Авторы

  • IBROHIMOV JASURBEK SHERMUHAMMADOVICH

Биография автора

  • IBROHIMOV JASURBEK SHERMUHAMMADOVICH

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili, maxsus unvoni podpolkovnik

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88017

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Hujjatlarni soxtalashtirish Jinoyatning oldini olish Elektron hujjatlar Islohotlar Davlat xizmatlari Elektron imzo Murojaatlarni ko‘rib chiqish tizimi Arxiv tizimi Raqamlashtirish Yuridik hujjatlar xavfsizligi.

Аннотация

ANNOTATSIYA:  Bugungi kunga kelib, hujjatlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar sodir etilishi usullari o‘zgarganligi bu turdagi jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishda bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirib chiqarmoqda. Bizga ma’lumki bu turdagi jinoyatlar asosan davrlarga hamda makonga qarab sodir etilish usullari turlicha bo‘lib o‘zgarib turadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

303

AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLARI NATIJASIDA HUJJATLARNI

SOXTALASHTIRISH JINOYATLARINI OLDINI OLISH BO‘YICHA

OLIB BORILGAN ISHLAR SAMARASI

IBROHIMOV JASURBEK SHERMUHAMMADOVICH

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining

(ombudsmanning) Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili, maxsus unvoni

podpolkovnik

jasurbekibrohim@gmail.com

ANNOTATSIYA: Bugungi kunga kelib, hujjatlarni soxtalashtirish bilan

bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar sodir etilishi usullari o‘zgarganligi bu turdagi

jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishda bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirib

chiqarmoqda. Bizga ma’lumki bu turdagi jinoyatlar asosan davrlarga hamda

makonga qarab sodir etilish usullari turlicha bo‘lib o‘zgarib turadi.

Kalit so‘zlar: Hujjatlarni soxtalashtirish, Jinoyatning oldini olish, Elektron

hujjatlar, Islohotlar, Davlat xizmatlari, Elektron imzo, Murojaatlarni ko‘rib

chiqish tizimi, Arxiv tizimi, Raqamlashtirish, Yuridik hujjatlar xavfsizligi.

ASOSIY QISM

Hujjatlarni soxtalashtirishning turli xil ko‘rinishlari mavjud. Buni mavjud

tahlillar asosida ko‘radigan bo‘lsak, fuqarolik pasporti olish uchun, ishga kirish

uchun, chet davlatlari tomonidan berilgan diplomlarni haqiqiyligini tasdiqlovchi

nostrifikatsiya guvohnomalarini olish uchun, oliy o‘quv yurtlarini tamomlaganlik

haqidagi diplomlarni olish uchun, pensiya va nafaqa pullarini olish uchun, mavjud

jarimalarni to‘langanligi haqidagi to‘lov kvitansiyalarini olish uchun, turar joylarga

egalik qilish uchun va hokazo kabi usullari mavjud.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

304

Bu kabi jinoyatlarning yuqoridagi kabi turlari kelib chiqishi asosan

ma’muriy ish yuritishni hanuzgacha eski usullaridan foydalanib kelinayotgani

jinoyatchilarga o‘z maqsadlarini amalga oshirishda keng qo‘l keladi. Hozirda

davlatimiz rahbari tomonidan ma’muriy ish boshqarish usulini tubdan o‘zgartirish

bo‘yicha olib borayotgan islohotlari natijasida bu kabi jinoyatlarning sodir etilishi

o‘z-o‘zidan oldi olinishi kuzatilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining chegara hududlaridagi fuqarolar

davlatimiz mustaqilligiga qadar qo‘shni davlatlar hududlarida istiqomat qilib,

ushbu davrdagi amalda bo‘lgan tartib-qoidalar bo‘yicha yashash manzilini boshqa

davlat hududlariga ko‘chirib olishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi o‘z

mustaqilligini e’lon qilib, ma’muriy-hududiy bo‘linishini amalga oshirganidan

so‘ng 1992 yil 2 iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi

qonunni qabul qildi. Bu qonun 1992 yil 10 iyuldan kuchga kirdi va o‘z-o‘zidan

qonun bo‘yicha u qabul qilingan kungacha O‘zbekiston Respublikasi hududida

ro‘yxat asosida yashab kelgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

hisoblanishi belgilab qo‘yildi.

Biroq, qonun qabul qilingan bo‘lsa-da, shu davrlarda qonun mazmun-

mohiyatini tushunib yetmagan yoki ish joyi borligi sababli ish joyidan ajralib

qolmaslik sababli boshqa davlat hududida ro‘yxatdan o‘tib yashab kelgan

fuqarolarning beparvoligi natijasida ularning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi

degan maqomga ega bo‘lmay qolishiga sabab bo‘lgan.

Davlat o‘rtasidagi ma’muriy hududlar aniq belgilanib, chegaralar

mustahkamlanish boshlangan 1997–1998 yillardan so‘ng fuqarolar O‘zbekiston

fuqaroligini

qabul

qilishda

muammolarga

duch

kela

boshlagan.

Aynan shu davrda, fuqarolikni qabul qilish bo‘yicha insonlar huquqiy bilim

saviyasiga ega bo‘lmagan holda turli davlat idoralarida ishlovchi mansabdor

shaxslar orqali fuqarolik qabul qilish bo‘yicha turli iltimoslar qilishi natijasida

soxta hujjatlar tayyorlashga ehtiyojlar tug‘ila boshlagan. Bu ishlar o‘z navbatida,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

305

osongina hal etilmasligi sababli ayrim mansabdor shaxslar aralashuvi natijasida

kelib chiqishiga sharoit yaratilgan.

Tergov tizimida bu turdagi jinoyat ishlarini tergov qilinishi davomida shu

ayon bo‘lgan: birgina fuqarolik pasportini soxtalashtirib olish uchun dastlab

tug‘ilgan haqidagi guvohnoma soxta tayyorlanishi, so‘ng esa shaxsni haqiqatan

ham yashab kelganligini tasdiqlovchi mahalla fuqarolari yig‘inlari hamda arxiv

ma’lumotnomalari kabi boshqa hujjatlar ham soxtalashtirilishi kuzatilgan.

Bu o‘z navbatida bitta hujjatni olish bo‘yicha qilingan noqonuniy ish ortidan

bir necha hujjatning soxtalashtirilishi, natijada aybdor shaxslarning ortib ketishi,

shuningdek eng achinarlisi bu ishda davlat idoralarining mansabdor shaxslari

aralashganligidir.

Bu kabi jinoyatlar fuqarolik berish tartibi bo‘yicha amalga oshirilgan

islohotlar natijasida o‘z-o‘zidan sodir etilishi kamayishi kuzatilgan. Jumladan,

uzoq yillar davomida O‘zbekiston hududida yashab kelgan, biroq fuqarolik

pasportiga ega bo‘lmagan shaxslarning tegishli tartibda fuqarolik olishi bo‘yicha

olib borilgan ishlarda hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni,

pasport rasmiylashtirish tartibini elektron tizimlarga o‘tkazilganligi va onlayn

tizimga o‘tkazilganligidan ham ko‘rish mumkin.

Xuddi shunday misol — fuqarolarning chet davlatlarda ishlab yoki yashab

kelgan davrida o‘sha davlatda jinoyat yoki boshqa huquqbuzarliklarni sodir etilishi

natijasida o‘sha davlatdan deportatsiya qilinishi davomida ham pasportlarga soxta

ma’lumotlar kiritish kabi jinoyatlar kelib chiqishiga sharoit yaratib bergan.

Bu kabi jinoyatlardan misollar keltiradigan bo‘lsak, ilgari deportatsiya

qilingan shaxs kelgusida takroran o‘sha davlatga borish maqsadida, tug‘ilganligi

haqidagi guvohnomasida ismi-sharifini o‘zgartirib olishi va shundan so‘ng

fuqarolik pasporti olish, bu jarayonda FHDYo bo‘limi mansabdor shaxslari tegishli

tartibda tekshiruvlar o‘tkazmasdan, o‘zgartirish maqsadini yashirib soxta

tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni rasmiylashtirishi natijasida kelib chiqqanligi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

306

yillar davomida jinoyat ishlari bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari davomida

kuzatilgan.

Jinoyatning bu usuli esa barcha davlatlarga kirish-chiqish davomida, shaxsiy

identifikatsiya kodlari joriy etilib, bu to‘liq ishga tushganligi natijasida o‘z-o‘zidan

hujjatlarni soxtalashtirishning bu usullarini yo‘qolishiga erishilgan.

Qolaversa, amaliyotda chet davlatlarda tahsil olgan fuqarolarimizga berilgan

diplomlarini O‘zbekiston Respublikasida qayta sinovdan o‘tganligi va

mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat olib borishiga ruxsat beruvchi hujjatlarni

berilishida yuzaga kelgan talablarning o‘ta murakkabligi ham mazkur ruxsat

beruvchi hujjatni soxtalashtirishga sharoit yaratgan deb aytish mumkin.

Bu kabi holatlar aniqlanib, tergov davomida jinoyatning kelib chiqish

sabablari o‘rganilib, ushbu turdagi jinoyatni kelgusida oldini olish bo‘yicha bir

qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, har takdim etilgan chet davlatlarda tahsil olgan shaxsning

davlatimiz hududida mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat olib borishiga ruxsat

beruvchi hujjat u taqdim etilgan zahoti tegishli tartibda Vazirlar Mahkamasining

Davlat test markaziga so‘rov yuborish orqali tekshirish tizimini qat’iy amalga

kiritilishi hamda bu ruxsatni berish uchun o‘tkaziladigan sinovlardagi ayrim

to‘siqlarni olib tashlanishi ham jinoyatning bu usuliga chek qo‘yilishiga zamin

yaratdi.

XULOSA

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ayrim turdagi hujjatlarni soxtalashtirish

jinoyatlari sodir etilishi tub ildizlariga nazar soladigan bo‘lsak, bularning kelib

chiqishiga hali-hanuz eskicha tartibda ishlash tizimining mavjudligi, arxiv

hujjatlari elektron shaklda to‘liq shakllantirilmaganligi natijasida yuzaga kelgan.

Hozirda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan murojaatlarni ko‘rib

chiqish tizimidagi o‘zgarishlar, Davlat xizmatlari agentligining tashkil etilishi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

307

hamda elektron imzo tizimining joriy etilishi ham hujjatlarni soxtalashtirish

jinoyatlari sodir etilishini oldini olishda juda katta omil bo‘lgan deb aytish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat,

2008.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2023-yil nashri.

3.

Normurodov B., Xolboyeva G. Huquq asoslari. – Toshkent: “IQTISOD-

MOLIYA”, 2021.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli

Farmoni: “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish

strategiyasi”.