Авторы

  • Qosimova Sevinch Sevdiyorovna
  • Anorboyeva Soliha Asqarjon qizi

Биографии авторов

  • Qosimova Sevinch Sevdiyorovna

    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi 2-bosqich talabasi

  • Anorboyeva Soliha Asqarjon qizi

    Ilmiy rahbar: 

    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88121

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Frazeologizm ispan tili o‘zbek tili semantik tahlil iboralar obrazli ifoda kontekstual tarjima metaforik iboralar. Palabras clave: Fraseologismo lengua española lengua uzbeka análisis semántico expresiones lenguaje figurado traducción contextual expresiones metafóricas.

Аннотация

         Annotatsiya:  Ushbu maqolada o‘zbek va ispan tilidagi frazeologik birliklar tahlil qilingan. Tadqiqotda taqdim etilgan maqsad ikki xalqning tilida shakllangan iboralar orqali ularning milliy tasavvurlarini, madaniy dunyoqarashini va obras yaratish uslublarini o‘rganishdir. Frazeologizmlar semantik va kontekstual jihatdan solishtirilib, o‘xshash va farqli tomonlari ochib berilgan. Maqolada keltirilgan tadqiqot natijalari frazeologik birliklardan tarjimada to‘g‘ri foydalanish hamda ularni chet tilini o‘rgatishda va o‘rganishda samarali qo‘llash usullarini yoritadi.

         Abstracto: En este artículo se analizan las expresiones idiomáticas en uzbeko y español. El objetivo del estudio es conocer las ideas culturales, la forma de ver el mundo y el uso del lenguaje figurado en las dos lenguas. Las expresiones se comparan según su significado y uso en el contexto, mostrando similitudes y diferencias. Los resultados del estudio ayudan a usar correctamente estas expresiones en la traducción y también en la enseñanza y el aprendizaje de lenguas extranjeras.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

65

O‘ZBEK VA ISPAN TILIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNING QIYOSIY

TAHLILI

Qosimova Sevinch Sevdiyorovna

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi 2-bosqich

talabasi

Ilmiy rahbar:

Anorboyeva Soliha Asqarjon qizi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek va ispan tilidagi frazeologik birliklar

tahlil qilingan. Tadqiqotda taqdim etilgan maqsad ikki xalqning tilida shakllangan

iboralar orqali ularning milliy tasavvurlarini, madaniy dunyoqarashini va obras

yaratish uslublarini o‘rganishdir. Frazeologizmlar semantik va kontekstual

jihatdan solishtirilib, o‘xshash va farqli tomonlari ochib berilgan. Maqolada

keltirilgan tadqiqot natijalari frazeologik birliklardan tarjimada to‘g‘ri

foydalanish hamda ularni chet tilini o‘rgatishda va o‘rganishda samarali qo‘llash

usullarini yoritadi.

Kalit so‘zlar: Frazeologizm, ispan tili, o‘zbek tili, semantik tahlil, iboralar,

obrazli ifoda, kontekstual tarjima, metaforik iboralar.

Abstracto: En este artículo se analizan las expresiones idiomáticas en uzbeko

y español. El objetivo del estudio es conocer las ideas culturales, la forma de ver

el mundo y el uso del lenguaje figurado en las dos lenguas. Las expresiones se

comparan según su significado y uso en el contexto, mostrando similitudes y

diferencias. Los resultados del estudio ayudan a usar correctamente estas

expresiones en la traducción y también en la enseñanza y el aprendizaje de lenguas

extranjeras.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

66

Palabras clave: Fraseologismo, lengua española, lengua uzbeka, análisis

semántico, expresiones, lenguaje figurado, traducción contextual, expresiones

metafóricas.

Har bir xalq tili - o‘ziga xos madaniyat va tafakkur mahsuli bo‘lib, undagi

frazeologik birliklar ana shu madaniyatni aks ettiruvchi vositadir. Frazeologizmlar

xalqning asrlar davomida to‘plagan tajribasini, dunyoqarashini, qadriyatlarini

o‘zida mujassamlashtirgan iboralardir. Til o‘rganishda yoki tarjima amaliyotida

frazeologik birliklarni to‘g‘ri tushunish va mos tarjima qilish, ikki xalq madaniyati

va til qurilishidagi tafovutlarni chuqur anglashni talab etadi. Ushbu maqolada

o‘zbek va ispan tillarida uchraydigan frazeologizmlar semantik va kontekstual

jihatdan taqqoslab o‘rganiladi.

Frazeologik birliklar va ularning xususiyatlari

: Frazeologizmlar - kamida

ikki so‘zdan iborat, ko‘chma ma’noga ega, mustahkam tuzilmadagi iboralardir.

Ular grammatik jihatdan bo‘linuvchi bo‘lsa-da, ma’nosi yaxlit bo‘ladi. Masalan,

o‘zbek tilidagi

ko‘z tegmoq

,

tishi yomon odam

iboralari ko‘chma ma’no ifodalaydi.

Ispan tilida ham shunga o‘xshash iboralar mavjud:

Echar mal de ojo

(nazar

tegmoq),

tener la lengua larga

(tili uzun bo‘lish). Bu iboralar o‘xshash vaziyatlarda

qo‘llaniladi, biroq ularning tuzilishi, metaforasi va tarixiy asoslari turlicha bo‘lishi

mumkin.

Iboralar va so‘z birikmalari tilda erkin va turg‘un uyushmalar sifatida mavjud

bo‘lib, frazeologiyada ular tuzilishi, semantikasi va stilistik xususiyatlari nuqtayi

nazaridan o‘rganiladi. Frazeologik birliklar - bu nutqqa daxldor, kamida ikki va

undan ortiq mustaqil leksemalardan tashkil topgan, ko‘chma ma’noli va obrazli

ifodali birikmalardir. Ular tilning emotsional va ekspressiv qatlamini tashkil qiladi

hamda xalq tafakkurining badiiy aksidir. Frazeologik birliklarni mustaqil lingvistik

hodisa sifatida o‘rganish bilan ko‘plab olimlar shug‘ullangan. Xususan, rus

tilshunosligida V.V. Vinogradov (2003), A.V. Kunin (1964), N.N.Kirillova (1986),


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

67

N.N.Kurchatkina (1981) kabi olimlar frazeologiyaning nazariy asoslarini ishlab

chiqqanlar. Ularning asarlarida frazeologizmlarning tasnifi, strukturasi va

tarjimadagi o‘rni keng yoritilgan. Shuningdek, o‘zbek tilshunosligida ham

Z.Mamajonova, A.Karimov kabi tadqiqotchilar frazeologik birliklarning milliy

xususiyatlari va tarjima masalalariga e’tibor qaratgan.

O‘xshash frazeologizmlar

: O‘zbek va ispan tillarida ko‘p hollarda

ma’nodosh frazeologizmlarga duch kelish mumkin. Quyidagi jadvalda ayrim

misollar keltirilgan:

Bu iboralar o’zaro ekvivalent bo‘lishiga qaramay, ularning ishlatilish konteksti va

obrazida madaniy tafovutlar mavjud.

Frazeologik birliklarning strukturaviy va semantik xususiyatlari:

Empirik materialni tahlil qilish jarayonida ispan tilidagi frazeologik birliklarning

o‘ziga xos tuzilish xususiyatlari aniqlandi. Ularni strukturaviy jihatdan quyidagi

modellar asosida tasniflash mumkin:

1. Fe’l + ot

Romper el hielo

– muhitni yumshatmoq, suhbatni boshlab yubormoq

(So‘zma-so‘z: “muzni sindirmoq” – o‘zbekcha: suhbatni boshlamoq)

Tener madera de líder

– yetakchilik salohiyatiga ega bo‘lmoq

(So‘zma-so‘z: “yetakchining yog‘ochi bor” – yetakchilikka yaramoq)

O’zbekcha iboralar

Ispancha iboralar

Ma’nolari

Tili uzun

Tener la lengua larga

Juda ko’p gapiruvchi

Qo’li ochiq

Ser generoso

Saxiy

Ko’z tegdi

Echar mal de ojo

Nazar tegdi

Quloq solmaslik

Hacer oídos sordos

E’tibor bermaslik

Qo’lini sovuq suvga

urmaslik

No mover un dedo

Umuman

harakat

qilmaslik


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

68

• Perder la cabeza – hushini yo‘qotmoq, (aqldan ozmoq);

2. Como + sifat/ot

• Como una fiera

– g‘azablangan, jahl ustida harakat qiluvchi odam (vahshiy

hayvordek)

• Como si nada

– hech narsa bo‘lmagandek, beparvo (go‘yo hech narsa

bo‘lmaganday)

• Como sardinas en lata

– siqilishib, tor joyda harakatlanmoq (konservadagi

baliqdek tiqilinch);

3. Fe’l + predlog + ot yoki sifat

• Salir por la tangente

– savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermaslik (o‘zini chetga

olish)

• Estar por las nubes

– (narxlar, xarajatlar) nihoyatda yuqori bo‘lishi (osmonni

quchgan)

• Andar con pies de plomo

– juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoq (qo‘rquvdan

sekin yurmoq).

Shuningdek, frazeologik birliklar tarkibida

arabcha, hindcha so‘zlar,

avliyo va tarixiy shaxslar ismlari, raqamlar

kabi elementlar ishtirok etishi

kuzatiladi. Masalan:

estar más perdido que Carracuca

— yo‘ldan adashgan, tentak (Carracuca - xalq

og‘zaki ijodidagi obraz),

estar en sus trece

— o‘z fikrida qattiq turmoq (13 raqami bilan bog‘liq),

más vale pájaro en mano que ciento volando

— aniq foyda noaniq umiddan afzal.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, ispan tilidagi frazeologizmlar ko‘pincha

madaniy va tarixiy konnotatsiyalarga ega bo‘lib, ularning to‘g‘ri tarjimasi uchun

nafaqat lingvistik, balki madaniyatlararo kompetensiya ham muhim ahamiyat kasb

etadi.

O‘zbek va ispan tillarida frazeologik birliklar tilning obrazli ifoda vositasi

sifatida katta ahamiyatga ega. Ularning qiyosiy o‘rganilishi til o‘rganuvchilarga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

69

ham, tarjimonlarga ham muhim metodik asos bo‘la oladi. Frazeologizmlarning

tarjimasi jarayonida faqat so‘zma-so‘z emas, balki madaniy kontekstda tahlil qilish

muhimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Karimov A. Frazeologizmlar va ularning tarjima muammolari. –

Toshkent, 2019.

2. Mamajonova Z. Til va madaniyat: Frazeologizmlarning madaniy

kontekstdagi talqini. -Samarqand, 2020.

3. Centro Virtual Cervantes. Refranero multilingüe — Ispancha maqollar va

ularning

boshqa

tillardagi

mos

keluvchi

variantlari:

https://cvc.cervantes.es/lengua/refranero/

4.

АНОРБОЕВА,

С.

(2023).

ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ

КОМПЕТЕНТНОСТЬ ПЕРЕВОДЧИКА (НА ПРИМЕРЕ: БАКАЛАВРИАТ И

МАГИСТРАТУРА). Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(1),

120–127. Retrieved from

https://imfaktor.com/index.php/jopaps/article/view/524

5. Anorboyeva S. ON THE CONCEPT OF TRANSLATION

COMPETENCE AS A MULTISPECTIVE THEORETICAL CONCEPT

//European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. –

2020. – Т. 8. – №. 8.

6. Solikha, A. (2024). DEVELOPMENT OF TRANSLATION

COMPETENCE OF STUDENTS IN SPANISH LANGUAGE COURSES.

ПЕДАГОГИК ВА

ПСИХОЛОГИК

ТАДҚИҚОТЛАР, 2(3), 9–12.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11178339

7. ANORBOYEVA, S. (2024). DEVELOPMENT OF TRANSLATION

COMPETENCE OF STUDENTS IN SPANISH LANGUAGE COURSES. Journal

of Pedagogical and Psychological Studies, 2(3), 9–12. Retrieved from

https://imfaktor.com/index.php/jopaps/article/view/1263