https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
44
MATEMATIKA FANINI O‘QITISHNING UMUMIY METODIKASI
Sodiqova Gulzoda Maxamadalievn
а
Andijon davlat texnika instituti akademik litseyi matematika fani
o’q
ituvchisi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishning metodikasi,
mazmuni va vazifalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.Matematika fanini
rivojlanish
bosqichlari va bugungi kunda matematika fanini o‘qitish uslubiyati
tahlili yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
matematika, oliy matematika, metodika, elementar matematika
o‘quv predmeti
sifatida.
KIRISH
Matematika so‘zi qadimgi grekcha
-
mathema so‘zidan olingan bo‘lib, uning
ma'nosi «fanlarni bilish» demakdir. Ma'lumki, matematik fanlarning sohalari turli
-
tuman bo‘lishiga qaramay, ular umumiylik belgisi ostida bitta predmetga
birlashtirilgan. Bu umumiylik belgisini quyidagi matematikaga berilgan ta'rifdan
yaqqol ko'rish mumkin. Matematika faning o‘rganadigan narsasi (obyekti)
materiyadagi mavjud narsalarning fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy
munosabatlardan iborat.
Matematika fan sifatida ham ,o‘quv predmeti sifatida ham yosh avlodga
o‘rgatilishi talab etiladi.Bunga sabab quyidagilar:
Matematika fan sifatida:moddiy borliqning fazoviy va miqdoriy munosabatla-
rini aks ettiruvchi qonunlarni to‘la va chuqur o‘rganish,targ‘ib etishni talab etadi;
o‘rganilayotgan qonuniyatlarning qanday mazmunga egaligi va ularning qanday
usul bilan asoslanganligi rivojlanish darajasi bilan hisoblanmaydi;unda
tadqiqotchining shaxsiy fazilatlari, u yoki bu matematik qonunning qanday kashf
etilganligi muhim emas; matematika fani ma’lum tizimda yaratiladi va rivojlanadi,
u bir-
biriga bog‘liq qat’iy ketma
-ket keluvchi qonunlarni ochib beradi; fanda asosiy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
45
tushunchalar,qabul qilingan aksiomalar uning boshlang‘ich asosi bo‘lib
hisoblanadi.
Matematika o‘quv predmeti sifatida: o‘quvchilarga matematikadan bilim,
ko‘nikma va malakalar beradi; matematik bilimlar berishda o‘quvchilar yosh
xususiyatlari hisobga olinadi; yangi matematik tushuncha yoki qonun kiritishga
yondashish muhim ahamiyatga ega va shu asosda uni bayon etish usuli
tanlanadi;abstrakt tushunchalar izohlar va misollar bilan beriladi;o‘qitishda
takrorlash ham amalga oshiriladi; o‘quv predmeti fan tizimini qisqartirishi va
buzishi mumkin emas.
Hozirgi davrda matematika fani shartli ravishda ikkiga ajraladi:
1) elementar matematika
2) oliy matematika.
Elementar matematika ham mustaqil mazmunga ega bo‘lgan fan bo‘lib, u oliy
matematikaning turli tarmoqlaridan, ya’ni nazariy arifmetikadan,sonlar
nazariyasidan, oliy algebradan,matematik analizdan va geometriyaning mantiqiy
kursidan olingan elementar ma’lumotlar asosiga qurilgandir.
Oliy matematika fani esa real olamning fazoviy formalari va ular orasidagi
miqdoriy munosabatlarlarni to‘la hamda chuqur aks ettiruvchi matematik
qonuniyatlarni topish bilan shug‘ullanadi.
Matematika o’qitish uslubiyati fanining maqsad va vazifalari.
Insoniyat o‘z rivoji davrida yosh avlodga bilimlar berar ekan asosiy e’tiborini
o‘z faoliyati va taraqqiyot talablarini hisobga olib, fanlar asoslarini o‘rgatishga
harakat qiladi. Shu sababli o‘quvchilarga barcha bilimlar qatori matematikadan
chuqur bilimlar berish vazifasi va uni ilmiy amalga oshirish asosiy masalalardan
hisoblanadi. Bunda matematika o‘qitish uslubiyati asosiy o‘rinlardan birida turadi.
“Metodika” so‘zi yunoncha “metod” yoki “usul” so‘zidan olingan.
Matematika o‘qitish metodikasi (uslubiyati) fani deb, jamiyat tomonidan
qo‘yilgan ta’lim maqsadlarga mos ravishda matematik o‘qitish usullarini,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
46
qonuniyatlarini uning ma’lum rivojlanish darajasida o‘rganadigan va tadqiq
etadigan pedagogikaning bo‘limiga aytiladi. Matematika metodikasi pedagogika
va didaktika fanining asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, jamiyatimiz taraqqiyoti
darajasida ta’lim maqsadlariga mos keluvchi matematikani o‘qitish,
o‘rganish
qonuniyatlarini o‘rganadigan mustaqil fandir.
Matematika metodikasi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi uch
savolga javob beradi:
1.Nima uchun matematikani o‘rganish kerak?
2.Matematikadan nimalarni o‘rganish kerak?
3.Matematikani qanday o‘rganish kerak?
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo‘lib, shvedsariyalik
pedagog matematik G.Pestalotsining 1803-
yilda yozilgan “Sonni ko‘rgazmali
o‘rganish” asarida bayon qilingan. XVII asrning birinchi yarmidan boshlab,
matema-
tika o‘qitish metodikasiga
doir masalalar bilan rus olimlaridan akademik
S.E.Guriv (1760- 1813), XVIII asrning birinchi va ikkinchi yarmidan esa
N.I.Lobachevsiy (1792-1856), I.N.Ulyanov (1831-1886).L.N.Tolstoy (1828-1910)
va atoqli metodistmatematik S.I.Shoxor-Trotskiy (1853-1923), A.N.Ostrogrotskiy
va boshqalar shug‘ullandilar va ular matematika faniga ilmiy nuqtayi nazardan
qarab, uning progressiv asoslarini ishlab chiqdilar. Masalan,A.N.Ostrogradskiy
“Ong kuzatish
-
dan keyin paydo bo’ladi, ong real,mavjud olamga asoslangan” deb
yozgan edi. Geometriya metodikasidan materiallar (
Материалы
по
методике
геометрии
, 1884- yil, 8-
bet.). Keyinchalik matematika o‘qitish metodikasining
turli yo‘nalishlari bilan
N.A. Izvolskiy, V.M. Bradis, S.E. Lyapin, I.K. Andronov,
N.A. Glagoleva, I.Ya.Dempman, A.N. Barsukov, S.I. Novoselov, A.Ya. Xinchin,
N.F. Chetveruxin, A.N. Kolmogorov, A.I. Markushevich, A.I. Fetisov va boshqalar
shug‘ullandilar. 1970
-yildan boshlab maktab matematika kursining mazmuni yangi
dastur
asosida o‘zgartirildi, natijada uni o‘qitish metodikasi ham ishlab chiqildi.
Hozirgi dastur asosida o‘qitilayotgan maktab matematika fanining metodikasi bilan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
47
professorlardan V.M. Kolyagin, R.S. Cherkasov, P.M. Erdniyev, J. Ikramov, N.
G'aybullayev, T. To‘laganov, A. Abduqodirov va boshqa metodist olimlar
shug‘ullanganlar va shug‘ullanmoqdalar. Matematika o‘qitish metodikasi
pedagogika universitetlarining III
—
IV
kurslarida o‘tiladi. U o‘zining tuzilishi
xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda uchga bo‘linadi. U o‘zining tuzilishi
xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda uchga bo‘linadi.
1. Matematika o‘qitishning umumiy metodikasi. Bu bo‘limda matematika
fanining maqsadi, mazmuni, formasi, metodlari va uning vositalarining metodik
sistemasi, pedagogika, psixologiya qonunlari hamda didaktik prinsiplar asosida
ochib beriladi.
2. Matematika o‘qitishning maxsus metodikasi. Bu bo‘limda matematika
o‘qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarining aniq mavzu materiallariga
tatbiq qilish yo‘llari ko‘rsatiladi.
3. Matematika o‘qitishning aniq metodikasi.
Bu bo‘lim ikki qismdan iborat:
1)
Umumiy metodikaning xususiy masalalari.
2)
Maxsus metodikaning xususiy masalalari.
Masalan, VI sinfda matematika darslarini rejalashtirish va uni o‘tkazish
metodikasi deyilsa, bu umumiy metodikaning xususiy masalasi bo‘lib hisoblanadi.
Matematika o’qitish uslubiyati fani “matematika pedagogikasi”sifatida ta’limning
umumiy qonuniyatlarini
matematika sohasida namoyon bo‘lish xususiyatlarini
o’rganadi. Matematika o‘qitish uslubiyati fani avvalo o‘zaro bir
-
biriga bog‘liq
to‘rtta savolga javob berishi lozim.
Birinchisi-
nima uchun matematikani o‘rganish kerak?
Bu savolga javobni ta’lim va tarbiya umumiy vazifalariga asoslanib topish
mumkin,o‘z navbatida bu vazifalar jamiyat rivojining ma’lum bir bosqichida uning
oldida turgan umumbashariy maqsad va vazifalar bilan aniqlanadi.
Ikkinchisi-
kimni matematikaga o‘rgatish kerak?
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
48
Bir tomondan bu savol yosh haqida bo‘lib, qachondan boshlab bolalarni
matematika-
ga o‘rgatish maqsadga muvofiq va qachon barcha uchun majburiy
dastur o‘rnatishni tugatish zarurligini ifoda etadi. Ikkinchi tomondan,maktabdan
keying
matematik ta’limning uzviyligini
ifodalaydi.
Uchinchisi-
o‘rganiladigan matematika mazmuni qanday bo‘lishi kerak? Yoki
nimani o‘rganish kerak?
Bu savolga javob matematika o‘qitish uslubiyatining muhim qismi bo‘lib,eng
harakatchan,eng ilg‘or va eng qulay o‘qitish usullari bilan birga ijodiy
yondoshishni talab etadigan usullar tizimini asoslash va targ‘ib qilish talab etiladi.
Matematika o‘qitish uslubiyati fanining asosiy vazifalari quyidagilar:
M
atematikani o‘rganishning maqsadlari va o‘quv predmeti mazmunini
aniqlash; qo‘yilgan masalalarni amalga oshirish uchun eng qulay usullar va asosiy
o‘qitish shakllarini yaratish.
Matematika o‘qitish uslubiyati uchta bo‘limdan iborat: matematika o‘qitish
umumiy uslubiyati(masalan,o‘qitish usullari prinsiplari va hokazo masalalar
kiradi); matematika o‘qitish xususiy uslubiyati(maktab matematika kursining
ayrim bo‘limlari yoki tushunchalari yo‘nalishlarini o‘rganish usul va yo‘llari
qaraladi); matematika o‘qitish maxsus uslubiyati(masalan,akademik litsey, kasb
-
hunar maktablari va maxsus o‘quv yurtlarida matematika o‘qitishning xususiyatlari
o‘rganilishi mumkin).
O‘rta ta'
lim
da matematika o‘qitishning maqsadlari.
O‘rta
ta'limda
matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan
belgilanadi:
1. Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi.
2. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi.
Umumta’lim maqsadi: o‘quvchilarga ma’lum matematik bilim, ko‘nikma
va malakalar sistemasini berish; o‘quvchilarga olamni o‘rganishning matematik
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
49
usullarini egallashlariga yordam berish; o‘quvchilarni og‘zaki va yozma matematik
nutqqa o‘rgatish; o‘quvchilarning ta’lim jarayonida va o‘z ustida ishlashlarida faol
bilish faoliyatini oshirish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
qurollanishga hamda qo‘llashlari uchun yetarli matematik ma’lumotlarni olishiga
erishish.
Matematika o'qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi
vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar
tizimini berish.
Bu bilimlar tizimi matematika fani
to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada
ma’lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga
tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilar o‘qish jarayonida
olgan bilimlarining ishonchli ekanligini tekshira bilis
hga o‘rganishlari, ya’ni
isbotlash va nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari kerak;
b) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarini tarkib toptirish.
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida xatosiz so‘zlash, o‘z
fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga
yordam berishi kerak. Bu degan so‘z o‘quvchilarning har bir matematik qoidani
o‘z ona
tillarida to‘g‘ri gapira olishlariga erishish hamda ularni ana shu qoidaning
matematik ifodasini formulalar yordamida to‘g‘ri yoza olish qobiliyatlarini
atroflicha shakllantirish demakdir;
d) o‘
quvchilami matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlami bilishga
o‘rgatish. Bu yerda o‘quvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda
hodisalardan tortib to murakkab hodisalargacha hammasming fazoviy formalari va
ular orasidagi miqdoriy munosabatlami tushunishga imkon beradigan hajmda
bilimlar berish ko‘zda tutiladi. Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilarning
fazoviy tasawur qilishlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada
rivojlanadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
50
Tarbiyaviy maqsadi: matematika faniga bo‘lgan turg‘un qiziqishni
tarbiyalash; o‘quvchilarni ahloqiy, ma’naviy
-
ma’rifiy, iqtisodiy, estetik va
ekologik tarbiyalash
(masalan, mehnatsevarlik, burch xissi, go‘zallik, ziyraklik, iroda va
chidamlilik kabi xislatlarni tarbiyalash); o‘quvchilarning matematik tafakkur va
qobiliyatlarini rivojlantirish,ularda matematik madaniyatni shakllantirishdan
iborat.
Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagilarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu g‘oya bilish
nazariyasi asosida amalga oshiriladi;
b) o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlami tarbiyalash.
Ma’lumki, matematika darslarida o‘quvchilar o‘qishning dastlabki kunlaridanoq
mustaqil ravishda xulosa chiqarishga o'rganadilar. Ular avvalo kuzatishlar natija-
sida, so‘ngra esa
mantiqiy tafakkur qilish natijasida xulosa chiqaradilar. Ana shu
chiqarilgan xulosalar matematik qonuniyatlar bilan tasdiqlanadi. Matematika
o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini
shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o'rganishga
bo'lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir;
d) o‘quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni
shakllantirish. Matematika darslarida o‘rganiladigan har bir matematik xulosa
qat’iylikni talab qiladi, bu esa o‘z navbatida juda ko‘p matematik tushuncha va
qonuniyatlar bilan ifodalanadi. O‘q
uvchilar ana shu qonuniyatlarni bosqichma-
bosqich o‘rganishlari davomida ularning mantiqiy tafakkur qilishlari rivojlanadi,
matematik xulosa chiqarish madaniyatlari shakllanadi. O‘quvchilarni biror
matematik qonuni-
yatni ifoda qilmoqchi bo‘lgan flkrlarni simvolik tilda to‘g‘ri
ifodalay olishlari va aksincha simvolik tilda ifoda qilingan matematik qonuniyatni
o‘z ona tillarida ifoda qila olishlariga o‘rgatish orqali ularda matematik madaniyat
shakllantiriladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
51
Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni
qo‘yadi:
a) matematika kursida olingan nazariy bilimlarni kundalik hayotda
uchraydigan elementar masalalani yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish. Bunda
asosan o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliyotga bog‘lay olish imkoniyatlarini
tarkib toptirish, ularda turli sonlar va matematik ifodalar ustida amallar bajarish
malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy
masalalami hal qilishga o‘rgatiladi;
b) matematikani o'qitishda texnik vosita va ko'rgazmali qurollardan
foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda o‘quvchilarning matematika
darslarida texnika vositalaridan, matematik ko'rgazmali qurollar, jadvallar va
hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalari tarkib toptiriladi;
d) o‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish.
Bunda asosan o'quvchilami o‘quv darsliklaridan va ilmiyommaviy matematik
kitoblardan mustaqil o‘qib o‘rganish malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Amaliy maqsadi:olingan bilimlarni oddiy hayotiy masalalarni yechishga,
boshqa o’quv fanlarni o‘rganishda qo‘llay olish ko’nikmalarini shakllantirish;
matematik asboblar va jihozlardan foydalana olishga o’rgatish; bilimlarni mustaqil
egallay olish ko‘nikmalarini tarkib toptirish.
Matematika o‘qitish metodikasining
boshqa fanlar bilan aloqasi. Ma’lumki, matematika o‘qitish metodikasi fani
pedagogika fanining ma’lum bir
bo‘limi bo‘lib, u matematika fanini o‘qitish
qoidalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Matematika o‘qitish metodikasi
matematika fanini o‘qitish qonuniyatlarini o‘rganish jarayonida pedagogika,
mantiq, psixologiya, matematika, lingvistika va falsafa fanlari bilan uzviy aloqada
bo‘ladi. Boshqacha aytganda, maktabda matematika o‘qitish muammo
lari mantiq,
psixologiya, pedagogika,
matematika va falsafa fanlari bilan uzviy bog‘liqlikda hal
qilinadi. Matematika o‘qitish metodikasining metodologik asosi bilish nazariyasiga
asoslangandir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
52
Matematika metodikasi fani matematik ta’limning maqsadi, mazmuni,
formasi, uslubi va uning vositalarini dars jarayoniga tatbiqiy qonuniyatlarini
o‘rganib keladi. Matematika fani fizika, chizmachilik, kimyo va astronomiya
fanlari bilan ham uzviy aloqada bo‘
ladi. Matematika fanining boshqa fanlar bilan
uzviy aloqasi quyidagi ikki
yo‘l bilan amalga oshiriladi:
1) matematika tizimining butunligini buzmagan holda qo‘
shni fanlarning
dasturlarini moslashtirish;
2) boshqa fanlarda matematika qonunlarini, formulalarini teoremalarni
o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan materiallardan matematika kursida foydalanish.
Hozirgi vaqtda matematika dasturini boshqa fanlar bilan moslashtirish masalasi
ancha muvaffaqqiyatli hal qilingan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Matematika o‘qitish metodikasi.S.Alixonov. Toshkent. “Cho‘lpon” 2011.
2.‘‘Matematika va informatika o‘qitish metodikasi”fanidan o‘quv
- metodik
majmua.J.O‘Muxammadiyev.Toshkent.2019.
3. M.E. Jumayev “Matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent. “O‘qituvchi”.
2004.