Авторы

  • O‘rozmatova Elmira Farhod qizi

Биография автора

  • O‘rozmatova Elmira Farhod qizi

    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88140

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: karantin epidemiya huquqbuzarlik Covid-19 pandemiya sanitariya cheklov sanitariya epidemiologik osoyishtalik tibbiy ko’rik sanitariya muhofazasi o‘simliklar himoyasida karantin ma’muriy javobgarlik jinoiy javobgarlik.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi jinoiy va ma’muriy qonunchiligida  karantinga oid huquqbuzarliklar tushunchasi, ularning tarkibi: obyekt, subyekt, obyektiv tomon, subyektiv tomoni, karantin tushunchasi va karantinga oid cheklovlar, xorijiy davlatlar qonunchiligida karantinga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari yoritib o’tilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

422

KARANTINGA OID HUQUQBUZARLIKLARNING HUQUQIY

TAHLILI

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti

O‘rozmatova Elmira Farhod qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi jinoiy va ma’muriy

qonunchiligida karantinga oid huquqbuzarliklar tushunchasi, ularning tarkibi:

obyekt, subyekt, obyektiv tomon, subyektiv tomoni, karantin tushunchasi va

karantinga oid cheklovlar, xorijiy davlatlar qonunchiligida karantinga oid

huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari yoritib o’tilgan.

Kalit so’zlar: karantin, epidemiya, huquqbuzarlik, Covid-19, pandemiya,

sanitariya, cheklov, sanitariya epidemiologik osoyishtalik, tibbiy ko’rik, sanitariya

muhofazasi, o‘simliklar himoyasida karantin, ma’muriy javobgarlik, jinoiy

javobgarlik.

Ma’lumki bugungi kunda butun dunyoda ko’plab yuqumli kasalliklar

tarqalgan bo’lib har yili ushbu kasalliklar millionlab odamlarning hayotiga zomin

bo’lmoqda, eng achinarlisi esa ushbu qurbonlarning kata qismini yosh bolalar

tashkil qilmoqda. Insoniyat uchun kata talofat keltirgan bunday kasalliklardan biri

2019-yil dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida boshlangan Covid-19 epidemiyasi

bo’ldi. Ushbu virus boshqa davlatlarga ham tarqalib 2020-yilning 11-martida JSST

tomonidan pandemiya deb belgilandi va qator mamlakatlarda karantin cheklovlari

belgilandi.

Pandemiya JSST maʼlumotiga koʻra 2023-yil 5-may kuni bekor qilindi.

COVID-19 pandemiyasi roppa-rosa 3 yil, 1 oy, 24 kun davom etdi. Mana shu vaqt

oraligʻida koronavirus sabab dunyo boʻyicha 7 millionga yaqin inson halok boʻldi,

765 milliondan ortiq kasallanish holatlari aniqlandi

.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

423

Yuqorida ushbu virus tarqalishi munosabati bilan karantin cheklovlari

belgilanganligi haqida aytgandik endi ushbu karantin cheklovlarini mohiyatini

yoritib o’tsak.

Karantin

(italyancha “quarantena- qirq kun),

karantinlash- tibbiyotda o’ta

xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishini cheklashga qaratilgan epidemiyaga qarshi

ma’muriy va sanitariya tadbirlari majmui bo’lib, ma’lum hududni kasallik

tarqatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yo’qotishga, uning bir joydan boshqa

joyga tarqalib ketishiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan profilaktik tadbir hisoblanadi.

Shu maqsadda karantin e’lon qilingan joyda aholi orasida hamma turdagi aloqa,

bordi keldi keskin cheklanadi. Karantin epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda

komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi “Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari” asosida

amalga oshiriladi. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin choralari

joriy etilishi qonuniy asosda amalga oshiriladi. Uning qarorlari idoraviy

mansubligidan va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, barcha tashkilotlarga,

ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolar uchun majburiydir.

Karantin atamasi tibbiy nuqta’i nazardan tashqari o‘simliklar himoyasida ham

ishlatiladi.

Belgilangan karantin cheklovlariga amal qilmaslik O’zbekiston

Respublikasi Ma’muriy hamda Jinoyat qonunchiligi asosida javobgarlikka

tortishga asos bo’ladi.

Jumladan:

O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning

54-moddasida epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzganlik uchun

javobgarlik belgilangan bo’lib unga ko’ra:

Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan

boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli

organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima

solishga sabab bo‘ladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

424

Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo

bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy

qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa

yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki

tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy

tekshiruvdan o‘tish va davolanish, karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga

yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik

yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar va borilgan

joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi yoki boshqa qonuniy

talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor

shaxslarga esa – o’ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

Ushbu moddaning obektiv tomoni karantinli sharoitda jamoat joyida niqob

taqmasdan yurish, belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shifoxonada ichki

tartibga rioya etmaslik, karantinni o’tash uchun belgilangan joylarga yetib

bormaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo’lgan davrda muloqotda bo’lingan

shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik kabi

harakatlardan iborat bo’lib o’n olti yoshga to’lgan aqli raso jismoniy shaxs ushbu

harakatlardan birortasini sodir etgan taqdirda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Yuqoridagi O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi

kodeksning 54-moddasi 2-qismi dispozitsiyasida sanab o’tilgan harakatlarni sodir

etish odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib

chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga yoxud

odamlar o’limiga sabab bo’lsa ushbu holatda bunday harakatlarni sodir etgan shaxs

kelib chiqqan oqibatlarni inobatga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Jinoyat

kodeksining 257

1

-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.

O’zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi “Aholining

sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risida”gi qonunga ko’ra

cheklovchi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

425

tadbirlar (karantin)

deganda yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini

olishga qaratilgan, xo’jalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi,

transport vositalari, yuklar va tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda

tutadigan ma’muriy tibbiy-sanitariya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar

tushuniladi. Ushbu qonunga muvofiq sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga

qarshi tadbirlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

-

O’zbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi;

-

yuqumli va parazitar kasalliklar o’choqlarida o’tkaziladigan chora-

tadbirlar;

-

profilaktik emlashlar o’tkazish;

-

dezinfeksiya tadbirlari;

-

majburiy tibbiy ko’riklar;

-

fuqarolarni gigienik o’qitish va tarbiyalash.

O‘simliklar himoyasida karantin.

Yuqorida karantin tushunchasining

o‘simliklar himoyasida ishlatilishi haqida aytib o‘tgandik. O‘simliklar himoyasida

karantin -

mamlakat hududiga qishloq xoʻjaligi ekinlarining juda xavfli

zararkunandalari, kasallik qoʻzgʻatuvchilari va begona oʻtlarning kirib kelishidan

himoya qilish va zararlanish oʻchoqlarini aniqlash, ihotalash va yoʻqotishga

qaratilgan davlat choratadbirlari tizimi hisoblanadi. Hisob-kitoblarga qaraganda

oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklari jahon boʻyicha oziqovqat ekinlari

potensial hosilining 20—25% ni yoʻq qiladi. Mamlakatlararo savdo-iqtisodiy

aloqalarning kengayishi darajasiga qarab bir mamlakatda uchramaydigan

zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlar turlarining boshqasiga kirib kelishi

xavfi ortib boradi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida karantinga oid

holatlarni tartibga solish bilan bog‘liq “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonun

qabul qilingan.O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi

kodeksining 107-moddasida

o‘simliklar karantini obyektlariga va boshqa zararli

organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini (choralarini)


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

426

hamda boshqa qoidalarni buzganlik uchun, 108-moddasida esa karantin ostidagi

mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik

belgilab qo‘yilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (yangi tahrir T.2024 // URL

http//www.lex.uz

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. Qonunchillik hujjatlari milliy

bazasi // URL

http//www.lex.uz

3.

Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi.

Qonunchillik hujjatlari milliy bazasi // URL

http//www.lex.uz

4.

Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgust kungi “O‘simliklar

karantini toʻgʻrisida”gi OʻRQ-844-son qonuni. Qonunchillik hujjatlari milliy

bazasi // URL

http//www.lex.uz

5.

Http//www.wikipedia.uz

Ochiq Ensiklopediya sayti.