Авторы

  • Hoshimova Gulhayo Zohidjon qizi

Биография автора

  • Hoshimova Gulhayo Zohidjon qizi

    Andijon davlat chet tillari institute Roman-german va slavyan tillari fakulteti rus tili nazariyasi va amaliyoti  101-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88129

Ключевые слова:

Kalit so’zlar:Alimardon Anvar Muqaddam xiyonat hayot. Ключевые слова: Алимардон Анвар Мукаддам предательство жизнь. Keywords: Alimardon betrayal life.

Аннотация

Annotatsiya: Oʻtkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” asari — o‘zbek adabiyotining eng ta’sirli nasriy asarlaridan biri bo‘lib, insoniylik, hayotiy qadriyatlar, ota-ona mehrini ulug‘lash, yoshlik va hayot yo‘lidagi tanlovlar haqida hikoya qiladi. Ushbu maqolada qissa haqidagi fikrlarim keltirib o’tildi.

Аннотация: «Весна не возвращается» Откира Хошимова — одно из самых влиятельных прозаических произведений узбекской литературы, повествующее о человечности, жизненных ценностях, прославлении родительской любви, молодости и выборе на жизненном пути. В этой статье представлены мои мысли по поводу этой истории.

Annotation: O‘tkir Hoshimov's "Spring Will Not Return" is one of the most impactful prose works in Uzbek literature. It tells a story about humanity, life values, glorifying parental love, youth, and the choices made along the path of life. This article presents my thoughts and reflections on the story.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

12

BAHOR QAYTMAYDI HAQIDA UMUMIY MULOHAZALAR

Andijon davlat chet tillari institute Roman-german va slavyan tillari fakulteti rus

tili nazariyasi va amaliyoti 101-guruh talabasi

Hoshimova Gulhayo Zohidjon qizi

Annotatsiya:

Oʻtkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” asari — o‘zbek

adabiyotining eng ta’sirli nasriy asarlaridan biri bo‘lib, insoniylik, hayotiy

qadriyatlar, ota-ona mehrini ulug‘lash, yoshlik va hayot yo‘lidagi tanlovlar haqida

hikoya qiladi. Ushbu maqolada qissa haqidagi fikrlarim keltirib o’tildi.

Kalit so’zlar:Alimardon,Anvar,Muqaddam,xiyonat,hayot.

Аннотация: «Весна не возвращается» Откира Хошимова — одно из

самых влиятельных прозаических произведений узбекской литературы,

повествующее о человечности, жизненных ценностях, прославлении

родительской любви, молодости и выборе на жизненном пути. В этой

статье представлены мои мысли по поводу этой истории.

Ключевые слова: Алимардон, Анвар, Мукаддам, предательство, жизнь.

Annotation: O‘tkir Hoshimov's "Spring Will Not Return" is one of the most

impactful prose works in Uzbek literature. It tells a story about humanity, life

values, glorifying parental love, youth, and the choices made along the path of life.

This article presents my thoughts and reflections on the story.

Keywords: Alimardon, Anvar, Muqaddam, betrayal, life.

O‘tkir Hoshimov Toshkentda tug‘ilgan va shu yerda o‘qib-o‘sgan. U

jurnalistika sohasida faoliyat yuritgan, keyinchalik taniqli yozuvchi va siyosiy

arbob sifatida ham tanilgan. O‘tkir Hoshimovning asarlari o‘zbek xalqining

ruhiyatini, qadriyatlarini, oilaviy muhitni, insoniy munosabatlar, vijdon, sadoqat,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

13

muhabbat, kechirim va hayotiy tanlovlarni chuqur falsafiy tarzda aks ettiradi.Uning

shoh asarlaridan biri- “Bahor qaytmaydi”

“Bahor qaytmaydi”-psixologik, urushdan keyingi avlod hayoti va

insoniylik haqidagi qissa.Ushbu asar 1969-yilda yaratilgan."Bahor qaytmaydi"

qissasida yozuvchi iste’dodli, biroq uning qadriga yetmagan, ulug’ maqsadlardan

maxrum xudbin yigitning tanazzul tarixini, ruhiy-ma’naviy inqirozini san’atkorona

tahlil etib berdi. 1969-yilda yozilgan ushbu qissada iste'dodli bir yigitning shuhrat

ilinjida xazon bo‘lgan umri, ma'naviy-ruhiy inqirozi san'atkorona ifodalangan.

Ushbu asar sahnalashtirilganiga qaramay o‘quvchilar tomonidan adibning eng ko‘p

o‘qiladigan kitoblardan biri hisoblanadi. Asarda ikki do'stning boshidan kechirgan

kechmishlari

yoritib

beriladi.

Alimardon,

Anvar,

Muqaddam

ismli

qahramonlarning fe'l-atvori, dunyoqarashi, tanlagan yo'li kitobxonni chuqur

mushohada va xulosalar qilishga chorlaydi.

"Bahor qaytmaydi'' qissasi inson umrining va shuhratining boqiy emasligi

haqida. Asarda yozuvchi iste’dod ega, biroq uning qadriga yetmagan, ulug'

maqsadlardan mahrum, xudbin yigitning tanazzul tarixini, ruhiy-ma’naviy

inqirozini ijodkorona yoritib beradi. Ana shu ijodkorona tahlil tasvirning

tuyg'ularga boyligi va samimiyligi bilan o'quvchilarning qalbiga yo'l topdi,

ko’plarni hayajonga soldi. Qissa matnida boshdan-oyoq muallifning o’ta nozik va

nafis kuzatishlari, qalbi tebranishlari, rang-barang kechinmalari, zavq-shavqi,

armon-o'kinchlari, xilma-xil tuyg'ulari aks etgan.

Aslini olganda, qissadagi har bir voqea Bo’ston qishlog’ida bo’lib o’tgan

.Asar bosh qahramoni-Alimardon. U bronxit kasalligiga chalingan edi .O’qishni

tamomlashidan bir hafta oldin onasini yo’qotgan edi .Alimardonni onasidan keyin

faqatgina do’sti Anvar qo’llab turardi.U bemorlik paytida Anvar uni holidan xabar

olgani keldi va uni o’zining yaxshi ko’rgan qizi Muqaddam uni davolashini

aytdi.Shunday voqealar bilan asar davom etadi.Ushbu qissada har bir qahramon

ulkan bir vazifani bajargan:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

14

Alimardon-haqiqiy ismi Alimardon To’rayev.U tabiatan qandaydir faqatgina

o’zini yaxshi ko’radigan va boshqalarga nisbatan qalbida qandaydir hasad tuyg’usi

bor edi.U hatto konservatoriyani muvaffaquiyatki yakunladi.Ammo qissa

davomida Alimardon o’z do’stiga juda katta xiyonat qildi.U Anvarning sevgilisi

Muqaddamga uylanib olgan.Yillar o’tib mashhur ashulachi bo’lib,mansabga

ko’tarilgan paytda tamomila o’zgardi.Boshqa ayolllar bilan yurib xotiniga xiyonat

qildi,ichkillikkka

berildi

va

umrining

go’zal

paytlarini

xazonga

almashdi.Hayotidagi xatoliklarini tushungan zamonoq hammasi uchun endi kech

ekanini tushunib yetdi .

Anvar-bosh qahramonlardan biri hisoblanib,anchagina sodda ,ishonuvchan

obraz.U do’stiga haddan ziyod ishongan.Alimardon va Muqaddam qilgan ishlarga

hech qanday yomonlik qilmadi .Hatto asar so’nggida do’sti qilgan ishlarni

unutib,Unga yordam bergan.

Muqaddam-asar avvalida Anvarning sevgilisi.Ammo Muqaddam sof

tuyg’ularga nisbatan xiyonat qildi Kechirib bo’lmas ish qildi.Xatolari bois hayotda

yomon kunlarni boshidan o’tkazdi.U hamshira bo’lib ishlar edi.Bo’ston qishlog’ida

be’morlarni davolar edi.O’z otasidan qo’rqar edi va qilib qo’ygan xatoyidan keyin

ko’p narsadan cho’chib qolgandi.

Shuni ta’kidlash joizki,qissa davomida Anvar Muqaddamga bir hikoya aytib

bergan.Bu hikoya bilan yozuvchi xuddiki Muqaddam va Anvar hayoti birga davom

eta olmasligiga ishora sifatida ifodalamoqchi bo’ldi .

“Bahor qaytmaydi”qissasi davomida quyidagi hikmatli so’zlar ishtirok

etgan:

1.Hamma yagona bir tashvish bilan, kuz tashvishi bilan turib, kuz tashvishi

bilan yotadigan bo‘ldi. Faqat bitta hovlida – qishloq chekkasida, shundoqqina

anhor yoqasida joylashgan hovlida sukunat hukm surar, faqat bir kishi yolg‘iz o‘z

tashvishi bilan band edi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

15

-O’tkir Hoshimov bu fikr bilan Alimardonning holatini tasvirlamoqchi

bo’lgan.

2.Qiziq, bir хil odamlarning ishi o‘z-o‘zidan yurishib ketaveradi. Meniki-chi?

-Alimardonning hasad qilayotgan vaziyati uchun ishlatilgan.

3.Dunyo paydo bo‘lganidan beri nima uchun odamlar boshi ustida хiyonat

degan qop-qora sharpa kezib yuradi? Odamlar bunchalik qabihlikni qayoqdan

o‘rganisharkin?!

-Anvarning holatini ifoda etish uchun ishlatilgan.

4.Hayot shunaqa ekan. Goho kimningdir motami kimgadir bayram bo‘larkan!

-Alimardonning yomon holati ,ya’ni xatolari natijasidagi umri tasvirlangan.

5.Qiziq, balog‘atga yetgan qiz muhabbatni emas, muhabbatning o‘zi uni izlab

topadi, deganlari rost ekan.

6.Besh kunlik dunyoda хotinga хiyonat qilmagan erkak bormi?

Umuman olganda,”Bahor qaytmaydi”-eng zo’r asarlardan biri.

Xulosa

qilib aytganda,O’tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” asari

inson hayoti, yoshlik, muhabbat va o‘tkinchi davrlar haqida chuqur falsafiy

mushohadalarni o‘zida mujassam etgan. Asarda bosh qahramonning hayot yo‘li,

orzulari va haqiqat bilan to‘qnashuvi orqali o‘quvchi yashashning mazmuni,

vaqtning qadriga yetish va hayotiy tanlovlar haqida o‘ylashga undaladi. Asarda

bahor — yoshlik timsoli sifatida tasvirlanadi, uning ortga qaytmasligi esa inson

umrining o‘tkinchiligini ifodalaydi. Bu asar har bir insonni o‘z hayoti, qadrli

damlari ustida mulohaza yuritishga undaydi.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)