Авторы

  • Muxammadiyeva Ismigul Jamshidovna
  • Iskandarov Sherzod Abdug'aniyevich

Биографии авторов

  • Muxammadiyeva Ismigul Jamshidovna

    Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-kurs talabasi

  • Iskandarov Sherzod Abdug'aniyevich

    Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) dotsent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88085

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Sog‘liqni saqlash merosi strategiyasi ijtimoiy tibbiyot yondashuvi tibbiy-profilaktik chora-tadbirlar tibbiyot modeli tibbiy rejalashtirish tibbiyot va ideologiya.

Аннотация

Annotatsiya: Sog‘liqni saqlash,  tibbiyoti tarixi jahon madaniyati tarixining ajralmas qismidir. Har qanday davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri jamiyat hayotining muhim sohalari – sog‘liqni saqlash va tibbiyotni rivojlantirishdir. Bu muammoni tahlil qilish kompleks yondashuvni talab qiladi, chunki aholi salomatligini muhofaza qilish mehnat unumdorligining o‘sishiga, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy rivojlanishiga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biridir. O‘zbekistonda Sovet davrida tibbiyot fanining rivojlanishi bir qator ilmiy, tashkiliy va amaliy tadqiqotlarning samarasi sifatida shakllandi. Bu davrda tibbiyot sohasida tizimli islohotlar amalga oshirilib, tibbiy ta'lim, ilmiy tadqiqotlar va sog‘liqni saqlash tizimining asoslari mustahkamlandi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

291

O`ZBEKISTONDA SOVET DAVRIDA SOG`LIQNI SAQLASH TIZIMI,

PROFILAKTIK TIBBIYOT VA OMMAVIY SOG`LOMLASHTIRISH

SIYOSATI

Muxammadiyeva Ismigul Jamshidovna

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-kurs talabasi

Iskandarov Sherzod Abdug`aniyevich

Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi tarix fanlari bo`yicha

falsafa doktori (PhD) dotsent

Annotatsiya: Sog‘liqni saqlash, tibbiyoti tarixi jahon madaniyati tarixining

ajralmas qismidir. Har qanday davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri

jamiyat hayotining muhim sohalari – sog‘liqni saqlash va tibbiyotni

rivojlantirishdir. Bu muammoni tahlil qilish kompleks yondashuvni talab qiladi,

chunki aholi salomatligini muhofaza qilish mehnat unumdorligining o‘sishiga,

jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy rivojlanishiga ta'sir qiluvchi asosiy

omillardan biridir. O‘zbekistonda Sovet davrida tibbiyot fanining rivojlanishi bir

qator ilmiy, tashkiliy va amaliy tadqiqotlarning samarasi sifatida shakllandi. Bu

davrda tibbiyot sohasida tizimli islohotlar amalga oshirilib, tibbiy ta'lim, ilmiy

tadqiqotlar va sog‘liqni saqlash tizimining asoslari mustahkamlandi.

Kalit so’zlar: Sog‘liqni saqlash merosi, strategiyasi, ijtimoiy tibbiyot

yondashuvi, tibbiy-profilaktik chora-tadbirlar, tibbiyot modeli, tibbiy

rejalashtirish, tibbiyot va ideologiya.

XIX asrning 60-yillarida O‘rta Osiyo hududining ko‘p qismi rus

podshosining qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Qo‘qon xonligi tugatildi. Uning

o‘rnida chor hukumatining Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. Uning

tarkibida harbiy-tibbiy boshqarma tashkil etildi. Xiva xonligi bilan Buxoro amirligi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

292

rasmiy jihatdan mustaqilliklarini saqlab qoldilar. Ammo, ular chor hukumatining

ta’siriga tushib qolgan edilar. 1886-yilda Turkiston general-gubernatorligi

"Rossiyaning Turkiston o‘lkasi", deb e’lon qildi. O‘rta Osiyo chor Rossiyasi

tomonidan bosib olingandan so‘ng bu yerda muhim siyosiy, iqtisodiy va m'adaniy

o‘zgarishlar yuz berdi. Siyosiy jihatdan o‘zbek xonliklari chor hukumatiga qaram

bo‘lib qoldilar. Iqtisodiy jihatdan bu yerda qisman jonlanish yuz berdi. Xususan,

qishloq xo‘jaligi (paxtachilik) rivojlana boshladi. Rus kapitalistlari o‘zbek

paxtasini arzon narxda sotib olib, tashib keta boshladilar. Shu munosabat bilan

paxta maydonlari kengaytirildi. Yangi ekin maydonlari ochildi. Ammo,

dehqonlarning ish sharoiti o‘zgarmay qoldi. Dehqonchilikda ishlatiladigan texnika

juda oddiy edi. Oddiy omoch va ketmondan boshqa hech qanday texnika yo‘q edi.

Hamma ish qo‘l kuchi bilan bajarilardi. Bunday og‘ir mehnat va o‘lkaningina

o‘ziga xos jazirama sharoiti kishilarning tinkasini quritib, ular o‘rtasida har xil

kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lardi. Bundan tashqari o‘lka sharoitiga

xos kasalliklar (bezgak, leishmanioz, brutsellyoz, rishta singari kasalliklar ham

tarqalgan edi. O‘lkada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dastlabki ishlash

korxonalari (paxta tozalash zavodlari, moy va sovun ishlab chiqaruvchi

korxonalar) qurildi. Ammo bu korxonalarda ish sharoiti og‘ir edi. Mehnatni

muhofaza qilish choralari amalga oshirilmas edi. Bu korxonalarda ishlovchi

ishchilarga tibbiy yordam tashkil qilinmagandi. Ishchilar og‘ir sharoitda 12-14

soatlab ishlardilar. Bu hoalt esa ishchilarning sog`lig`ining yomonlashuviga turili

xil kasalliklar tarqalishiga sabab bo`ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra faqat 1893-

yilning o‘zidagina 200000 dan ortiq kishi bezgak kasalligi bilan og‘rib, shulardan

40 ming kishi vafot etgan. Boshqa kasalliklardan ham ko‘p kishi halok bo‘lgan.

O`lkada aholi sog`lig`ini saqlashga qaratilgan faoliyat olib boruvchi tashkilotlar

ham yo`q edi, faqatgina rus ma’muriyatiga qarashli ayrim tibbiyot muassaslar bor

edi. Keyinroq har bir Shahar va qishloqlarda harbiy gorizontlar tashkil etila

boshlandi u yerda harbiy vrachlar bor edi , shuningdek harbiy gospitallar ham


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

293

tashkil etilgan edi. Ammo ular oddiy aholiga xizmat ko`rsatmas edi. Keyinroq

fuqaroviy tibbiy muassasalar ham paydo bo‘la boshladi. Bular ham Rusiyadan

ko‘chirib olib kelingan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatardilar. Rasmiy

ma’lumotlarga ko‘ra 1868-yilda Toshkentda 30 o‘rinli harbiy lazaret ochilgan. U

1870-yilga kelib, 400 o‘rinli harbiy gospitalga aylantirilgan. Samarqandda 15

o‘rinli kasalxona ochilgan. 1873-yilda shunga o‘xshash kasalxona Kattaqo‘rg‘on

shahrida

barpo

etilgan.

1883-yilda

Toshkentda

ayollar

shifoxonasi

(ambulatoriyasi) ochilgan. Nihoyat, 1898-yilda Toshkentning Eski Shahar

mavzeyida shahar aholisi uchun 20 o‘rinli kasalxona ochiladi. So‘ng bunday

kasalxonalar Samarqand, Xiva va Buxoroda ham barpo etilgan edi. Ammo, bu

kasalxonalar juda kichik (10-15 o‘rinli) va yetarli darajada jihozlanmagan

muassasalar edilar. 1874-yilda Toshkentda birinchi zamonaviy dorixona ochildi. U

shahar hokimiyati qaramog‘ida edi. So‘ng xususiy dorixonalar ham paydo bo‘la

boshladi. 1913-yilga kelib ularning soni 33 taga yetdi. Bu kasalxona, ambulatoriya

va dorixonalar mutlaqo yetarli bo‘lmasalar ham, ularning o‘lkada paydo bo‘lishi

tibbiyot olamida ijobiy hodisa edi. O‘lkada zamonaviy shifoxona va

dorixonalarning paydo bo‘lishi mahalliy tabiblarning faoliyatiga ham o‘z ijobiy

ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, ular kasallarni davolashda zamonaviy dorixonadan

sotib olingan dorilardan ham foydalana boshladilar. O‘zbekiston hududida

uchraydigan kasalliklar rus soldatlari va Rusiyadan ko‘chirib olib kelingan rus

fuqarolari o‘rtasida ham tarqala boshladi. Xususan, ular bezgak, rishta, jarohat va

shularga o‘xshash kasalliklar bilan og‘riy boshladilar. Harbiy boshliqlar buni

ko‘rib, garnizonlarda xizmat qiluvchi vrachlarga bu kasalliklarni o‘rganish va

soldatlarni ulardan xoli qilishni buyurdilar. Vrachlar bu ishga kirishdilar va muhim

natijalarga erishdilar. Masalan, Samarqand garnizonining vrachi K.M.Aframovich

va Jizzax garnizonining vrachi T.K.Lopotovskiy rishta kasalligini tekshirib, bu

kasallikni maxsus gijja (gelmint) paydo qilishini aniqladilar. Toshkent

garnizonining

vrachi

P.F.Borovskiy

yomon

jarohat

(Leishmanioz)ning


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

294

qo‘zg‘atuvchisini topdi. Rus olimi K.I.Skiyabin yangi shistosoma gijjasini

aniqladi. Bu kashfiyotlar muhim amaliy ahamiyatga ega edi.

Ammo malakali mutaxassislar, tibbiy texnika va jihozlar, dori-darmonlar

yetishmasdi. Bu yanada yangi epidemiya holatlari rivojlanishiga xavf tug‘dirardi.

Ushbu yillarda aholining o‘lim darajasi 3 marta oshdi, tug‘ilish 2 martaga kamaydi.

Mamlakatda o‘limga olib keluvchi kasalliklarga va epidemiyaga qarshi yordamni

faqat, yaxshi tashkillashtirilgan sog‘liqni saqlash tizimi qutqara olishi mumkin edi.

1918-yilda xuddi shunaqa tizim faol shakllana boshladi. 1917-yil 26-oktyabrda

Davlat sog‘liqni saqlashni tuzish uchun tibbiy-sanitar bo‘lim tuzildi. 11-iyul 1918-

yil Xalq komissariati Soveti “Sog‘liqni saqlash xalq komissariati muassasalari

to‘g‘risida” dekret imzolandi. Uning birinchi rahbari qilib G.N.Kaminskiy

tayinlandi.

Yangi tibbiyotning eng muhim prinsipi bu davlat xarakteriga ega bo‘lish edi.

Jamiyatning eng qashshoq qatlamalariga tibbiy xizmatlar uchun imtiyozlar

kiritilgan, davolash profilaktika muassasalarning soni ko‘paytirilgan. Keyinchalik

sanitariya-gigiyena nazorati bo‘yicha xizmatlar tashkillashtirilgan. Doimiy sanitar

nazorat nafaqat korxonalarda, balki aholining shaxsiy hayotida ham o‘rin topgan.

Xukumat tarafdan bu rejalarni amalga oshirishga katta mablag‘lar ajratilgan. Yaqin

orada butun ittifoq bo‘yicha vabo, chechak, o‘lat kabi kasalliklar tugatilgan.

Bunday chora tadbirlarning samarasi shunchalik yuqori bo‘lganki, ham tinchlik

davrida, ham ikkinchi jahon urushi davrida epidemiyalar ta’sodiflari

ta’kidlanmagan.

Ikkinchi jahon urushi yillarida kichik tibbiyot xodimlari tayyorlashda Qizil

Yarim oy jamiyati tashkilotlari katta o‘rin tutdi. Jumladan, O‘zbekiston SSRda

tashkilot tomonidan urush yillarida 7000 hamshira, 16700 sanitariya drujinachilari,

10 mingdan ortiq tibbiyot instruktori va sanitarkalar tayyorlandi. Evakuatsiya

shifoxonalarida jamiyatning 230 hamshirasi, 2000 drujinachi ayollar ishlagan.

Jamiyatning 17000 dan ortiq o‘qitilgan faollari ixtiyoriy ravishda yaradorlar bilan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

295

O‘zbekiston gospitallarida va saralash stansiyalarida ishlashgan. Urushning

boshida 2500 hamshira va drujinachi ayollar o‘z ixtiyori bilan frontga jo‘nab ketdi

va front va armiya bo‘linmalarida fidokorona jang qildi, ularning ko‘plari hukumat

mukofotlari bilan taqdirlandi. 1941-1945-yillar davomida o‘zbek tilida nashr

etilgan front va frontorti gazetalarida bir qator o‘zbek tibbiyot xodimlarining

nomlari mashhur bo‘lgan edi.

Xususan, harbiy vrach sifatida Stalingrad uchun bo‘lgan janglarda boshdan

oxirigacha qatnashgan Xolmat Rahimov, sanitarlardan buxorolik Rahima Alimova

, sanitariya instruktori katta serjant Xalil Jalilov, Mamasoli Jo‘rayev, Mirsayid

Usmonov, kichik leytenant Isamuhammad Ernazarov, Sobirov, Serjant Samin

Uzoqov, Safar Abduraimovlar singari jasur jangchilar qurol ko‘tarish bilan birga

frontdagi yaradorlarni jang maydonlaridan olib chiqish, ularga birinchi tez tibbiy

yordam berish ishida ko‘rsatgan jasoratlari uchun bir necha bor hukumat

tomonidan orden va medallar bilan mukofotlanganlar.

Vaziyat muvozanatlashib fuqarolararo urush tugagandan keyin, xukumat

tibbiy oliy ta’limga yangi oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor

qarata boshladi. U paytda sog‘liqni saqlash tizimida amaliyot bilan tibbiy fanni

birlashtirish lozim edi. Lekin o`sha paytlar tibbiyot rivojlanishi uchun qiyin davrlar

edi. Laboratoriya jihozlari ham yetishmas edi, mehnat uchun ham normal sharoit

yaratilmagan edi. Bunga qaramay qator rus olimlari V.M.Bexterev, A.A.Kisel,

N.I.Burdenko, E.N.Pavlovskiy, I.P.Pavlov bir yoqadan bosh chiqarib, ochlik va

boshqa yo‘qchiliklarni chidab ishini davom etardilar. Davlat aholini sog‘liqni

saqlash instituti tashkil topgan va uning tarkibiga 8 ta ilmiy institut kiritilgan. Ilmiy

institutlar sanitar-gigiyena sharoitlari, tropik kasalliklar, mikrobiologiya va boshqa

savollar ustida bosh qotirardilar. Butun Rossiya bo‘yicha 1918-1927-yil 40 dan

ortiq ilmiy institutlar tashkil etilgan. 1930-yildan hamma tibbiy fakultetlar ajralib

mustaqil tibbiy institutlarga aylangan, 1935-yilda ularning soni 55 taga borgan

(tibbiy institutlar soni bilan birgalikda) (Toshkent va Samarqand tibbiyot


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

296

institutlari).

Ularning

tarkibida

farmasevtika,

pediatriya,

stomatologiya

fakul’tetlari bo‘lgan va bu birinchi tibbiyot universitetlari asoslanishiga imkon

tug‘dirgan. Klinik kafedralar bo‘yicha ordinatura va aspiranturalar tashkil etilgan.

1960-yilning boshlarida butun mamlakat bo‘yicha katta kasalxonalar qurila

boshlandi (300-600 va undan ko‘p o‘rinli), poliklinikalar soni oshdi, bolalar

kasalxonalari va sanatoriyalar tashkil qilindi, amaliyotga yangi vaksina va

preparatlar kiritildi. Terapiya sohasida alohida mutaxassisliklar ajratila boshladi va

rivojlandi. Jumladan (kardiologiya, pulmonologiya va boshqalar). Jarrohlik sohasi

oldinga rivojlandi, mikrojarrohlik, transplantalogiya a’zo va to‘qimalarni

protezlash prinsiplari ishlab chiqildi. 1965-yil tirik donordan birinchi marta

buyrakni ko‘chirib o‘tkazish muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Operasiyani Boris

Vasil’evich Petrovskiy o‘tkazdi. 1970-yil o‘rtalarida ko‘pgina diagnostik

markazlar ochildi va jihozlandi, onalik va bolalikni muhofaza qilish ishlari

mukammallashtirildi, onkologik va yurak qon tomir kasalliklariga ko‘p e’tibor

qaratildi. 1980-yillarda kardiologiya, onkologiya, leykozlar, implantasiya va

protezlash masalalarini faol o‘rganish davom etdi. 1986-yilda birinchi marta

yurakni ko‘chirib o‘tkazish operasiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Operasiya

muallifi Valeriy Ivanovich Shumakov edi. Bundan tashqari tez yordam tizimi faol

rivojlandi, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi tuzildi “tez yordam” va

“stasionar”lar shular jumlasidandir. 1919-yil Toshkentda Turkiston Davlat

universiteti tashkil etildi va uning qoshida 2-iyulda tibbiyot fakul’tetini tuzishga

qaror qilindi. Tibbiyot fakulteti dekani etib professor P.P.Sitkovskiy, dekan

muovini etib — professor K.G.Xrumev tayinlandi. Ular ishni Moskva va

Peterburgdan o‘qituvchi kadrlari jalb qilish, jihozlar, o‘quv qo‘llanmalar va

adabiyotlari to‘plashdan boshlashdi. Bulardan tashqari ushbu jarayonda

professorlar A.N.Kryukov, Bemadskiy, I.V.Davbidovskiy va boshqalar faol

ishtirok etishdi. 1920-yil fevralida Moskvadan professor P.P.Sitkovskiy

boshchiligida jihozlar va o‘qituvchiIar bilan birinchi eshelon yo‘lga chiqdi va shu


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

297

yilning aprelida Toshkentga keldi. TDU to‘g‘risidagi dekret 1920-yil 7-sentyabrda

Toshkentda qabul qilindi. 5-may 1920-yil, N°837 hukumat buyrug‘iga muvofiq

sobiq kadet korpusida Poltoraskiy nomidagi 500 o‘rinli katta kasalxona barcha

jihozlari bilan TDU tibbiy fakul’tetiga berilgan. Klinikalar 1921-yildan 1926-

yilgacha bo‘lgan davrda qayta qurildi va o‘quv bazasiga moslashtirildi, 1922-

yilgacha fakul’tetning xomashyo texnik bazasi bir muncha mustahkamlandi,

buning uchun Turkiston respublikasi hukumati tomonidan 65000 so‘m oltin

jihozlar va adabiyotlar sotib olish uchun ajratildi.

1930-yilda tibbiyot fakultetini Universitet tarkibidan ajratish va mustaqil

institutlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 1930-yilda O‘zbekiston tarixida

birinchi marta Samaqandda birinchi mustaqil tibbiyot instituti ochildi. 1931-yilda

Toshkent tibbiyot fakul’teti O‘rta Osiyo davlat universitetidan ajralib, Sog‘liqni

saqlash Xalq komissariatiga tegishli mustaqil O‘rta Osiyo tibbiyot instituti tashkil

qilindi. Intitutning birinchi direktori qilib tibbiyot fakul’tetining ijtimoiy gigiena

kafedrasini 1924-yildan 1930-yilgacha boshqarayotgan tibbiyot fanlari doktori,

professor G.P.Fyodorov tayinlandi. 1930-yil O‘rta Osiyo Davlat universiteti va

negizida alohida fakultetlari Samarqanda Ozbek Davlat tibbiyot instituti, bir yil

o‘tib esa Toshkentda O‘rta Osiyo tibbiyot instituti va 1937-yil Toshkent davlat

farmatsevtika instituti va tashkil etish. 1935-yil O‘rta Osiyo tibbiyot instituti

Toshkent Davlat Tibbiyot instituti deb nomlangan (ToshDavTI). Uning tarkibida

quyidagi fakultetlar tashkil etilgan: davolash - profilaktik, sanitar-profilaktik

(keyinchalik sanitar — gigienik), onalik va bolalikni muhofazalash (keyinchalik

pediatriya) va stomatologiya, keyinchalik stomatologiya davolash fakul’teti

tarkibida kurs qilingan. 1965-yil sentyabrida akademik K.A. Zufarov institut

rektori qilib tayinlanadi va klinik bazalami fakul’tetlar prinsipi bo‘yicha qo‘llash

taklif qilinadi. 1972-yildan shahaming Sobir Raximov tumanidan yangi institut

kompleksi qurila boshladi va bu ikkinchi ToshDavTI bazasi bo‘ldi. Shu erdan

xodimlar uchun turar joylar va talabalar uchun talabalar uyi qurildi. 1975-yil


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

298

ToshDavTI tarkibida ikkinchi davolash fakul’teti ochildi, birinchi kursga 1500 ta

talaba qabul qilindi. 1990-yil respublika hukumati ToshDavTI ajratish hamda

birinchi va ikkinchi institut qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bo‘lingandan key

in Birinchi Toshkent Tibbiyot instituti rektori qilib, ilgari pediatriya ITI tida

ishlagan va boshqargan professor T.A.Daminov tayinlandi. Ulaming rahbarligida

ikkita fakul’tet davolash va stomatologiya fakul’teti faoliyat olib bordi. Ikkinchi

Toshkent Tibbiyot instituti rektori qilib taniqli olim, tibbiyot fanlari doktori,

patologik fiziologiya kafedrasiprofessori X.Ya. Karimov tayinlandi. Institut

tarkibiga ikkita davolash va sanitar-gigiena fakul’tetlari kiritildi.

1991-yil O‘zbekiston xalqi hayotida tarixiy voqea 31 avgustda davlat

mustaqilligi haqida deklarasiya qabul qilindi. O‘zbekistonning siyosiy va ijtimoiy

hayotida chuqur o‘zgarishlar boshlandi. Yosh mustaqil respublikada sog‘liqni

saqlashning yangi milliy modelini yaratishda birinchi qadamlar tashlandi.

Sog‘liqni saqlashda ekstensiv rivojlanish usulidan, aholiga tibbiy yordamning

sifatini oshirish va intensifikasiyalashga asoslangan intensiv rivojlanishga o‘tildi.

Har ikkita institut ham Markaziy Osiyoda etakchi ilmiy va o‘quv markaziga

aylandi.

Xulosa

o‘rnida shuni aytish o‘rinliki, sovet davrida tibbiyot mutaxassislarni

tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari faoliyati qoniqarsiz tashkil etilganini ko‘rishimiz

mumkin. Kadrlar tayyorlash tizimining orqada qolganligi, zamon talablariga javob

bermaganligi o‘quv jarayonining moddiy-texnika va uslubiy bazasining yetarli

darajada ta'minlamaganligi, o‘quv uslubiy, ilmiy adabiyotlarning tanqislgi, ta'lim

tizimi va davolash muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining to‘liq

o‘rnatilmaganligi, o‘quv dasturining nafaqat 20 foizini amaliyotga ajratilganligi

o‘quv dasturlari ko‘proq shifokor tayyorlashga emas, balki sovet kishisini

shakllantirishga qaratilganligi, paxta yakkahokimligi ta'limi sifatida jiddiy salbiy

ta'sir ko‘rsatgani davolash ishlarida bir qator uammolarni yuzaga keltirgan.

Tibbiyot — bemorlarni davolash, kasalliklarni oldini olish va inson jamiyatda


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

299

sog‘lom hamda ishlash qobiliyatini saqlagan holda uzoq umr ko‘rishga erishadigan

amaliy faoliyat va inson salomatligini saqlash, mustahkamlash bo‘yicha ilmiy

bilimlar tizimini tashkil qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Akbarov R.M. Ikkinchi jahon urushi yillarida ozbek milliy matbuotida

tibbiyot masalasi. NamDu nashri, 2008.

2.

Rustamova.X.E, Stojarova.N.K, Abdurashidova.Sh.A, Nurmamatova.O.Ch,

Tibbiyot tarixi, Sharq nashriyoti, 2020.

3.

Usmonov.Q, Sodiqov.M. O‘zbekiston tarixi (1917-1991)yy. Sharq

nashriyoti, 2008.

4.

Боймурадов Ш.А., Ҳамраев А.А., Тиббиёт таълимида педагогика: Ўқув

қўлланма. –Т.: 2014.

5.

Мўминова Г. Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш тизими тарихи (1917-

1991). -Т.: Янги нашр, 2015.

6.

Махсумов М.Ж. История развития медицинской науки в Узбекистане.

“Молодой учёный” № 6 (110) – Март, 2016.

7.

Искандарова Ш.Т. Тиббиёт тарихи фани бўйича ўқув қўлланма

(педиатрия, тиббий-педагогика факултети талабалари учун). -Т.: 2012.

8.

Рустамова Х.Е. ва бошқалар. Тиббиёт тарихи. Дарслик. –Т.: 2014.

Internet saytlari:

1.

https:// library.ziyonet.uz

2.

https://ru. wikipedia.org

3.

https://www.arxiv.uz