https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
377
ANEMIYA YOKI KAMQONLIK
—
BOLALARDA, BELGILARI,
TASNIFI, DAVOLASH, OLDINI OLISH
Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi
Mutaxassislik fani o’qituvchisi:
Xidirova Nozima Xamitovna
a enshonchli va to'liq ma'lumotlar manbai
Anemiya
yoki
kamqonlik
—
qonning birlik hajmida
gemoglobinning
past
kontsentratsiyasi bilan xarakterlanadi va shu bilan birga, inson tanasida, qizil qon
hujayralari (
eritrotsit
) sonining kamayishi bilan bog’liqdir. Anemiya holati
ikkinchi darajali bo’lib, turli kasalliklarning belgisi hisoblanadi. Ko’p kasalliklar,
yuqumli va parazitar etiologiyali va saraton oldi holatlari va saraton mavjudligi
kamqonlik bilan birga kechadi. Biroq, anemiya birlamchi holat sifatida
organizmning gaz almashinuvi buzilishini keltirib chiqaradi va oqibatda surunkali
charchoq, uyquchanlik, bosh aylanishi, holsizlik, asabiylashish rivojlanadi. Og’ir
hollarda anemiya shok holatlariga, gipotoniyaga (qon bosimining pasayishi), yurak
toj tomirlari va o’pka yetishmovchiligiga, gemorragik shok holatiga olib kelishi
mumkin. Anemiya aniqlangach, davolash alomatlarni va kamqonlikka sabab
bo’lgan asosiy kasalliklarni bartaraf etishga qaratiladi.
BOLALARDAGİ KAMQONL
IK
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (
JSST
) ma’lumotlariga ko’ra, bolalarning
82 foizi turli darajadagi kamqonlikdan aziyat chekishadi. Gemoglobinning past
darajasi va turli etiologiyadagi temir tanqisligi holatlari bolaning aqliy va jismoniy
kamchiliklariga olib keladi. Bolalarda kamqonlik kelib chiqishining asosiy
sabablari quyidagilardir:
•
To’liq, muvozanatli ovqatlanishning yo’qligi;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
378
•
Oshqozon-
ichak trakti tarkibida temir moddasi so’rilishining
buzilishi;
•
Vitaminlar almashinuvi buzilishi;
•
Parazitar kasalliklar;
, gastroduodenit va boshqa oshqozon-ichak
kasalliklari;
•
Gormonal disbalanslar;
•
Atrof-
muhit omillari: og’ir metallar bilan zaharlanish, havo, suv va
oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishi va boshqalar.
Temirga bo’lgan ehtiyoj bolalar yoshiga qarab o’zgarib turadi va balog’atga
yeta boshlagach jinsiy omillarga ham bog’liq bo’ladi. Bolalardagi tanqislik
anemiyalarni muvozanatli oziqlanish yordamida davolash har doim ham samarali
emas, shuning uchun mutaxassislar bola organizmidagi mikroelementlar va
v
itaminlarni me’yorlashtirish uchun qo’shimcha preparatlardan foydalanish afzal
deb bilishadi.
CHAQALOQLARDAGİ KAMQONLİK
Yangi tug’ilgan chaqaloq ona qornidagi rivojlanish davrida onaning tanasidan
olingan temir zaxirasi bilan ta’minlangan bo’ladi. O’z
qon shakllanishi tiziming
nomukammaligi va jadal jismoniy o’sishi muddatida tug’ilgan chaqaloqlarda 4
-5
oyligida, erta tug’ilgan chaqaloqlarda —
3 oyligida qonda gemoglobinning
fiziologik pasayishi kuzatiladi.
Sun’iy va aralash oziqlantirish anemiya ehtimolini oshiradigan xavf
omillaridan biridir. Ayniqsa, gemoglobin yetishmovchiligi ko’krak suti va / yoki
sun’iy qo’shimchalar o’rnini
9-
12 oylikkacha sigir, echki suti, bo’tqalar
bilan
almashtirish
natijasida
izchil
rivojlanadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
379
Bir yoshgacha bo’lgan bolalardagi kamqonlikning belgilari quyidagilarni o’z
ichiga oladi:
•
Terining rangsizligi, teri qatlamlari hali juda nozik bo’lganligi uchun
terining «shaffofligi», «ko’kimtirligi»;
•
Bezovta bo’lish, sababsiz yig’ilar;
•
Uyquning buzilishi;
•
Ishtahani pastligi;
•
Fiziologik va me’yoriy doiradan tashqari
•
Tez-tez qayt qilish;
•
Sekin vazn olishi;
•
Avvaliga jismoniy, keyin psixologik rivojlanishdan ortda qolish,
qiziqishning yo’qligi, qayta tiklash kompleksining ifodalanmasligi va
hokazo.
Bu yoshdagi bolalarning o’ziga xos xususiyati —
temirni juda yaxshi (70%
gacha) o’zlashtira olish qobiliyatidir, shuning uchun ko’p pediatrlar
chaqaloqlardagi anemiyada dori-
darmonlarga ko’rsatma bermasdan, shunchaki
bola ratsionini to’g’irlash, to’liq ona
sutiga o’tkazishni belgilashadi. Agar holat
og’ir bo’lsa, yoshiga mos ravishda temir qo’shimchalari buyurilishi mumkin.
Og’ir anemiya darajalari tashxislanganda, uning rivojlanishi sabablari ovqat
ratsionida emas, balki kasalliklar, patologiya va bola organizmnining
disfunktsiyalarida bo’lishi mumkin. Anemiya irsiy kasalliklar tomonidan ham
chaqirilgan bo’lishi mumkin. Bola
lardagi gemoglobin doimiy past darajalarda
bo’lsa, ushbu holatning asosiy sababchisini aniqlash va davolash kerak.
MAKTABGACHA YOSHDAGİ BOLALARNİNG ANEMİYASİ
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
380
2010 yilda o’tkazilgan keng ko’lamli tadqiqot maktabgacha bolalarda
kamqonlik temir tanqisligi tufayli yuzaga kelishi va keng tarqalganligi aniqlandi:
har ikkinchi bola kam temir miqdori tufayli gemoglobin yetishmasligidan aziyat
chekmoqda. Bunday holatnin
g etiologiyasi turlicha bo’lishi mumkin —
lekin
ko’pincha hayotning boshlang’ich davrlaridagi bartaraf etilmagan anemiya sabab
bo’ladi.
Maktabgacha bolalarda kamqonlikka turtki bo’ladigan ikkinchi omil
ko’pincha birinchi omil bilan o’xshash. Yetarlicha oziqlanmaslik, oqsil (go’sht
mahsulotlari) va vitaminlar (sabzavot) yetishmasligi, chunki tez-tez yarim tayyor
mahsulotlar va shirinliklar
iste’mol qilish natijasida bola go’sht va sabzavotlarni
yeyishni istamay qoladi. Bunday holatlar faqatgina ota-
ona tarbiyasiga bog’liq
bo’ladi.
Agar bolaning ovqatlanishi me’yorda bo’lsa va u baribir kamqonlik
alomatlarini namoyon qilsa (terining oqligi, tez charchashi, terining quruqligi,
tirnoqlarning mo’rtligi) mutaxassis ko’rigidan o’tish tavsiya etiladi. Har 10 ta
kamqon boladan 9 tasida anem
iya temir tanqisligi tufayli rivojlangan bo’lsada,
10% holatlarda ushbu holat turli kasalliklar va patologiyalar (seliakiya,
tufayli rivojlanadi.
BOSHLANG’
ICH MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA ANEMIYA
7-
11 yoshdagi bolalarda gemoglobin me’yori
130 g / l
. Ushbu davrda
kamqonlikning belgilari asta-sekin ortib boradi. Rivojlanayotgan anemiya maktab
o’quvchilari o’quv faoliyati natijalariga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan tez
va bakterial kasalliklarga chalinish, charchoq, diqqatsizlikka olib
keladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
381
Ta’lim muassasalariga qatnaydigan bolalarda kamqonlik rivojlanishining
yana bir muhim omili
—
oziq-ovqat ratsionini nazorat qila olmaslik. Bu yoshdagi
bolalarda hali ham temirni o’zlashtira olish qobiiyati yuqori bo’ladi (10%,
kattalarda esa bu ko’rsatkich
3% ga teng), shuning uchun bu yoshdagi bolalarda
temir tanqisligi kamqonligini davolash uchun oziq-ovqat ratsionini vitamni va
minerallarga boy mahsulotlar bilan to’ldirish muhim sanaladi.
Kamharakatlik, toza havoga chiqmaslik va uyda yolg’iz o’tirish, ayniqsa,
planshet, smartfon, kompyuter o’ynash bir holatda uzoq qolishga undaydi va u o’z
navbatida anemiya keltirib chiqarishu mumkin.
O’SM
IRLIK DAVRI ANEMIYASI
O’smirlik davrida kamqonlik xavfi ayniqsa qiz bolalarda hayz siklining
boshlanishi bilan ortadi, muntazam qon yo’qotishlar o’z tasirini ko’rsatmay
qolmaydi. O’smir qizlarda kamqonlik rivojlanishiga undaydigan ikkinchi omil,
ularning
tashqi ko’rinishi haqida qayg’urishlari va qomatni to’g’irlash uchun turli
xil parhezlar va ovqat ratsioniga turli xil cheklovlar kiritishi bilan bog’liq.
Bu davrda tez o’sib
-
rivojlanish, sport bilan qizg’in shug’ullanish, to’yib ovqat
yemaslik har ikki jins o’smirlarga ta’sir qiladi. O’smirlik davridagi anemiya
belgilariga ko’z sklerasining ko’kimtirligi, tirnoq shaklining o’zgarishlari, ovqat
hazm qilish t
izimining buzilish, ta’m va hid o’zgarishlarini o’z ichiga oladi.
O’smirlik davrida kasallikning aniq shakllari dori
-darmon bilan davolashni
talab qiladi. Davolashda mutaxassis topshiriqlariga amal qilinganda qondagi
o’zgarishlar 10
-12 kundan keyin yuz beradi va 6-
8 haftadan so’ng umumiy
holatning yaxshilanishi kuzatiladi.
KAMQONLIKNING SABABLARI
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
382
Anemiya qon birligida gemoglobin va qizil qon hujayralari (eritrositlar)
kontsentratsiyasi kamayishi bilan ifodalanadi. Eritrotsitlarning asosiy vazifasi
—
to’qimalarda gaz almashinuvi, kislorod va karbonat angidrid, shuningdek oziq
moddalar va metabolik mahsulotlar tashuvidir.
Eritrosit o’zida gemoglobin degan oqsil saqlaydi, u eritrositga va umuman
qonga qizil rang berib turadi. Gemoglobin tarkibida temir mikroelementi mavjud,
shuning uchun temirning yetishmasligi kamqonlikka olib kelishi mumkin.
Anemiya rivojlanishida uchta asosiy omil mavjud:
•
O’tkir yoki surunkali qon ketish;
•
Gemoliz, eritrotsitlarning parchalanishi;
•
Suyak iligi tomonidan eritrotsitlar ishlab chiqarilishining kamayishi.
Omillar va sabablari turiga qarab anemiya quyidagi shakllarga bo’linadi:
•
Oziq-ovqat sababli
—
ratsionning to’liq emasligi yoki umumiy oziq
-
ovqat yetishmasligi bilan bog’liq;
•
Jismoniy (jarohat, jarrohlik, tug’ruq, muzlash, kuyish va boshqalar);
•
Genetik (irsiy) etiologiyali;
•
Yuqumli kasalliklar tufayli yoki ikkilamchi anemiya
—
, jigar tuberkulyozi,
, oshqozon-
ichak trakti kasalliklari (yarali oshqozon-ichak kasalliklari, kolit,
, volchanka, turli onkologik o’smalar
oqibatida rivojlanadi;
•
Infektsion (virusli, bakterial, parazitar va protozoal kasalliklar
tufayli);
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
383
•
Dori-darmon va turli moddalar bilan zaharlanish, ayniqsa, uzoq vaqt
nazoratsiz dorilar qabul qilganda (antibiotiklar, sitostatiklar, nosteroid
yallig’lanishga qarshi dorilar, antitiroid va antiepileptik preparatlar);
•
Radioaktiv to’lqinlarning ta’sir qilish.
ANEMIYANING TASNIFI
Kamqonlikning tasnifi uning etiologiyasi, kasallikning rivojlanishi, anemiya
bosqichi va diagnostik ko’rsatkichlarga asoslangan holda tasniflanadi.
HOLATNI
NG OG’
IRLIGI
BO’Y
ICHA TASNIFLASH
asoslangan va yoshga, jinsga hamda
fiziologik
davrga
bog’liq.
Normada sog’lom erkaklarda gemoglobin 130
-160 g / l, ayollarda 120 dan 140 g /
l,
homiladorlik davrida 110 g / l bo’ladi.
Anemiyaning yengil holatlari har ikki jinsda ham gemoglobin miqdori 90 g /
l dan past bo’lsa tashxislanadi, 70 —
90 g / l gacha bo’lgan holatlar o’rtacha
darajadagi kamqonlik va 70 g / l ko’rsatkichidan past bo’lgan gemoglobin miqdori
og’ir anemiya bilan i
fodalanadi.
ANEMIYANING
RIVOJLANISH
MEXANIZMI
BO’Y
ICHA
TASNIFLASH
Anemiyaning patogenezida alohida yoki birgalikda harakat qilishi mumkin
bo’lgan uch omil mavjud:
•
O’tkir yoki surunkali qon yo’qotish;
•
Gemopoez (qon ishlab chiqarish) tizim patologiyalari;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
384
•
Irsiy va autoimmun kasalliklar tufayli eritrositlarning erta (odatda
ularning o’rtacha yashash davomiyligi 120 kun bo’ladi) nobud bo’lishi.
RANG KO’RSATK
ICHI
BO’Y
ICHA TASNIFLASH
Rang ko’rsatkichi gemoglobinning zichlilik ko’rsatkichi hisoblanadi va qon
tahlili jarayonida maxsus formula bilan hisoblanadi.
•
Rang ko’rsatkichi 0,80 dan past bo’lgan hollarda
gipoxrom shakl
;
•
Rang ko’rsatkichi 0.80
-
1.05 oralig’ida bo’lganda
normoxrom shakl
.
•
Rang ko’rsatkichi 1,05 yuqori bo’lsa
giperxrom shakl
.
MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
BO’Y
ICHA TASNIFLASH
Eritrositlar o’lchami —
kamqonlik sababini aniqlashda muhim ko’rsatkichdir.
Eritrositlarning turli o’lchamlari vaziyatning etiologiyasi va patogenezini aks
ettirishi mumkin. Odatda, eritrotsitlar diametri 7-
8,2 mikrometr (mkm) bo’ladi.
Eritrositlarning o’l
chamiga qarab quyidagi shakllari farqlanadi:
•
Mikrositar
—
eritrositlar diametri 7 mkm dan kam, temir tanqisligi
ehtimolini ko’rsatadi;
•
Normositar
—
eritrotsitlar hajmi 7 dan 8,2 mkm bo’lgan;
•
Makrositar
—
eritrotsitlar hajmi 8,2
—
11 mkm oralig’ida, odatda,
vitamin B 12 yoki foliy kislotasi yetishmasligiga ishora qiladi;
•
Megalositoz
—
megalositar (megaloblastik) shaklida, eritrotsitlar
diamteri 11 mkm dan katta, eritrositlar ishlab chiqarilishining buzilishi,
ayrim jiddiy kasalliklar mavjudligidan dalolat beradi.
SUYAK
ILIGINING
QAYTA
TIKLANISH
QOBILIYATINI
BAHOLASHGA ASOSLANGAN TASNIF
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
385
Suyak iligining qizil qismi eritrosit ishlab chiqarish qobiliyati
—
eritropoez
darajasi qondagi retikulosit, yetilajak hujayralar va yetilmagan hujaryralar sonini
aniqlash bilan
baholanadi va bu suyak to’qimalarining regeneratsiya qobiliyatini
baholashda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. Bu tahlil natijasida bemorning holati
baholanadi va davolash usullari belgilanadi. Retikulositlarning normal
konsentratsiyasi qon birligidagi eritrotsitlar umumiy sonining 0.5-1.2% tashkil
qiladi.
Retikulotsitlar darajasiga qarab quyidagi shakllar ajratiladi:
•
Regenerativ
—
suyak iligi tiklanishining normal qobiliyatini
ko’rsatmoqda. Retikulotsitlar darajasi 0,5
-1,2% ni tashkil qiladi;
•
Giporegenerativ
—
regeneratsiyaning sustligidan dalolat beradi,
retikulositlar 0,5% dan kam;
•
Giperregenerativ
—
retikulotsitlar ko’rsatkichi 2% dan ortiq;
•
Aplastik anemiya
—
yetilmagan qizil qon hujayralari massasi
umumiy eritrositlar miqdorining 0,2% dan kam
bo’lishi. Bu regeneratsiya
qobiliyatining keskin pasayishi belgisi hisoblanadi.
KAMQONLIKNING OLDINI OLISH USULLARI
Kasallikning eng keng tarqalgan shakli
—
temir tanqisligi anemiyasini xavf
mavjud bo’lgan davrlarida temir elementi mavjud
mahsulotlari miqdorini oshirish
bilan oldini olish mumki9n. Shuningdek ovqat ratsionida vitamin C, kobalamin
(vitamin B 12), foliy kislotasi mavjudligi muhim omil hisoblanadi.
Agar kishi kamqonlik rivojlanishi ehtimoli yuqori bo’lganlar guruhida bo’lsa
(yuqorida keltirilgan), muntazam tibbiy ko’rikdan o’tib turish tavsiya etiladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
386
Foydalanılgan adabiyotlar:
1. M.F.Ziyayeva
“Bolalarda hamshiralik parvarishi” Toshkent 2017;
2. K.S.Inomov “Pediatriyada hamshiralik ishi” Toshkent 2012
3. O.Z.
Rizayeva “Bolalarda hamshiralik parvarishi” Toshkent 2016
4. G.Jalilov “Bolalar kasalliklari” Toshkent 2015
5. X. Fayziyev
“Bolalar kasalliklarida hamshiralik ishi’ Toshkent 2017
6. A.G’.Ahmedov “Anatomiya, fiziologiya va patologiya” Toshkent 2006
7. M.F.Ziyayeva “Terapiya” Toshkent 2007