Авторы

  • Qoryogʻdiyeva Mohinur

Биография автора

  • Qoryogʻdiyeva Mohinur

    Shahrisabz davlat pedogogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi    1-22-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88120

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: ona tili savodxonlik taʼlimiy oʻyin didaktika qiziqish interfaol metod. Ключевые слова: родной язык грамотность обучающая игра дидактика интерес интерактивный метод. Keywords: native language literacy educational game didactics interest interactive method

Аннотация

  Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangich sinf oʻquvchilarining ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida taʼlimiy oʻyinlardan foydalanishning samaradorligi, oyin orqali oquvchilarda tilga bolgan qiziqish, tafakkur va ijodiy fikrlashni rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Bundan tashqari maqolada dars jarayonlarida qoʻllash mumkin boʻlgan bir qancha taʼlimiy oʻyinlar haqida ham qisqacha maʼlumot berib oʻtamiz.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

70

ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGIDA TAʼLIMIY

OʻYINLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Shahrisabz davlat pedogogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlangʻich

taʼlim yoʻnalishi 1-22-guruh talabasi

Qoryogʻdiyeva Mohinur

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining ona tili

va oʻqish savodxonligi darslarida taʼlimiy oʻyinlardan foydalanishning

samaradorligi, o‘yin orqali o‘quvchilarda tilga bo‘lgan qiziqish, tafakkur va ijodiy

fikrlashni rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Bundan tashqari maqolada dars

jarayonlarida qoʻllash mumkin boʻlgan bir qancha taʼlimiy oʻyinlar haqida ham

qisqacha maʼlumot berib oʻtamiz.

Kalit so‘zlar: ona tili, savodxonlik, taʼlimiy oʻyin, didaktika, qiziqish, interfaol

metod.

Ключевые слова: родной язык, грамотность, обучающая игра,

дидактика, интерес, интерактивный метод.

Keywords: native language, literacy, educational game, didactics, interest,

interactive method

Kirish

Bugungi kunda taʼlim tizimida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini

rivojlantirish, ularni darsga faol jalb qilish, bilimlarni hayotiy misollar orqali

o‘zlashtirishga yo‘naltirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Boshlangʻich sinf

oʻquvchilari oʻzlarining ijtimoiy faoliyatini oʻzgartirgani uchun ularda oʻqishga

boʻlgan qiziqishni oshirish juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, aynan

boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻyin faoliyatidan oʻqish faoliyatiga oʻtganida

ularda murakkab psixik jarayonlar kuzatiladi. Bu jarayonlarni toʻgʻri boshqarish


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

71

uchun qiziqarli oʻyinlar va interfaol metodlardan foydalanish, bugungi kun taʼlim

jarayoniga suv va havodek zarurdir.

Asosiy qism

Taʼlimiy oʻyinlar haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, ular avvalo bolalarning

yoshiga mos va xos boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishda

ustuvor jihatlarni oʻz ichiga olishi zarur. Dars jarayonida bir qancha samarali metod

va oʻyinlardan foydalanish mumkin va ularning bir necha guruhlarga ajratiladi.

Didaktik o‘yinlar – bu o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini

mustahkamlovchi, ularni faol fikrlashga undovchi taʼlim vositasidir. Oʻyinlar

yordamida oʻquvchilar dars jarayonida faol ishtirok etadi, yangi so‘zlarni yodlab

oladi, matnlarni to‘g‘ri o‘qish va tahlil qilishga o‘rganadi.

Ona tili darslarida o‘yinlardan foydalanish. Ona tili darslarida o‘yinlar orqali

so‘z boyligini oshirish, imlo qoidalarini mustahkamlash, gap tuzish malakalarini

shakllantirish mumkin. Masalan:

“To‘g‘ri yoz – yutib ol” o‘yini – imlo mashqlari uchun. Bu oʻyinda oʻqituvchi

oʻquvchilarga talaffuzda ajratish qiyin boʻlgan "x" va "h", "oʻ" va "u" tovushlari

ishtirok etgan murakkab soʻzlarni oʻqib turadi, oʻyinda qatnashayotgan doskadagi

oʻquvchi soʻzni imlo jihatdan toʻgʻri yozishi kerak boʻladi. Har bir toʻgʻri yozilgan

soʻz uchun 1 balldan berib boriladi. Oxirida yuqori ball toʻplagan oʻquvchiga

ragʻbatlantirish maqsadida mukofot beriladi.

“So‘zlardan gap tuz” – grammatikani mustahkamlash uchun. Kichik

guruhlarda foydalanish samarali boʻladi. Bu didaktik oʻyinda oʻqituvchi tomonidan

tayyorlab kelingan soʻzlar konvert ichiga solingan boʻladi. Har bir guruh uchun 10

tadan soʻzlar tayyorlanib, ularga ushbu soʻzlardan gap tuzish topshirigʻi beriladi.

Soʻngra qaysi jamoa koʻp gap tuzgan boʻlsa, shu jamoa gʻolib deb topiladi. Bu


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

72

metodda gaplarning mazmunli va xatosiz tuzilganligiga ham ahamiyat berish

darkor.

O‘qish savodxonligida o‘yinlardan foydalanish

O‘qish darslarida hikoya yoki matn asosida rolli o‘yinlar, matnni topish,

savol-javoblar, tez o‘qish musobaqalari o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini

oshiradi. Bular orqali o‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, matn mazmunini

tushunish va tahlil qilishga o‘rganadi. Keling, quyida ular bilan tanishamiz :

Birinchidan, rolli o‘yinlar orqali o‘quvchilar matn qahramonlarining

obraziga kirib, ularning his-tuyg‘ularini anglashga, voqeani jonli tasavvur

qilishga o‘rganadilar. Bu usul bolalarda ifodali o‘qish, nutq madaniyati va

ijodiy tafakkurni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.

Ikkinchidan,

matn

asosida

savol-javoblar

tashkil

qilish

o‘quvchilarning diqqatini oshirish, matn mazmunini chuqur anglash va

asosiy g‘oyani ajrata olish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Savollar orqali

o‘quvchi o‘z fikrini erkin bayon qilishga, mulohaza yuritishga undaladi.

Uchinchidan, tez o‘qish musobaqalari o‘quvchilarning o‘qish tezligi

va aniqligini oshiradi. Bu usulni rag‘batlantiruvchi o‘yin shaklida tashkil

etish orqali o‘quvchilar o‘zaro bellashadilar va dars jarayonida faol ishtirok

etadilar.

Shuningdek, matnni topish yoki davom ettirish o‘yinlari orqali

o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, kontekst asosida taxmin qilish, hamda

ijodiy yondashuv shakllanadi. Bu kabi o‘yinlar o‘quvchilarning o‘qishga

bo‘lgan qiziqishini uyg‘otib, o‘qish savodxonligini samarali rivojlantirishga

xizmat qiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

73

Innovatsion o‘yin texnologiyalarining afzalliklari haqida soʻz yuritadigan

boʻlsak, ular yordamida darsni tashkillashtirish nafaqat oʻquvchilar uchun, balki

oʻqituvchilar uchun ham qulay va samaralidir.

Raqamli texnologiyalar yordamida yaratilgan interaktiv o‘yinlar (mobil

ilovalar, test platformalari) ham o‘qish savodxonligini oshirishda katta ahamiyatga

ega. O‘yin shaklida tashkil etilgan testlar, viktorinalar bolalarda bilimga bo‘lgan

intilishni kuchaytiradi.

Xulosa

Boshlang‘ich ta’limda ona tili va o‘qish savodxonligi darslariga ta’limiy

o‘yinlarni joriy etish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirish, darsga

bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, shaxsiy faolligini rag‘batlantirishda muhim

ahamiyatga ega. O‘qituvchilar ijodkorlik bilan yondashgan holda har bir darsni

o‘yin bilan uyg‘unlashtirsa, natijalar yanada samarali bo‘ladi.O‘yin orqali ta’lim

berish o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini faollashtiradi, mustaqil fikrlash, so‘z

boyligini oshirish, matnni anglash va mantiqiy izchillikda fikr yuritish

ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ayniqsa, rolli o‘yinlar, tez o‘qish musobaqalari,

savol-javoblar kabi usullar o‘quvchilarning til bilan ishlash kompetensiyasini

rivojlantirib, ularni o‘z fikrini erkin ifoda eta oladigan faol shaxs sifatida

tarbiyalaydi. Shu bois, ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida ta’limiy

o‘yinlardan maqsadga muvofiq va tizimli foydalanish boshlang‘ich ta’lim sifatini

oshirishda muhim omil hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Vygotskiy L.S. – “Pedagogik psixologiya”, Moskva, 1982.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi – Boshlang‘ich sinflar

uchun ona tili va o‘qish darsliklari (2021-yil nashri).

3.

Karimova N. “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”, Toshkent, 2019.

4.

Abduqodirov A. “Interfaol metodlar va ularning samaradorligi”,

“Ta’lim”, 2020.