https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
7
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI OʻQUVCHILARDA ADAPTATSIYA
JARAYONINING KECHISHI
Nilufar Axmadova Parda qizi
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani 35-maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA : Bolaning maktab ta’limiga psixologik moslashuvi
birinchidan, bilim olish uchun bolada moyillik va o‘quvchining ijtimoiy
yo‘nalishi shakllangan bo‘lishi, ikkinchidan, o‘z tengdoshlari bilan muloqot qila
bilishi, o‘qituvchining talablarini bajarishi, o‘z xulqini nazorat qila olish kabi
jihatlarining shakllanganligiga bog‘liq.
Kalit so’zlar: Psixologiya, pedagogika, maktab, ta’lim, fiziologik
o’zgarishlar, motivatsiya, psixofiziologik holat, individuallik, “psixologik
salomatlik”.
KIRISH
Ushbu maqolada maktabga qabul qilingan olti yoshli bolalarni yangi
ijtimoiy muhitga moslashtirish,barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga
kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi
psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-
onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalik, ya’ni bola tug‘ilganidan boshlab, maktab yoshigacha bo‘lgan davrini
qamrab olgan. Shuningdek, bolalar psixologiyasining hozirgi vaqtdagi dolzarb
muammolari ko‘proq o‘z aksini topgan.
Bular bolani o‘quv faoliyatiga “silliq” o‘tishini ta’minlaydi.Maktabga
qabul qilingan olti yoshli bolalarni yangi ijtimoiy muhitga moslashtirish
maktab psixologi va boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi faoliyatida muhim o‘rin
tutadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
8
Olti yoshli bolalarning maktabga moslashuvi va rivojlanish dinamikasini
o‘rganish uchun maktab amaliyotchi psixologlari va boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari tomonidan trening mashg‘ulotlari va korreksion rivojlantirish
mashg‘ulotlarini o‘tkazilishi muhimdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to‘g‘risida
qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet
manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa
chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo’llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bolalarning maktab sharoitiga moslashuvini bir necha bosqichlarga bo‘lib
o‘rganish mumkin, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, organizm
funksional tizimining turli zo‘riqqanlik darajasi bilan tavsiflanadi.
Birinchi bosqich – mo‘ljal oluvchi bo‘lib, bunda tizimli muloqot boshlanishi
bilan bog‘liq yangi ta’sirlar majmuasiga organizmning deyarli barcha tizimlari
jo‘shqin reaksiyalar bilan javob qaytaradi. Bu “fiziologik o‘zgarishlar” uzoq
davom etadi (2-3 hafta).
Ikkinchi bosqich – beqaror moslashuv, organizm bu ta’sirlarga qandaydir
maqbul yoki qulayroq bo‘lgan variantlarni izlaydi. Bu bosqichda “noodatiy
holatlar” asta-sekin susayadi.
Uchinchi bosqich – nisbatan barqaror moslashuv davri. Bunda organizm
bosimga qarshi kamroq zo‘riqish talab etuvchi variantlarni topadi. O‘quvchi
qanday ishni bajarmasin, bu xoh yangi bilimlarni o‘zlashtiruvchi faoliyat bo‘lsin,
xoh statistik bosim yoki turli jamoalardagi muloqotdagi psixologik bosim bo‘lsin
organizm aniqrog‘i, uning har bir tizimi zo‘riqish faoliyati bilan javob beradi.
Shuning uchun har bir tizim qanchalik ko‘p zo‘riqsa, organizm shunchalik ko‘p
zahirasini yo‘qotadi. Biz bilamizki bola organizmining imkoniyatlari u darajada
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
9
ko‘p emas. Uzoq davom etuvchi zo‘riqish, charchoq esa, boladan ko‘p energiyani
talab etadi.
Moslashuvni 3-bosqichining davomiyligi taxminan 5-6 hafta davom etadi,
o‘quv yilining birinchi oyi eng murakkab moslashuv davri bo‘lib hisoblanadi.
Moslashish jarayoning muvaffaqiyati bolaning sog‘lom holati va o‘qishga
psixologik tayyorligi bilan aniqlanadi.
Olti yoshli bolalarning moslashuvi bo‘yicha tavsiyalar:
-
O‘qish va o‘qishdan tashqari ishlarni tizimli tashkil etish;
-
ta’lim dasturini murakkablashtirish va jadallashtirishdan qochish;
-
qo‘shimcha topshiriqlarni cheklash;
-
nevrologik kasalliklar va funksional buzilishlarda individual
korreksion rivojlantiruvchi ishlarni tashkil etish;
-
dars jarayonida guruhiy va individual yondashuvni tashkil etish;
-
materialni tushuntirish, yozuvga o‘rgatish bo‘yicha individual
yondashuvni tashkil etish;
-
yetarli shart-sharoitlar yaratish;
-
o‘quvchilar asab tizimi va ish qobiliyatining qayta tiklanishini
hisobga olib, qiyin fanlarni osonroq o‘zlashtiriladigan fanlar bilan oralatib
qo‘yilishini ta’minlash;
-
o‘quvchilar toliqish va charchashini hisobga olib tanaffussiz va
qo‘shaloq darslarni o‘tilishiga yo‘l qo‘ymaslik;b
-
bosh miya yarim sharlari ishchanlik darajasining faolligiga qarab
o‘quv darslarini boshlang‘ich sinflarda har kuni 3-4 soatdan o‘tilishini ta’minlash;
-
1-sinf
o‘quvchilarining maktab sharoitiga moslashuvlarini
yengilashtirish maqsadida bosqichma-bosqich o‘quv darslarini sentyabr oyida 35-
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
10
daqiqadan har kuni 3-soat, 2-chorakda 35 daqiqadan kuniga 4 soatdan o‘tilishini
ta’minlash;
-
shaxslararo munosabatlarning keskin kechishi;
-
bola organizmining toliqishi va zo‘riqishi;
-
psixofiziologik holat (charchoq, mudroq, zerikish)ning kuzatilishi;
-
yangi mavzuni o‘zlashtirishdagi ko‘nikma va malakalarni
rivojlantirish bo‘yicha individual ishlarni tashkil etish;
-
o‘quvchilardagi charchash va mudroq holatlarini bartaraf etuvchi
qisqa muddatli psixologik o‘yinlar va treninglardan foydalanish;
-
o‘quvchilarda emotsional his-tuyg‘ular va irodaviy sifat
(qat’iyatlilik)larni shakllantirish;
-
o‘quvchilar bilish psixik jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha
korreksionrivojlantiruvchi o‘yinlar tashkil etish;
-
mayda qo‘l motorikasi va ko‘ruv harakat koordinatsiyasini
rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etish;
-
dars jarayoniga barcha o‘quvchilarni (a’lochimi yoki past
o‘zlashtiruvchimi) jalb etish; - o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonch hissini
oshirish;
-
o‘quvchilarda kommunikativ (o‘zaro fikr almashinuv) qobiliyatlarni
rivojlantirish;
-
o‘quvchilarning psixofiziologik holatlar (charchash, zerikish,
chalg‘ish)ini bartaraf etish maqsadida psixologik o‘yin (“Mening sevimli mevam”,
“Adashib ketmayman”, “Kuzatuvchanlik”, “Qarsaklar” v.b.) mashqlaridan
foydalanish;
-
darsni tortinchoqlik va zo‘riqish kabi holatlardan xoli bo‘lgan
vaziyatlarda tashkil etish, shaxslararo munosabatlar muhitini yaratish;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
11
-
o‘quvchilarda charchash va zo‘riqish kabi holatlarni oldini olish
uchun relaksatsiya mashqlarini tashkil etish;
Moslashish jarayoni qiyin kechayotgan bolalar bilan korreksion
mashg‘ulotlarni olib borish hamda ularning ota-onalari bilan hamkorlik ishlarini
tashkil etish; - past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan individual yondashuvni
tashkil etish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida jomoa ishlarida yetakchi
vazifalarni topshirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarda maktab taʼlimiga
tayyorlash hamda unda savodxonligini rivojlantirish quyidagi talablarga
boʻysunadi.
- bolani rivojlantirishga qaratilgan qulay, doʻstona, xavfsiz muhitni yaratish.
Bolalar jamoasida doʻstona munosabatni qadrlash. Bolaga yoʻnaltirilgan taʼlimga
yondashuv asosida taʼlim -tarbiya berish, uzoq davom etadigan mashgʻulotlar bilan
emas, balki bolada qiziqishni uygʻotadigan, uni hayratlantiradigan oʻyinlardan
iborat taʼlimiy jarayonlarni tashkil etish. Oʻyindan asosiy taʼlimiy faoliyat sifatida
foydalanish. Didaktik vositalarni keng qoʻllash.
- bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning xotirasi,
diqqati, nutqi, tafakkurini inobatga olish. Bolada oʻqishga nisbatan xohish, istak,
qiziqish uygʻotish. Kattalar tomonidan bolaga bosim oʻtkazish, uning erishgan
natijalaridan qoniqmaganlikni bildirish man etiladi.
- olib boriladigan taʼlim va tarbiyaviy jarayonlar ketma-ketlikda, oddiydan
murakkablashib borishi zarur.
- tizimli ravishda bolada kichik yosh davridan boshlab soʻzlarni toʻgʻri
talaffuzini rivojlantirish. Tarbiyachi oʻz nutqiga nisbatan talabchan boʻlishi.
- bolalarda oʻz nutqida toʻgʻri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-
xil gap konstruksiyalaridan va yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan
foydalana olishga boʻlgan ishonchni hosil qilish.
XULOSA
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
12
Umuman xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, bolalarni 6-7 yoshda maktab
taʼlimiga tayyorlash, ularda ertaga maktab dasturlarini yaxshi oʻzlashtirishlari,
shuningdek ularning intilishlari, qobiliyatlarini namoyon qilishga imkoniyat
yaratadi. Bolalarni maktabga tayyorlashda, maktabgacha yoshdagi bolalik inson
tafakkuri va umuman inson shaxsini shakllantirish jarayonida alohida rol oʻynaydi,
jamiyatimizning ongli avlodini tarbiyalashga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Ta’lim to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. – T.:
O‘zbekiston. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob
xalqimiz bilan quramiz. – T.:O‘zbekiston, 2017.
2.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi//
5. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
3.
Югай А.Х., Мираширова Н.А. “Oбщая психология” – Ташкент 2014.
4.
Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.