https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-3_
июнь
-2025
186
XORIJIY TILLARNI OʻRGATISHDA “M
UAMMOLI
METOD
”
NING MOHIYATI VA TA
’
LIM TEXNOLOGIYASINING
AHAMIYATI.
OʻzDJTU
katta o
ʻ
qituvchisi
Tashpulatova Feruza Sultanovna
Annotasiya.
Taqdim etilayotgan maqola xorijiy tillarni oʻrgatishda
muammoli metodning mohiyati va ta
’
lim texnologiyasining ahamiyati
masofadan oʻqitish texnika va texnologiyasining asosi bu zamonaviy axborot
texnologiyalaridir ya'ni multimedia, Web - texnologiya elektron virtual
kutubxona masofadan turib ta'lim berish taqdim etish texnologiyasi sun
’
iy tafakkur
tizimlari, Vebinar metodi, Evriktik metodlar Modul -
oʻquv materiali yoki ta'lim
mazmunini oʻzaro uygʻunlashtirilgan namunasi Muammoli oʻqitish
-
Oʻqitishning
tabiiy-samarali usuli, muammoli vaziyatlar yaratish orqali ilmiy bilimlar mantiqini
namoyish etadigan oʻqitish jarayonlari ifodalangan.
Аннотация
:
Представленная статья посвящена сущности проблемного
метода и значению образовательных технологий в обучении иностранным
языкам. Основой дистанционных методов и технологий обучения являются
современные информационные технологии, а именно мультимедиа, Web
-
технологии, электронная виртуальная библиотека, дистанционное обучение,
презентационные технологии, системы искусственного интеллекта, метод
вебинаров, эвритические методы. Модуль
-
модель учебного материала или
образовательного контента, которые взаимно интегрированы. Проблемное
обучение
-
естественный и эффективный метод обучения, который выражает
логику научного познания через создание проблемных ситуаций.
Abstract:
The presented article is devoted to the essence of the problem
method and the importance of educational technologies in teaching foreign
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-3_
июнь
-2025
187
languages. The basis of distance learning methods and technologies are modern
information technologies, namely multimedia, Web technologies, electronic virtual
library, distance learning, presentation technologies, artificial intelligence systems,
webinar method, heuristic methods. Module - a model of educational material or
educational content that are mutually integrated. Problem-based learning is a
natural and effective teaching method that expresses the logic of scientific
knowledge through the creation of problem situations.
Kalit soʻzlar:
Ta
’
lim, mutaxassis,texnologiya, metod, Web - texnologiya,
Evristik metodlar,pedagogik texnologiya
Ключевые слова
:обучение, специалист Б технология, метод,
Wеб
-
технологии, эвристические методы, педагогические технологии
Key words:
education, specialist , technology, method, Web- technology,
hueristic methods, pedagogical methods .
Hozirgi zamon talabiga toʻliq javob beradigan mutaxassisni tayyorlash bu
-
davr talabidir. Hozirgi vaqtda respublikamizda yosh avlodni tarbiyalash oʻqitish
bilim berish zamonaviy axborot texnologiyalarga yaqindan yondashish hamda
yangi texnika va texnologiyalar bilan ishlashni oʻrgatish maqsadida juda koʻp
ijobiy ishlar amalga o
shirilib borilmoqda. Ulardan asosiysi Masofadan oʻqitish
texnika va texnologiyasidir. Shu nuqtai nazardan yosh avlodni masofadan oʻqitish
tizimiga tayyorlash bosqichlarini quyidagi koʻrinishda amalga oshirishmumkin.
Hozirgi axborot texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan davrda masofaviy
oʻqitish katta ahamiyat kasb etmoqda.
(Azizxodjaeva,N.N., 2005)
Chunki ta
’limning bu turi shu paytgacha mavjud boʻlgan ta’
lim turlaridan
oʻzining ayrim ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi. Masofadan oʻqitish texnika va
texnologiyasining kunduzgi va boshqa ta'lim turlaridan farqli jihati shundaki
mazkur ta
’
lim turiga juda keng aholi ommasini jalb qilish mumkin. Masofadan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-3_
июнь
-2025
188
oʻqitish texnika va texnologiyasi oʻzida kunduzgi va sirtqi ta'lim turlarining ijobiy
xususiyatlarini mujassam etadi. “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maqsad va vazifalari bosqichma –
bosqich roʻyobga chiqarilishida zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlarning
roli muhim ahamiyat kasb etishi hammaga ayondir. Yangi pedagogik texnologiya
uchun avtomatlashtirilgan oʻqitish kurslarini yaratish murakkab jarayon
hisoblanadi. Buning uchun chet tilla
ri boʻyicha mukammal bilimga ega boʻlishi
bilan birga ta
’
lim jarayonida kompyuter va axborot texnologiyalarining psixologik
va uslubiy ta
’
minoti ham talab etiladi. Axborot texnologiyalari asosida yangi
pedagogik texnologiya an
’anaviy oʻqitish tizimi bilan uygʻunlashgan holda amalga
oshiriladi.(Ochilov,M.,2000) Buning uchun yangi pedagogik texnologiyada
interaktiv internet texnologiyalar: muammoli munozaralar, telekonferensiyalar,
oʻqituvchi va talabalarni muloqot qilish uchun e’
lonlar oynasi, talabalar bilimini
nazorat qilish va baholash, turli xil trenajyorlar qoʻllaniladi.
Yangi pedagogik
texnologiyada talabalar mustaqil bilim olishlari uchun tarmoqqa joylashtirish
elektron darsliklar, gipermatnli qoʻllanmalar, multimedia texnologiya CDROM
disklar va boshqalardan foydalaniladi. Chet tillari ta
’
limi jarayonining
samaradorligi axborotlarni talabalarga qanday tarzda, qanday texnologiyalar
asosida
berilishiga
va
ularni
qanday
qabul
qilishga
bogʻliq.
(Mirolyubov,A.A.,1967)
Zamonaviy axborot texnologiyalariga: multimedia bir tildan ikkinchi tilga
tarjima qilish bir alifbodan ikkinchi bir alifboga oʻtkazish kompyuterli test nazorati
skaner texnologiyasi internet elektron pochta Web - texnologiya elektron virtual
kutubxona masofadan turib ta
’
lim berish taqdim etish texnologiyasi sun
’
iy tafakkur
tizimlari va boshqalar kiradi.(Tashpulatova,F.S. 2024)
Vebinar metodi Vebinar usulida dars seminar yoki konferensiya Internet
orqali bir vaqtda hozir boʻlgan tinglovchilar bilan audio video va avvalgi postlarda
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-3_
июнь
-2025
189
sanab oʻtilgan koʻplab interaktiv imkoniyatlar bilan jonli olib borilib ushbu dars
keyingi foydalanishlar uchun yozib olinishi mumkin boʻlsada butun oʻquv yoki
kurs jarayonidagi darslar yagona platforma doirasida oʻzaro uzviy bogʻlanmaydi,
ya'ni alohida-a
lohida bir martalik darslar boʻladi deyish mumkin. Bundan tashqari
Chet tilini oʻqitish jarayonida Power Point dasturida slaydlar orqali taqdimotlar
tayorlash, elektron oʻquv qullanmalardan dars jarayonida tatbiq etish orqali dars
jarayonini boyitish shuningdek, kompyuter texnologiyalari orqali yangi interaktiv
metodlardan foydalanish xam mumkun. Bunday texnologiyalar ta
’lim tizimida oʻz
aksini topishi uchun, asta-sekin, bosqichma-
bosqich oʻquvchilarga ta’
lim berish
jarayonida qoʻllash va ulardan oqilona foydalanishga xarakat kelish
kerak.(
YoʻldoshevJ.Gʻ.,2004
)
Shu jumladan muammoli metodning mohiyati. Muammoli metodning
mohiyati mashgʻulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va echishdan
iborat boʻlib uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Muammoli ta'lim
konsepsiyasining asosiy tushunchalari
“
muammoli vaziyat
”
“
muammo
”
,
“
muammoni topish
”
kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki muammoli
vaziyat bu metodning dastlabki koʻrinishi hisoblanib oʻzida sub'ektning aniq yoki
qisman tushunib etilgan muammoni ifodalaydi uni bartaraf etish yangi bilimlar
us
ullar va harakat koʻnikmalarini oʻzlashtirishni taqozo etadi. Agar oʻquvchida
qiyinchiliklarni yoʻqotish yoʻllarini izlab topish uchun boshlangʻich ma'lumotlar
boʻlmasa shubhasiz muammoli vaziyat echimini u qabul qilmaydi ya’
ni
muammoning echimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muamo mohiyatini
tushunib etilishi ifodalanishi mavjud bilim va koʻnikmalar majmuasi va izlanish
tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi.
Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo
muammoli vaziyatni oʻzida namoyon etadi biroq barcha muammoli vaziyat
muammoga aylanavermaydi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yoʻli
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-3_
июнь
-2025
190
shu bilan birga oʻquv yoʻli hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida
ifodalash mumkin: Muammoli oʻqitish metodining tuzilmasi mazkur metoddan
foydalanish jarayonida muammo echimini topishga yordam beruvchi yoʻnalishlar
koʻrsatilmaydi va chegaralanmayd
i. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir.
Muammoda echimning qandaydir parametrlari koʻrsatilsa u muammoli masala
hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma'lum muammoni demak
muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq yuqorida ta
’
kidlanganidek barcha
m
uammoli vaziyat muammo boʻla olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni
hal etadi. Agar uning oldida muammo paydo boʻlsa uni muammoli masalaga
aylantiradi, ya'ni uning echimi uchun oʻzidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’
lum
koʻrsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, u boshqa
koʻrsatkichlarni qidiradi va shu muammo boʻyicha yangi variantlardagi
masalalarni loyihalaydi. Ta
’lim jarayonida muammoli metodni qoʻllashda
oʻqituvchi va oʻquvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalg
a oshiriladi ya'ni
ta'lim oluvchining qanday oʻqiyotganligi va rivojlanayotganligini toʻliq tushunib,
his qila oladigan, ya
’ni uning hayotini oʻz shaxsiy hayoti singari his qilib,
oʻquvchining ichki, axloqiy
-
ma'naviy, umummadaniy oʻsib rivojlanishiga, bolalar
hamda kattalar hamjamiyatining mustahkamlanishiga koʻmaklasha oladigan
oʻqituvchi zamonaviy pedagog faoliyati metodi
deb izohlanadi. Bu faoliyatning
asosiy oʻzagi quyidagi metodlardan iborat.
Evristik metodlar-
oʻquvchilarni asta
-sekin muammolarni hal etishga
yaqinlashtirish uchun, tadqiqotning ayrim bosqichlarini bajarishga oʻrgatish,
koʻnikma hosil qilish metodi. Innovasion texnologik metod
-pedagogik
taraqqiyotni ta'minlashga qaratilgan tashkiliy faollik jarayoni. Innovasion ta
’
lim-
ta
’
lim sohasiga kiritilgan va kiritilayotgan yangiliklar, yangilangan, yangi
texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta
’
lim jarayonidir. Modul -
oʻquv materiali
yoki ta
’lim mazmunini oʻzaro uygʻunlashtirilgan namunasi, oʻquv axborotining
mantiqiy boʻlakka boʻlingan qismi, ushbu qism mantiqan yaxlit va tugallangan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-3_
июнь
-2025
191
boʻlib, uning oʻzlashtirilishini nazorat qilish mumkin boʻladi hamda fanning
fundamental tushunchasini taqdim etuvchi muayyan jarayon yoki qonun boʻlimi,
muayyan mavzu doirasida oʻzaro bogʻliq tushunchalar guruhidan iboratdir.
Modulli ta
’
lim-
modullashtirilgan oʻquv dasturi asosida tashkillashtiriladigan
oʻqitish jarayoni.
Yuqorida izohlab oʻtilgan barcha metodlar va ta’
lim texnologiyalarini
pedagogik olimlar va amaliyotchilar ilmiy asoslangan ta
’lim texnologiyalarni oʻz
faoliyatlarida keng qoʻllashga intilmoqdalar pedagogoik texnologiyalarning
samaradorligi shundan iboratki unda turli fan oʻqituvchilarining ta’
lim va
tarbiya jarayonida bir xil yakuniy natijaga erishish imkoniyatiga ega boʻlishi
ahamiyatlidir.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, chet tillarni oʻzlashtirishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qoʻllash talaba yoshlarni fanga ya’ni, til oʻrganishga
qiziqishlarini, mustaqil fikirlashga, ijodkorligini oshirishga, oʻz ustida ishlashga,
sayqallashib, yangi bilimlarni egallashga, dunyoqarashi va tafakkurini
rivojlanishiga, xozirgi zamon standartlari va talablariga javob beruvchi yuqori
malakali mutaxassis boʻlib etishishiga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. -T.:
Choʻlpon, 2005.
2.Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2000.
3
.Mirolyubov.A.A.”Obshaya
metodika obucheniya inostrannim yaizkam v
sredney shkole”1967.
4
.Tashpulatova, F. S. Ispan tili leksikasini zamonaviy texnologiyalar asosida
o
ʻ
rgatishning maqsad va vazifalari.
образование
наука
и
инновационные
идеи
в
мире
,
43
(3), 108-112. (2024).
5
.Yoʻldoshev J.Gʻ., Usmonov S. Ilgʻor pedagogik texnologiyalar.
- T.:
Oʻqituvchi, 2004.