Авторы

  • Murodullayev Salohiddin Bobojon o‘g‘li

Биография автора

  • Murodullayev Salohiddin Bobojon o‘g‘li

    Raqamli iqtisodiyot va agrotexnogiyalar universiteti Tijorat banklarini boshqarish yo‘nalishi 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88076

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: tijorat banklar likvidlilik likvidlilik riski moliyaviy barqarorlik xalqaro tajriba Basel III stress testlar xavf xatarlarni boshqarish.

Аннотация

Annotatsiya: Tijorat banklari likvidligini ta’minlash va moliyaviy barqarorligini boshqarish jahon miqyosida bank sektorining inqirozlarga chidamliligini ta’minlash va iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tezisda likvidlik va moliyaviy barqarorlikning nazariy asoslari xalqaro va mahalliy olimlarning so‘nggi yillardagi ishlari  ko‘rib chiqiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

361

TIJORAT BANKLARI LIKVIDLIGINI TA’MINLASH VA MOLIYAVIY

BARQARORLIGINI BOSHQARISH STRATEGIYALARI

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnogiyalar universiteti Tijorat banklarini

boshqarish yo‘nalishi 2-kurs magistranti

Murodullayev Salohiddin Bobojon o‘g‘li

salohiddinmurodullayev71@gmail.com

Annotatsiya: Tijorat banklari likvidligini ta’minlash va moliyaviy

barqarorligini boshqarish jahon miqyosida bank sektorining inqirozlarga

chidamliligini ta’minlash va iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim

ahamiyat kasb etadi. Ushbu tezisda likvidlik va moliyaviy barqarorlikning nazariy

asoslari xalqaro va mahalliy olimlarning so‘nggi yillardagi ishlari ko‘rib

chiqiladi.

Kalit so‘zlar: tijorat banklar, likvidlilik, likvidlilik riski, moliyaviy

barqarorlik, xalqaro tajriba, Basel III, stress testlar, xavf xatarlarni boshqarish.

Jahonda moliyaviy institutlarning barqarorligini ta’minlash, xususan, tijorat

banklarining likvidligini boshqarish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash

dolzarb iqtisodiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. So‘nggi yillarda jahon

iqtisodiyotidagi moliyaviy beqarorlik va nomutanosibliklar, shu jumladan 2008-

yilgi global moliyaviy inqiroz, COVID-19 pandemiyasi davrida yuzaga kelgan

likvidlik inqirozi, shuningdek 2025 yilda Pulaski Savings Bank, 2024 yilda The

First National Bank of Lindsay, Republic First Bank and Republic, Bank 2023-

yilda AQShdagi Silicon Valley Bank va Signature Bank singari yirik moliyaviy

institutlarning qulash holatlari (FDIC, 2025)

1

bank likvidligi va barqarorligini

boshqarish masalasining strategik ahamiyatini yanada oshirdi. 2024-yilda

1

Federal Deposit Insurance Corporation (FDIC), 2025. Failed Bank List


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

362

O‘zbekiston bank tizimi moliyaviy barqarorlikni saqlab qoldi. Markaziy bank

ma’lumotlariga ko‘ra, bank tizimining jami aktivlari 648,6 trillion so‘mni tashkil

etdi, bu 2023-yilga nisbatan 15,4% o‘sishni ko‘rsatadi. Biroq, o‘sish sur’atlari

oldingi yillardagi 20-30% ko‘rsatkichlardan sekinlashdi. Jami majburiyatlar esa

549,6 trillion so‘mga yetdi. Kapital monandlik koeffitsiyentlari minimal

talablardan yuqori bo‘lib, jami kapital monandligi 17,3%, I darajali kapital

monandligi esa 14,2% ni tashkil etdi. Bu banklarning moliyaviy mustahkamligini

ko‘rsatadi.

2

Bundan tashqari tijorat banklari aktivlarining likvidliligini ta’minlash

va moliyaviy barqarorligini samarali boshqarish orqali bank faoliyatida yuzaga

keladigan salbiy oqibatlarni oldini olish muhim omil hisoblanadi.

Bankning

likvidliligi

- bank aktivlar o‘sishini moliyalashtirishi va ko‘zda tutilmagan

(nomaqbul) yo‘qotishlarsiz majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash

imkoniyati hisoblanadi.

3

O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidligini taʼminlash va

moliyaviy barqarorligini samarali boshqarish asosiy masalalardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi

O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF-60-son Farmonida «bank

tizimida moliyaviy barqarorlikni taʼminlash bo‘yicha Markaziy bank tomonidan

yillik moliyaviy barqarorlik sharhini e’lon qilish, Xalqaro valyuta jamg‘armasi

ko‘magida iqtisodiyotda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni aniqlash,

ularning bank tizimi barqarorligiga taʼsirini baholashga qaratilgan stress-test

modellarini ishlab chiqish. Bunda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy

yo‘qotishlarga banklarning bardoshliligini taʼminlash maqsadida makroprudentsial

buferlar yaratish choralarini ko‘rib borish»

4

kabi vazifalar belgilab berilgan. Ushbu

2

www.cbu.uz

Markaziy ba

nk ma’lumotlaridan olindi.

3

Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 13-

avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2709

4

[ Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF

-60-

son «2022

-

2026 yillarga moʼljallangan

Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida»gi Farmoni.]


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

363

belgilangan vazifalar asosida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini samarali

boshqarishda ayrim muammolaga yechimlar ishlab chiqishni taqazo qilmoqda.

Banklar moliyaviy barqarorlik ta’minlash maqsadida yuqori likvidlidli

aktivlar (naqd pullar, davlat qimmatli qog’ozlari, oltin, qisqa muddatli banklararo

depozit va kreditlar) va yuqori daromadli aktivlar o’rtasida muvozanatni saqlashi

lozim. Chunki yuqori likvidlik qisqa muddatli majburiyatlarni qoplashda yordam

beradi, ammo bank daromadliligi qisqartiradi, yuqori daromadli aktivlar bankning

foydasini oshirish bilan bir qatorda riskni ham oshiradi. Banklar ushbu muvozatni

saqlashga alohida e’tibor berishi lozim hisoblanadi.

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi tavsiyasiga ko‘ra banklar uchun moliyaviy

barqarorlik ko‘rsatkichlari (FSI) quyida keltirilgan:

- regulyativ kapitalning riskka tortilgan aktivlar jami so‘mmasiga nisbati;

- 1-darajali kapitalning jami aktivlarga nisbati;

- muammoli (Non performance loans) kreditlarni jami bank kreditlariga

nisbati;

- aktivlarning daromadliligi (ROA) soliq to‘langunga qadar sof foydaning

jami aktivlarga nisbati;

- kapital rentabelligi (ROE) Sof daromadning jami kapitalga nisbati;

- likvid aktivlarni qisqa muddatli majburiyatlarga nisbati;

- jami aktivlarni jami kapitalga nisbati;

- sof ochiq valyuta pozitsiyasining kapitalga nisbati.

5

Franklin Allen va Douglas Gale (2017)

o‘zlarining “financial crises and

liquidity” tadqiqotida likvidlikni banklarning moliyaviy barqarorligidagi asosiy

omil sifatida ko‘rib chiqib, ularning

nazariyasiga

ko‘ra, banklarning qisqa

muddatli qarzlarga (masalan, tijorat qimmatli qog‘ozlari yoki qisqa muddatli

depozitlar) tayanib, uzoq muddatli va likvid bo‘lmagan aktivlarga (masalan,

5

IMF.org

https://legacydata.imf.org/?sk=51b096fa-2cd2-40c2-8d09-0699cc1764da


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

364

ko‘chmas mulk kreditlari yoki korporativ obligatsiyalar) sarmoya kiritishi likvidlik

muammolarini keltirib chiqaradi. Bu jarayon bank runs (ommaviy pul yechib olish)

va bozor nosimmetriklari (ma’lumotlarning notekis taqsimlanishi) tufayli

kuchayadi, natijada moliyaviy inqiroz yuzaga keladi.

Inqirozdan oldin banklarni tartibga solish va moliyaviy barqarorligini

boshqarish uchun ko‘p jihatdan kapitalni tartibga solishga tayangan. Likvidlikni

tartibga solishdan keng miqyosda foydalanilmagan. Inqiroz davridagi likvidlik

muammolari likvidlik talablarini keltirib chiqardi. Natijada, Bazel III dunyo

miqyosida likvidlik standartlarini joriy qildi.

6

2008-yilgi moliyaviy inqirozdan so‘ng Basel Bank Nazorati Qo‘mitasi

tomonidan ishlab chiqilgan Basel III standartlari likvidlik va kapital yetarliligini

ta’minlashga qaratilgan. Ushbu standartlar quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni o‘z

ichiga oladi:

Likvidlikni qoplash koeffitsiyenti (LCR)

: Likvidlilikni qoplash me’yori

koeffitsiyenti (Liquidity Coverage Ratio) yuqori likvidli aktivlarning keyingi 30

kun ichidagi jami sof chiqimga nisbati sifatida aniqlanadi (LQMK=yuqori likvidli

aktivlar/keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqim).

Sof barqaror moliyalashtirish koeffitsiyenti (NSFR)

: SBMMK (Net Stable

Funding Ratio) barqaror moliyalashtirishning mavjud summasini barqaror

moliyalashtirishning zarur summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.

(SBMMK=barqaror moliyalashtirishning mavjud summasi/barqaror

moliyalashtirishning zarur summasi).

Mamlakatimiz tijorat banklari 2024 yil I yarim yilligi yakuniga ko‘ra, milli

valyuta bo‘yicha qisqa muddatli (1 yilgacha) aktivlarning jami aktivlardagi ulushi

48 foizni, majburiyatlar qismida esa ushbu ulush 57 foizini tashkil etgan. Banklar

jami aktivlari tarkibida uzoq muddatli aktivlar hamda bank majburiyatlari tarkibida

esa qisqa muddatli majburiyatlar ulushlarining yuqoriligi muddatlar o‘rtasidagi

6

Allen, F., & Gale, D. (2017).

Financial Crises and Liquidity

. Oxford: Oxford University Press


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

365

nomutanosiblik xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Bunda, uzoq muddatli aktivlar

hisobidan qisqa muddatli majburiyatlarni moliyalashtirishda qiyinchiliklarning

yuzaga kelishi banklarda likvidlilik muammosiga sabab bo‘ladi.

Xulosa

Tijorat banklarining likvidligini ta’minlash va moliyaviy barqarorligini

boshqarish zamonaviy iqtisodiyotda bank tizimining barqaror ishlashi va global

inqirozlarga chidamliligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Likvidlik

banklarning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va katta yo‘qotishlarsiz bajarish

qobiliyati sifatida muhim rol o‘ynaydi. Global moliyaviy inqirozlar, xususan,

2008-yilgi inqiroz, 2020-yildagi COVID-19 pandemiyasi va 2023-2025-yillarda

AQShda yuz bergan bank bankrotliklari likvidlik xavfini boshqarishning

dolzarbligini ta’kidladi. O‘zbekiston bank tizimi 2024-yilda barqaror o‘sishni

namoyish etdi, ammo uzoq muddatli aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar

o‘rtasidagi nomutanosiblik likvidlik muammolarini keltirib chiqarishi mumkin.

Shu sababli, banklar yuqori likvidli aktivlar (naqd pullar, davlat qimmatli

qog‘ozlari) va daromadli aktivlar (uzoq muddatli kreditlar) o‘rtasida muvozanatni

saqlashga e’tibor berishi zarur. Basel III standartlari, xususan, Likvidlikni qoplash

koeffitsiyenti (LCR) va Sof barqaror moliyalashtirish koeffitsiyenti (NSFR)

banklarning qisqa va uzoq muddatli likvidlik xavfini boshqarishda samarali vosita

sifatida xizmat qiladi. O‘zbekiston banklari ushbu standartlarni mahalliy

sharoitlarga moslashtirib, likvidlik buferlarini shakllantirish va moliyalashtirish

manbalarini diversifikatsiya qilish orqali barqarorlikni oshirishi mumkin. Stress-

testlar esa iqtisodiy inqirozlar va noqulay sharoitlarga banklarning chidamliligini

baholashda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Markaziy banki Xalqaro Valyuta

Jamg‘armasi ko‘magida ushbu modellarni joriy etish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda kapital yetarliligi, xavf-xatarlarni boshqarish

va makroprudentsial choralar muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston banklari I darajali


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

366

kapitalni oshirish, muammoli kreditlar ulushini kamaytirish va valyuta xavfini

boshqarish orqali moliyaviy mustahkamlikni oshirishi mumkin. Zamonaviy

texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar tahlili likvidlik

oqimlarini prognoz qilish va xavflarni erta aniqlashda samarali yordam beradi.

O‘zbekiston tijorat banklari uchun quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: Basel III

standartlarini to‘liq joriy etish, stress-testlarni kengaytirish, muddatlar

muvozanatini ta’minlash, texnologik innovatsiyalardan foydalanish va ichki

nazorat tizimlarini mustahkamlash. Ushbu strategiyalar mahalliy banklarning

global iqtisodiy noaniqliklarga chidamliligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan

birga, bank xodimlarining malakasini oshirish va xalqaro tajribani mahalliy

sharoitlarga moslashtirish orqali bank tizimining samaradorligi yanada

yaxshilanadi. Umuman olganda, likvidlik va moliyaviy barqarorlikni boshqarish

nafaqat banklarning barqaror ishlashi, balki O‘zbekiston iqtisodiyotining uzoq

muddatli rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Ushbu strategiyalarni amalda

qo‘llash bank tizimining global raqobatbardoshligini oshirishga va iqtisodiy

barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Allen, F., & Gale, D. (2017). Financial Crises and Liquidity. Oxford: Oxford

University Press.

2. Basel Committee on Banking Supervision. (2013). Basel III: The Liquidity

Coverage Ratio and Liquidity Risk Monitoring Tools. Bank for International

Settlements.

3.Basel Committee on Banking Supervision. (2013). Basel III: The Liquidity

Coverage Ratio and Liquidity Risk Monitoring Tools. Bank for International

Settlements.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

367

4. International Monetary Fund (IMF). (2020). Financial Soundness Indicators

(FSIs): Compilation Guide. Washington, D.C.: IMF.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son

Farmoni. 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot

strategiyasi to‘g‘risida.

6.O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. (2015). Tijorat banklari likvidligini

boshqarish to‘g‘risidagi nizom (Ro‘yxat raqami 2709).

7. Federal Deposit Insurance Corporation (FDIC). (2025). Failed Bank List.

Available

at:

https://www.fdic.gov/resources/resolutions/bank-failures/failed-

bank-list/.

8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2024). Bank tizimi statistikasi va

moliyaviy barqarorlik sharhi. https://www.cbu.uz.

9. Adrian, T., & Shin, H. S. (2010). Liquidity and Leverage. Journal of Financial

Intermediation.

10. European Central Bank (ECB). (2022). Stress Testing the Banking System:

Methodologies and Applications. Frankfurt: ECB Publications

11. World Bank. (2023). Global Financial Development Report: Banking Sector

Stability. Washington, D.C.: World Bank Publications