https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
469
XONGUL – NOYOB HAYVON
MEYLIQUOLVA MUXLISA
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI BIOLOGIYA TA’LIM YO‘NALISHI
TALABASI
ANNOTATSIYA:
Maqolada noyob tur hisoblangan, O‘zbekiston
Respublikasi “Qizil Kitob”iga kiritilgan buxoro bug‘usi - xongul, uning tashqi
ko‘rinishi, uchrash joylari, oziqlanishi va ko‘payishi, shuningdek, bu turni
o‘rganish va saqlab qolishga qaratilgan chora tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Juft tuyoqlilar, panta, shox tashlash, iqlimlashtirish, geologik
va qadimshunoslik manzilgohlari.
KHONGUL – A UNIQUE ANIMAL
ABSTRACT: The article deals with the Bukhara deer, a rare species listed in
the Red Data Book of the Republic of Uzbekistan, its appearance, meeting places,
feeding and reproduction, as well as measures to study and preserve this species.
information about.
Keywords: Double-hoofed, antelope, hornbeam, climate, geological and
archeological sites.
KIRISH
Xongul, Buxoro bug‘usi – bug‘ular oilasi, juft tuyoqlilar turkumiga mansub
sut emizuvchi hayvon. Tanasi 78-86 sm, bo‘yi (yag‘rinidan) 56-60 sm, og‘irligi 75-
100 kg. To‘q kulrang, yelkasida qoramtir yo‘llari bor. Ilgari Amudaryo, Sirdaryo
va Orol dengizi sohillaridagi qamishzor va to‘qaylarda tarqalgan edi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
470
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Asl zotli buxor bug‘usi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bug‘ularning
yagona turidir.Ularning erkagida serbutoq va har yili tushib turadigan shoxlari
bo‘ladi.Yangi o‘sayotgan shoxlari yumshoq tog‘aysimon o‘simtaga o‘xshab
o‘sadi, ustki tomondan mayin baxmalsimon teri bilan qoplangan bo‘lib,bu
holatdagi shox panta deb ataladi. Panta tibbiyotda ishlatiladi, undan pantakrin dori
olinadi. Shox tashlagan erkagi holsizlanib yotoqchilaydi, ishtahasi yo‘qoladi. Bu
hol bir oy davom etadi. Har yili shox almashgandan keyin undagi butoqlar soni
ko‘paya boradi,ammo besh butoqdan oshmaydi. Suvda yaxshi suzadi. Ular asosan
kunning salqin paytlari oziqlanib,issiq paytlarda salqin joylarda dam olishni xush
ko‘radi.Bu bug‘u yilning fasliga qarab , ovqat axtarib, yaylovdan yaylovga ko‘chib
yuradi.Uning asosiy ozuqasi har xil o‘tlar, daraxtlarning bargi,yosh novdalari va
butoqlaridan iborat.Tutqinlikda , ya’ni hayvonot bog‘ida boqilayotganlari esa arpa,
bug‘doy, maydalangan makkajo‘xori ,beda, kartoshka,sabzavot mevalari,ko‘k
beda ,har xil ko‘katlar, supurgi donlari,bo‘r va suyak uni bilan ta’minlab
turiladi.Urg‘ochi bug‘ular 2 yoshdan,erkaklari esa 4 yoshdan oshgandan keyin
jinsiy voyaga yetadi.May oyining boshlarida bolalaydi, bolasini 4-5 oy davomida
emizadi.
MUHOKAMA
Bu noyob jonivor Tojikiston hududida joylashgan qo‘riqxonalarda hamda
Turkmanistonnig Darganota to‘qayzor mintaqalarida oz miqdorda bo‘lsa ham
saqlanib qolgan.Keyingi yillarda respublikamiz hududidagi Payg‘ambar
oroli,Qizilqum va Badayto‘ay qo‘riqxonalarida ham bu noyob jonivorni
ko‘paytirish borasida muhim ishlar qilindi.Badayto‘qay qo‘riqxonasida 1975- yilda
2 ta ona, 1 ta erkak buxor bug‘usi iqlimlashtirish uchun olib kelingan edi.Ular qisqa
vaqt ichida sharoitga moslashib,soni 25 taga yetdi.Qizilqum qo‘riqxonasida esa
tashkil etilgan (1971) vaqtda 20ta buxor bug‘usi bo‘lgan. O‘n yil mobaynida 5
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
471
marta ko‘paygan. Payg‘ambar oroli qo‘riqxonasi asosan to‘qayzor o‘rmonlardan
iborat bo‘lib,asl zotli buxor bug‘usi uchun muddaodagidek yaylovzor hisoblanar
edi. Afsuski , hozirgi kunda asl zotli buxor bug‘usi –xongul yo‘qolib bormoqda.
Bunda, albatta ,Afg‘onistondagi notinch vaziyatning ta’siri juda kattadir.
NATIJA
Keyingi yillarda O‘zbekiston hududida olib borilayotgan geologik va
qadimshunoslik tadqiqotlari natijasida turli davrlarga tegishli bo‘lgan qadimgi
odamlarning manzilgohlari o‘rganilmoqda va o‘sha davrga tegishli bo‘lgan
hayvonot olamini ham o‘rganishga imkon yaratildi. Jumladan, Farg‘ona
vodiysidagi Qopchig‘ay, Obishir g‘orlari, Chust, Dalvarzin manzilgohlaridan
topilgan buxor bug‘usining suyak qoldiqlari o‘sha davrlarda Sirdaryo sohilidan
Farg‘ona vodiysigacha bo‘lgan hududlarda buxor bug‘usi yashaganligidan dalolat
beradi. Ayniqsa Farg‘ona vodiysidagi Qatrantov tog‘laridagi yovvoyi jonivorlar,
tog‘ takalari va bug‘ularning toshga bitilgan tasvirlari fikrimizning ashyoviy isboti
bo‘la oladi. Toshkent viloyati hududidagi Obirahmat g‘ori, Ko‘lbuloq, Bo‘zsuv,
Qovunchi, Shoshtepa manzilgohlaridan topilgan suyak qoldiqlari buxor bug‘usini
ajdodlarimiz qadim zamonlardan boshlab ov qilib kelganligidan, ularning terisidan
, shoxi va go‘shtidan foydalanganligidan dalolat beradi. Keyingi vaqtlarda keng
miqyosda olib borilgan muhofaza tadbirlari tufayli nomi «Qizil kitob»ga tushgan
jonivorlarni asrab avaylashga e’tibor kundan kunga ortib bormoqda.
Biroq shunga qaramay, bu yo‘lda amalga oshiriladigan ishlar talaygina.
Jumladan, hozirgi vaqtda yerlarning jadal sur’atlar bilan o‘zlashtirilishi va
avtomobil yo‘llarining kengaytirilishi hamda bug‘ular yashaydigan yaylovlardan
foydalanish ustidan nazoratning yo‘qligi asl zotli buxor bug‘usi uchun zarur
bo‘lgan ekologik muhitning buzilishiga olib keldi. Tartibsiz ravishda ov qilinishi
bu jonivorlarning batamom qirilib ketish xavfini tug‘dirmoqda.Shu boisdan buxor
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
472
bug‘usini muhofaza qilish hammaning va barcha zoologlarning hozirgi kungi
asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qoldi.
Asl zotl buxor bug‘usi tabiat boyligidir.Bu noyob jonivorlar kam uchraydigan
hududlarda ularni muhofaza qilish va sonini ko‘paytirish choralarini ko‘rish kerak,
ko‘paygandan keyin ularni Sirdaryo va Amudaryo sohillaridagi qamishzor
to‘qaylarga hamda ilgari yashagan hududlariga tarqatish imkoniyati yaratiladi.
XULOSA
Tabiat mavjudotlaridan bo‘lgan hayvonot dunyosi qayta tiklanishi mumkin
bo‘lgan boyliklardan hisoblanadi. Jumladan, hayvonot bog‘lari, qo‘riqxonalar, va
buyurtmaxonalar yordamida tabiiy sharoitlarni yaratish orqali ularning sonini
tiklash mumkin. Bu esa hayvonot bog‘larida noyob va yo‘qolib ketish xavfi
tug‘ilgan jonivorlarni ko‘paytirish imkoniyatlari mavjudligini
ko‘rsatadi.
Jumladan ,hayvonot bog‘ida qoraquloq, buxor bug‘usi, va morxo‘rlarni urchitib ,
ulardan ko‘plab nasl olinganligi , bolalari esa Hamdo‘stlik davlatlarida joylashgan
hayvonot bog‘lariga yuborilganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Noyob ba yo‘qolib ketish
xavfi tug‘ilgan jonivorlarning tabiiy va ekologik sharoitini tiklash,ya’ni daryo
qirg‘oqlaridagi to‘qayzorlarni,suv havzalari va tog‘ yonbag‘rilaridagi tabiiy
sharoitni o‘z holatiga keltirib, tutqunlikda ko‘paytirilgan jonivorlarni qo‘yib
yuborish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
473
REFERENCES
1. T. Xudoyberdiyev, O. Rasulov “Toshkent hayvonot bog‘i” Toshkent -2004y
2. F. Nazarova .D. Tursunova “Qiziqarli biologiya” “Akademnashr” -2020y
3. S.Dadayev, O. Mavlonov «Zoologiya» Toshkent -2008y
4. O.Mavlonov «Biologiya» Toshkent -2017 y