https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
427
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR
PROFILAKTIKASIDA SOGʻLIQNI SAQLASH MUASSASALARI BILAN
HAMKORLIGINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI
O‘zbekiston Respublikasi IIV AkademiyasiKursanti
Quvvatov Abduxoliq Mirzajon o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada profilaktika inspektorining sog‘liqni saqlash
muassasalari bilan hamkorligi, ushbu faoliyatning asosiy yo‘nalishlari,
profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatida sog‘liqni
saqlash hamkorlikni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan bogʻliq
masalalar yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: hamkorlik, sogʻliqni saqlash muassasalari, profilaktika
inspektorlari,tashkiliy asos, huquqiy asos, qaror, qonun, qoʻshma qaror, tan
jarohati, xabardor qilish.
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan jamoat tartibini saqlash va fuqarolar
xavfsizligini ta’minlash siyosatning ustuvor yoʻnalishlari sifatida belgilangan
hamda bu boradi dolzarb islohotlar amalga oshirilmoqda desak maqsadga
muvofiq boʻladi. Ana shunday islohotlarni samarali amalga oshirish, jamoat
tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar organlari bir
qator davlat tashkilotlari hamda muassalari bilan bevosita hamkorlik qiladi. Ichki
ishlar organlari bevosita hamkorlik qiladigan bunday tashkilotlardan biri bu
sogʻliqni saqlash muassasalari hisoblanadi. Ichki ishlar organlarining sogʻliqni
saqlash organlari bilan hamkorligi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar bilan
tartibga solingan boʻlib ushbu faoliyatning huquqiy asoslari yaratilgan. Mazkur
normativ-huquqiy hujjatlarni ularning yuridik kuchiga koʻra qonunlar va
qonunosti normativ-huquqiy hujjatlariga ajratish mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
428
Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida sogʻliqni
saqlash muassasalari bilan hamkorligining huquqiy asoslari – qonunlar va
qonunchilik hujjatlarida ifodalangan qoidalar, farmoyishlar va koʻrsatmalar hamda
davlat organlarining ushbu faoliyatga doir buyruq, yoʻriqnoma va boshqa normativ
hujjatlarining yigʻindisidir. Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar
profilaktikasida sogʻliqni saqlash muassasalari bilan hamkorligining huquqiy
asoslarini mazmuniga koʻra ikki turga:
1.
fuqarolarning xulq-atvori, huquq va erkinliklarini, ma’lum harakatlarni
amalga oshirishda oʻrnatilgan ta’qiqlar va ularni buzganlik uchun
javobgarlikni koʻzda tutuvchi normalarni oʻz ichiga olgan tartibga
soluvchi;
2.
profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida sogʻliqni
saqlash muassasalari bilan hamkorligi oʻrtasidagi vazifalari,
funksiyalari, vakolatlari, faoliyatining shakl va usullarini belgilovchi.
Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida sogʻliqni
saqlash muassasalari bilan hamkorligini samarali tashkil etish va boshqarish bu
sohadagi huquqiy asoslarni muntazam monitoring qilib borishni, ularning ijtimoiy
hayotga qay darajada mosligi va amal qilishini kuzatib borishni talab etadi.
Profilaktika inspektorining davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish
organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari bilan hamkorigining birinchi huquqiy
asosi Oʻzbekiston Respubliksi Konstitusiyasi hisoblanadi. Konstitusiyaviy normalar
ichki ishlar organlarining
davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va
sogʻliqni saqlash muassasalari bilan hamkorigini toʻgʻridan toʻgʻri tartibga
solmasada, Konstitutsiyamizning 48-moddasida “Har kim sog‘lig‘ini saqlash va
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda
davlat hisobidan olishga haqli. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
429
nodavlat shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining
sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash choralarini ko‘radi. Davlat
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi” deb belgilab qo’yilgan.
Profilaktika inspektorining davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish
organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari bilan hamkorigining eng asosiy huquqiy
asoslaridan yana biri Oʻzbekiston Respublikasining
“Huquqbuzarliklar
profilaktikasi toʻgʻrisida”
gi qonun
hisoblanadi.
Qonunning 9-moddasiga
muvofiq sogʻliqni saqlash organlari huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita
amalga oshiruvchi organlar tizimiga kiritilgan. Ushbu qonunning 18-moddasida
esa Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash
muassasalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari koʻrsatib
oʻtilgan boʻlib bular quyidagilardan:
-
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va
amalga oshirishda ishtirok etish;
-
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga
doir dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;
-
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini
amalga oshirish shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi
sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf
etish;
-
aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni tarqatish bo‘yicha
ishlarni, shuningdek sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni tashkil etish;
-
aholi o‘rtasida muntazam tibbiy tekshiruvlarni tashkil etish;
-
alkogolizmga, giyohvandlikka, zaharvandlikka, ruhiy kasalliklarga, OIV
infeksiyasiga, tanosil kasalliklariga va atrofdagilar uchun xavf soluvchi
boshqa kasalliklarga chalingan shaxslarni aniqlash, ularni hisobga olish,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
430
tekshiruvdan o‘tkazish, shuningdek ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy
moslashtirish;
-
OIV infeksiyasi, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik tarqalishining
oldini olishga doir chora-tadbirlarni bajarish uchun mutaxassislarni
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
-
odam savdosidan jabrlanganlarni belgilangan tartibda ijtimoiy reabilitatsiya
qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini ko‘rishdan iborat.
Shuningdek davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va
sog‘liqni saqlash muassasalari ichki ishlar organlariga ijtimoiy ahamiyatli
kasalliklar va atrofdagilar uchun xavf soluvchi boshqa kasalliklar tarqalganligi,
badaniga shikast yetgan yoxud behush holatda bo‘lgan shaxslar kelib tushganligi
yoki murojaat etganligi, odamlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga tahdid soladigan
oilaviy-maishiy nizolar to‘g‘risida va oilaviy-maishiy munosabatlar sohasidagi
huquqbuzarliklar, voyaga yetmagan shaxs g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga va
huquqbuzarliklar sodir etishga jalb etilganligi, hamda huquqbuzarliklar sodir
etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar haqida xabar qilishi
shart. Ushbu faoliyatni tartibga solishda Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash
vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi, Maktab va Maktabgacha
vazirligining 2014-yil 4-noyabrdagi
“Huquqbuzarliklar faktlari hamda
huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar haqida ichki ishlar
organlariga xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash
haqidagi” 36\18\49\56-sonli qoʻshma qaror
asosiy vazifalarni bajaradi. Ushbu
qoʻshma qaror asosida har qanday holatda ham fuqarolar tan jarohati bilan sogʻliqni
saqlash mussasasiga kelgan taqdirda ularni roʻyxatdan oʻtkazishi va ularni bunday
holatda kelganligi toʻgʻrisida tuman yoki shaxar IIB ga xabardor qilib qoʻyish
kerak boʻladi
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunning 40-moddasiga
muvofiq surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxs
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
431
tomonidan jamoat tartibi, boshqa shaxslarning huquqlari buzilgan yoxud u
aholining xavfsizligi, sogʻligʻi va jamiyatning axloqiga tahdid solgan taqdirda
profilaktika inspektori tomonidan shaxsni majburiy davolashga yotqizish
choralari koʻriladi. Bunday shaxslarni davolash esa bevosita sogʻliqni saqlash
muassasalarida olib boriladi. Profilaktika inspektori davlat sogʻliqni saqlash
tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda
ma'muriy hududda mavjud giyohvand vositalariga ruju qoʻygan shaxslar bilan
ishlashda narkologiya dispanseri xodimlari bilan profilaktik chora tadbirlar
amalga oshiriladi.
Giyohvandlikni oldini olish profilaktika inspektori va davlat sogʻliqni
saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari bilan
hamkorligining dolzarb vazifalardan biridir. Ushbu vazifalarni belgilab beruvchi
huquqiy asoslardan biri Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustdagi
«Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida»gi qonunidir. Qonunda
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada
boʻlishiga oid ijtimoiy munosabatlar tartibga solingan.Ushbu qonunning 45-
moddasida sogʻliqni saqlash muassasalarining giyohvandlik va zaharvandlik bilan
kasallangan bemorlarga narkologik yordam koʻrsatish borasidagi faoliyati
toʻgʻrisidagi qoida belgilangan boʻlib, unga koʻra narkologik yordamga muhtoj
shaxsning iltimosi va roziligiga narkologik yordam koʻrsatilishi nazarda tutilgan
Hududiy profilaktika inspektori davlat sogʻliqni saqlash tizimini
boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda
ma'muriy hududda joylashgan har qanday inson yashash yoki yurish mumkin
boʻlgan joylarda tozalik masalalari sanitariya holatlarini oʻrganishda ham
hamkorlikni amalga oshiradi.
Yuqorida profilaktika inspektorining sog‘liqni saqlash muassasalari bilan
hamkorligining bir qator huquqiy asoslarini sanab o‘tdik. Ushbu huquqiy asoslar
bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Ma’muriy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
432
javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarni ham keltirib o‘tishimiz mumkin. Sababi
Jinoyat kodeksidagi shaxsning hayotiga, sog‘lig‘iga va jinsiy erkinligiga qarshi
jinoyatlarni, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksnining 52-moddasidagi
yengil tan jarohati yetkazish, OITS va OIV, tanosil kasalliklarini tarqatish bilan
bog‘liq bir qator huquqbuzarliklarni aniqlashda sog‘liqni saqlash organlari bilan
hamkorlik qiladi.
Yuqorida keltirilgan qonunlar bilan qatorda ichki ishlar organlari
qonunosti
normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida ham surunkali alkogolizm,
giyohvandlik yoki zaharvandlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-
tadbirlarni amalga oshiradi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlarga IIVning
profilaktika xizmatlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlaridir.
Ammo ushbu normativ hujjatlar qay darajada ishlashiga qaramasdan hozirgi kunda
quyidagi muammolarni oʻzida mujassam etmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (yangi tahrir T.2024 // URL
http//www.lex.uz
2.
Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-may kungi “Huquqbuzarliklar
profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-371 son qonuni // URL
http//www.lex.uz
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. Qonunchillik hujjatlari milliy
bazasi // URL
http//www.lex.uz
4.
Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi.
Qonunchillik hujjatlari milliy bazasi // URL
http//www.lex.uz
5.
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 24-may kungi “Alkogol va tamaki
mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi
OʻRQ-844-son qonuni. Qonunchillik hujjatlari milliy bazasi // URL
http//www.lex.uz
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
433
6.
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 27-oktyabr kungi “Narkologik
kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisidagi OʻRQ-644-son qonuni
Qonunchillik hujjatlari milliy bazasi // URL
http//www.lex.uz
7.
Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi «Giyohvandlik
vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida»gi qonuni. Qonunchillik hujjatlari
milliy bazasi // URL
http//www.lex.uz
8.
Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus ta'lim
vazirligi, Maktab va Maktabgacha vazirligining 2014-yil 4-noyabrdagi
“Huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar
haqida ichki ishlar organlariga xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani
tasdiqlash haqidagi” 36\18\49\56-sonli qoʻshma qaror