https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
27
5-SINF ONA TIL
I MASHG’ULOTLARIDA SINONIMLAR LUG’
ATINI
TUZISH METODIKASI
Uzoqova Nargiza Yuldosh qizi
Shahrisabz davlat Pedagigika instituti
Til va adabiyot kafedrasi
o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada 5-
sinf ona tili darslarida sinonimlar lug’atidan
foydalanish va uning samaradorligi haqida fikrlar bayon etilgan.
Kalit so‘
zlar
: so‘z ma’nosi, lug‘at, faollashtirish, so’z boyligi, dars.
Maktab o‘quvchilari nutqini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri
so‘z ustida ishlash, ya’ni lug‘at ishidir. Ona tili darslarida bajariladigan lug‘at ishi
o‘quvchining so‘z boyligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Lug‘at ishi bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1) so‘z ma’nosini
tushuntirish, 2) so‘zni faollshtirish, 3) so‘zni nutqda qo‘llash.
O‘quvchilar lug‘atini faollashtirish ‒ ona tili darslarida bajariladigan lug‘at
ishining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shuning uchun o‘qituvchining
vazifasi ‒ o‘quvchi lug‘atidagi nofaol so‘zlarni faol lug‘at zaxirasiga o‘tkazish
uchun o‘quvchiga nofaol so‘zlarning birikuvchanligi va qo‘llanish sohasini
o‘zlashtishga yordam berishdan iborat. O‘quvchi biror so‘zni o‘zi qayta
hikoyalashi, hikoyasi, suhbati, xati, bayoni, inshosida atigi bir marta qo‘llasa ham,
bu so‘z faollashgan hisoblanadi. So‘zni o‘zlashtirish uning ma’nosi, birikuvchaligi
va qo‘llanish doirasini bilishdan iborat.
O‘quvchiga yangi so‘z ma’nosini tushuntirish, uning so‘zni to‘g‘ri
tushunishiga erishish zarur. Buning uchun esa o‘qituvchi so‘z ma’nosini
tushuntirish usullarini bilishi va ulardan o‘rinli foydalanishi lozim. So‘z ma’nosini
tushuntirishning quyidagi usull
arini ajratish mumkin: ko‘rgazmali, kontekstual,
sinonim keltirish, mantiqiy ta’rif berish, batafsil tavsiflash, antonim keltirish,
so‘zning yasalish tarkibini tahlil qilish.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
28
O‘quvchilar lug‘atini faollashtirish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
1.So‘z ma’nosini bir yoki bir necha usul yordamida tushuntirish:
a) kontekst yordamida;
b) shu so‘zning ma’nodoshi yordamida;
d) shu so‘zning antonimi yordamida;
e) tavsifiy yo‘l bilan (lug‘atdan foydalanib yoki o‘qituvchning o‘zi mustaqil
ravishda).
2.So‘zni o‘qish va yozish (so‘zning to‘g‘ri talaffuzi va imlosi ustida ishlash).
3.So‘zning qo‘llanish namunalari ustida ishlash (tayyor so‘z birikmasi va
gaplar ustida ishlash).
O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘rganilayotgan so‘zlar qo‘llangan tayyor so‘z
birikmalari va gaplar bilan tanishtiradi.Ularning ayrimini aytib turib yozdirish
mumkin.
4.So‘zning semantik aloqalari ustida ishlash.
O‘quvchilarni so‘zlarning paradigmatik aloqalarni ajratish va o‘zlashtirishga
o‘rgatuvchi mashqlar ular lug‘atining boyishiga yordam beradi. Bunday mashqlar
kerakli so‘zni tanlash, jumla mazmunini aniq yetkazish, so‘zning ma’no qirralarini
tushunish qobiliyatini shakllantiradi.
5. O‘rganilayotgan so‘zlar ishtirokida mustaqil ravishda so‘z birikmasi va
gap tuzdirish.
Istiqlol
–
mustaqillik, nurafshon
–
yorug‘, muborakbod etmoq –
tabriklamoq,
samo
–
osmon, ko‘k, gulshan –
gulzor, sabo
–
shabada, munosabat
–
bog‘lanish,
dorivor
–
shifobaxsh, yaproq
–
barg, hadya etmoq
–
bermoq, sovg‘a qilmoq, tub –
tag, ahil
–
inoq, huvullamoq
–
bo‘shamoq, javon –
shkaf, dastyor
–
yordamchi,
alloma
–
olimlar, muhlat
–
vaqt, darg‘azab bo‘lish –
g‘azablanish, shu’la –
nur,
ehtirom
–
hurmat, badavlat
–
boy, tazyiq
–
zug‘um, an’ana –
odat, ta’na –
dashnom,
ta’ziya –
aza, ma’lumot –
xabar, ma’
yuslanmoq
–
xafa bo‘lmoq, chashma –
buloq,
choq
–
payt, arg‘imchoq –
ip, darz
–
yoriq, ranj
–
qiyinchilik, ganj
–
boylik, xazina,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
29
sust
–
sekin, bol
–
asal, tabassum
–
kulgi, muddat
–
vaqt, tasalli
–
yupanch, musaffo
–
sof, toza, mutolaa
–
o‘qish, do‘kon –
magazin, zoriqmoq
–
muhtoj bo‘lmoq,
noyob
–
topilmas, undirmoq
–
o‘stirmoq, mamnun –
xursand, gavjum
–
to‘la,
surkash
–
surtish, ohista
–
sekin, et
–
go‘sht, daromad –
kirim, xontaxta
–
stol,
xazonrezgilik
–
barglarning to‘kilishi, ezgulik –
yaxshilik, boldoq
–
zirak, najot
–
yordam, mo‘‘tadil –
o‘rtacha, sarvqomat –
tik, chanqagan
–
suvsiragan, so‘yla –
gapir, so‘zla, toblanmoq –
chiniqmoq, gazlama -
mato, yo‘ldosh –
hamroh,
choyshab
–
ko‘rpa, silliq –
tekis, intizom
–
tartib, olam
–
dunyo, mug‘ombir –
ayyor, chaqa
–
tanga, parranda
–
qush, istirohat
–
dam olish, nishon
–
mo‘ljal,
tebranmoq
–
qimirlamoq, husn
–
chiroy, sohil
–
qirg‘o
q, pardoz
–
bezak, chaman
–
gulzor, parvarish qilmoq
–
boqmoq, olishmoq
–
kurashmoq, urishmoq, jajji
–
kichkina, mitti, mador
–
quvvat, g‘ubor –
chang, dog‘, jussa –
gavda, o‘git –
nasihat, yumush
–
ish, jamlamoq
–
to‘plamoq, lazzat –
rohat, jasorat
–
jasurlik,
ulug‘ –
buyuk, tortig‘ qilmoq, sovg‘a qilmoq, suyukli –
sevimli, boqmoq
–
qaramoq, maftun bo‘lmoq –
mahliyo bo‘lmoq, beg‘ubor –
toza, sof, ko‘lanka –
soya, ensiz
–
qisqa, enli
–
keng, g‘alati –
qiziq, hushyor
–
sezgir, ziyrak, sayyoh
–
sayohatchi, turist, ilk
–
birinchi, tashna
–
suvsiz, chanqoq, hangu-mang
–
hayron,
bezovta
–
notinch, maysa
–
o‘t.
Bu usulni qo‘llaganda o‘qituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, so‘zlarni
sinonim orqali tushuntirish o‘quvchilar har bir izohlovchi sinonimning ma’nosini
yaxshi tushungandagina maqsadga yetadi. Shuning uchun so‘zning ma’nosini
tushuntirish uchun keltirilgan sinonim sifatida faqatgina bolalar yaxshi
tushunadigan umumiste’mol so‘zlarni tanlash kerak.
Darslikdagi ko‘pgina so‘zlarning ma’nosini ularning tarkibiy qismlari –
morfemalar orqali aniqlash mumkin. Shu narsa ma’lumki, kattalar ham,
o‘quvchilar ham noma’lum so‘zni bo‘lish va ma’lum bo‘lgan o‘zakdosh so‘z bilan
mazmuniy aloqa o‘rnatish asosida och
ishga harakat qiladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
30
Darsliklardagi sinonimi mavjud bo‘lmagan
quyidagi so‘zlar ma’nosini
o‘quvchilarga tasviriy yo‘l bilan tushuntirish mumkin.
Anjuman
–
keng ko‘lamli, katta yig‘ilish.
Fuqaro
–
biror mamlakatning doimiy aholisi.
Ma’vo –
turar joy.
Tazyiq
–
kuch bilan, zo‘rlab o‘tkazilgan ta’sir, siquv.
An’ana –
avloddan-
avlodga o‘tib boradigan urf
-odat.
Ma’rifat –
tabiat, jamiyat va inson haqidagi chuqur hamda ezgulikka
yo‘naltirilgan bilim.
Qur’on –
musulmonlarning Olloh tomonidan Muhammad payg‘ambarga
vahiy qilingan (tushirilgan) muqaddas kitobi.
Qit’a –
yerning dengiz va okeanlar bilan qurshalgan oltita alohida qismidan
har biri.
So‘gal –
badanga ko‘pincha qo‘l yoki oyoqda bo‘ladigan qattiq yumaloq
o‘simta.
Mo‘jiza –
odatdan tashqari kishini hayron qoldiruvchi hodisa yoki ish, narsa.
So‘na –
urg‘ochisi hayvonlarning qonini so‘radigan, erkagi o‘t bilan
ovqatlanadigan yirik pashsha.
Mavhum tushunchani bildiruvchi so‘zlar ma’nosini obrazlar yo
rdamida
tushuntirish mumkin.
Adolat so‘zini obrazli ravishda quyidagicha tushuntirish
mumkin: «O‘quvchilar, adolat bu odamlarga bir xilda munosabatda bo‘lishdir.
Adolat taroziga o‘xshaydi. (O‘qituvchi tarozining rasmini ko‘rsatadi.) Tarozining
ikkala pallasiga bir xil yuk qo‘yilsa, uning ikki pallasi teng bo‘ladi. Bir pallasiga
og‘irroq yuk qo‘yilsa, tarozining bir pallasi baland, bir pallasi past bo‘ladi. endi
hayotdan misol keltiraman. Masal
an, bir otaning 2 o‘g‘li bor. Ota bozordan 4 ta
olma olib keldi. Ikkala o‘g‘ilga 2 tadan olma bersa, bu adolatdan bo‘ladi. Bir
o‘g‘liga bitta, ikkinchi o‘g‘liga uchta olma bersa, bu adolatsizlik bo‘ladi».
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
31
Jur’at so‘zini obrazli tarzda quyidagicha tushuntirish mumkin: «O‘quvchilar,
jur’at –
bu xavf-
xatar, qiyinchiliklardan hayiqmay qilingan ish. Hayotda ko‘p holda
kishiga jur’at kerak bo‘ladi. Masalan, tishingiz og‘rib qolsa, tish shifokoriga
borishingiz uch
un jur’at kerak. Yoki matematikadan sizga qiyin misol berilgan
bo‘lsa, uni yechish uchun ham jur’at kerak. Jur’atni, o‘quvchilar, jarlik ustidan
sakrab o‘tayotgan otga o‘xshatish mumkin. Chunki jarlik ustidan sakrab o‘tish
uchun katta jur’at, jasorat kerak. O‘quvchilar, hayotda qiyinchiliklardan qo‘rqmay,
jur’at bilan ish tutsangiz, ko‘zlagan maqsadingizga erishasiz».
So‘z ma’nosini tushuntirish ‒ hali o‘quvchilar lug‘atini boyitishning
birinchi bosqichi xolos. So‘z o‘quvchining “o‘z mulki”ga aylanishi, ya’ni faol
lug‘atiga kirishi uchun katta ishni amalga oshirish talab qilinadi. Nutq o‘stirish
bo‘yicha tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu borada shablon va rejasizlikka yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. Har bir dars uchun rejalashtiriladigan so‘z ustidagi izchil, puxta, doimiy
ish olib borilishi lozim.
O‘quvchilar uchun tushunarsiz va nofaol so‘zlarni faollashtirishning quyidagi
yo‘llari mavjud:
1. “Ona tili” darsliklarida berilgan o‘quvchilar lug‘atini faollashtirishga doir
mashqlarni bajartirish.
2. Adabiyot darslarida o‘qiganlarini qayta hikoyalash, suhbat, bayon,
inshoda yangi va nofaol so‘zlarni qo‘llash.
3. Ona tili va adabiyot darslarida o‘qituvchining o‘zi tomonidan tuzilgan
mashq va topshiriqlardan foydalanish.
4. Ona tili darsligidagi mashqlarga qo‘shimcha topshiriqlar ilova qilish.
Ona tili darslarida o‘quvchilar lug‘atini faollashtirish uchun o‘qituvchining
o‘zi tomonidan tuziladigan quyidagi
topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1. Har bir qatordagi o‘zakdosh so‘zlarni toping.
Qadrli, aziz, qadrdon;
Vafodor, sadoqatli, bevafo;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
32
Mehrli, xushfe’l, mehribon;
Qo‘pol, qo‘rs, qo‘pollik.
O‘zakdosh so‘zlarni ajratib yozing. O‘zagini belgilang. Shu so‘zlardan
istagan birini qo‘llab gap tuzing.
2. Sabr, hurmat, e’tibor so‘zlariga o‘zakdosh so‘zlar toping.
Izohli lug‘atdan bu so‘zlarning ma’nosini o‘qing va eslab qoling.
1) Insonni nima uchun hurmat qilish mumkin?
2) Har qanday odam hurmatga loyiqmi?
3. Har bir so‘zning qaysi turkumiga kirishini aniqlang.
Ishonch, ishonmoq, e’tibor, ishonchli, mehmondo‘st, mazax qilmoq, xafa
qilmoq, xushfe’l, bag‘ritosh, nafratlanmoq, yaxshi ko‘rmoq, loqayd, hurmat, halol,
rost, rostgo‘y, shafqatsiz, insonparvar.
So‘zlarni uch ustunchaga ajratib yozing: ot, sifat, fe’l. Insonning ijobiy
xislatlarini ayting. Bag‘ritosh va mehribon so‘zlarining ma’nosini tushuntiring.
4. Berilgan so‘zlarga qarama
-
qarshi ma’noli so‘zlar topib yozing.
Dono
odam ‒ nodon odam; xushfe’l yigit ‒…; jasur askar ‒…; shirinso‘z
bola ‒…; bag‘ritosh odam ‒…; qahrli nigoh ‒…
Foydalanish uchun so‘zlar: badfe’l, mehribon,qo‘rqoq, qo‘pol, mehrli.
5. Berilgan sifatlarning umumiy jihati nimada? Ularning ma’nosida qanday
farq bor?
Xushmuomala, shirinso‘z, xushfe’l, nazokatli, odobli, muloyim,
kirishimli, dilkash.
6. Lug‘at diktanti.
Birinchi ustunchaga odamlar qanday bo‘lishi kerakligi bildiruvchi,
ikkinchi ustunchaga qanday bo‘lmasligi kerakligini bildiruvchi so‘zlarni yozing.
Xushfe’l, qo‘pol, yolg‘inchi, halol, vijdonli, qasos
kor, sabrli, shafqatli,
to‘g‘riso‘z, shafqatsiz.
Shu so‘zlardan uchtasini tanlab gap tuzing.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
33
7.Quyidagi
gaplardan to‘g‘ri so‘zining ma’nolarini qiyoslang.
To‘g‘ri odam yolg‘on gapimaydi.Nodirning javobi to‘g‘ri.
Qaysi so‘zlar birinchi gapga, qaysi so‘zlar ikkinchi gapga mos keladi: halol,
aniq, insofli, rost.
8.Yumshoq va muloyim so‘zlarini quyida berilgan qaysi otlar bilan
bog‘lash mumkin?
Divan, so‘z, odam, mum, kulgi, yostiq, xamir, ko‘rpa, muomala.
9.Qarama-
qarshi ma’noli so‘z yozib, ma’nosini izohlang.
shafqatsiz ‒…;
xushmuomala ‒ …;
vijdonli ‒ …;
ishchan ‒…;
loqayd ‒ …;
sabrli ‒ …;
andishali‒…;
saxiy‒ …;
O’quvchi nutqining muhim ko’rsatkichlaridan biri uning so’z boyligidir.
Pedagogic adabiyotlarda berilgan ilmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2 yashar bolalar
30 dan 100 gacha, 4 yoshli bolalar 1000 dan 4000 gacha, 7 yoshli bolalar 3000 dan
7000 gacha, 10-11 yoshli bolalar 8000 dan 15000 gacha, 14-15 yoshdagilar 11000
dan 18000 gacha so’zni bilishlari lozim2. Ammo, afsuski, ona tili mashg’ulotlarida
fikrni og’zaki va yozma shakllarda bayon qilish zaruriyati tug’ilganda
o’quvchilardagi so’z qashshoqligi darrov sezilib qoladi. Nutqda so’zlarni takroriy
qo’llash, berilgan so’zni uning ma’nodoshi, uyadoshi va qarama
-
qarshi ma’noligi
bilan almashtira olmaslik, ma’lum bir sohaga qarashli so’zlar lug’atini tuzishda
uchraydigan qiyinchiliklar, shubhasiz, o’quvchilarning so’z boyligi yetarli
emasligidan dalolat beradi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
34
Xullas, o’quvchi nutqini rivojlantirish murakkab jarayon bo’lib, unga
monelik qilayotgan omillar ham faqat ta’lim mazmuni yoki o’qituvchigagina
bog’liq emas.
Barcha imkoniyatlar to’laligicha ishga solinsagina fikrni og’zaki va yozma
ravishda to’g’ri, ravon ifodalashga o’rgatish jarayoni oson kechadi. O’quvchi
nutqini rivojlantirishga keng yo’l ochadi.
Foydalanilgan adabiotlar:
1. Muhitdinova H. Ta’lim bosqichlarida o‘zbek tili o‘qitilishi uzluksizligini
ta’minlashning ilmiy
-metodik asoslarini takomillashtirish. P.f.d. diss.
–
Toshkent,
2011.
2. Sattorova N. O‘quvchilarning insho yozish malakalarini shakllantirish.
P.f.n. diss.
–
Toshkent: 1995.
3.
Сафаров
Ф
.
С
.
Ўқувчиларга
мавҳум
тушунчаларни
образ
воситасида
тушунтириш
.
‒
“Педагогик маҳорат” журнали. Бухоро, 2013, 2
-
сон, Б. 50 –
53.