https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
51
MAMLAKAT IQTISODIYOTI BARQARORLIGINI TAʼMINLASHDA
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING ROLI
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti, Xalqaro Iqtisodiyot va Menejment
fakulteti, 0-1a-24 guruh talabasi,
Yo’lchiyev Azizbek Baxrom o’g’li,
+998940924906
Azizbekyulchiyev2006@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqola dunyoning deyarli barcha mamlakatlari uchun
muhim bo‘lgan energiya xavfsizligi va barqaror rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan
asosiy muammolarni chuqur tahlil qiladi. Maqolada, ayniqsa, global iqlim
o‘zgarishi va tabiiy resurslarning kamayishi sharoitida tabiiy gaz va neftga
tayanayotgan davlatlarning cheklangan qobiliyatini bartaraf etish maqsadida,
qayta tiklanuvchi energiya manbalariga – quyosh va shamol kabi o‘tish
strategiyasi asosiy e’tiborga olinadi. Bunday o‘tish nafaqat energiya ta’minoti
tizimini barqarorlashtirish, balki atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga va
hududiy ekologiyani yaxshilashga yordam beradi.
Kalit so‘zlar: qayta tiklanuvchi energiya manbalari, an’anaviy energiya
manbalari, biomassa, energiya xavfsizligi, inklyuziv iqtisodiy o‘sish, vodorod
texnologiyasi, “yashil” iqtisodiyot.
Kirish
Quyosh, shamol, biomassa va gidroenergiya kabi qayta tiklanuvchi energiya
manbalari zamonaviy dunyoda davlat va jamiyat uchun katta ahamiyat kasb
etmoqda. Rivojlangan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar an’anaviy yoqilg‘ilarga
nisbatan kam uglerod emissiyasiga ega bo‘lgan ushbu manbalarga ustuvor e’tibor
qaratmoqda. Ularning afzalliklaridan biri shundaki, ular inson ehtiyojlarini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
52
qondirish bilan birga, iqlim o‘zgarishi bilan kurashish va ekologik muvozanatni
saqlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Masalan, ko‘mir, neft va gaz kabi qazib
olinadigan yoqilg‘ilar global issiqxona gazlarining 75 foizidan ko‘prog‘ini va
barcha karbonat angidrid chiqindilarining taxminan 90 foizini tashkil etadi. Shu
bois, ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, 2030-yilga kelib zararli chiqindilarni 50 foizga
kamaytirish va 2050-yilda ularni deyarli nolga tushirish zarurati paydo bo‘lmoqda
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari doimiy yangilanib turuvchi va
barqaror xususiyatga ega bo‘lib, mamlakatlarning energetika xavfsizligini
mustahkamlash hamda importga bo‘lgan qaramlikni kamaytirishda muhim omil
hisoblanadi. Bu manbalar yordamida davlatlar yoqilg‘i narxlaridagi o‘zgarishlar va
noaniqliklardan himoyalanib, iqtisodiyotlarini diversifikatsiya qilish va inklyuziv
o‘sishni rag‘batlantirish imkoniyatiga ega. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya
sektori yangi ish o‘rinlari yaratishda ham katta salmoqqa ega. Xalqaro agentliklar
hisob-kitoblariga ko‘ra, har bir dollar investitsiya bilan qazib olinadigan yoqilg‘i
sanoatiga nisbatan uch baravar ko‘proq ish o‘rinlari yaratilishi mumkin. IRENA
ma’lumotlariga asosan, 2030-yilda qazib olinadigan yoqilg‘i sohasida 5 million ish
o‘rni yo‘qolishi ehtimoli bo‘lsa, toza energiya sektorida 14 million ish o‘rni
yaratilishi kutilmoqda.
Texnologik rivojlanish energiya sohasida yangi yechimlar, masalan, elektr
transport vositalari va vodorod texnologiyasi orqali qayta tiklanuvchi energiya
manbalarini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston kontekstida ham
ushbu soha innovatsion istiqbollarni yaratish va energetika xavfsizligini
mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Mamlakat quyoshli kunlari ko‘pligi
tufayli quyosh energiyasidan samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib,
hukumati 2030-yilgacha elektr energiyasining 25 foizini qayta tiklanuvchi
manbalardan ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, 2024-yil 20-
1
https://www.un.org/ru/climatechange/raising-ambition/renewable-energy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
53
noyabrda e’lon qilingan uzoq muddatli strategiya 2025-yil “Atrof-muhitni asrash
va yashil iqtisodiyot” yili deb belgilanishi ushbu yo‘nalishning dolzarbligini
yanada ta’kidlaydi
Adabiyotlar tahlili
Maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning xususiyatlari
keng qamrovli ilmiy asarlar hamda tadqiqotlar asosida tahlil qilingan. Ehrlich R.,
Geller H.A. va Cressman J.R., shuningdek, Tolga Taner, Archana Tiwari va Taha
Selim Ustun tomonidan yozilgan ilmiy maqolalarda asosiy qayta tiklanuvchi
energiya turlari, ularning tasnifi va amaliy qo‘llanilishi batafsil ko‘rib chiqilgan
Abbasi Tasneem va Joseph S. Franklinning asarlarida qayta tiklanuvchi
energiyaning turli manbalari va ularning iqlimga ta’siri yoritilgan
K.Block va E.Nieuwlaar esa energetika tuzilmasining iqtisodiy o‘sishda
muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining o‘rni va
ahamiyatini ko‘rsatib o‘tgan
Bundan tashqari, J. Twidell va T. Weir ham qayta tiklanuvchi energiya
tizimlariga integratsiya xususiyatlarini tahlil qilgan, D.Maradin esa ushbu
texnologiyalarni joriy etishdagi afzalliklar va xavf-xatarlarni aniqlashga qaratilgan
tadqiqotlarni olib borgan
Tadqiqot Metodologiyasi
Maqolaning nazariy va uslubiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
qarorlari, xorijdagi va mahalliy olimlar tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyot
nazariyalari, statistika va energetika konsepsiyalariga tayangan. Ushbu ishda
mamlakatning energetika tizimi va uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi
2
https://lex.uz/docs/-6644013
3
Ehrlich, R., Geller, H.A., & Cressman, J.R. (2022). Renewable Energy: A First Course (3rd ed.)
4
Renewable Energy - Technologies and Applications. // Edited by Tolga Taner, Archana Tiwari, & Taha Selim.
(2021)
5
Abbasi, Tasneem. (2010) Renewable energy sources their impact on global warming and pollution
6
К. Block, E. Nieuwlaar – Introduction to Energy Analysis// 2nd Edition, 2016
7
J. Twidell, T. Weir- Renewable Energy Resources// 2nd Edition, London, 2006
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
54
bog‘lanishlarni aniqlash uchun tizimli yondashuv qo‘llanildi. Energiya tuzilishini
o‘rganishda esa guruhga bo‘lish (dekompozitsiya) usuli asosiy metod sifatida
tanlandi, bu esa har bir elementning roli va o‘zaro ta’sirini chuqur tahlil qilish
imkonini berdi.
Tadqiqot va Natijalar
Global iqtisodiyotda energiya sektori beqiyos ahamiyatga ega ekanligi
hammaga ma’lum. Biroq, qazib olinadigan yoqilg‘ilarning notekis taqsimlanishi
ba’zi mamlakatlarga tabiiy ustunlik berayotgan bo‘lsa, boshqa, ayniqsa, energiya
import qiluvchi davlatlar xalqaro savdo va ta’minot zanjirlariga bog‘liq holda zaif
pozitsiyada qolmoqda. Elektr energiyasi va yoqilg‘i har qanday davlat
iqtisodiyotining ajralmas qismi bo‘lib, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar va
eksportning raqobatbardoshligi ushbu energiya manbalariga bog‘liqdir.
Energiya import qiluvchi mamlakatdagi taʼminotning tarkibiy tuzilmasiga
eʼtibor bersak, energiyaga boʻlgan talab ichki taʼminot va energiyaning sof importi
hisobiga qoplanishini koʻrish mumkin (1-rasm)
1-rasm. Mamlakatlarda energiya taʼminotning tarkibiy tuzilishi
8
Maciej Zieliński; Jeremy Fletcher; Matt Ewen; Nicolas Fulghum; Pete Tunbridge. “Global Electricity Review
2022.”, Ember, 2024
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
55
Bunday holat mamlakatlarda energiya xavfsizligining past darajada
ekanligini va har qanday inqiroz yoki tashqi tahdidning iqtisodiyotga sezilarli zarar
yetkazishini ko‘rsatadi. Shu sababli, import qiluvchi mamlakatlar o‘zlarining
energiya xavfsizligini mustahkamlash va eksport qiluvchi davlatlardagi siyosiy
hamda iqtisodiy o‘zgarishlardan mustaqil bo‘lish uchun yangi strategiyalarni ishlab
chiqmoqda.
Energetika xavfsizligi masalasi ayniqsa Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi
mojarolar mavzusida dolzarblashmoqda. Harbiy mojaro sababli ta’minot
zanjirlarida yuzaga kelayotgan uzilishlar va Rossiyaning sanksiyalari ko‘plab
davlatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Dastlab, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishning asosiy sababi
karbon chiqindilarini kamaytirish edi. Biroq, endilikda energetika tarmog‘i bilan
bog‘liq iqtisodiy masalalar birinchi o‘ringa chiqmoqda. Bugungi kunda iqtisodiyot
va ekologiya sohalaridagi ustuvor yoʻnalishlar bir-biriga yaqinlashib, ular ham
iqtisodiyot, ham ekologiya uchun birday afzalliklarga ega bo‘lgan muqobil
energiyadan foydalanishni taqozo etmoqda. Dunyo hamjamiyati yuzaga kelgan
energetik va boshqa inqirozlar sababli iqtisodiy tizimni modernizatsiya qilish
zarurligini hamda yangi energetika iqtisodiyotini shakllantirishdan manfaatdor
ekanligini tasdiqladi.
2022-yilda yoqilg‘i narxlarining keskin oshishi inqirozning eng yaqqol
namunasiga aylandi. Neft bir barrel uchun 100 dollardan oshib, gaz narxi misli
ko‘rilmagan darajaga yetgani, elektr energiyasi ishlab chiqarish xarajatlariga
bevosita ta’sir ko‘rsatgani hamda ayniqsa, gaz import qiluvchi davlatlarning
iqtisodiy holatini murakkablashtirgani qayd etildi (2-rasm).
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
56
2-rasm. Dunyo boʻyicha elektr energiyasining oʻrtacha narxlarining
oʻzgarishi, AQSH dollari/kVt
Yuqoridagi rasmda keltirilgan maʼlumotlariga qo‘shimcha qilib shuni aytish
mumkinki, 2024-yilning 3-choragida elektr energiyasining o‘rtacha narxi uy
xo‘jaliklari uchun deyarli o‘zgarmagan bo‘lsa, korxonalar uchun taxminan 1 foizga
oshgani kuzatildi. Butun dunyo bo‘ylab elektr energiyasining o‘rtacha narxi uy
xoʻjaliklari uchun 1 kVt/soat uchun 0,150 AQSh dollarini, korxonalar uchun esa
0,146 AQSh dollarini tashkil etadi. Uy xoʻjaliklari uchun elektr energiyasining eng
yuqori narxi Yevropada – 1 kVt/soat uchun 0,228 AQSh dollari, eng pasti esa
Osiyoda – 0,080 AQSh dollari bo‘lib, bu maksimum va minimum chegaralar
oralig‘ida Afrika (0,124), Okeaniya (0,227), Shimoliy Amerika (0,136) va Janubiy
Amerika (0,190)dagi narxlarni kuzatish mumkin.
Pandemiya davridan keyin 2021-yilda energiya manbalarining narxlari
keskin oshishi boshlanib, 2022-yilda bu tendensiya Ukrainadagi urush natijasida
9
https://www.globalpetrolprices.com/electricity_prices/
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
57
yanada kuchaydi. “Shimoliy oqim 2” gaz quvurining ishga tushirilishi bekor
qilinishi va “Shimoliy oqim 1” orqali gaz ta’minotining asta-sekin qisqarib, so‘ngra
butunlay to‘xtatilishi vaziyatni yanada chidallashtirdi. 2023-yil 1-choragining
yakuni bilan neft narxi o’tgan yil boshiga nisbatan ikki baravar, ko‘mir uch baravar,
tabiiy gaz esa besh baravardan oshgani qayd etildi
3-rasm. Yevropa davlatlarida 2022-yilda qayd etilgan oʻrtacha energiya
xarajatlari va ularning oʻsish holati
Yevropa mamlakatlaridagi isteʼmolchilar uchun energiya xarajatlarining
oʻrtacha qiymati 2022-yilda barcha Yevropa mamlakatlarida sezilarli oʻsganligini
3-rasmda koʻrish mumkin.
10
https://meduza.io/feature/2022/09/20/glavnoe-ob-energeticheskom-krizise-v-evrope-v-chetyreh-grafikah
11
https://meduza.io/feature/2022/09/20/glavnoe-ob-energeticheskom-krizise-v-evrope-v-chetyreh-grafikah
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
58
Inqiroz sharoitida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish energetika
tizimini modernizatsiya qilish va yangi iqtisodiy modelni shakllantirish zarurligini
namoyish etdi. So‘nggi yigirma yil ichida qayta tiklanuvchi energiya loyihalarining
raqobatbardoshligi sezilarli darajada oshgani ham bu jarayonning muvaffaqiyatini
aks ettirmoqda.(1-jadval)
(1-Jadval) 2010- va 2022-yillardagi qayta tiklanuvchi energiya
manbalarining jahondagi oʻrtacha narxlarining oʻzgarish tendensiyasi
Qayta tiklanuvchi
energiya turlari
Oʻrnatish xarajatlarini oʻz ichiga olgan
oʻrtacha narxlari, AQSH dollari/kVt
2010-yil
2022-yil
O’zgarishi
foizda
Bioenergiya
2904
2162
-26%
Geotermal energiya
2904
3478
20%
Gidroenergetika
1407
2881
105%
Quyosh fotoelektrik
energiyasi
5124
876
-83%
Konsentrlangan
(yigʻilgan) quyosh
energiyasi
10082
4274
-58%
Quruqlikdagi shamol
energiyasi
2179
1274
-42%
Dengizdagi shamol
energiyasi
5217
3461
-34%
Ekspertlarning hisob-kitoblariga koʻra, 2000-yilda ishga tushirilgan
loyihalar orqali 2022-yilga kelib elektr energetika tarmog‘ida 521 milliard dollarlik
12
https://www.irena.org/Publications/2023/Aug/Renewable-Power-Generation-Costs-in-2022-ENG
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
59
yoqilg‘i tejashga erishilganligi ham shu boradagi ijobiy natijalarni tasdiqlaydi.(4-
rasm)
4-rasm. 2022-yilda global qazib olinadigan yoqilgʻi xarajatlarining qayta
tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga tejalishi
Investitsiyalar sohasida ham qayta tiklanuvchi energiya sektoriga
yo’naltirilayotgan mablag‘lar yildan-yilga oshib bormoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, shuningdek,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Prezidentning 2023-yil 16-
fevraldagi PQ-57-sonli qarori
asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini
joriy etish va energiya tejovchi texnologiyalarni kengaytirish masalalari
rejalashtirilmoqda. Ushbu qaror, respublika hududlarida energiya taqchilligini
bartaraf etish, investitsiyalarni rag‘batlantirish va energiya samaradorligini
13
https://www.irena.org/Publications/2023/Aug/Renewable-Power-Generation-Costs-in-2022-ENG
14
https://lex.uz/uz/docs/-6385716
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
60
oshirishga qaratilgan bo‘lib, “umumiy quvvati 4300 MVt” bo‘lgan qayta
tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan.
Qarorga ko‘ra, yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari, ijtimoiy soha
obyektlari, xo‘jalik subyektlarining bino va inshootlari, shuningdek, kichik
fotoelektr stansiyalar qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2023-yilda qo‘shimcha
5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish va 4,8 milliard metr kub
tabiiy gazni tejash ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun jami 15,4
milliard AQSh dollari ajratilgan bo‘lib, unda 13,4 milliard AQSh dollari davlat-
xususiy sheriklik loyihalari doirasida investor mablag‘lari, 1,1 milliard AQSh
dollari tijorat banklari kreditlari, 610 million AQSh dollari korxonalarning oʻz
mablag‘lari, 150 million AQSh dollari xorijiy moliyaviy tashkilotlar mablag‘lari
va 100 million AQSh dollari ekvivalentidagi Davlat budjeti mablag‘lari kiradi.
Vazirliklar, davlat idoralari va tashkilotlarning yetakchi rahbarlari o‘z muassasa va
tashkilotlar binolariga quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha masʼul shaxslarni
tayinladilar. Faqatgina 2023-yil davomida 11 ming tadbirkorning bino va
inshootlariga quyosh panellarini oʻrnatish va kichik fotoelektr stansiyalarini qurish
rejalashtirilgan. Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlarini bevosita iqtisodiy
rag‘batlantirish choralari ham joriy etildi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yo’lga qo’yish aholi
uchun bir muncha imtiyozlar ham yaratmoqda. Umumiy quvvati 100 kVtgacha
boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan
foydalanuvchilar, qurilmalar foydalanishga topshirilgan kundan boshlab uch yil
davomida quyidagi soliqlardan ozod etiladi: yuridik shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliq, yer uchastkalari bo‘yicha yer soligʻi, elektr energiyasini umumiy
tarmoqqa sotishdan olinadigan foyda solig‘i, shuningdek, uy-joy fondining
koʻchmas mulk obyektlari bo‘yicha jismoniy shaxslarga solinadigan mol-mulk va
yer solig‘i. Agar oʻrnatilgan quyosh panellari quvvatining kamida 25 foizini tashkil
etadigan energiyani saqlash tizimi qo‘llanilgan boʻlsa, soliq imtiyozlari
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
61
topshirilgan kundan boshlab oʻn yil davomida amal qiladi. Shuningdek, umumiy
quvvati 1 kVtdan ortiq boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari
uchun soliq imtiyozlari har bir obyekt boʻyicha bir marta qo‘llaniladi.
Prezidentimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasining keyingi majlisida 2025-
yilni “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilgani Yangi
Oʻzbekistonda tabiatni asrash va ekologik barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan
qatʼiy niyatni ifodalaydi. “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish energiya resurslari
isteʼmolini diversifikatsiyalash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanishni kengaytirish, iqlim oʻzgarishlari oqibatlarini yumshatish va tabiiy
resurslardan samarali foydalanish imkonini yaratib, resurs tejamkor va ekologik
xavfsiz iqtisodiyotni shakllantiradi. Shu tarzda, mamlakatimizning 2019–2030-
yillardagi “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi qayta tiklanuvchi energiya
salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi.
Tavsiya va xulosa
Hozirgi kunda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va
energiya tizimini transformatsiya qilish davr talabidir. Jahon energetika bozorida
roʻy berayotgan vaziyatlar va mamlakatlarning energetik mustaqil boʻlishga
intilishi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish uchun yangi turtki
boʻlmoqda. Biroq, bu sohada bir qator muammolar mavjud boʻlib, ushbu
muammolar va ularning yechimini fikrimizcha, quyidagicha izohlash mumkin:
Birinchi navbatda, qayta tiklanuvchi energiya tizimlarini joriy etish uchun
boshlang‘ich sarmoya miqdori yuqori bo‘lishi mumkin. Ushbu masalani bartaraf
etish uchun hukumatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan iqtisodiy yordamlar,
subsidiyalar, grantlar va soliq imtiyozlari orqali investorlarni jalb qilish zarur.
Ikkinchi muammo – energiya saqlash texnologiyalarining yetarli darajada
rivojlanmaganligi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining samaradorligini
oshirish uchun ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion yechimlarga katta e’tibor
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
62
qaratilishi lozim. Masalan, akkumulyatorlar va boshqa energiya saqlash tizimlarini
takomillashtirish orqali bu sohadagi samaradorlikni yanada oshirish mumkin.
Uchinchi tomondan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining optimal
ishlashi uchun zarur infratuzilmaning yetishmasligi ham dolzarb muammo
hisoblanadi. Energiya tarmoqlarini qayta tiklanuvchi manbalar uchun
moslashtirish, ularni ko‘p manbali tizimga aylantirish va mahalliy energiya ishlab
chiqarishni kuchaytirish uchun yangi infratuzilma loyihalarini amalga oshirish
zarur.
Shuningdek, ba’zi qayta tiklanuvchi energiya loyihalari mahalliy
ekotizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ham e’tiborga olinishi kerak.
Ekologik ta’sirlarni baholash va zarur choralarni ko‘rish orqali bu xavfni
kamaytirish, atrof-muhit bilan uyg‘unlikni saqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Nihoyat, mahalliy aholi tomonidan ushbu loyihalarning noto‘g‘ri qabul qilinishi,
ijtimoiy noroziliklarga olib kelishi mumkin. Buni oldini olish uchun, energiya
manbalarining afzalliklari haqida keng ommaviy xabardorlik kampaniyalari, ta’lim
dasturlari va yangi texnologiyalar haqida axborot tarqatish zarur.
Xulosa qilib aytganda, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy
etish va energiya tizimini modernizatsiya qilish global energetika xavfsizligi va
iqtisodiy barqarorlik uchun ajralmas omilga aylangan. Mamlakatlar o‘zlarining
energetika siyosatini qayta ko‘rib chiqishlari, an’anaviy yoqilg‘ilardan qaramlikni
kamaytirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun innovatsion yechimlarga
sarmoya kiritishlari lozim. Ushbu strategik yondashuv nafaqat energiya
xarajatlarini kamaytirish, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, iqtisodiy
diversifikatsiyani rag‘batlantirish va atrof-muhitni asrash orqali ijtimoiy
farovonlikni ham oshiradi.
Taklif etilayotgan chora-tadbirlar qatorida, hukumatlar tomonidan qayta
tiklanuvchi energiya loyihalariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish, investitsiyalarni
rag‘batlantirish, soliq imtiyozlari va subsidiyalar tizimini joriy etish, shuningdek,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
63
energiya saqlash va infratuzilma modernizatsiyasini yo‘lga qo‘yish kabilar mavjud.
Bularning barchasi, mamlakatlarda energetik mustaqillikni mustahkamlash va
global energetika bozoridagi raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqola natijalari va takliflari zamonaviy energetika siyosati va
iqtisodiy strategiyalarni shakllantirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Energiya resurslarini oqilona boshqarish va yangi, ekologik toza texnologiyalarni
joriy etish orqali davlatlar o‘z iqtisodiyotlarini mustahkamlashlari, atrof-muhitga
salbiy ta’sirlarni kamaytirishlari va ijtimoiy farovonlikni oshirishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
404
, www.irena.org/Publications/2023/Aug/Renewable-Power-Generation-
Costs-in-2022-ENG. Accessed 23 Mar. 2025
2.
Abbasi, T., and SA, A. “Renewable Energy Sources Their Impact on Global
Warming and Pollution.”
Abbasi, T. and SA, A. (2010) Renewable Energy Sources
Their Impact on Global Warming and Pollution. Phi Learning Pvt. Ltd., New Delhi.
-
References
-
Scientific
Research
Publishing
,
2010,
www.scirp.org/reference/referencespapers?referenceid=1148022
3.
Ehrlich, Robert, et al. “Renewable Energy: A First Course.”
Routledge &
CRC Press
, CRC Press, 6 July 2022, www.routledge.com/Renewable-Energy-A-
First-Course/Ehrlich-Geller-Cressman/p/book/9780367768379
4.
Electricity
Prices
around
the
World.
GlobalPetrolPrices.Com
,
www.globalpetrolprices.com/electricity_prices/ Accessed 23 Mar. 2025.
5.
Maciej Zieliński; Jeremy Fletcher; Matt Ewen; Nicolas Fulghum; Pete
Tunbridge. “Global Electricity Review 2022.”
Ember
, Ember, 6 Oct. 2024, ember-
climate.org/insights/research/global-electricity-review-2022/.
6.
Maradin, Dario. “Advantages and Disadvantages of Renewable Energy
Sources Utilization.”
International Journal of Energy Economics and Policy
,
econjournals.com/index.php/ijeep/article/view/11027 Accessed 23 Mar. 2025.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-3_ Май-2025
64
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2-dekabrdagi PQ-436-son
“2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga
qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Qarori, https://lex.uz/docs/-6644013
8.
Person, et al. “Introduction to Energy Analysis: Kornelis Blok, Evert
Nieuwlaar: Tay.”
Taylor & Francis
, Taylor & Francis, 25 Aug. 2016,
www.taylorfrancis.com/books/mono/10.4324/9781315617213/introduction-
energy-analysis-kornelis-blok-evert-nieuwlaar
9.
PQ-57-Сон 16.02.2023. 2023-Yilda Qayta Tiklanuvchi Energiya
Manbalarini va Energiya Tejovchi Texnologiyalarni Joriy Etishni Jadallashtirish
Chora-Tadbirlari to‘g‘risida
, lex.uz/docs/-6385716. Accessed 23 Mar. 2025.
10.
Taner, Tolga, et al. “Renewable Energy - Technologies and Applications.”
IntechOpen
, 17 Feb. 2021, www.intechopen.com/books/9385
11.
Twidel, J., and Weir, T. “Renewable Energy Resources. 2nd Edition.”
Twidell, J. and Weir, T. (2006) Renewable Energy Resources. 2nd Edition, Taylor
and Francis, London. - References - Scientific Research Publishing
, Taylor and
Francis,
London,
2006,
www.scirp.org/(S(351jmbntvnsjt1aadkozje))/reference/referencespapers.aspx?ref
erenceid=1518230
12.
Возобновляемая энергия – обеспечение более безопасного будущего,
https://www.un.org/ru/climatechange/raising-ambition/renewable-energy
13.
Главное Об Энергетическом Кризисе в Европе - в Четырех Графиках
Какие Страны Пострадали Сильнее Всего? Насколько Выросли Цены На
Отопление
и
Свет
На
Самом
Деле?
Meduza
,
meduza.io/feature/2022/09/20/glavnoe-ob-energeticheskom-krizise-v-evrope-v-
chetyreh-grafikah. Accessed 23 Mar. 2025.