Авторы

  • Isomiddinov Yoʻldosh Yusubboevich.
  • Karimov Raimqul Olimjon-oʻgʻli.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.109668

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: savodsizlikni tugatish yangi sovet ziyolilarini tarbiyalash fan va ta’limni sovetlashtirish din va qadriyatlarga qarshi kurash san’at va madaniyat ustidan nazorat madaniy inqilobning O’zbekistondagi aks-sadosi. Keywords: the eliminination of illiteracy the upbringing of a new Soviet intelligentsia the Sovietization of science and education the fight against religion and values control over art culture the echo of the cultural revolution in Uzbekistan.

Аннотация

Annotatsiya: 1920-30-yillarda Sovet ittifoqi tarixida jamiyat hayotining barcha sohalarida tubdan o’zgartirish, avvalo inson ongini yangi ideologik asosda shakllantirishga qaratilgan davr bo’ldi. Ushbu jarayon “madaniy inqilob” nomi bilan tarixga kirdi. Bu siyosat Iosif Stalin davrida kuchli sur’atlarda olib borildi va uning asosiy maqsadi – yangi, sodiq sovet fuqarosini yaratish edi.

Abstract: the 1920s and 1930s were a period in the history of the Soviet Union, aimed at radical changes in all spheres of social life, primarily at shaping the human mind on a new ideological basis. This process went down in history under the name of the “cultural revolution”. This policy was carried out with great speed during the Iosif-Stalin era, and its main goal was to create a new, loyal Sovet citizen.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-46

_ Том

-6_

июнь

-2025

432

XX ASRNING 20-30-YILLARIDA SOVET HOKIMIYATINING

“MADANIY INQILOB” SIYOSATI: MOHIYATI VA OQIBATLARI

O’zbekiston

-Finlandiya pedagogika

insituti, Tarix kafedrasi dotsent v.b.

Falsafa doktori (PhD)

Isomiddinov Yoʻldosh Yusubboevich.

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni

oʻqitish metodikasi (tarix)

yoʻnalishi 1

- kurs magistranti

Karimov Raimqul Olimjon-

oʻgʻli.

Annotatsiya:

1920-30-yillarda Sovet ittifoqi tarixida jamiyat hayotining

barcha sohalarida tubdan o’zgartirish, avvalo inson ongini yangi ideologik asosda

shakllantirishga qaratilgan davr bo’ldi. Ushbu jarayon “madaniy inqilob” nomi

bilan tarixga kirdi. Bu siyosat Iosi

f Stalin davrida kuchli sur’atlarda olib borildi

va uning asosiy maqsadi

yangi, sodiq sovet fuqarosini yaratish edi.

Kalit so’zlar:

savodsizlikni tugatish, yangi sovet ziyolilarini tarbiyalash, fan

va ta’limni sovetlashtirish, din va qadriyatlarga qarshi kurash,san’at va madaniyat

ustidan nazorat, madaniy inqilobning O’zbekistondagi aks

-sadosi.

Uzbek-Finnish Pedagogical Institute,

Associate Professor, Department of History a.a.

Doctor of Philosophy (PhD)

Isomiddinov Yuldosh Yusubboevich.

1st year master's student in the field of

teaching methods of social and

humanitarian sciences (history)

Karimov Raimkul Olimjon-ugli.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-46

_ Том

-6_

июнь

-2025

433

Abstract:

the 1920s and 1930s were a period in the history of the Soviet Union,

aimed at radical changes in all spheres of social life, primarily at shaping the

human mind on a new ideological basis. This process went down in history under

the name of the “cultural

revolution”. This policy was carried out with great speed

during the Iosif-Stalin era, and its main goal was to create a new, loyal Sovet

citizen.

Keywords:

the eliminination of illiteracy, the upbringing of a new Soviet

intelligentsia, the Sovietization of science and education, the fight against religion

and values, control over art culture, the echo of the cultural revolution in

Uzbekistan.

Madaniy inqilob dastlab xalqni savodli qilishdan boshlandi. 1919-yilda

“Savodsizlikka qarshi kurash” haqida dekret qabul qilindi. Shundan so’ng

“Likbez”(savodsizlikni tugatish) harakati boshlab yuborildi. Ishchilar, dehqonlar

va boshqa mehnatkashlar uchun

kechki maktablar, o’quv kurslari ochildi. Natijada

1930-yillarga kelib aholi orasida savodsizlik sezilarli darajada oshdi. Sovet

hokimiyati eski ziyolilarni “burjua merosi” deb qoralab, ularning o’rniga yangi,

proletar kelib chiqishga ega ziyolilar sinfini shakllantirishga kirishdi. Malaka emas,

balki, mafkuraviy sodiqlik asosiy mezonga aylandi. Ta’lim tizimi tubdan

o’zgartirildi. Darsliklar va o’quv dasturlari sovet mafkurasi asosida qayta ishlab

chiqildi. Tarix, adabiyot, falsafa kabi fanlar kommunistik g

’oyalarga moslab

o’qitildi. Ilm

-

fan sohasida mustaqil fikrlash imkoniyati cheklab qo’yildi. “Burjua

fani” deya qoralangan ilmiy yo’nalishlar yo’q qilindi. Madaniy inqilob doirasida

din jamiyat hayotidan siqib chiqarildi. Masjid, cherkov va boshqa ibodatxonalar

yopildi, din xodimlari tahqirlandi yoki ta’qib qilindi. Odamlar orasida ateizm

targ’ib qilindi, din “ilmiy dunyoqarashga zid” deb e’lon qilindi. Natijada diniy

qadriyatlar, urf-

odatlar va marosimlar chetga surildi yoki butunlay yo’q qilindi.

Adabiyot,

san’at, musiqa, teatr, kino kabi madaniy sohalalari ham siyosiy


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-46

_ Том

-6_

июнь

-2025

434

nazoratga olindi. Barcha ijodkorlar “sotsialistik realizm” tamoyiliga amal qilishga

majbur bo’ldi. Bu yo’nalish faqat sovet mafkurasini targ’ib qilishni talab etardi.

Senzura kuchaytirildi, mustaqil ijod uchun joy qolmadi. O’z fikrini erkin bildirgan

san’atkorlar ta’qib qilindi, surgun etildi yoki o’ldirildi.

O’zbekiston SSR da ham madaniy inqilob katta siyosiy va ijtimoiy

o’zgarishlarga olib keldi. 1920

-30- yillarda savodsizlikka qarshi kurash, yangi

maktablarning ochilishi, lotin yozuviga o’tish kabi islohatlar amalga oshirildi..

Lekin sovet arboblari va mafkurachilarining bu vaqtinchalik taktikasi uzoqqa

bormadi. Ular o‘lka hayotiga moslashib, biroz tomir yozib olgach, 20

-yillar

o‘rtalaridan e’tiboran o‘zbek xalqi ma’naviy hayotining ko‘p zamonlar uzviy

tarkibiy qismi bo‘lib kelgan eski maktab va madrasa ta’l

im-tarbiya tizimini barham

toptirdi. Uning ko‘p sonli ziyoli vakillari, mullalari

-yu mudarrislari faoliyati

to‘xtatib qo‘yildi. Respublikada boshlang‘ich ta’lim tizimining joriy etilishi,

keyinroq 7 yillik ta’limga o‘tilishi ham xalq ta’limi sohasidagi muh

im

o‘zgarishlardan biri bo‘ldi. Maktab qurilishi, uning malakali o‘qituvchi kadrlar

bilan ta’minlanishi, o‘quvchilar soni yil sayin o‘sib bordi. Sovet davri statistik

ma’lumotlariga qaraganda, agar 1924/25

-

o‘quv yilida O‘zbekistonda 160 ta sovet

tipidagi m

aktablar tashkil qilinib, ularda 17209 nafar o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa,

1941-

yilga kelib bunday maktablar soni 5504 taga va ularda ta’lim olayotgan

o‘quvchilar soni esa 1 mln 315 ming nafarga yetgan. XX asr 20

-yillari ikkinchi

yarmida «Hujum» nomi bilan

boshlangan harakat o‘z mohiyati bilan o‘zbek xotin

-

qizlarini tutqunlikdan, paranji zulmatidan ozod qilishga qaratilgan edi. Turkiston

sharoitida o‘ziga xos o‘ta murakkab xususiyatlarga ega bo‘lgan bu ijtimoiy

-siyosiy

masala hukmron partiya tomonidan hech

bir o‘ylanmasdan, mahalliy shart

-

sharoitlarni, xalqning an’anaviy udumlari, urf

-

odatlarini e’tiborga olmasdan

kutilmagan bir holda amalga oshirildiki, bu esa o‘lka hayotida ko‘plab noxush

oqibatlarni keltirib chiqardi. Ma’lumki, Turkiston xotin

-qizlari hayoti asrlar

davomida musulmonchilik qonun-

qoidalari va an’analari asosida kechgan va


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-46

_ Том

-6_

июнь

-2025

435

o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Jumladan, ular aksariyat hollarda mehnatga

tortilmas, balki uy-

ro‘zg‘or ishlarida band bo‘lishgan va farzand tarbiyasi bilan

shug‘ullanishgan. Sovet hukumati esa o‘zbek xotin

-qizlarining bunday turmush

tarziga diniy «xurofot» sifatida qaradi. Shu bilan birgalikda ayollarning erkaklar

bilan teng huquqliligi, ularning tor oila muhitidan ozod bo‘lib, keng ijtimoiy

-

siyosiy hayotga tortilishi g‘oyasi ilgari surildi. Shu narsa haqiqatki, jamiyat

rivojlanib borar ekan, odamla

rning ongi ham o‘zgarishda davom etadi. Turmush

tarzi yangilanadi, u zamonga moslashadi. Shu ma’noda o‘zbek ayollarini

paranjidan ozod qilish muhim vazifalardan biri ekanligi tabiiydir. Biroq bu

masalani eng avvalo jamiyat a’zolari, fuqarolari orasida keng

ko‘lamli tushuntirish,

ma’rifiy yo‘llar orqali tinch hal qilish mumkin edi. Jadidlar rahbarlari F. Xo‘jayev,

Fitrat, Cho‘lpon, A. Avloniylar ham bu masalani hal etishni o‘z oldilariga muhim

vazifa qilib qo‘ygan edilar. Shu maqsadda tashkil etilgan respubl

ika, viloyat,

tuman, shahar va quyi sovet tashkilotlari qoshidagi xotin-

qizlar bo‘limlarida

dastlab umuman to‘g‘ri ish olib borilgandi. Ularning sa’y

-harakatlari bilan teatrlar,

klublar, kutubxonalar va boshqa madaniy-

ma’rifiy muassasalar bunyod etilib

fao

liyat ko‘rsata boshladi. 1929

-

yilda o‘zbek musiqali teatriga asos solindi. 1933

-

yilga kelib Hamza nomli akademik drama teatri ish boshladi. Har qanday

mafkuraviy tazyiqlarga qaramasdan milliy ruh ustuvor bo‘lib qolaverdi. Xalqimiz

orasidan uning asriy dil armoni, orzu-istaklarini kuylagan Hoji Abdulaziz

Abdurasulov, Ota G‘iyos Abdug‘aniyev, Domla Halim Ibodov, Mulla To‘ychi

Toshmuhamedov, Madrahim Sheroziy, Shorahim Shoumarov, Abror Hidoyatov,

Soraxonim, Tamaraxonim, Lutfixonim, Mukarramaxonim singari nomdor

san’atkorlar yetishib chiqdi va dovruq qozondi. 20—

30-yillarda respublikada

ko‘plab madaniy inshootlar qurildi. 1932

-yilda respublikada 707 ta kutubxona,

3087 ta klub, 409 ta kinoqurilma, 32 ta teatr, 13 ta muzey faoliyat ko‘rsatdi.

O‘zbekistonda madaniy

qurilish jarayonining chuqurlashib borishiga mamlakatda

avj olgan totalitar tuzum zo‘ravonligi va bedodligi jiddiy to‘sqinlik tug‘

- dirdi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-46

_ Том

-6_

июнь

-2025

436

Bunday keskin, nosog‘lom muhitda madaniyat muassasalarining faoliyati

cheklanib, bu soha xodimlarining ijodkorligi har tomonlama qiyin-qistov va

siquvga olindi. Bu esa respublika madaniy hayoti maromining normal kechishiga,

shubhasiz, salbiy ta’sir ko’rsat

di.

Xulosa o’rnida sovet hokimiyatining madaniy inqilobi –

bu savodxonlikni

oshirish va fan-

ta’limni ommalashtirish kabi ijobiy natijalarni berish bilan birga,

inson erkinligini cheklovchi, milliy madaniyat, din va ziyolilar qatlamini yo’q

qiluvchi mafkuraviy

vosita ham bo’lgan. Bu siyosat jamiyatni to’liq sovetlashtirish,

yagona mafkuraga bo’ysundirish yo’lida amalga oshirilgan va butun SSSR

xalqlarining tarixiy taraqqiyotiga chuqur iz qoldirgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1.

“O’zbekiston tarixi” (1917

-1991- yillar) Q.Usmonov, va M.Sodiqov lar. 72-

106-sahifa.

2.

Turkistonda 1917-yil ijtimoiy-

siyosiy o’zgarishlar, Ziyonet.uz sayti

3.

http://uz.wikipedia.org/wiki/Oʻzbekiston_Sovet_Sotsialistik_Respublikasi