Авторы

  • Quvvatov Abduxoliq Mirzajon o’g’li

Биография автора

  • Quvvatov Abduxoliq Mirzajon o’g’li

    O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 315-guruh kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88138

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: sog’liqni saqlash sog’liqqa qarshi jinoyatlar tan jarohati sog’liqni saqlash muassasalari OITS hamkorlik alkogolizm giyohvandlik va zaharvandlikka chalingan shaxslar amaliy hamkorlik sog’lom turmush tarzi.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada profilaktika inspektorining sog’liqni saqlash organlari bilan hamkorligining asosiy yo’nalishlari, sog’liqni saqlash muassalari bilan hamkorlikni tashkil etishning bugungi holati va hozirda ushbu sohadagi kamchilik va muammolarga doir masalalar yoritib berilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

435

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING SOG‘LIQNI SAQLASH

ORGANLARI BILAN HAMKORLIK YO`NALISHLARI

O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 315-guruh kursanti

Quvvatov Abduxoliq Mirzajon o’g’li

Annotatsiya: Ushbu maqolada profilaktika inspektorining sog’liqni saqlash

organlari bilan hamkorligining asosiy yo’nalishlari, sog’liqni saqlash muassalari

bilan hamkorlikni tashkil etishning bugungi holati va hozirda ushbu sohadagi

kamchilik va muammolarga doir masalalar yoritib berilgan.

Kalit so’zlar: sog’liqni saqlash, sog’liqqa qarshi jinoyatlar, tan jarohati,

sog’liqni saqlash muassasalari, OITS, hamkorlik, alkogolizm, giyohvandlik va

zaharvandlikka chalingan shaxslar, amaliy hamkorlik, sog’lom turmush tarzi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasida “Har kim

sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini

qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli. Davlat sog‘liqni

saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil

turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini

ta’minlash choralarini ko‘radi. Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish,

aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar

yaratadi” deb belgilab qo’yilgan. Inson hayoti va sog‘lig‘i oliy qadriyat

sanalganligi bois, har bir shaxsning yashash huquqlarini ta’minlash va

himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Zero, har bir insonning sog‘lig‘i va yashashga bo‘lgan huquqi, ya’ni hayoti

bu dunyoda boshqa hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan bebaho

ne’matidir. Inson omilisiz shaxs, jamiyat va davlat, shuningdek millatlar va


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

436

mamlakatlar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tasavvur qilish ilojsiz,

albatta. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1948-yil 10-dekabrda

qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 3-moddasida:

“har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega”

ekanligi qayd etib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi

Konstitutsiyasining 25-moddasida ham yashash huquqi har bir insonning ajralmas

huquqi ekanligi, inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat hisoblanishi

mustahkamlab qo‘yilgan. Jinoyatchilikka qarshi samarali kurash olib

borishda, ayniqsa, unga ta’sir qiluvchi chora-tadbirlarni, xususan,

jinoyatlarni oldini olishda profilaktika sub’ektlarining hamkorligini

muvofiqlashtirish, faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish, usul, vosita va tartiblarni

ishlab chiqish uchun uning mohiyati, kelib chiqish tarkibi, ko‘rinishlari

va rivojlanish qonuniyatlari hamda tarixiy o‘tmishi haqida chuqur ilmiy

asoslangan bilimga ega bo‘lish talab etiladi.

Aholi soglig’ini saqlash, sog’liqqa qarshi jinoyatlarning oldini olish borasida

Ichki ishlar organlari ham ishtirok etadi hamda bu boradagi faoliyatni amalga

oshirishda bevosita sog’liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlik qiladi.

Aholi sog‘lig‘ini saqlash va sog‘liqqa qarshi jinoyatlar

hamda huquqbuzarliklarning oldini olishda profilaktika inspektorining

sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi ob’ektiv

zaruriyatni tashkil etadi. Chunki sog‘liqni saqlash organlarining bevosita ish

faoliyatlari fuqarolarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar tufayli yetkaziladigan

zararli oqibatlarni bartaraf etish, oldini olishni profilaktika inspektori bilan

hamkorlikda amalga oshiriladi.

Profilaktika inspektori xizmat hududida aniq shaxs tomonidan tan

jarohati yetkazilgan holatlarda fuqaroga yetkazilgan jarohatning og‘irlik darajasini

aniqlashni so‘rab, hududiy tibbiyot muassasalariga sud-tibbiy ekspertiza

tayinlash choralarini ko‘radi. Zarur hollarda yetkazilgan jarohatning


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

437

og‘irlik darajasini belgilangan muddatda aniqlash maqsadida profilaktika

inspektorining o‘zi fuqaroni sud-tibbiy ekspertizaga olib borishni

ta‘minlaydi. Profilaktika inspektori tibbiyot muassasalaridan olingan xulosa

asosida huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritadi yoki jinoyat ishini tergov

organlariga oshirish choralarini ko‘radi va tegishli tartibda IIB boshlig‘iga

bildirgi bilan murojaat qiladi. Bundan tashqari, respublikamizning qishloq

joylarida faoliyat yuritayotgan oilaviy vrachlik punktlariga sog‘lig‘i

yomonlashib murojaat qilgan fuqarolarning tan jarohatlarida ularning

huquqbuzarlik, jinoyat yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar natijasida

olinganlik alomatlari aniqlansa, xizmat olib borayotgan tibbiyot xodimlari bu

holat haqida zudlik bilan nafaqat IIB navbatchilik qismiga, qolaversa hudud

profilaktika inspektoriga xabar berishi talab etiladi. Ushbu holatda profilaktika

inspektori olingan ma‘lumotlar asosida holatga oydinlik kiritadi hamda tan

jarohatining huquqbuzarlik, jinoyat yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar

natijasida olinganini aniqlab, aybdorlarga nisbatan tegishli choralar

ko‘rilishini ta’minlaydi. Ichki ishlar organlarining tayanch punktiga profilaktika

inspektori va ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmat xodimlari

tomonidan olib kelingan shaxslarning mastlik holatini, shuningdek ularda

yaqqol ko‘rinib turgan jarohatlarning darajasini va sabablarini aniqlash

maqsadida bunday toifadagi shaxslar tegishli sog‘liqni saqlash muassasalariga olib

borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi hamda ushbu holat haqida ma’lumotnoma

olinadi.

Profilaktika inspektori xizmat hududida surunkali alkogolizm,

giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan bemorlar aniqlanib tegishli asoslar,

ya’ni bemorning shaxsiy tashabbusi, yaqin qarindoshlari, mahalla fuqarolar

yig‘ini, mehnat jamoasi yoki sog‘liqni saqlash muassasalarining

iltimosnomalar mavjud bo‘lganda, profilaktika inspektori mazkur toifadagi

shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi materiallarni to‘playdi va


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

438

tuman, shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga taqdim etadi. Profilaktika inspektori

xizmat hududida profilaktik hisobda turgan ruhiy kasallarning yurish-

turishlari, xulq-atvorlaridan doimiy ravishda xabardor bo‘lib, shu maqsadda

ularning oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shnilari va boshqa tegishli shaxslar bilan

aloqada bo‘lib kerakli axborotlarni o‘rganadi. Profilaktik hisobdagi ruhiy

kasallarning ruhiy va salomatlik holatlari o‘zgarib tajovuzkorligi oshsa va bu bilan

o‘ziga yoki yaqin atrofdagilarga xavf tug‘dirsa, u holda ushbu holatda ham

tegishli sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda ularni davolash

uchun yuborish choralarini ko‘radi. Profilaktika inspektori jinoyat, yo‘l-transport

hodisasi, yong‘in va boshqa turli hodisalar sodir bo‘lgan joyga yetib kelib,

jarohat olgan fuqarolar borligini aniqlagan holatlarda zudlik bilan tibbiy

yordam xizmatiga xabar beradi, ular yetib kelguniga qadar esa fuqarolarga

birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, inson hayoti va sog‘lig‘i bilan

bog‘liq noxush hodisa va holatlar yuz berganda, jumladan, bevaqt o‘lim

aniqlanganda ham profilaktika inspektori sog‘liqni saqlash muassasalari bilan

o‘zaro hamkorlikda hodisaning sabablari va unga imkon bergan sharoitlarni

aniqlash, oqibatlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi. Yuqoridagilardan

ko‘rinib turibdiki, profilaktika inspektorining sog‘liqqa qarshi

huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni ochish va bunday huquqbuzarliklarga

oid ishlarni yuritish sohasidagi faoliyatining o‘zi ham jamiyatda ijtimoiy

sog‘lom muhitni barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Profilaktika

inspektorining sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorligi deganda,

ushbu profilaktika inspektorining o‘ziga biriktirilgan xizmat hududidagi

aholining sog‘lig‘iga qarshi bo‘ladigan tajovuzlar va huquqbuzarliklar sodir

etilishining yoki sodir etilgan shunday huquqqa xilof harakatlarining fosh etilishida

sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan, qonun

hujjatlari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy-huquqiy munosabatlar

yig‘indisi tushuniladi. Profilaktika inspektori ushbu sohada hamkorliklagi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

439

faoliyatini ma’muriy hududda joylashgan oilaviy vrachlik punktlari,

poliklinika va shifoxona xodimlari bilan birgalikda amalga oshiradi. Mazkur

hamkorlikni shartli ravishda quyidagi shakllarda ko‘rib chiqishimiz mumkin:

-

o‘zaro axborot almashish shakli

da

tomonlarning faoliyatga doir

hamkorlikdagi muayyan chora-tadbirlarini rejalashtirish, huquqbuzarlik

faktlari haqida ma’lumot berish yoki ishga doir boshqa ma’lumotlarni

o‘zaro almashgan holda ma’lum vazifalarni o‘zaro hal qilish faoliyatida

namoyon bo‘ladi;

-

amaliy hamkorlik shakli

ni tomonlarning huquqbuzarliklar profilaktikasiga

doir umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik chora-tadbirlarni

tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek huquqbuzarliklarga doir ishlarni

ko‘rib chiqishda tibbiyot sohasidagi maxsus bilimlarga ega bo‘lmagan

mutaxassislarni jalb etish kabi amaliy hamkorliklarda kuzatish mumkin.

Profilaktika inspektori bilan sog‘liqni saqlash organlari xodimlari

o‘rtasidagi hamkorlikning yuqorida keltirib o‘tilgan shakllari bo‘yicha olib

boriladigan amaliy faoliyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:

1. aholi o'rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek,

yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, ularni keltirib chiqaruvchi sabab

va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;

2. surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo

bo‘lgan bemorlar, ruhiy kasallar va boshqa shu kabi shaxslarning majburiy

davolanishini ta’minlash;

3. hayot va sog‘liqqa qarshi qaratilgan jinoyat va ma’muriy

huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilish sabablari va imkon

bergan sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishda hamda jinoyatlarni o‘z vaqtida

"issiq izi"dan ochishda o‘z aksini topadi.

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda butun yer yuzida OITSga

chalingan bemorlar soni 25 milliondan ortiqni tashkil etadi. Har yili O‘zbekistonda


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

440

kamida 100 ga yaqin OITS va teri-tanosil kasalliklariga chalingan

bemorlar aniqlanadi. Mazkur ma’lumotlar vaqtida aniqlanmasa ushbu kasalikka

chalingan fuqarolardan ularning oila a’zolariga, yaqinlariga yuqishi mumkinligi

bizni yanada ogohlikka chaqiradi. Zero, ichki ishlar organlarining sog‘liqni

saqlash organlari bilan hamkorlikdagi o‘zaro hamjihatlik bilan qilgan harakatlari

boshqa noxush holatlarning vujudga kelishining oldini olishga xizmat qiladi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, profilaktika inspektorining nafaqat

sog’liqni saqlash muassasalari bilan hamkorligi huquqbuzarliklarning oldini

olish, ularni ochish va huquqbuzarliklarga oid ishlarni yuritish sohasida,

balki jamiyatda ijtimoiy sog‘lom muhitni barqarorlashtirishda ham muhim

ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2.O`zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan

“Ichki ishlar organlari to`g`risida”gi O`RQ-407 son qonuni

3.O`zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan

“Huquqbuzarliklar profillaktikasi to`g`risida”gi O`RQ-371 son qonuni

4.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martda qabul qilingan

PF-6196 son farmoni

5.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-aprelda qabul qilingan

PQ 5050 son qarori

6.

http//www. lex.uz

sayti