Авторы

  • Yunusova Maftuna Ilhom qizi
  • Elboboyeva Xusnida Erkin qizi

Биографии авторов

  • Yunusova Maftuna Ilhom qizi

    Shahrisabz davlat pedagogika institute xorijiy til va adabiyot yoʻnalishi XT 3-24 guruh talabasi

  • Elboboyeva Xusnida Erkin qizi

    Shahrisabz davlat pedagogika institute xorijiy til va adabiyot yoʻnalishi XT 3-24 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.87923

Ключевые слова:

Kalit soʻzlar: Etika normativ va deskriptiv etika deontologiya utilitarizm axloqiy relativizm Keywords: Ethics normative and descriptive ethics deontology utilitarianism moral relativism Ключевые слова: этика нормативная и дескриптивная этика деонтология утилитаризм моральный релятивизм.

Аннотация

Annotasiya.  Ushbu maqola Etikaning nazariy asoslari, uning falsafiy yo‘nalishlari hamda ijtimoiy institutlar bilan o‘zaro aloqalarini tahlil qiladi. Etika insoniyat tafakkurining fundamental yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, axloqiy me’yorlar, qadriyatlar tizimi va axloqiy qaror qabul qilish jarayonlarini o‘rganadi. Maqolada normativ va deskriptiv etika, deontologiya, utilitarizm, axloqiy relativizm kabi asosiy etik konsepsiyalar muhokama qilinadi hamda ularning zamonaviy jamiyatdagi tatbiqi ilmiy asoslangan holda tahlil qilinadi.

Astract: This article examines the theoretical foundations of ethics, its philosophical directions, and its interactions with social institutions. Ethics is one of the main branches of human thought, studying moral norms, value systems, and the process of ethical decision-making. The article discusses fundamental ethical concepts such as normative and descriptive ethics, deontology, utilitarianism, and moral relativism, analyzing their application in modern society based on scientific evaluation.

Аннотация. Данная статья анализирует теоретические основы этики, её философские направления и взаимодействие с социальными институтами. Этика является одной из фундаментальных областей человеческой мысли, изучая моральные нормы, систему ценностей и процесс принятия этических решений. В статье рассматриваются основные этические концепции, такие как нормативная и дескриптивная этика, деонтология, утилитаризм и моральный релятивизм, а также их применение в современном обществе на основе научного анализа.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

466

ETIKANING NAZARIY ASOSLARI VA UNING FALSAFIY

YO‘NALISHLARI

Shahrisabz davlat pedagogika institute xorijiy til va adabiyot yoʻnalishi XT

3-24 guruh talabalari

Yunusova Maftuna Ilhom qizi

Elboboyeva Xusnida Erkin qizi

Annotasiya. Ushbu maqola Etikaning nazariy asoslari, uning falsafiy

yo‘nalishlari hamda ijtimoiy institutlar bilan o‘zaro aloqalarini tahlil qiladi. Etika

insoniyat tafakkurining fundamental yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, axloqiy

me’yorlar, qadriyatlar tizimi va axloqiy qaror qabul qilish jarayonlarini

o‘rganadi. Maqolada normativ va deskriptiv etika, deontologiya, utilitarizm,

axloqiy relativizm kabi asosiy etik konsepsiyalar muhokama qilinadi hamda

ularning zamonaviy jamiyatdagi tatbiqi ilmiy asoslangan holda tahlil qilinadi.

Kalit soʻzlar: Etika, normativ va deskriptiv etika, deontologiya, utilitarizm,

axloqiy relativizm

Astract: This article examines the theoretical foundations of ethics, its

philosophical directions, and its interactions with social institutions. Ethics is one

of the main branches of human thought, studying moral norms, value systems, and

the process of ethical decision-making. The article discusses fundamental ethical

concepts such as normative and descriptive ethics, deontology, utilitarianism, and

moral relativism, analyzing their application in modern society based on scientific

evaluation.

Keywords: Ethics, normative and descriptive ethics, deontology,

utilitarianism, moral relativism


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

467

Аннотация. Данная статья анализирует теоретические основы

этики, её философские направления и взаимодействие с социальными

институтами. Этика является одной из фундаментальных областей

человеческой мысли, изучая моральные нормы, систему ценностей и процесс

принятия этических решений. В статье рассматриваются основные

этические концепции, такие как нормативная и дескриптивная этика,

деонтология, утилитаризм и моральный релятивизм, а также их

применение в современном обществе на основе научного анализа.

Ключевые слова: этика, нормативная и дескриптивная этика,

деонтология, утилитаризм, моральный релятивизм.

Kirish. Etika – bu inson xulq-atvorining axloqiy jihatlarini o‘rganadigan

falsafiy fan bo‘lib, uning asosiy vazifasi axloqiy qadriyatlar, me’yorlar va

tamoyillarni aniqlash, asoslash va tahlil qilishdan iborat. U insonlarning to‘g‘ri va

noto‘g‘ri, ezgulik va yovuzlik, adolat va adolatsizlik kabi tushunchalar asosida

qanday harakat qilishini tushunishga intiladi. Etika falsafaning ajralmas qismi

bo‘lib, u insoniyat tarixida qadimgi yunon faylasuflari (Sokrat, Platon, Aristotel)

tomonidan shakllantirilgan va keyinchalik Kant, Bentham, Mill kabi mutafakkirlar

tomonidan rivojlantirilgan. Bugungi kunda etika nafaqat nazariy muammolarni hal

qilishga, balki amaliy muhitda axloqiy qarorlarni qabul qilishga ham yordam

beradi.

Etika haqida tushuncha.

Etika (qadimgi yunoncha: ἠθική [φιλοσοφία] – „axloq falsafasi“, ἤθος (ētos)

– „odat“) shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini oʻrganuvchi hamda

belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U „toʻgʻri“-"notoʻgʻri", „yaxshi“-"yomon"

tushunchalarini tahlil qiladi. Etika meta-etika (etika konseptlari), normativ etika

(etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish)

boʻlimlaridan iborat. Etika axloqshunoslikning falsafiy-nazariy muammolarini va


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

468

axloqqa doir didaktik-amaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi

orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar,

maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy

xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonun-qoidalarni oʻrgatadi.

Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari – kategoriyalari bor: fazilat va illat,

yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon,

nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar. Axloq inson va jamiyat

hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va hokazo) jabhalarini qamrab

olganligi tufayli uni oʻrganuvchi etika barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning

maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. Etikaning estetika bilan bogʻliqligi

sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari

koʻtariladi, sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy

qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi.

Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi obektiv aloqadorlik tufayli kelib

chiqadigan, Shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida har

bir Shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan muayyan

xulq atvor, odob, xatti-harakat prinsip va normalarning majmuidir. Inson hech

qachon jamiyatdan tashqarida, yakka holda yashamaydi. U odamlar orasida o‘sadi,

ulg‘ayadi, hayot kechiradi, o‘zining butun hayoti va faoliyati davomida boshqa

ko‘plab insonlar bilan muloqotda bo‘ladi. Bu insonning o‘z kundalik hayotiy

ehtiyojlarini qondirishi zaruriyati bilan bog‘liq. Sharq xalqlarida, asosan

o‘zbeklarda insoniy munosabatlar zaminida birinchi navbatda axloq yotadi.

Siyosiy, huquqiy, iqtisodiy munosabatlar zaminida ham axloqiy mezonlar ustunlik

qiladi.

Axloq - manaviyatning amalda namoyon bo‘lishi. Ilm, bilim, dunyoqarash,

idrok va iymon insonning xulq-atvorida o‘ziga xos tarzda aks etadi. Inson

manaviyati esa axloqiy fazilatlar orqali namoyon bo‘ladi. Ma’naviyat – his


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

469

etiladigan, anglanadigan, oqilonalikka asoslangan botiniy qudrat bo‘lsa, axloq

bevosita har bir shaxsning o‘zgalarga nisbatan manaviy munosabatini anglatadi.

shu sababli axloqiy tushunchalar ayni paytda manaviy tushunchalar sifatida etirof

etiladi. Zotan, axloq insof va adolat, iymoniylik va halollik, mehr va muruvvat,

saxovatpeshalik va bag‘rikenglik, rahmdillik va muruvvatlilik, mehribonlik va

g‘amxo‘rlik singari manaviy tushunchalarni insonning hayotiy faoliyatida yuzaga

chiqaradigan manaviy hodisadir. Zero, «Axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida

alohida Shaxs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘zo‘zini idora qilish shakllari

va meyori, o‘zaro muloqot va munosabatlarda ularga

xos bo‘lgan manaviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir» «Axloq» -

arabcha so‘z bo‘lib, kishining tabiati, muomala, xulq- atvor, yurish-turish, tarbiya,

adab, xatti-harakat odobi degan manolarni anglatadi. Ushbu tushuncha jamiyatning

axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarni o‘zida mujassam etadi.

Axloq bo‘lmagan joyda inson ijtimoiy shaxs sifatida shakllanmaydi. Faqat

axloq zaminidagina insonlarda xayotning mazmuni va maqsadi; jamiyat oldidagi

burchi va masuliyati; boshqa axloqiy tushunchalar va meyorlarga muayyan

munosabat shakllanadi.

Axloqshunos olim, A.Sher axloqqa o‘zgacha ta’rif beradi: “Axloqni umumiy

tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng

kichik qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng qamrovliqismini axloq

egallaydi.

Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va

insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega

bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga

oladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

470

Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo

jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli tasir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-

harakatlarning majmui.

Axloq - jamiyat, zamon, bazan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat

tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, insoniy

kamolot darajasini belgilovchi manaviy hodisa.” Etika fan sifatida axloqning kelib

chiqishi,

mohiyati,

xususiyatlari,

jamiyat

rivojidagi o‘rni, taraqqiyot

qonuniyatlarini o‘rganuvchi va haqiqatligi amalda isbotlangan bilimlar majmuidir.

Etika fani umumiy etika nazariyasi, tarixiy etika, qadriyatlar etikasi, kasb etikasi

va axloqiy tarbiya nazariyasi kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan.

Jumladan, etika nazariyasi axloqning tabiati, mohiyati, xususiyati, tarkibiy

qismlari, jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini o‘rganadi. Tarixiy etika axloqning

kelib chiqishini, uning tarixiy taraqqiyot qonunlarini, har xil nazariyalarning

tarixdagi o‘rni, rivojlanish bosqichlari va tamoyillarini tadqiq etadi.

Qadriyatlar etikasi axloqiy meyorlarni axloqiy meros sifatida shakllanishi

hamda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan axloqiy qadriyatlar tizimini o‘rganadi.

Kasb etikasi har bir kasb-hunarga xos axloqiy (norma) meyor, (prinsip) tamoyillar

va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi. Axloqiy tarbiya nazariyasi axloqning

jamiyat talabi, ehtiyoji va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni hayotga tatbiq

etishning vosita va

usullarini o‘rganadi.

Etika fanining tarkibiy qismlari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib, doimo

uzviylikni taqozo etadi va to‘ldirib turadi. Arastu “Katta axloq kitobi”da shunday

deydi: “Etika - axloq muammolari haqida gapirishdan avval biz axloq nimaga

taalluqli ekanligini aniqlab olishimiz kerak. Gapning lundasini aytsak, axloq

siyosatning tarkibiy qismidir. Chindan ham muayyan axloqiy fazilatlarga ega


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

471

bo‘lmagan, yani munosib bo‘lmagan odam faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas.

Munosib odam bo‘lmoq – fazilatlar egasi - fozil bo‘lmoq, demakdir. Zero, ijtimoiy

va siyosiy hayotda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan odam axloqan fazilatli odam

bo‘lmog‘i kerak. Xullas, etika, axloq siyosatning tarkibiy qismi, uning asosidir.

shuning uchun axloqni bemalol siyosat deb atash mumkin.”

Axloq normalari, axloqiy yetuk lik mezonlari malum bir tarixiy davrning,

sharoitlarning imkoniyati va ehtiyoji bilan belgilanadi. Axloqlilik va

axloqsizlikning mezonlari bu har bir muayyan davrdagi kishilarning xatti -

harakatlarini konkret sharoitlardan, ehtiyojlardan kelib chiqqan holda taqiqlash

yoki maqullashdir. Axloqiy taqiqlar esa jamoatchilik fikri, qonunlar turli e’tiqodlar

asosida belgilanadi. Axloqiy yetuk lik darajasini ham bir shaxs emas, balki

jamoatchilik belgilaydi. Insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni axloqiy yoki

g‘ayriaxloqiy deb baholash jamiyat azolarining iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi,

manfaati darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Axloqshunoslik va pedagogika.

Axloqshunoslik pedagogika bilan ham chambarchas aloqada. Pedagogikadagi

shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta'lim berish jarayonlarini pandnasihatlarsiz,

odobnoma darslarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shu bois axloqshunoslik o'zining

nazariy va, ayniqsa, amaliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi hisoblanadi. Zero,

maorif tizimidagi ta'lim-tarbiya o'zini har bir qadamda axloqiy tarbiya sifatida

namoyon qiladi.

Axloqshunoslik

va

ruhshunoslik.

Qadimdayoq

axloqshunoslikning

ruhshunoslik (psixologiya) bilan aloqasi alohida ahamiyatga ega bo'lgan. Zotan, bu

ikkala fan kishilar xattiharakati, fe'l-atvori va mayl-istaklarini o'rganadi. Lekin bu

o'rganish ikki xil nuqtai nazardan olib boriladi: ruhshunoslik u yoki bu xatti-

harakat, fe'l-atvor, sababiy asos (motiv)larning ruhiy tabiati va shakllanish shart-

sharoitlarini ochib beradi, axloqshunoslik esa ruhshunoslik tadqiq etgan

hodisalarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi. Ruhshunoslik hissiyotlar sifatida


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

472

o'rganadigan insondagi ko'pgina ma'naviy hodisalar axloqshunoslik tomonidan

falsafiy-axloqiy tushunchalar tarzida tadqiq etiladi.

Axloqshunoslik va sotsiologiya. Axloqshunoslikning ijtimoiyshunoslik

(sotsiologiya) bilan aloqasi o'ziga xos. Bu ikkala fan inson faoliyatini

boshqarishning ijtimoiy murvatlaridan bo'lmish axloqni o'rganadi. Lekin

axloqshunoslikning miqyosi bu borada keng. Ma'lumki, sotsiologiya insonlarning

ommaviy xatti-harakati va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum

doirasidagina tadqiq etadi. Axloqshunoslik esa, o'z mohiyatiga ko'ra, lozim

bo'lganda, muayyan ijtimoiy tuzum yoki davr doirasidan chiqib, inson axloqining

yuksak yutug'i sifatida kelgusi davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb

etgan shaxsiy, istisnoli xattiharakatlarni hamda ularning sababiy asoslarini

o'rganadi.

Ilm dunyosidagi, xar qanday ilmning tarixisiz nazariyasi boʻlmaydi, degan

xikmat, ayniqsa, axloqshunoslikka taaluqli. Zero axloqshunoslik tarixi axloqiy

tafakkurning vujudga kelishi xamda uning taraqqiyoti qonunlarini o'rganadi,

ma'naviy merosning ulkan, qismi bo'lmish axloqiy ta'limotlar, xikmatlar, pandlarni

zamonaviy jamiyat xayotiga tadbiq etish va targ'ib qilish yo'llarni tahlil etadi.

Garchand xar bir axloqiy kopsepsiya ma'lum bir mutafakkir muloxazalari va

faoliyatining mevasi bo'lsa-da, u, moxiyatan, muayyan tarixiy davr talablaridan

kelib chiqadi.

Xulosa. Etikaning ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Qadimgi yunon

faylasuflari – Sokrat, Platon va Aristotel – axloqiy qadriyatlarning mohiyatini

o‘rganib, inson qanday yashashi kerakligi haqida bahs yuritgan. Aristotel o‘zining

"Nikomax axloqi" asarida baxt va ezgulik tushunchalarini tahlil qilgan.

Keyinchalik Immanuel Kant axloqiy qarorlar uchun universal qoidalarni ishlab

chiqdi, Jeremy Bentham va John Stuart Mill esa utilitarizm tamoyillarini ilgari

surdi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

473

Bugungi kunda etika ilmiy va amaliy sohaga aylangan bo‘lib, biznes, tibbiyot,

huquq va boshqa sohalarda axloqiy muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Shunday qilib, etika insoniyat madaniyati va tafakkurining ajralmas qismi

bo‘lib, u insonlarning qanday yashashi, qanday qarorlar qabul qilishi va jamiyat

bilan qanday munosabatda bo‘lishi kerakligini tushunishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sh.M.Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash

yurt taraqqiyoti va xalq farovonlig garovi- T Oʻzbekiston 2017-yil

2.

Sh.M.Mirziyoev. Buyuk kelajakimizni mard va olijanob xalqimiz

bilan birga quramiz.- T: Oʻzbekiston 2017-yil

3.

I.A.Karimov .Halollik va fidoyilik faoliyatimizning asosiy mezoni

bolsin.- Toshkent 1994-yil

4.

Z.Davronov, “Falsafa” (1-qism) darslik, Fan va texnologiya-2019

5.

Sh.Madayev, M.Kasimova “Falsafa” Toshkent-2019

6.

Mamatov Maxmut “Falsafa” Zomin nashr-2025

7.

Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its

social place in the globalization system of processes."

Journal of Survey in

Fisheries Sciences

10.1S (2023): 5000-5006.

8.

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL

GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION

BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity

Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35.

9.

Omonov, Bakhodir Nurillaevich, Go‘zal Aralovna Ochilova, and

Sitora Ayonovna Azamova. "SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE

ECOLOGICAL ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN."

World of Scientific news

in Science

1.3 (2023): 15-28.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-5_ Май-2025

474

10.

Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of

Environmental Education and Upbringing in Young People in the Conditions of

Environmental Globalization."

Global Scientific Review

13 (2023): 7-10.

11.

Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o’g’li.

"EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL

TUSHUNCHASI ‘."

TADQIQOTLAR. UZ

40.4 (2024): 135-139..

12.

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL

GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION

BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity

Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..

13.

Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE

OF ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL

CULTURE AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF

ECOLOGICAL GLOBALIZATION //International Scientific and Current

Research Conferences. – 2024. – С. 94-97.

14.

Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING

RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.