Авторы

  • Xudoyberganov Bozorboy Allamovich
  • Yusupov Shuxrat Raximovich
  • Xusainov Shixnazar Madaminovich
  • Bekchanov Hikmat Mansurbek o'g'li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.109907

Ключевые слова:

Kalit so'zlar: Kriptografiya shifrlash algoritmlari axborot xavfsizligi simmetrik kriptotizim assimmetrik kriptotizim DES RSA AES kriptotahlil raqamli imzo axborotni yashirish.

Аннотация

Annotatsiya

Ushbu maqolada axborot xavfsizligini ta'minlashda kriptografiyaning tutgan o‘rni, tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda amaliy qo‘llanilishi yoritib berilgan. Yozma axborotlarni begona shaxslardan himoya qilish zarurati kriptografik metodlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Maqolada simmetrik va assimmetrik shifrlash tizimlarining xususiyatlari, DES, RSA va AES kabi standartlarning ahamiyati, hamda kriptotahlil usullari haqida so‘z boradi. Shuningdek, kriptografiyaning elektron raqamli imzo, elektron to‘lov va kvant kriptografiyasi kabi zamonaviy yo‘nalishlardagi ahamiyati yoritilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-46

_ Том

-5_

июнь

-2025

173

AXBOROTNI YASHIRISH ZARURATI VA KRIPTOGRAFIYANING

RIVOJLANISH BOSQICHLARI.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

“Kompyuter ilmlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Xudoyberganov Bozorboy Allamovich

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

“Kompyuter ilmlari” kafedrasi o‘qituvchisi

Yusupov Shuxrat Raximovich

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

“Kompyuter ilmlari” kafedrasi o‘qituvchisi

Xusainov Shixnazar Madaminovich

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

“Kompyuter ilmlari” kafedrasi o‘qituvchisi

Bekchanov Hikmat Mansurbek o'g'li

Annotatsiya

Ushbu maqolada axborot xavfsizligini ta'minlashda kriptografiyaning tutgan

o‘rni, tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda amaliy qo‘llanilishi yoritib berilgan.

Yozma axborotlarni begona shaxslardan himoya qilish zarurati kriptografik

metodlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Maqolada simmetrik va assimmetrik

shifrlash tizimlarining xususiyatlari, DES, RSA va AES kabi standartlarning

ahamiyati, hamda kriptotahlil usullari haqida so‘z boradi. Shuningdek,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-46

_ Том

-5_

июнь

-2025

174

kriptografiyaning elektron raqamli imzo, elektron to‘lov va kvant kriptografiyasi

kabi zamonaviy yo‘nalishlardagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: Kriptografiya, shifrlash algoritmlari, axborot xavfsizligi,

simmetrik kriptotizim, assimmetrik kriptotizim, DES, RSA, AES,

kriptotahlil, raqamli imzo, axborotni yashirish.

Jamiyat taraqqiyoti davomida yozuvning keng ommalashuvi natijasida xatlar

va xabarlar orqali axborot almashish ehtiyoji vujudga keldi. Bunday axborot

almashinuvi esa, o‘z navbatida, yozma ma’lumotlar mazmunini ruxsatsiz

shaxslardan yashirish zaruratini keltirib chiqardi. Axborotni yashirishga qaratilgan

metodlar shartli ravishda uchta asosiy guruhga bo‘linadi:

1.

Stenografik (maskirovka) usullar

mavjud axborotni tashqi ko‘rinishda

yashirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, faktning o‘zini yashirishni ta’minlaydi.

2.

Kriptografik metodlar

xat va ma’lumotlarni maxfiy belgilar yordamida

kodlash orqali yashirishni nazarda tutadi. “Kriptografiya” atamasi yunoncha

kryptos

(yashirin) va

grapho

(yozmoq) so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “yashirin

yozuv” degan ma’noni anglatadi.

3.

Maxsus texnik vositalardan foydalanuvchi metodlar

axborotni

maxfiylashtiruvchi texnik qurilmalarga asoslangan bo‘lib, ayniqsa 1970

-yillardan

boshlab keng qo‘llanila boshlandi. Bu usullar shifrlashning yuqori tezlikda

bajarilishini va yuqori darajadagi kriptobardoshlilikni ta’minlovchi samarali

hisoblas

h vositalarining paydo bo‘lishi bilan rivojlandi.

Blokli shifrlash tizimlarining rivojlanishi

Zamonaviy kriptografiyada ilk amaliy kriptotizimlar sifatida blokli shifrlash

tizimlari alohida o‘rin egallaydi. 1970

-yilda AQSHda IBM kompaniyasi

tomonidan ishlab chiqilgan va 1978-yilda rasmiy standart sifatida tasdiqlangan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-46

_ Том

-5_

июнь

-2025

175

DES (Data Encryption Standard)

algoritmi blokli simmetrik shifrlash

tizimlarining ilk namunasi bo‘ldi. DES algoritmining asosiy g‘oyaviy

mualliflaridan biri Xorst Feystel bo‘lib, u keyinchalik boshqa ko‘plab simmetrik

kriptosistemalarning (masalan, GOST 28147-89) asosini tashkil etuvchi blokli

shifrlash modelini ishlab chiqqan.

Kriptotahlilning shakllanishi

DES algoritmining keng qo‘llanilishi kriptotahlil (kriptografik tahlil)

yo‘nalishining rivojlanishiga ham turtki bo‘ldi. Aynan shu davrda chiziqli,

differensial va boshqa murakkab hujum usullari shakllantirildi. Biroq ularning

amaliyotda

samarali

qo‘llanil

ishi

faqat

yuqori

quvvatli

hisoblash

texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ldi.

Assimmetrik kriptotizimlarga o‘tish

1970-

yillarning ikkinchi yarmida zamonaviy kriptografiyada tub burilish ro‘y

berdi

assimmetrik kriptotizimlar

paydo bo‘ldi. Bu tizimlarda axborotni

shifrlash va deshifrlash uchun turli kalitlar qo‘llaniladi, ya’ni maxfiy kalitni

avvaldan uzatish shart emas. Bu g‘oya 1976

-yilda Uitfild Diffi va Martin Xellman

tomonidan chop etilgan “Zamonaviy kriptografiyaning yangi yo‘nalishlari” nomli

ilmiy ishda asoslab berilgan.

Ular bilan bir vaqtda Ralf Merkli ham assimmetrik shifrlash g‘oyasini

mustaqil ishlab chiqdi. Bir necha yil o‘tib, Ron Rivest, Adi Shamir va Leonard

Adleman tomonidan katta tub sonlarni faktorizatsiya qilish muammosiga

asoslangan birinchi amaliy assimmetrik kriptotizim

RSA algoritmi

ishlab

chiqildi. Ushbu yangiliklar kriptografiyada elektron raqamli imzo, elektron to‘lov

tizimlari kabi yangi amaliy yo‘nalishlarning shakllanishiga olib keldi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-46

_ Том

-5_

июнь

-2025

176

Yangi avlod kriptotizimlari

1980

1990-

yillarda kriptografiyaning mutlaqo yangi yo‘nalishlari –

ehtimolli

shifrlash, kvant kriptografiyasi

kabi konseptlar yuzaga keldi. Ularning amaliy

qo‘llanilishi hozircha keng emas, ammo kelajakda katta salohiyatga ega

yo‘nalishlar hisoblanadi.

Shu bilan birga, simmetrik kriptotizimlarni takomillashtirish jarayoni ham

davom etdi.

Feystel tuzilmasiga ega bo‘lmagan shifrlash algoritmlari

SAFER,

RC6 va boshqalar ishlab chiqildi. 2000-yilda esa xalqaro ochiq tanlov asosida

AQSH tomonidan yangi milliy standart

AES (Advanced Encryption Standard)

algoritmi qabul qilindi.

Kriptografiyaning axborot xavfsizligidagi o‘rni

Kriptografiya bugungi kunda axborotning konfidensialligi, yaxlitligi va

autentifikatsiyasini ta’minlovchi eng muhim va qudratli vositalardan biri

hisoblanadi. U dasturiy va texnik himoya choralarining markazida turadi. Ayniqsa,

portativ qurilmalarda, ma’lu

motlarni jismoniy himoyalashning qiyinligi inobatga

olinsa, faqat kriptografik vositalar orqali axborot o‘g‘irlanganda ham uning

maxfiyligini saqlab qolish mumkin bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Коробейников

А

.

Г

.,

Гатчин

Ю

.

А

.

Математические

основы

криптологии. Учебное пособие. Санкт

-

Петербург

-2004.

2. Акбаров Д.Е. Ахборот хавфсизлигини таъминлашнинг

криптографик усуллари ва уларнинг қўлланишлари. Тошкент.

”Ўзбекистон

маркаси “, 2009. –

432 б.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-46

_ Том

-5_

июнь

-2025

177

3. «Ошкора калитли криптотизимларни криптотаҳлиллаш учун

қуролу

-

воситалар ишлаб чиқиш ва уларни тадқиқ этиш» мавзуси бўйича

бажарилган илмий

-

тадқиқот ишининг 1

-8 -

босқич ҳисоботлари. –

ЎзААА

ФТМТМ, Тошкент, 2003.

4.Защита информации. Малый тематический выпуск. ТИИЭР,

1988 г, т.76, №5.

5.Kahn D. The codebreakers. N.-Y., 1967.

6. Саломаа А. Криптография с открытым ключом. М.,1997