https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
406
TEZLANISH VA KUCH O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK: MEXANIK
HARAKATNING ASOSIY QONUNIYATLARI
YO`LDOSHEVA NODIRABONU BAXROM QIZI
Annotatsiya: Ushbu maqolada klassik mexanikaning asosiy qonunlaridan
biri bo‘lgan kuch va tezlanish o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Nyutonning
ikkinchi qonuni asosida harakatga keluvchi jismlarning fizik xossalari, tajriba
asosidagi misollar va bu munosabatning real hayotdagi ko‘rinishlari yoritiladi.
Teoretik tushuncha eksperimental kuzatuvlar bilan bog‘lanadi.
Kalit so‘zlar: tezlanish , kuch, nuyutoni 2-qonuni, tezlik, tormoz, vaqt,
deseleratsiya.
Kirish
Klassik mexanikada harakatning sababi sifatida kuch tushunchasi markaziy
o‘rinni egallaydi. Sir Isaak Nyuton tomonidan ilgari surilgan harakat qonunlari
bugungi kunda ham fizikaning eng fundamental asoslaridan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, Nyutonning ikkinchi qonuni — kuch va tezlanish o‘rtasidagi chiziqli
bog‘liqlik — jismlarning harakatini matematik tarzda tahlil qilishda asosiy vosita
bo‘lib xizmat qiladi.
Tezlanish
–
bu biror jismning tezlik o‘zgarishining o‘lchovidir. Jism
harakatlanayotgan paytda uning tezligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi, bu esa
tezlanishni hosil qiladi. Fizikada tezlanish juda muhim tushuncha bo‘lib, uning
qonuniyatlari har qanday jismning harakatini tushunish uchun zarurdir.
Tezlanish (
𝛼
) – bu jismning tezligining vaqtga nisbatan o‘zgarishini bildiradi.
Matematik ifodasi quyidagicha
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
407
𝜶 =
𝝊
𝒕
bu yerda.
𝛼
– tezlanish (m/s²),
𝜐
– tezlikning o‘zgarishi (m/s),
t – vaqtning o‘zgarishi (s).
Demak, tezlanish — bu tezlik o‘zgarishining vaqt bo‘yicha o‘lchovidir. Agar
jismning tezligi vaqt o‘tishi bilan tez o‘zgarayotgan bo‘lsa, demak tezlanish katta.
Fizikada tezlanish va kuch o‘rtasida aniq bog‘liqlik mavjud. Bu bog‘liqlik
Nuyutoni 2-qonuni
orqali ifodalanadi. Ushbu qonunga ko‘ra, jismning tezlanishi
unga ta’sir etayotgan kuchga proporsional, massa bilan esa teskari bog‘liq:[1]
Nyutoning 2-qonuni
Jismga tashqi kuch ta’sir qilganda, u kuch yo‘nalishida tezlanadi.
Bu tezlanish kuch bilan to‘g‘ri, massa bilan esa teskari proporsional.
𝑭 = 𝒎 ⋅ 𝜶
bu yerda:
F — jismga ta’sir etayotgan natijaviy kuch (N – nyuton),
m — jismning massasi (kg),
𝛼
— jismning hosil qilgan tezlanishi (m/s²).
Bir nuyuton
≈ 1𝑘𝑔
massali jismga 1
𝑚
𝑠
2
tezlanish beruchi kuchdir.
Nyutonning ikkinchi qonuni 1687-yilda
rasman ilmiy jamoatchilikka
taqdim etilgan va. o‘sha yildan boshlab mexanikaning asosiy qonuni sifatida tan
olingan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
408
O‘zgarmas kuch jismga . o‘zgarmas tezlanish beradi va tezlanish har doyim
natijaviy kuch tomon yonaladi.[2]
Amaliy misollar
Avtomobil harakati
Avtomobilga ishlaydigan dvigatel kuchi orqali tortish kuchi hosil qilinadi. Bu
kuch avtomobil massasiga taqsimlanganda tezlanish yuzaga keladi. Shu asosda
transport vositalarining texnik xususiyatlari baholanadi.
Sportda tezlanish
Yuguruvchi sportchi boshlang‘ich turtki orqali erga kuch qo‘llaydi. Reaksiya
kuchi sportchini tezlanishga olib keladi. Massasi va qo‘llanilgan kuch asosida
sportchining startdagi tezlanishi aniqlanadi.
Lift harakati
Lift yuqoriga ko‘tarilayotganda yoki pastga tushayotganida unga gorizontal
bo‘lmagan kuchlar ta’sir etadi.
Yuk ko‘tarayotgan lift tezlanadi — bu kuchning mavjudligidan dalolat.
Tezlanish mavjud bo‘lsa, odam o‘z og‘irligini ko‘proq yoki kamroq his qiladi.
Sportchining startda yugurishi
Sportchi erga turtki beradi (kuch), natijada tanasi tezlanadi.
Kuchsiz turtki — sust tezlanish
Kuchli turtki — katta tezlanish
Professional yuguruvchilar tayyorlov jarayonida kuch va tezlanish o‘rtasidagi
munosabatni o‘rganishadi
Tormoz bosilganda avtomobilning sekinlashishi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
409
Tormoz tizimi ishga tushganda kuch orqaga qarab ishlaydi — bu manfiy
tezlanishdir (deseleratsiya).
Masalan:
Avtomobil: m=1500 kg
Sekinlashish: a=−4
𝑚
𝑠
2
Tormoz kuchi: F=1500
⋅
(−4)=−6000 N
Eksperimental ko‘rinish
Agar bir xil yuzada har xil massaga ega ikki jismga bir xil kuch ta’sir ettirilsa,
kichik massaga ega bo‘lgan jism tezroq tezlanadi. Misol:
m₁ = 1 kg, F = 10 N → a₁ = 10 m/s²
m₂ = 5 kg, F = 10 N → a₂ = 2 m/s²
Bu orqali tezlanishning massa bilan teskari bog‘liqligi amalda tasdiqlanadi.[3]
Xulosa:
Tezlanish va kuch o‘rtasidagi bog‘liqlik har qanday mexanik tizimni
tahlil qilishda zarur vositadir. Bu bog‘liqlik nafaqat nazariy fizika, balki transport,
muhandislik, sport, aeronavtika kabi ko‘plab sohalarda amaliy ahamiyatga ega.
Nyutonning 2-qonuni asosida harakatni bashorat qilish va boshqarish imkoniyati
mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Halliday, D., Resnick, R., Walker, J.
Fundamentals of Physics
, 10th
Edition, Wiley, 2014.
2.
Landau, L.D., Lifshitz, E.M.
Mechanics
, Pergamon Press, 1976.
3.
Serway, R.A., Jewett, J.W.
Physics for Scientists and Engineers
, Cengage
Learning, 2018.