Авторы

  • M. Saydaxmedova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.109736

Ключевые слова:

Kalit so’zlar. Qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanish va muammolar aksiya obligatsiya likvidlik xususiylashtirish moliyaviy savodxonlik iqtisodiy barqarorlik. Keywords: Securities market development and challenges shares bonds liquidity privatization financial literacy economic stability.

Аннотация

Annotatsiya. Ushbu maqola O'zbekiston moliya bozorining, ayniqsa, qimmatli qog'ozlar bozorining rivojlanish holati, muammolari va istiqbolli yo'nalishlarini tahlil etadi. Maqola mamlakatda bozorni shakllantirish va faollashtirish uchun qilinayotgan islohotlar, xalqaro hamkorlik va mablag' jalb qilish jarayonlarining muhimligini ta'kidlaydi. Shuningdek, likvidlikni oshirish, xususiylashtirish va aholining moliyaviy savodxonligini kuchaytirish kabi muhim muammolar ham muhokama qilinadi. Yakunida, qimmatli qog'ozlar bozori orqali iqtisodiy barqarorlik va rivojlanishga erishish maqsad qilib qo'yilgan va ular yuzasidan bir qancha xulosa va takliflar berilgan.Abstract. This article analyzes the current state, challenges, and promising directions of the financial market of Uzbekistan, particularly the securities market. It emphasizes the importance of ongoing reforms, international cooperation, and capital attraction in shaping and activating the market in the country. The article also discusses key issues such as enhancing liquidity, privatization, and improving the population's financial literacy. In conclusion, it is noted that achieving economic stability and growth through the securities market is set as a primary goal.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

396

O‘ZBEKISTONDA QIMMATLI QOG’OZLAR

BOZORINING

RIVOJLANISH HOLATI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR

M. Saydaxmedova

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti

Jahon iqtisodiyoti yo’nalishi talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqola O'zbekiston moliya bozorining, ayniqsa,

qimmatli qog'ozlar bozorining rivojlanish holati, muammolari va istiqbolli

yo'nalishlarini tahlil etadi. Maqola mamlakatda bozorni shakllantirish va

faollashtirish uchun qilinayotgan islohotlar, xalqaro hamkorlik va mablag' jalb

qilish jarayonlarining muhimligini ta'kidlaydi. Shuningdek, likvidlikni oshirish,

xususiylashtirish va aholining moliyaviy savodxonligini kuchaytirish kabi muhim

muammolar ham muhokama qilinadi. Yakunida, qimmatli qog'ozlar bozori orqali

iqtisodiy barqarorlik va rivojlanishga erishish maqsad qilib qo'yilgan va ular

yuzasidan bir qancha xulosa va takliflar berilgan.

Kalit so’zlar

.

Qimmatli qog'ozlar bozori, rivojlanish va muammolar, aksiya,

obligatsiya, likvidlik, xususiylashtirish, moliyaviy savodxonlik, iqtisodiy

barqarorlik.

THE STATE OF DEVELOPMENT OF THE SECURITIES MARKET

IN UZBEKISTAN: PROBLEMS AND PROSPECTS

Abstract.

This article analyzes the current state, challenges, and promising

directions of the financial market of Uzbekistan, particularly the securities market.

It emphasizes the importance of ongoing reforms, international cooperation, and

capital attraction in shaping and activating the market in the country. The article

also discusses key issues such as enhancing liquidity, privatization, and improving

the population's financial literacy. In conclusion, it is noted that achieving

economic stability and growth through the securities market is set as a primary

goal.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

397

Keywords:

Securities market, development and challenges, shares, bonds,

liquidity, privatization, financial literacy, economic stability.

Kirish.

Zamonaviy iqtisodiyotda qimmatli qog'ozlar bozori juda muhim

ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirish uchun samarali

iqtisodiy siyosatni amalga oshirish zarur bo'lsa-da, moliyaviy sohada institutsional

islohotlarni o'tkazish ham shunchalik muhimdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fond

bozoridagi qimmatli qog'ozlardan samarali foydalanish imkoniyatini ta'minlovchi

barqaror moliyaviy tizim katta ahamiyatga ega. Bunday tizimga ega mamlakatlar

iqtisodiy xavflarga nisbatan chidamli bo'ladi.

Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida qimmatli qog‘ozlar bozorining to‘g‘ri

tashkil etilishi va uning vositalaridan oqilona foydalanish juda muhim ahamiyat

kasb etmoqda. Chunki bu nafaqat moliya bozorini rivojlantiradi, balki iqtisodiy

barqarorlikni ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, ikkilamchi bozorda

faqat davlat qimmatli qog‘ozlarigina emas, balki tijorat banklari, nobank moliyaviy

tashkilotlar va investitsiya kompaniyalari ham faol ishtirok etishi ochiq bozor

operatsiyalarini ancha samaraliroq qilish imkonini beradi.

1

Shuni ham alohida

ta’kidlash kerakki, mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi ko‘pincha

moliyaviy bozorlar holati bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Bu ayniqsa aholi jon

boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad ko‘rsatkichlarida yaqqol ko‘rinadi.

Yaxs

hi rivojlangan qimmatli qog‘ozlar bozori esa odatda yalpi ichki mahsulotga

nisbatan yuqori kapitalizatsiya darajasi bilan ajralib turadi. Misol uchun, ayrim

rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 100 foizdan oshib ketgan. bu holat shuni

ko‘rsatadiki, moliyaviy vositalar qanchalik ko‘p va erkin muomalada bo‘lsa,

1

Xamidov B. M., Razzoqov J. X.

O’zbеkistonda moliya bozorini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari // Science

and Education.

2023. №1.:

https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekistonda-moliya-bozorini-rivojlantirishning-

istiqbolli-yo-nalishlari


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

398

investorlar uchun shuncha ko‘proq imkoniyat yaratiladi. Shu orqali esa moliya

bozorlarining barqarorligi oshadi, iqtisodiy faollik rag‘batlantiriladi.

Xususan, mamlakatimiz misolida ko’radigan bo’lsak,

Y

angi O‘zbekiston

strategiyasi doirasida mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va barqaror

rivojlanishni ta’minlash ustuvor vazifalardan biridir. So‘nggi yillarda O‘zbekiston

iqtisodiy islohotlarni faol amalga oshirib, xalqaro moliya bozorlariga

int

egratsiyalashish yo‘lida muhim qadamlar tashlamoqda. Ushbu jarayonda

qimmatli qog‘ozlar bozori iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim vosita

sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Qimmatli qog‘

ozlar bozori korxonalarni

moliyalashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy resurslarni samarali

taqsimlash imkonini beradi.

Shu boisdan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

tomonidan “2020

-2025-yillarda moliya bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab

chiqish va erkin muomaladagi jami qimmatli qog’ozlarning yalpi ichki mahsulot

hajmiga nisbatini 2025-yil oxiriga qadar kamida 10-15 foizga yetkazish kun

tartibidagi asosiy masala ekanligi ta’kidlandi”.

2

Bundan tashqari, ushbu masala

yuzasida bir nechta qaror va farmonlar qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi PF-60 sonli farmoniga

muvofiq 2022

2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning Ta

raqqiyot

Strategiyasi” ning 27

-

maqsadida Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish

maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan

7 milliard AQSh dollariga yetkazish

3

masalasi belgilangan. Bunday ustuvor va

dolzarb vazifalarning samarali amalga oshirilishi mamlakatimizda moliya

bozorining xususiyatlari va rivojlanish tendentsiyalarini tadqiq etish hamda moliya

2

Sh.M.Mirziyoyev Fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag

ʻ

ishlangan yig

ʻ

ilish bayonoti. 2019-yil 7-oktyabr.

http://xs.uz/uzkr/post/fond-bozorini-rivozhlantirish-masalalari-muhokama-qilindi

.

3

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti PF

-60-sonli Farmoni. 2022

2026-

yillarga mo‘ljallangan “Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”. 28.01.2022.

https://lex.uz/uz/docs/


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

399

bozorini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish lozimligini

ko’rsatmoqda.

4

Asosiy qism.

O’zbekiston Respublikasi qimmatli qog’ozlar bozorining holati.

O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozori 1990

-yillardan boshlab rivojlana

boshlagan bo‘lsa

-da, u hali ham rivojlanishning dastlabki bosqichlarida turibdi.

Toshkent fond birjasi (O‘zbekiston Respublikasi fond birjasi)

mamlakatning asosiy qimmatli qog‘ozlar savdo platformasi sifatida faoliyat

yuritadi. So‘nggi yillarda hukumat tomonidan qabul qilingan islohotlar, xususan,

davlat korxonalarini xususiylashtirish

va qimmatli qog‘ozlar bozorini

rivojlantirishga qaratilgan qonunlar bozor faolligini oshirishga xizmat qildi. 2020-

yildan boshlab O‘zbekiston xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni

kengaytirib, qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha bi

r qator

loyihalarni amalga oshirdi. Masalan, xalqaro obligatsiyalar chiqarish va davlat

aksiyalarini birjada joylashtirish orqali mamlakat tashqi sarmoyalarni jalb qilishga

muvaffaq bo‘ldi.

Respublika Toshkent fond birjasi 2025-

yil mart oyi hisobotiga ko’ra,

s

avdolarning umumiy hajmi 806,74 mlrd so‘mni (62,40 mln dollar) tashkil etib,

2024-yilning mart oyiga nisbatan 736,48 mlrd s

o‘mga yoki 10 barobarga o‘sdi.

Shu bilan birga, 256,38 mlrd so‘m (19,82 mln dollar) yoki bitimlar hajmining 31,78

foizi birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar bilan tuzilgan

bitimlarga to‘g‘ri keldi. Savdo hajmning qolgan qismi listingdan tashqari savdo

maydonchasi (LT

SM) bitimlarga to‘g‘ri

keldi. Birja savdo maydonchalaridagi

bitimlarning umumiy soni 37 786 tani tashkil etib, bu o‘tgan yilning mart oyiga

nisbatan 4 634 taga yoki 10,92% ga kam. Bunda, 30 926 ta bitim Birjaning birja

kotirovkalash varag‘iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar bilan, 6 860

ta bitim esa

4

Xamidov B. M., Razzoqov J. X.

O’zbеkistonda moliya bozorini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari // Science

and Education. 2023.

№1

, 959-bet.:

https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekistonda-moliya-bozorini-

rivojlantirishning-istiqbolli-yo-nalishlari


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

400

listingdan tashqari savdo maydonchasida amalga oshirilgan.

O‘rtacha kunlik

savdolar hajmi 44,82 mlrd so‘mni (3,46 mln dollar), o‘rtacha kunlik bitimlar son

i

esa 2 099 tani tashkil etdi.

Oy yakunlariga ko‘ra, UCI indeksi 0,4 foizga o‘sib,

652,93 punktni tashkil etdi.

5

O‘zbekiston Respublikasida asosan aksiya va obligatsiyalar bo‘yicha

tajriba mavjud.

Askiyalar bozorini kuzatib shunday xulosa qilishimiz mumkinki, 2025-yil

mart oyi yakunlariga ko’rsa, savdolar hajmi 49,04 mlrd so‘mni (3,80 mln dollar)

tashkil etdi. 2024-

yilning mart oyiga nisbatan savdolar hajmi 11,20 mlrd so‘mga

yoki 18,59% ga kamaygan. Shu o’rinda, savdolarning asosiy hajmi (42,81 mlrd

so‘m) Nego Board platformasiga to‘g‘ri keldi. O‘r

tacha kunlik savdolar hajmi 2,72

mlrd so‘mni (211 ming dollar), o‘rtacha kunlik bitimlar soni esa 1 702 tani tashkil

etdi. Oy yakuniga ko‘ra, aksiyalar bozorining kapitallashuvi 924,25 mlrd so‘mga

yoki 0,38 foizga o‘sib, 242,29 trln so‘mni (18,76 mlrd dollar) tashkil etdi, erkin

muomalada bo‘lgan (free float) aksiyalarning bozor kapitallashuvi esa 4,07 trln

so‘mni tashkil etdi. Oy oxirida Birjaning birja kotirovkalash varag‘ida 94 ta

emitentning aksiyalari mavjud edi.

6

Obligatsiyalar bozorini tahlil qiladigan bo’lsak,

Korporativ obligatsiyalar

bozoridagi savdolar hajmi 207,34 mlrd so‘mni (16,03 mln dollar) tashkil etib,

2024-

yilning mart oyiga nisbatan 206,24 mlrd so‘mga yoki 187 barobarga oshdi.

O‘rtacha kunlik savdo hajmi 11,52 mlrd so‘mni, o‘rtacha kunlik bitimlar soni 16

tani tashkil etdi. O

y yakuniga ko‘ra, birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan

obligatsiyalarning bozor qiymati 1,5 trln so‘mni (116,43 mln dollar) tashkil etdi.

7

O’zbekiston Respublikasi qimmatli qog’ozlar bozoridagi muammolar.

5

Toshkent fond birjasi hisoboti.

https://www.uzse.uz/analytics/

6

Toshkent fond birjasi hisoboti.

https://www.uzse.uz/analytics/

7

Toshkent fond birjasi hisoboti.

https://www.uzse.uz/analytics/


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

401

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida fond bozori rivojlanish

bosqichida bo‘lib, so‘nggi yillarda uning o‘sish sur’atlari sezilarli darajada

oshmoqda. Biroq bu sohada hali ham bir qator tizimli muammolar mavjudligini

inkor etib bo‘lmaydi. Masalan,

2021-yilda respublika listing kompaniyalari ulushi

yalpi michki mahsulotning 6.7% ini tashkil etgan.

8

Bu esa fond bozorining real

iqtisodiyotga ta’sir doirasi hanuzgacha chegaralanganligidan darak beradi.

Taqqoslash uchun aytadigan bo‘lsak, rivojlangan yoki faol fond bozoriga

ega ayrim mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 2021 yilniung o’zida

ancha yuqori:

Singapurda fond bozori kapitalizatsiyasi YaIMning 152.8 foizini tashkil qilsa,

Malayziyada 110.8 foiz, Janubiy Koreyada 122 foiz, hatto, Rossiyada ham ushbu

ko’rsatkich 45 foiz atrofida. Bu esa O‘zbekiston fond bozorining salohiyati katta

emasligini va uni rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.

2021 yilda chiqarilgan barcha davlat obligatsiyalari valyuta birjasi orqali

faqat tijorat banklariga sotilgan. Bu holat obligatsiyalar bozorining ommaviylik

darajasi past ekanini, ya’ni ularga keng omma yoki institutsional investorlarning

to‘g‘ridan

-

to‘g‘r

i kirishi cheklanganini bildiradi. Shuningdek, fond bozorida

faoliyat yuritayotgan professional ishtirokchilar soni 100 nafardan ham oshmaydi.

Bu esa likvidlikning pastligi, bozor infratuzilmasining zaifligi va raqobat

muhitining cheklanganligiga olib kelmoqda.

9

O‘zbekiston fond bozorining rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy

omillardan biri bu

xususiylashtirish jarayonining sust kechayotganidir. Bozor

iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga

aylantirish orqali moliyaviy vositalar aylanishini faollashtirish kutilgan edi. Biroq,

ko‘plab korxonalar hanuzgacha to‘liq xususiylashtirilmagan, ayrim hollarda esa

aksiyalar yopiq shaklda taqsimlangan. Bu esa keng ommaning aksiyalar savdosida

8

Jahon Banki ma’lumotlari asosida

https://databank.worldbank.org/reports.aspx?source=2&type=metadata&series=NY.GDP.MKTP.KD.ZG

9

Qudratov, S

h. G’. O’zbekiston

Respublikasi fond bozori va uning rivojlanishiga tasir qilayotgan asosiy

muammolari.

Молодые ученые

,

1

(13), 125-bet.

https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/20940


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

402

ishtirok etish imkoniyatini cheklamoqda. Natijada, fond bozorida likvidlik past

bo‘lib qolmoqda va investorlar uchun yetarli darajada jozibador muhit

yaratilmayapti. Mazkur muammoni bartaraf etish uchun ochiq va shaffof

xususiylashtirish mexanizmlarini jor

iy etish, davlat korxonalarining ma’lum

ulushini fond bozorida erkin muomalaga chiqarish, shuningdek, aholini

aksiyadorlik madaniyatiga o‘rgatishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish

muhim hisoblanadi.

O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishiga to‘sqinlik

qiluvchi keyingi muammolardan biri bu likvidlikning pastligidir. Bozorda savdo

qilinadigan aksiyalar va obligatsiyalar soni cheklangan, bu esa investorlarning

faolligini pasaytiradi. Ushbu muammoni hal qilish uchun davlat korxonalarining

aksiyalarini birjaga kengroq kiritish va xususiy sektor kompaniyalarini qimmatli

qog‘ozlar chiqarishga rag‘batlantirish zarur.

Shu bilan birgalikda aholining moliyaviy savodxonligi darajasini pastligini

ham muamo sifatida

keltirish mumkin. Ko‘p fuqarolar qimmatli qog‘ozlar bozori

haqida yetarli ma’lumotga ega emas, bu esa ularning bozorga kirishini

qiyinlashtiradi. Buni yechish uchun maxsus ta’lim dasturlari va ommaviy axborot

vositalari orqali aholini xabardor qilish kampa

niyalarini yo‘lga qo‘yish lozim.

Respublika fond bozorida uchraydigan muammolardan yana biri bu

xalqaro investorlarning qiziqishining yetarli emasligi. Xorijiy sarmoyadorlarni jalb

qilish uchun bozor infratuzilmasini yaxshilash, shaffoflikni oshirish va xalqaro

moliya bozorlari standartla

riga moslashish zarur. Masalan, O‘zbekistonning

xalqaro reyting agentliklari bilan hamkorligi va milliy qonunchilikni global

talablarga moslashtirish bu jarayonni tezlashtirishi mumkin.

Xulosa.

O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida qimmatli qog‘ozlar

bozori tobora muhimroq o‘rin egallamoqda. Bu bozor nafaqat korxonalar uchun


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

403

qo‘shimcha moliyaviy manba, balki investitsiyalarni jalb qilish hamda iqtisodiy

faoliyatni shaffof qilish vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Korxonalar o‘z

loyihalarini moliyalashtirishda endilikda faqat bank kreditlariga tayanmasdan,

qimmatli qog‘ozlar orqali ham mablag‘ yig‘ish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

Hozircha bu soha O‘zbekistonda rivojlanishning dastlabki bosqichida

turibdi. Lekin hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora

-tadbirlar, yangi normativ-

huquqiy asoslar yaratilayotgani va xalqaro moliyaviy institutlar bilan olib

borilayotgan hamkorlik bu bo

zorning yaqin yillarda jadal sur’atlarda o‘sishiga

zamin yaratmoqda.

Kelgusida qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishida bir nechta muhim

yo‘nalishlarga e’tibor qaratish, muammolarni tahlil qilib ularga samarali yechimlar

topish va ularni amalga oshirish zarur.

Agar bu yo‘nalishlar izchil davom ettirilsa, O‘zbekistonning qimmatli

qog‘ozlar bozori nafaqat milliy iqtisodiyotga, balki mintaqaviy moliyaviy muhitga

ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan kuchli tizimga aylanishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti PF

-60-sonli Farmoni.

2022

2026-

yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasi to‘g‘risida”. 28.01.2022.

https://lex.uz/uz/docs/

2.

Sh.M.Mirziyoyev Fond bozorini rivojlantirish masalalariga

bagʻishlangan yigʻilish bayonoti. 2019

-yil 7-oktyabr.

http://xs.uz/uzkr/post/fond-bozorini-rivozhlantirish-masalalari-muhokama-

qilindi

.

3.

Xamidov B. M., Razzoqov J. X. O’zbе

kistonda moliya

bozorini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari // Science and Education.

2023. №1.

957-964-bet.:

https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekistonda-


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

404

moliya-bozorini-rivojlantirishning-istiqbolli-yo-nalishlari

4.

Nurmanov

Sh.X.,

Eshimova

G.B..

O‘zbekiston

Respublikasida qimmatbaho qog‘ozlar bozori hozirgi holati. O‘zbekistonda

fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. 2024,

№ 26.: 2

16-221-

bet.

https://bestpublication.org/index.php/ozf/article/view/9491

5.

Qudratov, Sh. G’. O’zbekiston Respublikasi fond bozori va

uning rivojlanishiga tasir qilayotgan asosiy muammolari.

Молодые

ученые

,

1

(13),

124-127-bet.

https://in-

academy.uz/index.php/yo/article/view/20940

6.

Rahmonqulov I.O

’. Qimmatli qog‘ozlar bozorini

rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sish.

Theory and analytical aspects of recent

research. International scientific-online conference. 2024. Part 30. 145-

148-bet.:

https://interoncof.com/index.php/turkey/article/view/5571

7.

Toshkent fond birjasi hisoboti

https://www.uzse.uz/analytics/

8.

Jahon Banki ma’

lumotlari

https://databank.worldbank.org/