https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
457
Mavzu: «EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA MATEMATIK
STATISTIKA» FANIDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANIB
DARS OLIB BORISH
Abdig‘afforov Davronbek Erkin o‘g‘li
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti akademik
litseyi matematika fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Bu yerda biz oliy uquv yurtlarinda o‘tiladian «Ehtimollar
nazariyasi va matematik statistika» fanidan ma’ruza va amaliy darslarni olib
borishning interaktiv metodlari bo‘yicha tanishamiz.
Kalit so‘zlar: Inter , kombinatorika , ehtimollar nazariyasi va matematik
statistika, akt-faoliyat.
Inter-ingliz tilidan olingan bo‘lib «o‘zaro», akt-faoliyat “interaction”-o‘zaro
ta’sir degan ma’noni anglatadi. Interaktiv metodlarning quyida birnechtasi
«Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika» fanida qo‘llanilishi keltirilgan.
Interaktiv metodlarning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib bu o‘qituvchining
o‘quvchi bilan doimo o‘zaro muloqotidir.
Sinkveyn (5 qatorli she’r)
Sinkveyn (5qatorli she’r) metodi o‘quvchilarni o‘rganilgan mavzu yoki
ma’lumot haqida o‘z fikrini lo‘nda va qisqa iboralar yordamida bayon qilishga
o‘rgatadi. Albatta matematik fanlarda tuzilgan sinkveyn to‘la qonli 5 qatorli she’r
bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsada, bunday she’rlarni yozish qoidasi matematika
fanidan turli tushunchalarni har tomonlama tavsiflashda to‘g‘ri keladi. Sinkveyn 5
qatordan iborat bo‘lib uning qatorlari quyidagi qoida asosida yoziladi.
1-qator:
she’r mazmunini ifodalovchi asosiy bita o‘zak so‘z.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
458
2-qator:
bu tushunchani xarakterlovchi sifatlar.
3-qator:
bu tushunchaning harakat ta’sirini ifodalovchi fe’llardan bir
nechtasi.
4-qator:
sinkveyn tuzuvchining bu tushunchaga bo‘lgan
munosabatining bir nechta so‘z bilan ifodasi.
5-qator:
shu tushuncha bilan bog‘liq tasavvur, o‘xshatish.
Misol.
O‘qituvchilar tomonidan oraliq nazorat darslarida talabalarni bilimini
baholashda yozilgan sinkveynlardan misollar keltiramiz.
I.
–Hodisa
-tasodifiy, muqarrar, mumkin bo‘lmagan,
-birgalikta ro‘y beradi, erkli ro‘y beradi,
-ular ustida tajribalar olib boriladi,
-sinov.
II.
–ehtimollik,
-klassik, geometrik, statistik,
-ro‘y berishi ham, o‘y bermasligi ham mumkin
-tajriybaning qanchalik darajada amalga oshishi.
-foiz.
III.
–Laplas funksiyasi
-itegral, toq.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
459
-katta n larda, kamida k marta ko‘pi bilan l marta ro‘y beradi.
-bog‘liqmas hodisalarda amalga oshirilad.
-Laplasning lokal teoremasi ham mavjud.
Klaster (tushunchalar bog‘lami)
Klaster (ingizcha Cluster-bog‘lam) deb- muayyan hossalarga ega bir nechta
birjinsli elementlarni umumiy xususiyatlariga ko‘ra bitta mustaqil ob’yektga
birlashtirishga aytiladi.
Klaster metodi o‘quv materiallarini ko‘rgazmali, sxematik tarzda
tasvirlashdan iborat bo‘lib, u o‘rganilaѐtgan u ѐki bu tushunchalar haqida
tasavvurga ega bo‘lishga, ularni tushunishga va ularning tarkibiy qismlari va
o‘zaro bog‘lanishlarini yaqqol tasvirlashga yordam beradi. Bu bilan mazkur metod
xotirani rivojlantirishga va o‘quvchining o‘z bilimlarini o‘zi baholashiga ham
yordam beradi.
Klaster metodi 4 ta bosqichi bo‘lib, u quyidagi algoritm asosida darsda
qo‘llaniladi:
1-bosqich
- Doskaga yoki oqvaraqqa dars mazmunining
tushunchasi yoki g‘oyasi yoziladi.
2-bosqich
-O‘quvchilar mazkur so‘z (tushuncha) haqida bilgan va yodlariga
kelgan
barcha narsalarni yozib chiqishadi. Natijada markazdan har tomonga qarab
ketgan, shu mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan turli tushuncha, g‘oya va fakilarni
tasvirlovchi so‘z yoki so‘z birikmalari hosil bo‘ladi. Talabalar aytgan barcha
narsalar tashlab yuborilmasdan doskaga yoziladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
460
3-bosqish
-Doskaga yozilganlar bir tizimga keltiriladi. O‘qituvchi tomonidan
keltirilgan o‘quv materiali asosida yozilganlar tahlil qilinadi va bir tizimga
keltirishga harakat qilinadi. Tarqoq jumlalar birlashtiriladi, hato yozilganlari esa
o‘chirib tashlanadi.
4-bosqish
-Yozilgan tushunchalar o‘zaro bog‘liqligiga qarab o‘zak so‘z bilan
tutashtiriladi. Ular birinchi darajali bog‘liq yozuvlar bo‘ladi. O‘z navbatida bu
yozuvlar bilan bog‘liq ikkinchi darajali yozuvlar ham bo‘lishi mumkin. Ular o‘zak
so‘z bilan emas, yozilgan qaysi tushuncha bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘lsa, o‘sha
bilan tutashtiriladi va hokazo. Natijada o‘zak so‘z bilan bog‘liq sxema paydo
bo‘ladi. Bu sxema mavzuni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.«Matematika o‘qitish jarayonini loyihalash». M.Tojiyev.T.2004
2.«Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish».
L.V.Golish., D.M.Fayzullayeva. T.2010.
3.Sirojiddinov S.X., Mamatov M.M. Ehtimollar nazariyasi va
matematik statistika. T., 1972.
4.Rasulov A.S., Raimova G.M., Sarimsakova X.Q. Ehtimollar
nazariyasi va matematik statistika. T. 2005.
5.Zubkov A.M., Sevastyanov B.A., Chistyakov V.P. Sbornik zadach po
teorii veroyatnostey. M.: Nauka, 1999.