arbobi Mahmudxo'ja
Behbudiyning 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanadi",- deb aloxida to'xtalib
o'tdilar.Jadidlar teatrga xam asos soldilar. 1913 yili Abdulla Avloniy, Munavvarqori
Abdurashidxonov, Tavallolar tashabbusi bilan O'rta Osiyodagi birinchi teatr truppasi
"To'ron" milliy teatri yuzaga keldi. Dramatik asarlar yoza boshladilar. Behbudiyning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
106
"Padarkush yoxud o'qimagan bolaning holi" asari (1911 yil) bu boradagi birinchi urinish
edi. Asar birinchi bor (Samarqandda xavaskorlar tomonidan qo'yilgan) 1914 yil 27
fevralda Toshkentdagi Kolizey teatri binosida "Turon" teatri aktyorlari tomonidan
qo'yildi. Shu kuni tariximizdagi ilk milliy teatrning rasmiy ochilishi kuni
xisoblanadi.Teatr haqida Behbudiy "Tiyotr nadur" maqolasida "...Tiyotr ibratnamodur.
Tiyotr va'zxonadur. Tiyotr oyinadurki, umumiy hollarni anda mujassam va namoyon
suratda ko'zliklar ko'rub, kar va quloqsizlar eshitib asarlanur"[7]. Taraqqiy etgan
millatlar teatrlarni ulug'lar uchun odob va ibrat maktabi deb biladilar. Teatr taraqqiy
etishni eng birinchi sabab va omilaridandir, -deb yozgandi.Jadidlar milliy adabiyotga
xam asos soldilar. Milliyromanchilik shakllanabordi.Dakstlab, romanchilikka o'rinish
Xamza Xakimzodada kuzatildi. U "Yangi saodat" asarini milliy roman deb atagan va bu
boradagi ilk izlanishlarni boshlab bergan edi [8]. Ammo O'zbek adabiyotining yirik
namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy (Julqunboy 1894 yil 10 aprelda Toshkent
shahrida tug'ilgan) romanchilikka asos soldi. Bo'lg'usi adibning ilk ijodi 1913-1914
yillarda boshlangan bo'lib, dastlab u shoir sifatida qalam tebratdi. Uning «Ahvolimiz»,
«Millatimga», «To'y» (19141915) kabi she'rlari «Oina» jurnalida bosilib chiqqan edi.
Abdulla Qodiriy 1917-1918 yillardan boshlab «O'tgan kunlar» romani uchun
material yig'ishga kirishdi. 1922 yilda birinchi o'zbek romanining dastlabki boblari
«Inqilob» jurnalida chop etila boshlandi. 1925-1926 yillarda «O'tgan kunlar» uch bo'lim
holida kitob» bo'lib nashr etildi.Jadidchilaming poydevori, tamal toshi - "usuli jadid"
maktabi edi. Bu tabiiy, hamonki maqsad jamiyatni yangilamoq ekan, uni yangi
avlodgina qilishi mumkin edi. Yangi avlodni esa, yetishtirmoq lozim. Eski an'anaviy
usulda bu ishni amalga oshirish qiyin. Chunki zamon o'zgargan. U tezkorlikni talab
qiladi. Ikkinchidan, bugungi o'quvchi tarix, jug'rofiya, iqtisod, fizika, kimyo,
matematika kabi zamonaviy fanlarni bilishi kerak. Ilmiy fanlar, fan-texnika yutuqlari
so'nggi uch-to'rt asr dunyo taqdirini boshqa o'zanga solib yubordi va Yevropani oldinga
olib chiqdi. Endi Yevropa ilm-fanini egallamasdan dunyo bilan barobar yashab
bo'lmaydi.Bu ilm-fanni o'zlashtirmoq uchun Yevropa tillarini bilmoq kerak. Ayni
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
107
paytda o'zlikni ham saqlamoq lozim. Din-diyonat ham zarur. Xullas, yashamoq uchun
uchchala jihatni ham ushlamoq kerak bo'ladi. Ushlaganda ham hech birini suiste'mol
qilmaslik kerak. Aks holda muvozanat buziladi. Muvozanat buzilishi esa, yomon
oqibatlarga olib keladi. Masalan, yolg'izgina din ushlansa, dunyo qo'ldan ketadi. Faqat
o'zlik, millat desak, yana dunyodan ajralib qolamiz. Birovning biz bilan ishi bo'lmaydi.
Yevropalashsak, o'zlik yo'qoladi. Bu ham fojia. Bu fojiani Behbudiy "Padarkush"da
ko'rsatib beradi.Dunyoga chiqmoq uchun til bilmoq kerak ekan. Bu talab ham bugun
mustaqil taraqqiyot sari ketayotgan O'zbekiston uchun kun tartibidan tushgani yo'q,
axamiyatini yo'qotgani yo'q.Behbudiy 1913 yil "Oyina" jurnalida yozgan "Ikki emas
to'rt til lozim" maqolasida shu xaqda so'z yuritadi. Tilimiz turkiy, madrasalardagi shariy
va diniy kitoblar arabiy, nazm va nasr kitoblari esa forsiydir.Turkistonda qadimdan beri
bu uch til joriy bo'lib kelgan. Saodatki, turkiy va forsiyni taxsilsiz ham bilamiz, o'zaro
gaplashamiz, tushunamiz, deydi Bexbudiy. "Bank va sudxonalar, sud mahkamalari,
notarius, temir yo'l, xulosa,zamonni paydo qilgan har bir yangi nimarsalarig'a muhtoj
bo'lsak avvalg'i qadamda ruscha bilmoq lozim kelur... Bu zamon tijorat ishi, sanoat va
mamlakat ishlari, xatto dini islom va millatg'a xizmat ilmsiz bo'lmaydur. ...Xulosa,
bugun bizlarg'a to'rt tilga tahrir va taqrir etguvchilar kerak, ya'ni arabiy, rusiy, turkiy va
forsiy".Bugun biz yuzma-yuz bo'lib turgan milliy g'oya asoslari, milliy mafkura
masalalari bundan yuz yil oldin jadidchilarimiz tomonidan ham kun tartibiga qo'yilgan
va qizg'in muhokama qilingan edi.Ma'rifatga ehtiyoj, ilm-fanni egallash g'oyasi
millatning ko'pchiligi tomonidan anglanishi kerak. Darhaqiqat, jadidchilarimiz olib
borgan barcha ishlar, matbuotning yo'lga qo'yilishi, "usuli jadid" maktabi nazariyasi va
amaliyoti, teatrchilik, hamma-hammasi shunga xizmat qildirildi. Shu tariqa har bir
g'oyaning milliy g'oyaga aylanishi, jadidchilarimiz fikricha ikki shartni taqozo
etadi.Turkistonda jadidchilik harakatining faol tashkilotchi - ishtirokchilari haqida
to'xtaladigan bo'lsak, bular: Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shukuriy, Saidahmad
Siddiqiy - Ajziy (Samarqand), Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy,
Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jaev, Toshpo'latbek Norbo'tabekov (Toshkent), Abdurauf
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
108
Fitrat, Fayzulla Xo'jaev, Usmonxo'ja Po'latxo'jaev, Abdulvohid Burxonov, Sadriddin
Ayniy, Abudulqodir Muxiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza Hakimzoda
Niyoziy, Abdulhamid Cho'lpon, Ishoqxon Ibrat, Muhammadsharif So'fizoda (Farg'ona
vodiysi), Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov (Xorazm)lar nomini
birinchilar safida keltirishimiz mo'mkin.
Xulosa qiladigan bo'lsak
, jadid bobolarimiz moddiy qiyinchiliklar, g'oyaviy-
siyosiy tazyiqlarga qaramay millatning ma'naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar
yaratishga harakat qildilar.Tarixning murakkab, mas'uliyatli burilish davrida millatning
ongini yuksaltirish, milliy iftixor tuyg'usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan
ekanligini anglab yetganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o'z zimmalariga
oldilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. Toshqulov J. Yosh xivaliklar: siyosiy qarashlarining tadrijiy rivojlanishi// Xalq
va demokratiya, 1992,3-4-son.
2. Behbudiy B. "Behbudiy kutubxonasi", "Oyina" jurnali, 1914 yil 26 aprel, №27.
Tanlangan asarlar. Jild-II.-T.: Akademnashr, -2018yil 14-bet.
3. Sabirdinov A. O'zbek romanchiligi; kecha va bugun. Izlanishlar samarasi. //
O'zbekiston adabiyoti va san'ati, 2005 yil 28 yanvar.
4
. Nabijon Boqiyning ``Qatlnoma`` hujjatli qissasi ‘’Arzon kitoblar’’
nashriyoti, 2021
5.
Behbudiy B."Ikki emas, to'rt til lozim", "Oyina" jurnali, 1913 yil 10 avgust, №1.
Tanlangan asarlar. Jild-
I.-T.: Akademnashr, -2018yil 396-bet.