Авторы

  • Ziyadullayeva Marjona
  • Xamrayeva Muhayyo

Биографии авторов

  • Ziyadullayeva Marjona

    Termiz davlat universiteti talabasi.

  • Xamrayeva Muhayyo

    Ilmiy rahbar: 

    Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi PHD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88003

Аннотация

O‘zbek adabiyotida tarixiy asarlari bilan o‘z kitobxonlarining sevimli yozuvchisiga aylangan To‘lqin Hayit  ijodida Amir Temur va Temuriylar davrining ifodalanishi alohida o‘rin kasb etadi. O‘zbek adabiyotida tarixiy mavzularga bag‘ishlangan asarlar har doim katta ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Shunday sermahsul asarlaridan “Vafo malikasi”, “So‘nggi temuriy malika”, “Buyuk salohiyat sohibi”, “Amir Temur xazinasi” va  “Amir Temur haqida hikoyalar” kabi asarlari aynan Temuriylar davrini yaxshi o‘rganishimizda dasturi amal vazifasini bajaradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

379

TO‘LQIN HAYIT ASARLARIDA TEMURIY MALIKLAR OBRAZI

BADIIY TAHLILI.

Ziyadullayeva Marjona

Termiz davlat universiteti talabasi.

Ilmiy rahbar: Xamrayeva Muhayyo

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi PHD

O‘zbek adabiyotida tarixiy asarlari bilan o‘z kitobxonlarining sevimli

yozuvchisiga aylangan To‘lqin Hayit ijodida Amir Temur va Temuriylar davrining

ifodalanishi alohida o‘rin kasb etadi. O‘zbek adabiyotida tarixiy mavzularga

bag‘ishlangan asarlar har doim katta ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Shunday

sermahsul asarlaridan “Vafo malikasi”, “So‘nggi temuriy malika”, “Buyuk

salohiyat sohibi”, “Amir Temur xazinasi” va “Amir Temur haqida hikoyalar” kabi

asarlari aynan Temuriylar davrini yaxshi o‘rganishimizda dasturi amal vazifasini

bajaradi.

Yuqorida sanab o'tilgan barcha asarlarida temuriy malikalar juda chiroyli,

mazmunli va ohangdor jumlalar bilan tasvirlangan. Yozuvchining misol tariqasida

birgina “So‘nggi temuriy malika” hikoyasini oladigan bo'lsak, asar qahramoni,

ya'ni so‘nggi temuriy malika Sohibjamol obrazi har jabhada matonatli, sabr-toqatli

haqiqiy o‘zbek ayoli siymosida gavdalantirilgan. Sohibjamol obrazida

temuriylarga xos mardlik, qat'iyat, jasurlik va dovyuraklik belgilari o‘ziga xos

tarzda yoritilgan, bunday jihatlarini har bir suhbatlari, yohud tasviriy vositalar

orqali sezilarli tarzda ta'kidlanadi.

Hikoyaning har bir qismida Sohibjamolning xuddi "Vafo malikasi"

asaridagi O‘ljoy turkon oqadek vafodor yor ekanligiga amin bo‘lamiz. Har ikkala

temuriy malikalarda ham o‘ziga xos bo‘lgan vafodorlik, oilasiga bo‘lgan sadoqat

unsurlari bir xil juda chiroyli tasvirlanadi. Masalan, “So‘nggi temuriy malika"


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

380

asarida Sohibjamolning ruhiy holatini, yordamchi obrazlar orqali yanayam

obrazning mukamalligini kashf etadi. Asardagi Toshqon kofir qiyofasini

tasvirlashda bo'rttirib tasvirlangan tasviriy unsurlar asar mohiyatini qahramonlar

xarakteristikasini yanayam batafsil yoritgan. Sohibjamolning boshiga ne ne

sinovlar kelsa ham u aslo ortga chekinmadi, zero ortga qaytish Temuriylarga xos

emas edi. Qiyinchiliklar kelganda, Sohibjamol ayollik hissiyotlari bilan ko'ziga

dur kabi yogʻilgan yoshlarni artib, tezda o‘ziga kelib buyuk Temuriylar avlodidan

ekanligini yodga olib, shunga xos qat'iyatni o‘zida mujassam eta olgan obraz

sifatida qaraladi.

Ustoz To‘lqin Hayit tomonidan bu xususiyatlar tarix va zamonni uzviy

bogʻlaganligidan dalolat beradi. Negaki? O‘ljoy turkon va Sohibjamol zamonasi

orasida ancha muddat bo‘lishiga qaramasdan qadriyat va an'analari xalqona

ayollarga xos fazilatlar saqlanib qolgan. Masalan, Sohibjamol tomonidan

"Temuriy malikalar uchun xiyonat yotdir, begim! Shavkatli bobom boshida

tegirmon toshi o'ynaganida,pirlari Xorazm tomonlarga ketib jon saqlashni

buyurganlar. Biz ham bir muddat, bu kofirlar zamoni zavol topguncha, Afg‘on

tomonlarda jon saqlasak, degan o‘ydaman!" – dedi erim nima deydi " degan

mulohaza bilan, bir oz tortinib, iymanib..."

1

.

Hikoya voqealari 1930-yillarda bo‘lishiga qaramasdan, voqealar Temuriylar

davri bilan o‘zaro bog‘lanadi. Hikoyada nafaqat malikaning ayanchli taqdiri balki,

siyosiy tuzim bilan bog‘liq jarayonlar ham aks ettiriladi. O‘ttizinchi yillar

tuzumidan aziyat chekkan insonlar hayoti birgina sermazmun jumlalar orqali

yoritilgan. Ushbu hikoyada nafaqat o‘ttizinchi yillardagi siyosiy muhit, balki

Temuriylar sulolasiga xos sharaf va oriyat, ayol obrazining yuksak axloqiy qiyofasi

tasvirlangan.

1

.To‘lqin Hayit. “So‘nggi temuriy malika”. Hikoya. ziyo.uz, 2022 yil


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

381

Hikoyadagi voqealar to'qima emas, balki tarixiy voqelikka asoslangan holda

tasvirlanadi. Bu esa ijodkorning o‘ziga xos uslubidan darak beradi.Ustoz To‘lqin

Hayitning hikoya va romanlarida malikalar taqdiri o‘ziga xos bir o‘zgacha tarzda

bayon etiladi. "Vafo malikasi" asarida ham O‘ljoy turkon va uning qizi

Sultonbaxtbegimlar ham temuriy malikalarga xos fazilatlar bilan gavdalanadi.

Malikalar nafaqat vatanparvar ayol, balki bir avlodning madaniy, ma'naviy axloqiy

belgilarini o‘zlarida mujassam etgan timsollar sanaladi.Ularning erkagu ayollarga

xos

fazilatlarini

uyg‘unlashtirgan

holda

tasvirlanishi

yozuvchining

yaratuvchanligidan darak beradi. Ustoz To‘lqin Hayitning asarlaridagi

malikalarning fidoyiligi, matonati,sabr-toqati va oilaga bo‘lgan muhabbati nafis

uslubda ochib berilgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, ustoz To‘lqin Hayitning “So‘nggi

temuriy malika” hamda “Vafo malikasi” asarlari nafaqat adabiy asar, balki tarixiy

hujjat darajasidagi manba sifatida ham qimmatga egadir. Ularda milliy o‘zlik,

vatanparvarlik, ayol sha'ni va insoniylik fazilatlari alohida o‘rin olgan. Bu asarlari

orqali yozuvchi nafaqat o‘tmishdagi, umuman olganda bugungi kunda ham temuriy

ayollar malikalarga xos ruhiyatini, ma'naviy kuchini, matonatini ko‘rsata olgan.

Qolaverasa, bugungi kunda ham temuriy malikalarning izdoshlari jasoratli,

matonatli va vafodor ayol qizlarimiz yo’q emas, ular haqiqiy ajdodlarga munosib

avlodlardir.