https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
25
XORAZM XALQ SOVET RESPUBLIKASIDA PUL ISLOHOTI
Berdiyeva Nilufar Erkinovna
Annotatsiya. Mazkur maqolada Xorazm Xalq Sovet Respublikasida 1920–
1924-yillar davomida amalga oshirilgan pul islohoti jarayoni tahlil qilinadi.
Islohotning ijtimoiy-iqtisodiy sabablari, siyosiy sharoitlari, amalga oshirilgan
choralar va ularning aholiga ta’siri muhokama qilinadi. Shuningdek, bu jarayon
Markaziy Osiyo va butun Sovet hududidagi pul siyosatining bir qismi sifatida
o‘rganiladi. Islohotning tarixiy ahamiyati, kamchiliklari va uzoq muddatli iqtisodiy
ta'siri xolis yondashuvda yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Xorazm Xalq Sovet Respublikasi, pul islohoti, sovet pul
siyosati, inflyatsiya, iqtisodiy siyosat, sovetlashtirish, 1920-yillar.
Аннотация. В статье анализируется процесс денежной реформы в
Хорезмской Народной Советской Республике в 1920–1924 гг. Обсуждаются
социально-экономические причины реформы, политические условия,
принятые меры и их влияние на население. Этот процесс также изучается
как часть денежной политики в Средней Азии и на всей советской
территории. Историческое значение, недостатки и долгосрочные
экономические последствия реформы рассматриваются в объективном
подходе.
Ключевые слова: Хорезмская Народная Советская Республика,
денежная
реформа,
советская
денежная
политика,
инфляция,
экономическая политика, советизация, 1920-е гг.
Abstract. This article analyzes the process of monetary reform in the
Khorezm People's Soviet Republic during 1920–1924. The socio-economic reasons
for the reform, political conditions, measures taken and their impact on the
population are discussed. This process is also studied as part of monetary policy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
26
in Central Asia and the entire Soviet territory. The historical significance,
shortcomings and long-term economic impact of the reform are covered in an
objective approach.
Keywords: Khorezm People's Soviet Republic, monetary reform, Soviet
monetary policy, inflation, economic policy, Sovietization, 1920s.
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) 1920-yilda Xiva xonligi
tugatilgach tashkil etilgan. Bu davrda butun Turkiston va Markaziy Osiyo hududida
siyosiy va iqtisodiy beqarorlik hukm surar edi. Aholi orasida turli valyutalar
muomalada bo‘lgan: eski xonlik tangalari, Rossiya imperiyasi pullari va Sovet
notiqlari (kupyuralari). Bu pul muomalasidagi betartiblik XXSR hukumati
tomonidan pul islohotini zarur qildi.
Pul islohotlari – bu milliy valyutani kuchaytirish, pul birligini
barqarorlashtirish va pul muomalasini boshqarish maqsadida mamlakat pul tizimini
qayta tashkil etish jarayonidir. Ushbu islohotlar davlat tomonidan, iqtisodiy sharoit
va siyosatga qarab, turli usullarda amalga oshiriladi. Masalan, pulning
qadrsizlanishi yoki valyuta kursining o'zgarishi holatlarida pul tizimiga o'zgartirish
kiritish talab etiladi.
Pul islohotlari quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Deflyasiya – ortiqcha qogʻoz pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini
kamaytirish.
Nullifikatsiya – eski pullarni yoʻq qilib, yangilarini chiqarish.
Denominatsiya – eski pul birligini yangi, yirikroq pul belgilari bilan
almashtirish.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
27
Devalvatsiya – milliy pul birligining metall qiymati yoki valyuta kursini
pasaytirish.
Revalvatsiya – milliy pul birligining qiymatini chet el valyutasiga nisbatan
oshirish.
Pul islohotlari, asosan, iqtisodiyotda barqarorlik yaratish, inflyatsiyani
boshqarish va xalqaro savdo uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan bo'ladi.
Markaziy Osiyo hududlarida pul islohotlari ilk bor Amir Temur davrida
jiddiy tus ola boshlagan. U o‘z davrida mavjud bo‘lgan mayda va arzon mis
tangalarni muomaladan chiqarishga kirishib, o‘rniga og‘irroq, qimmatbaho
metallardan — asosan oltin va kumushdan tayyorlangan, yirik qiymatga ega
tangalarni joriy etgan. Bu yangilanish nafaqat mamlakat ichki savdosiga, balki
xalqaro savdo munosabatlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Amir Temurning
ixtiyorida bir nechta yirik zarbxonalar bo‘lgan bo‘lib, ular nafaqat mahalliy, balki
xorijiy bozorlarga ham sifatli tangalar yetkazib bergan. Hatto G‘arbiy Eron va
Ozarbayjon hududlarida Amir Temur nomi tushirilgan 120 dan ortiq turdagi oltin
va kumush tangalar muomalaga kiritilgani tarixiy manbalarda qayd etilgan. Bu esa
Temuriylar davlati iqtisodiy qudratining yorqin ko‘rsatkichidir.
Temuriylar sulolasining keyingi vakili Mirzo Ulug‘bek 1428-yilda yana bir
muhim pul islohotini amalga oshirgan. U eski mis tangalarning muomaladagi
ahamiyatini yo‘qqa chiqarib, ularning ishlatilishini taqiqlagan. Buning o‘rniga
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shohruxiya, Andijon, Qarshi va Termiz kabi yirik
shahar zarbxonalarida yangi dizaynga ega va yuqori sifatli tangalar ishlab chiqarila
boshlangan. Islohot yakuniga yetgach, faqatgina Buxorodagi zarbxona faoliyatini
davom ettirgan, qolgan zarbxonalar esa yopilgan. Bu esa pul birligini
markazlashtirish va iqtisodiy nazoratni kuchaytirishga xizmat qilgan.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
28
Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida ham pul tizimi takomillashtirilib,
o‘ziga xos yangiliklar kiritilgan. Ular ilgari zarb etilgan tangalarga o‘zlariga xos
belgi va tamg‘alarni bosib, ularni qayta muomalaga chiqarish amaliyotini yo‘lga
qo‘yganlar. Bu usul tangalarning haqiqiyligini tasdiqlash va ularni yangi
hukmronlik davri bilan bog‘lashga xizmat qilgan. Ayniqsa, Shayboniylar davrida
“dinor” deb atalgan ko‘plab mis tangalar hamda taxminan 3 gramm og‘irlikdagi
kumush tangalar keng miqyosda muomalaga kiritilgan. Bu tangalar hududlararo
savdo va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynagan.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo tarixida Amir Temurdan boshlab
Shayboniylar davrigacha bo‘lgan davrda pul tizimidagi islohotlar hudud
iqtisodiyotining rivojlanishi, savdo aloqalarining kengayishi hamda siyosiy
mustahkamlikni ta’minlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan.
1918–1920 yillarda Xiva xonligida ikki xonlik davri kuzatildi. Nomigagina
xon bo‘lgan Saidabdullaxon asl hokimiyatni boshqarmas, amalda barcha siyosiy va
harbiy kuch Junaidxon qo‘lida edi. Junaidxon o‘z hokimiyatini xalqqa ko‘rsatish
maqsadida pul ham chiqargan. Bu pullar atlas matoga ishlangan bo‘lib, “turma
qog‘oz” nomi bilan tanilgan. Keyinchalik esa Junaidxon nomi ostida qog‘oz pullar
ham muomalaga chiqarila boshlandi.
1920-yil 2-fevral kuni Xiva xalq inqilobi g‘alaba qozongach, 11-aprelda
Xiva vaqtli inqilobiy komiteti yig‘ilishida pul kursini belgilash bo‘yicha qaror
qabul qilindi. Bu qarorga ko‘ra, ilgari muomalada bo‘lgan 1 so‘mlik “krenka” puli
Xorazmning 4 so‘mlik sovet puliga, “turkiston boni” esa 5 so‘mlik Xorazm sovet
puliga teng deb belgilandi.
1
Yunusov Sh. Savdo va pul muomalasi tarixidan. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1995.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
29
1920-yillarning boshlarida Xorazm iqtisodiyoti inqirozga uchragan edi.
Ishlab chiqarish pasaydi, savdo aloqalari buzildi, inflyatsiya keskin oshdi. Bir
vaqtning o‘zida har xil pul birliklari (masalan, “tilla”, “so‘m”, “bon”, “rubl”)
birgalikda muomalada bo‘lishi narxlar tizimini izdan chiqardi. Bu iqtisodiy
beqarorlik siyosiy barqarorlikka ham tahdid soldi.
2000 rubllik pul birligi
1-rasm.
XIX asrning boshlaridan boshlab esa Xiva xonligida “tanga” nomi bilan
tanilgan pul birligi asosiy muomalaviy vosita bo‘lib xizmat qilgan. XX asrga kelib,
iqtisodiy tizimda aniqlik kiritish maqsadida qat’iy ayirboshlash nisbati joriy qilindi:
1 rubl (manat) 5 tangaga teng deb belgilandi. 1919-yilda ilk bor Xiva xonligining
o‘z banknotlari chiqarila boshlandi. Bu banknotlarda ham tanga, ham rubl
(manat)da nominal qiymatlar bir xil nisbat asosida (1:5) ko‘rsatilgan.
1920-yilda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi e’lon qilinishi bilan eski
tangalar va tangaviy pullar muomaladan chiqarildi. O‘sha yili Respublika Nozirlar
Kengashi tomonidan yangi pul belgilarini — rubllarni muomalaga chiqarish
boshlab yuborildi. Bu davrda 20 rubllik tangalar, 250 va 750 rubllik qog‘oz pullar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
30
tarqatildi. Keyingi yillarda inflyatsiya ta’siri ostida pul birliklarining nominal
qiymatlari keskin oshdi.
1921–1922-yillarda katta qiymatdagi tangalar — 20, 25, 100 va 500 rubl
atrofida muomalaga kiritildi. Shuningdek, 1921-yil davomida turli nominaldagi
banknotalar — 100, 250, 500, 1000, 2000, 5000, 10 000 va 25 000 rubl — bosilib
chiqarildi. Shu yillarda, Xorazm bilan birga, Turkiston o‘lkasida ham vaqtinchalik
muomalaga chiqarilgan “turkbonlar” mavjud bo‘lgan, biroq 1921-yilga kelib,
Turkistonda pul muomalasining markazlashuvi natijasida bu qog‘ozlar chiqarilishi
to‘xtatildi.
500 rubllik tanga
2-rasm.
1922-yilga kelib, Xorazm Respublikasining yangi bankomatlari oborotga
chiqarildi. Bu yangi pullar oldingi qiymatlar bilan solishtirganda sezilarli darajada
yuqori bo‘lib, yangi 1 rubl — avvalgi 10 000 rublga tenglashtirilgan. Yangi
namunadagi banknotalar 3, 5, 10 va 25 rubl ko‘rinishida chiqarildi.
1923-yilda esa pul muomalasining yakuniy bosqichi amalga oshirildi. Mart
oyida O‘rta Osiyo respublikalari iqtisodiy konferensiyasi va Moskvadagi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
31
yig‘ilishda muhim qaror qabul qilindi — Buxoro va Xiva hududlarida mahalliy pul
belgilarining muomalasini to‘xtatib, ularni Sovet Ittifoqining rubliga
almashtirishga qaror qilindi. Almashtirish ishlari 1:1 nisbatda amalga oshirildi va
shu tariqa Xorazm rubli Sovet rubliga tenglashtirildi. Pul almashtirish jarayoni
1923-yilning kuzida to‘liq yakunlandi.
Ya’ni, Xiva xonligida ko‘pincha kumush tangalar muomalada ishlatilgan,
chunki u oltin va misga nisbatan qulayroq edi. Hatto XIX asr oxirigacha har yili bir
million so‘mlik kumush tangalar mahalliy ustalar tomonidan zarb qilinar edi.
Ammo XIX asr oxirida dunyo bo‘ylab kumush qazib chiqarish ko‘payib ketgani
sababli uning qiymati pasayib ketdi. Natijada Xivada ham kumush tangalarning
qiymati ikki baravarga tushib, bir tanga avvalgi 20 tiyindan 12 tiyin qiymatgacha
arzonlashdi.
Rossiya Xiva xonligini bosib olganidan keyin ham u yerda rus pullari –
Ekaterina II davridagi qog‘oz pullar va kumush tangalar – uzoq vaqtgacha keng
tarqalmadi. Mahalliy aholi o‘zining oltin va kumush tangalariga o‘rgangan bo‘lib,
rus qog‘oz pullarini ishlatishni xohlamas edi. Bu holat chor amaldorlarini norozi
qildi, shuning uchun ular rus pullarini majburan joriy qilishga kirishdilar.
Natijada, rus qog‘oz pullarini mahalliy tanga va tilla pullarga almashtirib
foyda ko‘radigan “sarroflar” – ya’ni pul almashtiruvchi kishilar paydo bo‘ldi. Bu
kasbni ota-bobolaridan meros qilib olgan Quryoz va Bolta sarroflar bu sohani
davom ettirganlar. Sarroflar katta kapitalga ega bo‘lib, pul muomalasidagi
noqulayliklardan foyda ko‘rgan va Xiva hamda Rossiya savdogarlariga kuchli
ta’sir ko‘rsatgan. Savdogarlar esa bu holatdan norozi bo‘lib, rus hukumatiga
murojaat qilib, Xiva tangalarini muomaladan chiqarib, o‘rniga rus qog‘oz pullarini
keng yoyishni taklif qilganlar.
Shuningdek, Xorazm Xalq Sotsialistik Respublikasida iqtisodiy siyosat va
xo‘jalik sohasidagi islohotlar murakkab va ziddiyatli sharoitda amalga oshirildi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
32
Ayniqsa, soliq siyosatida Sovet Rossiyasining kuchli ta’siri sezilib, bu holat sinfiy
yondashuvning yaqqol namoyon bo‘lishiga olib keldi. Soliq yuki asosan
savdogarlar, sudxo‘rlar va yirik yer egalari zimmasiga yuklatilgan edi.
1922-yil dekabr oyida agrar sohada yagona soliq tizimi joriy etilib, soliqlarni
aniq va adolatli yig‘ish uchun davlat banki hamda soliq palatasi tashkil qilindi. Bu
orqali fiskal tartibot mustahkamlanib, iqtisodiy faoliyatni tizimlashtirishga xizmat
qildi. 1923-yil iyun oyiga kelib esa hunarmandchilik va sanoat sohasidagi soliqlar
bir tizimga solinib, davlat sanoat solig‘i joriy qilindi.
Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) e’lon qilinishi bilan Xorazmda bozor
munosabatlari bosqichma-bosqich qayta tiklana boshladi. Bu jarayonda
karvonsaroylar, sanoat korxonalari, tabiiy resurslar — koʻllar, toʻqaylar ijaraga
berildi. Infratuzilmani rivojlantirish maqsadida telefon aloqalari o‘rnatilib, daryo
kemachiligi faoliyati tiklandi. Bir necha yirik ko‘priklar bunyod etildi.
Qishloq xo‘jaligida esa sezilarli o‘sish qayd etildi. 1921-yildagi 10 ming
tanob paxta maydoni 1924-yilga kelib 85 ming tanobga yetkazildi, paxta
hosildorligi esa 100 ming puddan 800 ming pudga oshdi. Umumiy ekin maydonlari
1913-yildagi darajaning 62 foizini, hosildorlik esa 70–75 foizini tashkil etdi.
Sanoat tarmog‘ida esa modernizatsiya jarayoni davom etdi. 1924-yilga kelib
6 ta paxta tozalash zavodi, 10 ta g‘isht zavodi, yog‘ zavodi, bosmaxona, elektr
stansiyasi qayta ishga tushirildi. Bundan tashqari, qog‘oz va shisha zavodlari
qurildi. Bu sanoat ob’ektlari asosan davlat mulkiga aylantirilib, davlat sektori ustun
mavqega ega bo‘ldi.
Xorazm SSRda 1922-1924 yillarda amalga oshirilgan pul islohoti Sovet
hokimiyati davridagi birinchi muhim iqtisodiy yangilanishlardan biri edi. Ushbu
davrda, muomaladagi eski pullar, xususan Xorazmning qog‘oz pullari
almashtirildi. 1924 yil 14 fevralda pullar almashtirish boshlandi va 1 oylik
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
33
belgilangan muddat ichida almashtirilmagan pullar o‘z qiymatini yo‘qotgan deb
hisoblandi. Ushbu jarayon Xiva, Urganch, Xonqa, Hozorasp, Shovot, Gurlan,
Toshxovuz, Ilonli, Xo‘jayli, Mang‘it, Qo‘ngrad kabi shaharlardagi 18 ta kassada
amalga oshirildi.
1000 tinga (ming tinga) teng bo‘lgan kupyura.
3-rasm.
1924 yil iyun oyiga kelib, pul birligi almashtirish jarayoni tugallandi, va
deyarli barcha qadrsizlangan pullar yig‘ib olindi. Xorazmning muomaladagi eski
pullari miqdori 91 milliard 600 million so‘mga yetdi. Shu bilan birga, bu davrda
SSSRda pul birligini almashtirish jarayoni ham tugatildi va o‘rniga kaznacheyskiy
biletlar, kumush va mis pullar chiqarildi.
Xorazm SSRda amalga oshirilgan pul islohoti davomida oltin, kumush va
mis pullar aholining qo‘lida ishlatilib, keyinchalik ular markaz tomonidan yig‘ib
olindi. 20-yillarning oxiri va 30-yillarning boshlarida faqat oltin va kumush
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
34
pullarga sotiladigan tovarlar siyosati amalga oshirildi. Natijada, aholi qo‘lidagi bu
pullarning asosiy qismi markaz tomonidan o‘zlashtirildi.
Shundan so‘ng, 1947 yilda ikkinchi pul islohoti va 1961 yilda uchinchi pul
islohoti amalga oshirildi. Ushbu islohotlar davomida muomaladagi pullar qiymati
o‘zgartirildi va yangi pul birliklariga o‘tildi, masalan, 10 so‘mlik pullar 1 so‘m
qiymatiga tenglashtirildi.
Bu tarixiy jarayonlar Xorazm SSRning iqtisodiy tizimida katta o‘zgarishlar
va transformatsiyalarni keltirib chiqardi.
Qo‘shni Amudaryo viloyati bilan iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlikni
kuchaytirish, Xorazm va Turkiston Respublikasi mehnatkashlari o‘rtasida
do‘stlikni mustahkamlash masalasi asosiy e’tiborda bo‘ldi. Yig‘ilishda Xorazmda
ilgari yuzaga kelgan nizolarning sababi chor Rossiyasining bosqinchilik siyosati
ekani ochiq aytildi.
Kelajakda fuqarolik majburiyatlari — ya’ni mehnat va harbiy xizmat teng
ravishda taqsimlansa, o‘zaro nizolarga barham berilishi mumkinligi qayd etildi. Bu
tashabbus G. I. Broyda tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, unda ishtirok etgan o‘zbek
va turkman urug‘ boshliqlari, oqsoqollar bu g‘oyalarni to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.
Natijada, turkman mehnatkashlarining vakillarini ham markaziy hokimiyatga
saylash zarurligi tan olindi va bu yo‘nalishda amaliy harakatlar boshlab yuborildi.
Islohot natijasida muomaladagi pul birliklari qisqardi, yagona tizim
shakllandi. Biroq, qishloq aholisi orasida yangi pullarga ishonchsizlik saqlanib
qoldi. Savdo-sotiqda natural almashinuv davom etdi. Islohot ijobiy samara bergani
holda, markazlashgan iqtisodiy nazoratning kuchayishiga ham olib keldi.
2
Xujaev A. SSSR iqtisodiy siyosati va Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlar. – Toshkent, 1990.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
35
Xulosa qilib aytganda, Xorazm Xalq Sovet Respublikasidagi pul islohoti
nafaqat
iqtisodiy
barqarorlikni
tiklash,
balki
sovet
hokimiyatining
mustahkamlanishida muhim rol o‘ynadi. Bu islohot mintaqada markazlashgan
boshqaruv va yagona iqtisodiy tizimga o‘tishning boshlanishi bo‘ldi. Shu bilan
birga, u mahalliy iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tibordan chetda
qoldirganligi sababli, ba’zi ijtimoiy muammolarni keltirib chiqardi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Султанов А.Х. Хорезмская Народная Советская Республика: история и
современность. Ташкент, 1998.
2.
Ahmedov M. O‘zbekistonda moliya-iqtisod islohotlari tarixi. – Toshkent:
“Sharq”, 2004.
3.
Yunusov Sh. Savdo va pul muomalasi tarixidan. – Toshkent: “O‘qituvchi”,
1995.
4.
Xujaev A. SSSR iqtisodiy siyosati va Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlar. –
Toshkent, 1990.