Авторы

  • Usmonova Iroda Sobir qizi,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.109645

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: nutq nutqning aniqligi nutqning to‘g‘riligi nutqning mantiqiyligi sintagmatik lisoniy omillar g‘ayrilisoniy omillar leksik-semantik me’yor sintaktik me’yor metod. Key words: speech clarity of speech correctness of speech logicality of speech syntagmatic linguistic factors non-linguistic factors lexical-semantic norm syntactic norm method.

Аннотация

         Annotatsiya. Nutq shaxslar o‘rtasidagi kommunikatsiya, aloqa-aralashuv vositasi bo‘lmish tilning voqelangan ko‘rinishi bo‘lib, nutqning mantiqiyligi esa nutqning tinglovchi tomonidan to‘g‘ri hamda to‘liq anglanilishi uchun zaruriy bo‘lgan, kishilar orasida mustahkam aloqani ta’minlaydigan og‘zaki va yozma nutqning muhim xususiyatlaridan biridir. Nutqning mantiqiylik jihati, yozma nutqda uchraydigan mantiqiy xatolar va ularni bartaraf etish usullari haqida fikr yuritilgan.

Abstract. Speech is a real manifestation of language, a means of communication and interaction between individuals, and the logicality of speech is one of the important features of oral and written speech, which is necessary for the correct and complete understanding of speech by the listener and ensures strong communication between people.The article discusses the logical aspect of speech, logical errors in written speech and methods for eliminating them.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

97

YOZMA NUTQDA UCHRAYDIGAN MANTIQIY XATOLAR

AHAMIYATI VA ULAR USTIDA ISHLASH

Usmonova Iroda Sobir qizi

,

Shahrisabz davlat pedagogika instituti 1-kurs magistranti

+998906681698

irodausmonova22@gmail.com

Annotatsiya.

N

utq shaxslar o‘rtasidagi kommunikatsiya, aloqa

-aralashuv

vositasi bo‘lmish tilning

voqelangan

ko‘rinishi bo‘lib, nutqning mantiqiyligi esa

nutqning tinglovchi tomonidan to‘g‘ri

hamda

to‘liq ang

lanilishi uchun

zaruriy bo‘lgan,

kishilar orasida mustahkam aloqani ta’minlaydigan og‘zaki va

yozma nutqning muhim xususiyatlaridan biridir. Nutqning mantiqiylik jihati,

yozma nutqda uchraydigan mantiqiy xatolar va ularni bartaraf etish usullari haqida

fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

nutq, nutqning aniqligi, nutqning to‘g‘

riligi, nutqning

mantiqiyligi, sintagmatik, lisoniy omillar,

g‘ayrilisoniy omillar,

leksik-semantik

me’yor, sintaktik me’yor, metod.

Abstract

. Speech is a real manifestation of language, a means of

communication and interaction between individuals, and the logicality of speech is

one of the important features of oral and written speech, which is necessary for the

correct and complete understanding of speech by the listener and ensures strong

communication between people.The article discusses the logical aspect of speech,

logical errors in written speech and methods for eliminating them.

Key words:

speech, clarity of speech, correctness of speech, logicality of

speech, syntagmatic, linguistic factors, non-linguistic factors, lexical-semantic

norm, syntactic norm, method.

Nutq o‘z yuzaga chiqaruvchisi bo‘lmish

so‘zlovchi yoki yozuvchi

tomonidan shakllantirilgan matnning og‘zaki va yozma ko‘rinishdagi voqelangan,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

98

reallashgan ko‘rinishi bo‘lib, u faqatgina tilga bog‘liq hodisa hisoblanmasdan ham

psixologik, ham estetik hodisadir. Shuning uchun har qanday unga nutq sifatida

baho berilganda tinglovchi va o‘qirmanga u orqali yetkazilmoqchi bo‘lgan

axborotning to‘liq hamda to‘g‘ri yetib borishi, shu bilan birga ma’lum ta’sir

ko‘rsatishi nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra yuqoridagi vazifalarning amalga

oshirilishida nutq oldiga ayrim talablar qo‘

yiladiki, bu talablar tilning grammatik

qurilishi jihatidan nutqning to‘g‘ri bo‘lishini, so‘zlar ko‘

zda tutilgan ma

noni aniq

aks ettirishini, chiroyli, yorqin va ta

’sirchan bo‘lishini taqozo qiladi hamda ular

nutqning asosiy xususiyatlari sifatida qaraladi. Bularga nutqning t

о‘g‘riligi

,

nutqning aniqligi, nutqning mantiqiyligi, nutqning sofligi, nutqning boyligi,

nutqning jo‘yaliligi, n

uqtning ifodaliligi kabilar kiradi.

Yuqoridagi xususiyatlar ichida nutqning mantiqiyligi

nutqning tinglovchi

tomonidan to‘g‘ri va

to‘liq anglanilishi uchun zaruriy bo‘lgan sifatlardan biri

ekanligi,

yozma nutqning ham shakliy, ham ma’noviy tomonlariga birdek ta’sir

ko‘rsatishi va nutq uchun talab sifatida qo‘yilgan bir qancha xususiyatlarni o‘zida

jamlaganligi bilan ahamiyatlidir.

Mantiqiylikdan

holi bo‘lgan

nutq kishilar

o‘rtasidagi tayinli aloqani ta’

minlay

olmaydi.

Mantiqiy nutq deb yaxlit bir tizim asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil

bo

lgan, har bir soz, ibora maqsadga muvofiq ravishda ishlatiladigan nutqqa

aytiladi.

Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari bo‘lgan to‘g‘rilik va aniqlik

bilan chambarchas bog‘langandir. Chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan

nutq ham, fikrni ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan lug‘aviy birlik ham

mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi

tinglovchi va o‘

quvchiga ifodalanayotga

n fikming to‘liq yetib bormasligiga,

ba’zan umuman anglashilmasligiga olib keladi. Nutqni tuzishdagi e’tiborsizlik

natijasida ba’zan mantiqsizlik yuz beradi. Quyidagi misolga e’tibor qiling

«Ferma

jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajaradilar»

(Gazetadan). Gapda

so‘zlarning tartibi to‘g‘ri bo‘

lmaganligi,

«olti oylik»


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

99

birikmasining

«sotish»

so‘zidan keyin ke

lmaganligi tufayli mantiqqa putur

yetyapti, hatto xato fikr ifodalanyapti [1.56].

Shu o‘rinda

«sotish»

so‘zining o‘rniga

“yetkazib berish”

qurilmasi qo‘llanganda yanada o‘rinli bo‘lardi.

Nutqda uchraydigan mantiqiy xatolar, eng avvalo, nutq so

zlovchi va

yozuvchining tafakkur qobiliyati bilan bog

liq hisoblanadi. Shuning sababli ham

yuqorida ta’kidlaganimizdek,

mantiqiylik faqatgina lisoniy hodisagina emas, balki

tafakkur bilan bevosita aloqador bo‘lgan hodisadir.

So

zlarning o

‘zi ifodal

ayotgan narsa-hodisalarga mos tarzda fikrning aniq va

to‘g‘ri

ifodalanishi narsa (predmet) mantiqiyligi bo

lsa, so

z birikmalari, gaplar,

hatto butun-butun matnlarning bir-biriga mosligi, fikrni izchil davom ettirishga

bo

ysundirilishi tushuncha mantiqiyligidir [2]. Nutq mantiqiyligidagi bu jihatlar

bevosita yozma ish turlaridan, ayniqsa, bayon, insho va esse uchun taalluqli bo‘lib,

bu turdagi yozma ishlar ijodiy yondashuv asosida bir-

biriga bog‘lanishli, izchil

matnlar yaratish orqali yozma nutq ko‘rinishini yaratishga qaratilganligi bilan

ahamiyatlidir. Bu jarayonda esa

fikrning

tarkibi va qurilishining to‘g‘ri

ifodalanishi nutq mantiqiyligining asosi

ni tashkil etadi.

So‘zlovchi, eng avvalo, bayon etmoqchi bo‘lgan fikrini, bildirmoqchi

bo‘lgan

xabarini va u bilan bog‘liq tafsilotlarni, ayni paytda mantiq

qonuniyatlarini yetarli darajada tasavvur etmas ekan, u mantiqli nutq tuza

olmaydi.

Mantiqiy nutq tuzish uchun so‘zlovchi fikr predmetini atroflicha bilishi,

mantiqiy tafakkur qoidalaridan boxabar bo‘lish kabi g‘arilisoniy talablar

bilan

bir

qatorda til birliklarining leksik-semantik mohiyati, ularning sintagmatik

xususiyati

kabi lisoniy bilimlarni ham nazardan qochirmasligi kerak. [2.21]

Yuqoridagi fikrlardan anglashiladiki, nutqda mantiqiy xatolarning yuzaga

kelishi turli lisoniy va g‘ayrilisoniy omillarga bog‘liq ekan. G‘ayrlisoniy


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

100

omillarning ham borligiga sabab mantiq bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar semantik

sathda amalga oshib, fikrlash bilan bevosita aloqadordir. Quyida mantiqiy

xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun nutqqa qo‘yiladigan shartlarni ko‘

rish mumkin.

Bularning birinchisi ektrolingvistik shart bo‘lib, to‘g‘ri mulohaza qilish

normalarini, ikkinchi va uchinchisi esa mazmuniy bog‘liqlikni yuzaga chiqaruvchi

til vositalarni bilishni talab qiluvchi lisoniy omillarni nazarda tutadi:

tushunchalar mantiqiyligiga rioya qilish;

uslubiy

me’yorga

amal qilish;

leksik-

semantik va sintaktik me’yorga rioya qilish

[3].

O‘quvchilar yozma ishlar bilan ishlash jarayonida yuqorida ifoda etilgan

mantiqiylik shartlarini buzgan holda quyidagicha xatoliklarga yo‘l qo‘yishlari

mumkin:

Yugurib charchamaydigan

chayir

mashinasi dam tepalikka, aylanma

yo‘llar osha dam pastlikka, kishining nigohi tushsa yuragi shig‘illab ketadigan

jarliklar yoqasidan o‘tib, yana

ko‘tarilib qolardi

.

Ushbu gapda yuqoridagi

tushunchalar mantiqiyligiga rioya qilmaslik natijasida

chayir

so‘zi mashinaga

nisbatan noo‘rin qo‘llanmoqda. Aslida bu sifat insonga xos xususiyat bo‘lib,

mashinaga nisbatan uning o‘rniga

mustahkam”

sifati qo‘llanilsa o‘rinli bo‘lar edi.

Uning

yoqimli

qiliqlari, ovozi

eshitilib

ketganday bo‘ladi.

Bu misolda ham

nutq mantiqiyligining uchinchi shartiga amal qilinmaganligi natijasida matn

mazmuniga putur yetganligini ko‘rish mumkin.

Yoqimli

sifati

qiliq

oti bilan

sintagmatik aloqaga kirishib, bog‘lanish hosil qilmaydi. Chunki

qiliq

so‘zida salbiy

bo‘yoqdorlik ma’nosi bo‘lib,

yoqimli

kabi ijobiy mazmun tashiydigan sifatlar bilan

bog‘lanishi mantiqsizlikdir.

Ko‘zim o‘ngidan

hadsiz

odamlar o‘tdi.

Ushbu gapda nutq mantiqiyligi

shartlaridan bo‘lgan uslubiy me’yorga

amal qilish

holti buzilganini ko‘rish

mumkin. Hadsiz sifati badiiy uslub uchun xoslangan bo‘lib, ayni o‘rinda odamlar

so‘zi bilan bog‘lanmay, nutqiy g‘alizlikni yuzaga keltirgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

101

Qo‘llari,

oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmay, o‘z

-o

‘zidan harakatlanar, uni

qayoqqadir

olg‘a

eltardi

[4.38]. Ayni misolda ham tushunchalar mantiqiyligi

buzilishini kuzatish mumkin. Gapda

qayoqqadir

gumon olmoshi

“o‘rinning

noaniqligi”

ma’nosini ifoda

lamoqda.

Olg‘a

ravishi esa

“oldinga”

ma’nosini

bildiradi. Bir vaqtning o‘zida ham

“o‘rinning noaniqligi”

va

“o‘rinning oldinga

ekanligi

ma’nosini ifodalash

nutq mazmunini aniq anglashga ham xalaqit beradi.

Bayon, insho, esse kabi yozma ishlarda nutq mantiqiyligining buzilishi

asosan

matn sintaksisi sathida, ya’ni gaplarning o‘zaro mazmuniy

-sintaktik

bog‘lanishidagi kamchiliklar

natijasida ham yuzaga keladi. M

a’lumki, matn

tarkibidagi gaplar bir-

biri bilan bog‘langan bo‘ladi, shunga ko‘ra bog‘li nutq

tushunchasi mavjud. M

atnda bog‘lilikning quyidagi uch jihatini farqlash

maqsadga muvofiq:

1.

Gaplarni bog‘l

ovchi m

azmuniy bog‘lilik. Bunday bog‘lilik abzas va

mustaqil leksik-grammatik vositalar (leksik takrorlar,

ko‘rsatish, 3

-shaxsdagi

kishilik olmoshla

ri kabi)ning qo‘llanishi orqali namoyon bo‘ladi.

2. Mantiqiy bog‘lilik. Bunday bog‘lilik gaplar, abzaslar o‘rtasidagi mantiqiy

munosabatlarning funksional-sintaktik vositalar

(demak, shunday ekan, shunday

qilib, bundan tashqari, xullas

kabi kirish

so‘zlar,

yuqorida, quyida, endi, bundan

keyin

kabi so‘z va so‘z

shakllari,

va, hamda, ammo, lekin, biroq

kabi bog‘lovchilar

va sh. k.)

orqali ifodalanishida namoyon bo‘l

adi.

3.

Kompozitsion bog‘lilik. Bunday bog‘lilik

qayd etmoq lozimki,

aniqki, ta ’kidlamoq joizki, yuqorida aytib o'tilgani kabi

tarzidagi sintaktik

qurilmalar yordamida ifodalanadi. Yaxlit matnning mantiqiyligini ta

’minlashda

matnning kompozitsion tuzilishini to

‘g‘ri tashkil etish ham muhimdir. Bayon

qilinayotgan fikr, mazmun tarkibida, tabiiyki, muayyan ketma-ketlik, aloqadorlik,

bog‘liqlik, umuman, tizim mavjud. Mazmundagi ana shu

tizim nutqiy ifodada ham

o

‘z aksini topmog‘i lozim

[4.42].

Nutq egasining ijodiy faoliyati mahsuli bo‘lgan

yozma ishlarda bunday “bog‘lilik” bog‘lanishli, “

biri t

og‘

dan, biri b

og‘dan”


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

102

bo‘lmagan fikrlar ketma

-

ketligidan iborat bo‘lgan yaxlit kompozitsiyaga ega va

mantiqiy tugal matnlat yaratishda muhim ahamiyatga egadir.

Masalan, inshoning kompozitsion tuzilishi uc

h qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni

kirish, asosiy qism va xulosa. Kirishda mavzu, uning ahamiyati, o

‘rganilishi kabi

masalalar bayon qilinadi, asosiy qismda

aytilmoqchi bo‘lgan tegishli mazmun

yoritiladi, xulosada esa bayon qilingan fikrlarga yakun yasaladi,

“qissadan hissa”

qilinadi. Shu tariqa fikr mantiqiy ifodalangan yaxlit matn yuzaga keladi.

Yozma nutqda mantiqiy xatolar haqida gapirganda matnning qaysi uslubda

ekanligi ham alohida ahamiyatga. Chunki ilmiy uslub aniqlikka asoslanib, bu

uslubda matn qat’iy izchillikda

, chuqur mantiqiylik asosida bayon qilinadi. Badiiy

uslubdagi nutqda

mantiqiy

lik asosiy mezon bo‘lmay,

mantiqiylikning buzilishi

o

‘ziga xos tasvir us

uli, obrazli ifoda, qisqasi, badiiy vosita vazifasini bajarishi

mumkin. Zulfiya Qurolboy qizining “Yozsiz yil”, Ahmad Muhammad Tursunning

“Sohilsiz dengiz”, Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi”

kabi asarlarning

nomlanishida ham mantiqiylikning buzilishi orqali badiiy maqsadning yuzaga

chiqishiga guvoh bo‘lamiz. Bunda asar mantig‘iga putur yetmaydi.

Yozma ishlarda uchraydigan mantiqiy xatolarni bartaraf etish mazmun-

mantiqli nutqni yaratishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, quyidagi metodlar

asosida

maktab ta’limida o‘quvchilar yozma nutqidagi

xatoliklarni tuzatish,

navbatdagi xatolarni oldini olishga erishish mumkin:

1.

Shaxsiy

izohli lug‘

at

” metodi.

Bu metodni asosan bayon, insho kabi

yozma ish turlari tahlilida qo‘llab natijaga erishish mumkin. Metod

o‘quvchilarning so‘zlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan individual

mantiqiy-

uslubiy xatolarini tahlil qilish va bartaraf etishga yordam beradi. Metod

texnologiyasi shunday bo‘ladi: o‘quvchilarga alohida daftar tuttiriladi.

Yozma ish

tahlili jarayonida yozilgan ish

bilan o‘quvchilar 2 daqiqada tanishib chiqib, xato va

tuzatishlarni ko‘zdan kechirishadi. Jarayon xatolarni ko‘z xotirasida saqlashga

yordam beradi. Keyin o‘quvchi

yozma ishda

ishtirok etgan, lekin ma’nosini


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

103

tushunmasdan noto‘g‘ri ma’noda qo‘llagan yoki

birinchi marta eshitayotgan

tushunchalarning

ma’nosi o‘qituvchi va “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yordamida

izohlanib, lug‘at daftariga yoziladi. Shu orqali har bir o‘quvchi qo‘lida u uchun

ma’nosi notanish bo‘lgan so‘zlar lug‘ati paydo bo‘ladi. Metod orqali o‘quvchining

lug‘at boyligi har bir soat darsdan so‘ng boyib boradi, bu uning og‘zaki va yozma

nutqiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tushunchalar mantiqiyligiga oid bo‘lgan

xatoliklar soni nisbatan kamayadi.

So‘z

Ma’nosi

Iztirob

hayajon, g‘alayon, betoqatlik;

ruhan ezilish;

ruhiy iztirob

Izchil

1. Bir me’yorda, bir taxlitda, bir

yo‘nalishda;

muntazam,

tadrijiy

davom etadigan.

2. O‘zaro uzviy va mantiqiy

bog‘

langan[5]

2.

“Xato

si

ni tuzat”

metodi.

O‘quvchilarga mantiqiy xatoliklar qo‘llangan

kichik

matn beriladi. Ular mantiqiy xatolikni yuzaga keltirgan so‘z yoki

qo‘shimchalarni topishadi. Yozma ishdagi xatolar

ni tahlil qilish bilan

o‘quvchilardagi

diqqat, kuzatuvchanlik hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga

erishish mumkin. Ushbu metod uslubiy xatolarni ham tahlil qilishga yordam berishi

bilan ahamiyatlidir.

1. Sattorov yolvorgan ohangda ko‘zlarimga umidvor qaradi. 2. Ikkalamiz

ham tubsiz ko‘ngilsizlik

oldidan picha tinchlanishim iz kerak edi.

3. Sattorov zarda bilan planshetni irg'itib yubordi-

da, mening so‘zlashimga

erk bermay, sakrab o‘midan turdi. 4. Men Ahmadni chaqirish oldidan

stol ustiga uning Valitov bilan tushgan suratini ham, Zaremaning fotosuratlarini

ham sochib qo‘ygan edim. 5. Mana, u oyoq uchida sekin

yonimga yo'rg‘alab keldi

-

da, meni odatdagiday so‘roqlarga ko‘mib yubordi.

(M. Nasibullin)

6. U jamiyat taraqqiyotini rivojlantirish uchun insonlarning

ma’naviyatini yuksaltiruvchi asarlar yar

atdi.

(A. Olimov)[4.38]


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

104

3

. “To‘g‘ri d

avom

ettir” metodi.

Ushbu

metod

aynan bayon va inshoda

uchraydigan mantiqiy

so‘zlarning

sintagmatik

bog‘lanishiga doir bo‘lgan xatolar

ustida samarali tahlil o‘tkazish imkonini beradi. Jarayonda o‘quvchilar so‘zlarni

mantiqiy va grammatik bog‘lashda yo‘l qo‘ygan xatolarini bartaraf etishni mashq

qilishadi:

bezaknamo

qiz

rangpar

qizg‘aldoq

alvon

ayol

bahstalab

tushdi

go‘zal

kitob

ichkariga

mavzu

yog‘du

yopirildi

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, nutqning mantiqiyligi deganda, yaxlit

bir sistema asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil bo

‘lgan, har bir so‘z, ibora aniq

maqsadga mos holda ishlatiladigan nutq tushuniladi.

Mantiqiylikdan holi bo‘lgan

nutq yarashiqsiz, tushunarsiz, iste’molga yaroqsiz holga kelib qoladi. Yozma

nutqdagi mantiqiy xatolarni bartaraf etish esa ishning qimmatini, yaroqliligini

oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. T.Qudratov. Nutq madaniyati asoslari. T.: 1993.

2.

S.X.Islikov, N.B.Nuraliyeva “O‘qituvchi nutq madaniyati” fanidan

tayyorlangan o‘quv qo‘llanma –

Guliston / “Ziyo nashr matbaa” XK. 2024,

144

bet.

3.

https://muhaz.org/reja-nutqning-togriligi-nutqning-aniqligi-nutqning

mantiqiylig.html

.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

105

4.

Mahmudov N., Odilov Y., Ziyodullayeva G., Ona tili O

‘rta ta’lim

muassasalarining 11-sinfi va o

rta maxsus, kasb-

hunar ta’

limi muassasalari

о‘

quvchilari uchun darslik 1-

qism. T.: “

O

‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”

davlat ilmiy nashriyoti, 2018. 113 bet.

5.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Тошкент

:

«Ўзбекистон миллий

энсиклопедияси»,

2006-2008.