Авторы

  • Rajabova Muhabbat Shuhratovna
  • Rajabova Maftuna Shuhrat qizi

Биографии авторов

  • Rajabova Muhabbat Shuhratovna

    Buxoro Xalqaro Universiteti

    "Iqtisodiyot " yoʻnalishi 1-bosqich magistranti

  • Rajabova Maftuna Shuhrat qizi

    Buxoro Davlat Universiteti

    "Buxgalteriya hisobi" yoʻnalishi 1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100301

Ключевые слова:

KALIT SO‘ZLAR: elektron tijorat raqamli iqtisodiyot onlayn biznes raqamli marketing to‘lov tizimlari logistika avtomatlashtirish mijozlar ishonchi innovatsion texnologiyalar davlat siyosati.

Аннотация

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada elektron tijoratni rivojlantirishning samarali usullari tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron tijorat global va mahalliy bozorlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning rivojlanishi tadbirkorlik subyektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Maqolada elektron tijoratning asosiy afzalliklari, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, to‘lov tizimlarini takomillashtirish, raqamli marketing strategiyalaridan foydalanish, logistika va yetkazib berish tizimini optimallashtirish hamda mijozlar ishonchini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, elektron tijoratni rivojlantirishda davlat siyosati va zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati ham yoritiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

296

ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI

USULLARI

Rajabova Muhabbat Shuhratovna

Buxoro Xalqaro Universiteti

"Iqtisodiyot " yoʻnalishi 1-bosqich magistranti

Rajabova Maftuna Shuhrat qizi

Buxoro Davlat Universiteti

"Buxgalteriya hisobi" yoʻnalishi 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada elektron tijoratni rivojlantirishning

samarali usullari tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron

tijorat global va mahalliy bozorlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning

rivojlanishi tadbirkorlik subyektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Maqolada

elektron tijoratning asosiy afzalliklari, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish,

to‘lov tizimlarini takomillashtirish, raqamli marketing strategiyalaridan

foydalanish, logistika va yetkazib berish tizimini optimallashtirish hamda mijozlar

ishonchini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, elektron tijoratni

rivojlantirishda davlat siyosati va zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati ham

yoritiladi.

KALIT SO‘ZLAR: elektron tijorat, raqamli iqtisodiyot, onlayn biznes,

raqamli marketing, to‘lov tizimlari, logistika, avtomatlashtirish, mijozlar ishonchi,

innovatsion texnologiyalar, davlat siyosati.

KIRISH

Hozirgi kunda elektron tijorat jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga

aylanib, biznes yuritishning samarali vositalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

297

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, internetdan foydalanuvchilar

sonining ortishi va onlayn to‘lov tizimlarining takomillashuvi elektron tijoratning

keng miqyosda rivojlanishiga turtki bermoqda. Bugungi kunda yirik

kompaniyalardan tortib kichik va o‘rta biznes vakillarigacha bo‘lgan subyektlar

elektron tijorat imkoniyatlaridan foydalangan holda bozor ulushlarini

kengaytirishga harakat qilmoqda.

Elektron tijoratning rivojlanishi tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini

oshirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish, iste’molchilarga qulaylik yaratish va

xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish kabi afzalliklarni

ta’minlaydi. Shu bilan birga, ushbu sohada muvaffaqiyatga erishish uchun samarali

biznes-modellarni ishlab chiqish, mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar ko‘rsatish va

zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu maqolada elektron tijoratni rivojlantirishning samarali usullari, biznes

jarayonlarini avtomatlashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va bozor

talablariga mos strategiyalarni ishlab chiqish masalalari tahlil qilinadi. Elektron

tijoratni rivojlantirish yo‘lidagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha

tavsiyalar ham ko‘rib chiqiladi.

Tadqiqot metodologiyasi: Statistik tahlil

Ushbu tadqiqotda elektron tijoratni rivojlantirish jarayonini baholash uchun

statistik tahlil metodidan foydalaniladi. Tadqiqot davomida ishonchli manbalardan,

jumladan Jahon Banki, Statista, OECD va milliy statistika idoralaridan olingan

ma’lumotlar tahlil qilinadi. Elektron tijoratning o‘sish sur’atlari, savdo hajmi va

foydalanuvchilar dinamikasi baholanadi hamda mintaqalar va iqtisodiy tarmoqlar

bo‘yicha taqqoslanadi. Shuningdek, regresion va korelyatsion tahlil usullari orqali

elektron tijoratning rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlanadi. Olingan

natijalar asosida elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha samarali strategiyalar

ishlab chiqiladi. Ushbu yondashuv elektron tijoratning hozirgi holatini ilmiy asosda

baholash va uning istiqbollarini aniqlash imkonini beradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

298

TAHLIL VA NATIJALAR

Elektron tijoratning jadal rivojlanishi global iqtisodiyotning muhim

yo‘nalishlaridan biriga aylandi. So‘nggi yillarda elektron savdo hajmining ortishi,

internet foydalanuvchilari sonining ko‘payishi va raqamli to‘lov tizimlarining keng

joriy etilishi ushbu sohaning tezkor o‘sishiga zamin yaratmoqda. Tadqiqot

davomida elektron tijoratning asosiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi va quyidagi

jihatlar aniqlandi.

Global miqyosda elektron tijorat bozori doimiy ravishda kengayib, umumiy

chakana savdo hajmining sezilarli qismini tashkil etmoqda. So‘nggi yillarda

elektron savdo sohasidagi yillik o‘sish sur’ati 10-15% atrofida bo‘lib, bu an’anaviy

savdo shakllariga nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkichdir. Osiyo-Tinch okeani

mintaqasi, Shimoliy Amerika va Yevropa elektron tijorat rivojlanishida yetakchi

hududlar hisoblanadi. Ayniqsa, Xitoy va AQSh kabi mamlakatlar global elektron

tijorat hajmida yetakchilik qilmoqda. Masalan, Xitoyning elektron savdo bozori

2024-yilda 2,8 trillion AQSh dollariga yetishi kutilmoqda, bu esa global elektron

tijorat hajmining qariyb 50% ini tashkil etadi.

1-rasm. 2023-yilda global elektron tijorat bozorining taqsimlanishi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

299

Dunyo miqyosida elektron tijorat platformalarining savdo hajmlari yildan-

yilga ortib bormoqda. Bu sohaga bo‘lgan talabning o‘sishi global bozorda yirik

kompaniyalarning o‘rnini mustahkamlashga olib kelmoqda. Quyida dunyoning eng

yirik elektron tijorat platformalarining 2023-yildagi savdo hajmlari va ularning

bozordagi o‘rni batafsil yoritiladi.

Amazon kompaniyasi global elektron tijoratning eng yirik ishtirokchilaridan

biri hisoblanadi. 2023-yilda Amazon’ning umumiy savdo hajmi taxminan 600

milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich kompaniyaning chakana

savdo bozoridagi yetakchiligini tasdiqlaydi. Amazon mijozlarga keng mahsulot

tanlovini, tezkor yetkazib berish xizmatlarini va raqamli texnologiyalar asosida

rivojlangan to‘lov tizimlarini taqdim etadi. Ayniqsa, Amazon Prime xizmati orqali

obunachilar uchun tezkor yetkazib berish va eksklyuziv chegirmalar mavjudligi

kompaniyaning mijozlar bazasini sezilarli darajada kengaytirishiga yordam

berdi.[8]

Xitoyning yetakchi elektron tijorat platformasi Alibaba ham global bozorda

muhim o‘rin egallaydi. 2023-yilda Alibaba platformasi orqali amalga oshirilgan

umumiy savdo hajmi 1 trillion AQSh dollaridan oshdi. Bu ko‘rsatkich

kompaniyaning elektron tijorat bozoridagi eng yirik o‘yinchilardan biri ekanligini

tasdiqlaydi. Alibaba’ning Taobao va Tmall platformalari orqali millionlab

tadbirkorlar va iste’molchilar o‘zaro savdo amalga oshiradi. Kompaniya sun’iy

intellekt va big data texnologiyalaridan keng foydalanib, mijozlarga

shaxsiylashtirilgan savdo tajribasini taqdim etadi.[7]

eBay ham global elektron tijorat bozorida muhim rol o‘ynaydi. 2023-yilda

eBay platformasi orqali amalga oshirilgan savdolar hajmi taxminan 85 milliard

AQSh dollarini tashkil etdi. Ushbu platforma asosan ikkilamchi bozor va auksion

asosida ishlaydigan biznes modeli bilan ajralib turadi. eBay foydalanuvchilarga

noyob mahsulotlarni topish va sotish imkonini beradi. Kompaniya o‘zining


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

300

ishonchli xarid qilish tizimi va xalqaro bozordagi kuchli pozitsiyasi bilan

mijozlarni jalb etishda davom etmoqda.

Shopify elektron tijorat sohasida kichik va o‘rta bizneslar uchun kuchli

ekotizim yaratgan platformalardan biridir. Shopify orqali ishlaydigan onlayn

do‘konlarning umumiy savdo hajmi 2023-yilda 175 milliard AQSh dollariga yetdi.

Shopify tadbirkorlarga o‘z onlayn do‘konlarini yaratish, boshqarish va raqamli

to‘lov tizimlarini integratsiya qilish imkoniyatini beradi. Ayniqsa, COVID-19

pandemiyasidan keyin kichik bizneslarning onlayn savdoga o‘tishi Shopify uchun

yangi imkoniyatlar yaratdi.

JD.com Xitoyning yana bir yirik elektron tijorat platformasi bo‘lib, 2023-

yilda taxminan 450 milliard AQSh dollari miqdorida umumiy savdo hajmiga

erishdi. JD.com tovarlarning sifati va logistika xizmatlari bo‘yicha yuqori

standartlarga ega. Kompaniya o‘zining mustaqil yetkazib berish tarmog‘iga ega

bo‘lib, mahsulotlarni mijozlarga tezkor yetkazib berish orqali raqobatchilardan

ajralib turadi.[8]


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

301

2-rasm. 2023-yilda yetakchi electron tijorat platformalarining savdo

hajmi ko’rsatkichlari.

O‘zbekistonda elektron tijorat so‘nggi yillarda sezilarli o‘sishni

ko‘rsatmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda elektron tijorat savdolari

hajmi 2021-yilga nisbatan 1,8 barobar oshib, 10 886,8 milliard so‘mdan ortiqni

tashkil etdi. Bu umumiy chakana savdo hajmining 4 foizidan ortig‘iga teng.[4]

Prognozlarga ko‘ra, 2025-yilga borib O‘zbekistonda elektron tijorat bozori hajmi

12 barobar o‘sishi mumkin, bu esa onlayn savdo hajmining 6,8 milliard AQSh

dollariga yetishini anglatadi. Elektron tijorat ulushining oshishi ham kuzatilmoqda.

2019-yilda O‘zbekistonda elektron tijoratning umumiy savdo hajmidagi ulushi 1,2

milliard AQSh dollarini tashkil etib, bu umumiy savdoning 1 foizidan kamini

tashkil qilgan. Prognozlarga ko‘ra, 2030-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 15 milliard

dollarga yoki 20 foizga, 2040-yilga kelib esa 50 milliard dollarga yoki 50 foizga

yetishi mumkin.[5]

3-rasm. O’zbekistonda elektron tijorat hajmining 2025-yilga prognozi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

302

Elektron tijorat subyektlari sonining sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda. Soliq

xizmati portalining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda onlayn savdo bilan

shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari soni ortib bormoqda.

Elektron tijoratning muvaffaqiyatli rivojlanishida logistika va pochta

xizmatlari muhim rol o‘ynaydi. Milliy pochta xizmati quyidagi infratuzilmaga ega.

14 ta hududiy filial, 21 ta tumanlararo pochta aloqasi, 143 ta hududiy pochta

aloqasi, 1 804 ta pochta aloqasi bo‘limi, shahar va tumanlarda 1 414 dan ortiq

yetkazib berish punktlari mavjud. Bu tarmoq tovarlarni mamlakatning eng chekka

hududlarigacha yetkazish imkonini beradi. [6]

Elektron tijoratni tartibga solish maqsadida 2022-yilda yangilangan “Elektron

tijorat to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun iste’molchilar va

tadbirkorlarning huquqiy himoyasini ta’minlaydi, elektron operatsiyalarni amalga

oshirish va huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilaydi.

XULOSA

Elektron tijorat dunyo miqyosida va O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan

sohalardan biri bo‘lib, uning o‘sish sur’ati an’anaviy savdo shakllariga nisbatan

yuqori ekani kuzatilmoqda. Global bozorda Xitoy va AQSh kabi davlatlar

yetakchilik qilmoqda, Xitoyning elektron tijorat hajmi 2024-yilda 2,8 trillion

AQSh dollariga yetishi kutilmoqda va bu umumiy bozorning qariyb 50 foizini

tashkil qiladi. Amazon, Alibaba, JD.com, Shopify va eBay kabi yirik platformalar

global elektron tijoratning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonda ham elektron tijorat sezilarli darajada o‘sib bormoqda. 2022-

yilda elektron tijorat hajmi 10 886,8 milliard so‘mga yetgan bo‘lib, bu 2021-yilga

nisbatan 1,8 barobar o‘sish demakdir. Prognozlarga ko‘ra, 2025-yilga kelib

O‘zbekistonda onlayn savdo hajmi 6,8 milliard AQSh dollariga yetishi mumkin.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

303

Hukumat tomonidan qabul qilingan yangi qonun va tartibga solish mexanizmlari

sohani yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, elektron tijorat dunyo bo‘ylab iqtisodiyotning muhim

qismiga aylanib bormoqda. Raqamli infratuzilmani rivojlantirish, logistika tizimini

takomillashtirish va iste’molchilarning ishonchini oshirish bu sohaga ijobiy ta’sir

ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston sharoitida ham elektron tijoratni rivojlantirish orqali

iqtisodiyotga qo‘shimcha sur’at berish va aholiga qulay xizmat ko‘rsatish

imkoniyatlari kengayib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

O'zbekiston Respublikasi Elektron tijorat to'g'risidagi qonuni

(2021).

www.lex.uz

2.

O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiya vazirligi

(2024).

Elektron tijoratni rivojlantirish bo'yicha rasmiy ma'lumotlar.

www.mitc.uz

3.

Chaffey, D. (2022).

Raqamli biznes va elektron tijorat boshqaruvi

(7-

nashr).

4.

Laudon, KC va Traver, CG (2023).

Elektron tijorat 2023: Biznes,

Texnologiya va Jamiyat

(17-nashr). Pearson.

5.

Turban, E., Pollard, C. va Vud, G. (2021).

Elektron tijorat: boshqaruv

va ijtimoiy tarmoqlar istiqboli

(9-nashr).

6.

Kotler, P., Kartajaya, H. va Setiawan, I. (2021).

Marketing 5.0: Insoniyat

uchun texnologiya.

7.

Google raqamli garajiRaqamli marketing

. (2023).

Raqamli

marketing asoslari.

www.google.com/intl/en/garage

8.

Shopify tadqiqot hisobotlari

(2023).

Global elektron tijorat

tendentsiyalari va tushunchalari.

www

www.shopify.com

9.

Statista

(2024).

Elektron tijorat bozori tendentsiyalari va

iste'molchilarning xatti-harakatlarini tahlil qilish.

www.statista.com