https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
349
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING YOZISH KO'NIKMASINI
RIVOJLANTIRISHDA EMOJLAR VA PIKTOGRAMMALARDAN
FOYDALANISH
.
Samarqand davlat chet tillari instituti
Ingliz tili fakulteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til ingliz tili
yo`nalishi 3-bosqich talabasi
Xolmatova Hamrobi Shermurod qizi
Annatatsiya, Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozuv
ko‘nikmalarini rivojlantirishda emojlar va piktogrammalardan foydalanishning
samaradorligi yoritilgan. Dars jarayonida ushbu vizual vositalar orqali
o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, yozma nutq tuzish malakasi va mavzuga bo‘lgan
qiziqishi oshgani amaliy tajribalar asosida isbotlangan. Tadqiqot natijalari ushbu
uslub ayniqsa past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun motivatsion omil bo‘lib
xizmat qilganini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: emojlar , piktogramma, yozish ko'nikmasi, boshlang'ich ta'lim,
vizual vosita, kreativlik.
Abstract (In English) This article analyzes the effectiveness of using emojis
and pictograms in developing writing skills among primary school students.
Through practical classroom experiments, it has been shown that these visual tools
enhance students’ creativity, sentence construction ability, and engagement in the
learning process. The results indicate that this method serves as a motivational
tool, especially for low-achieving students.
Keywords: emojis, pictogram, writing skills, primary education, visual tool,
creativity.
Аннотация (На русском языке)В статье рассматривается
эффективность использования эмодзи и пиктограмм в развитии навыков
письма у учеников начальных классов. Практические занятия показали, что
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
350
визуальные средства способствуют развитию креативного мышления,
навыков построения письменной речи и повышают интерес к обучению.
Результаты исследования показывают, что такой подход особенно полезен
для учащихся с низким уровнем успеваемости.
Ключевые слова: эмодзи, пиктограмма, навыки письма, начальное
образование, визуальные средства, креативность.
Bugungi kunda ta'lim sohasida innovatsion vositalar orqali o'quvchilarning
o'zlashtirish darajasini oshirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Boshlang'ich
sinf o'quvchilarining yozma nutqini rivojlantirishda an'anaviy yondashuvlar bilan
bir qatorda emojlar va piktogrammalardan foydalanish orqali ijodiy va qiziqarli
muhit yaratish mumkin. Ushbu maqola boshlang'ich ta'limda ushbu vositalardan
foydalanish samaradorligini tahlil qiladi.
Asosiy qism:
Nazariy asoslar:
Emoj - elektron muloqotda his-tuyg'ularni, harakatlarni,
predmetlarni ifodalovchi kichik grafik belgilar bo'lib, hozirda ta'limda ham keng
qo'llanilmoqda. Masalan, kulayotgan yuz (
), yig'layotgan yuz (
), kitob (
)
belgilaridan foydalanib, o'quvchilarning kayfiyatini yoki mavzuga bo'lgan
munosabatini ifodalash mumkin[1;24].
Piktogramma esa aniq bir ma'noni bildiruvchi rasmli belgidir. Masalan, yo'l belgisi
(stop belgisi), tualet belgisi, ovqatlanish joyi belgisi bolalar tomonidan tezda
tushuniladi va matn yaratishda vizual asos bo'lishi mumkin. Quyida bir nechta
piktogramma va emojlarga misollar berilgan.
1. Writing Tools
Pencil – for practicing letters
Notebook – for journaling
Writing task – for assignments
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
351
Crayons – for colorful stories
Books – to read and get inspired
2 . Fun Activities for Writing
Cut and Paste – hands-on writing
Draw and Write – creative stories
Puzzle words – word games
Dice stories – fun random writing
Picture prompts – imagine & write
Yozuv ko'nikmasi - bu o'quvchilarning fikrni aniq, to'g'ri va mantiqiy
izchillikda yozma shaklda ifodalash malakasi. Boshlang'ich sinflarda bu ko'nikma
asta-sekin, rasm, hikoya, matn asosida shakllantiriladi. Masalan, o'qituvchi
quyidagi rasmlarni beradi: qush (bird) , uy(home), bola(child) , va o'quvchi ushbu
rasmlar asosida quyidagi jumlani yozadi: "Bola qushga uy yasadi(A child make a
house for bird).
Amaliy tajriba: Dars jarayonida emoj va piktogrammalardan foydalanish
tajribasi quyidagicha tashkil etildi:
O'quvchilarga emojlar ketma-ketligi beriladi, masalan: "
+
+
".
Topshiriq: bu emojlarga qarab gap tuzing. Javob: "Qiz olma yeb xursand
bo‘ldi."[1;26]
Piktogrammalar asosida gaplar tuzish mashqlari: masalan, rasmda kitob,
qalam, soat berilgan. O‘quvchi: "Soat to‘qqizda men qalam va kitob olib dars
qildim." Yoki bola, maktab, avobus rasmlari berilgan bo`lsa quydagicha gap tuzish
mumkin. “Bola maktabga avtobusda bordi”.
Interaktiv doskada emojilar orqali vaziyat yaratildi: "
+
+
". O‘quvchilar
ushbu belgilar asosida: "Quyoshli kunda bola futbol o‘ynadi" kabi gaplar yozdilar.
Natijalar: Tajriba darslaridan so'ng o'quvchilarning yozuvga bo'lgan qiziqishi
oshgani, gap tuzish malakasi rivojlangani, ijodiy yondashuvi kuchaygani kuzatildi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
352
Masalan, ilgari ikki so‘zli jumla yozgan o‘quvchi tajribadan so‘ng besh-olti so‘zli
hikoya yozishga harakat qiladi . Ayniqsa past o'zlashtiruvchi o'quvchilar uchun bu
usul ko'proq motivatsiya beradi. Ulardan biri shunday degan: "Emoji bo‘lsa o‘ylab
yozish osonroq bo‘ladi."
Muhokama:
Emodji va piktogrammalardan foydalanish orqali:
❖
O'quvchilarning tasavvuri va ijodiy fikrlashi rivojlanadi (masalan, "
+
" emodjilari orqali: "Bola tog‘ga velosipedda bordi" deb yozish);
❖
Yozma nutqni oson va tushunarli shaklda ifodalash imkoniyati paydo
bo'ladi;
❖
An'anaviy usullarga nisbatan bolalar qiziqishi oshadi.
Ammo haddan tashqari ko'p emodji ishlatish diqqatni chalg'itishi, ba'zan
noto'g'ri tushunilish ehtimoli bor. Masalan, "yurak" emodjisi turli kontekstlarda
turlicha tushunilishi mumkin.
Xulosa,
yozuv ko'nikmasini shakllantirishda emoj va piktogrammalar
vositasida o'quvchilarning ijodiy va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish mumkin.
O'qituvchilar ushbu vositalarni mavzuga mos holda, me'yorida va maqsadga
muvofiq qo'llashlari zarur. Kelajakda bu yo'nalishda dars ishlanmalari va metodik
qo'llanmalar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bundan tashqari bularni
dasr jarayonlarida qo`llash o`quvchilarni darsga bo`lgan e`tiborini jalb qilishda
samarali usullardan bo`lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogika texnologiyasi va pedagogik mahorat. Toshkent:
TDPU, 2020. – B. 24–26.
2. Anderson, L.W. & Krathwohl, D.R. A Taxonomy for Learning, Teaching, and
Assessing: A Revision of Bloom's Taxonomy of Educational Objectives. New
York: Longman, 2001.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
353
3. Vygotsky, L. Mind in Society: The Development of Higher Psychological
Processes. Harvard University Press, 1978.
4. Meskill, C. (2005). "Computer-Assisted Language Learning: Beyond the
Classroom." Language Learning & Technology, 9(3), 1-17.
5. Kress, G., & van Leeuwen, T. (2006). Reading Images: The Grammar of Visual
Design. Routledge
6. Gee, J.P. (2003). What Video Games Have to Teach Us About Learning and
Literacy. Computers in Entertainment, 1(1), 20-20.
7. Thurlow, C., & Mroczek, K. (2011). Digital Discourse: Language in the New
Media. Oxford University Press.