https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
400
AMIR HAYDAR HUKUMRONLIK DAVRIDA BUXORO.
Namangan davlat unversiteti. Ijtimoiy fanlar fakulteti tarix Yo`nalishi 2-bosqich
talabasi
Muhammadiyev Bilol Ismoil oʻgli
E-mail:bilolmuhammadiyev5@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro amirligini qudratli hukumdorlaridan
biri amir Haydarning yoshligi, uning mamalakat taxtiga chiqishi, Xiva xonligi
bilan urushlari, uning davridagi qoʻzg`alonlar, mamlakat miqiyosida o`tkazgan
islohotlari va o`limi yorotiladi.
Kalit so`zlar:
Mang`itlar, amir Shohmurod. Eltuzarxon, Dinnosirbek,
Olimxon, Harbiy islohot, Navkariya, qoracherik.
Buxoro amirligida amir Haydar muhim ishlarni amalga oshirdi. Taxtga
kelishidan koʻp oʻtmay, Xiva xonligi bilan kurashga kirishgn amir Haydar porloq
g`alabaga erishdi. Amir Haydar mamlakatda talim tizmini tartibga solish uchun
islohotlar oʻtkazdi. Shunday boʻlsada uning hukumronligi davrida Buxoro
amirligida bir necha bor qoʻzg`alonlar boʻlib oʻtdi. Mamalakatni turli bekliklari
mustaqilik uchun kurashga kirishdi. Shunday og`ir sharoitda hukumronligini 26 yil
davom etirdi.
Mang`itlarni uchinchi amiri amir Shohmurodni birinchi farzandi Haydar
1778-yilda Buxoroda dunyoga keldi. Haydarni otasi Shohmurod bu paytda amir
emas edi. Haydarni onasi Ashtarxoniy Abulfayzxonning qizi Shamsiya bonu
bo‘lib, mang‘it amirlaridan bo‘lgan hukmdorlarga sayid nisbati berilishi amir
Haydar
davridan
boshlandi.
Chunki
ashtarxoniy
hukumdor
Nodir
Muhammadxonning onasi Mashhadlik saidlar xonodonidan bo`lgan. Nodir
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
401
Muhammadni nabirasi Abulfayzxon uning nabirasi Haydarni ham tarixchilar
“sayid” rutbasi qoʻshib aytilganlar. Shohmurodni kamtarona hayot kechirganini
hamma biladi. Shohmurod farzandlariga shu jumladan Haydarni yoshlikdan ilm
olishiga katta e’tibor berdi. Buning natijasida Haydar oʻta bilimli va hofizi Qur’on
boʻlib yetishdi. Shohmurod taxtga chiqach farzandlarini turli hududlarga hokim
etib tayinladi.
Amir Shohmurod vafod etganda o‘g’illaridan birinchisi amir Haydar Qarshi
hokimi, yana biri Dinnosirbek Marv hokimi, uchinchi o‘g’li Muhammad Husayn
Samarqand hokimi edi. Ulardan hech biri otasi vafot etgan paytda Buxoroda emas
edilar. Shunday vaziyatda amir Haydarning ikki amakisi – Umarbiy va Fozilbiy
xomtamalik va kaltabinlik bilan arkka kirib, hokimiyatni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan.
Lekin Amir Haydar Buxoroga kelayotganini eshitgach, har ikkisi ham shahardan
chiqib Shahrisabzga ketib qolgan. 1800-yil 2-dekabrda, 22 yoshida Qarshi
viloyatidan kelib, Buxoro amirligi taxtiga o‘tiradi.
Amir Shohmurod vafotidan keyin Buxoro amirligida o‘zaro kurashlar va
ba’zi bekliklarning mustaqillikka intilishi boshlandi. Shu vaziyatda O‘ratepa
hokimi Bobobek parvonachi Jizzaxni bosib oldi. Bobobek parvonachi Jizzaxni
qo‘lga kiritgandan so‘ng, shahar hokimi, ya’ni amir Haydarning singlisining eri
Muhammad Yusufxo‘jani asir oldi. Bu voqeadan xabar topgan Kattaqo‘rg‘on
hokimi Muhammad Xo‘ja o‘z o‘g‘li Muhammad Yusufxo‘jani ozod qilish uchun
katta qo‘shin bilan Jizzaxga keldi va Bobobek parvonachi qo‘shinlari bilan jang
qilib uni besh yuz nafar askari bilan birga asirga olib, Buxoroga jo‘natdi. Shu tariqa,
amir Haydarning amirlikni qayta markazlashtirish yo‘lidagi mashaqqatli kurashi
boshlandi. U 1803-yilda ayirmachilik kayfiyatini namoyon qilayotgan O‘ratepaga
yurish qilib, uni ham Buxoro amirligiga bo‘ysundirdi. Uning hokimi Bekmurodbiy
ibn Xudoyorbiy yuzni qatl qilib, yuz va qirq urug‘i vakillarini ko‘chirib, Buxoro va
Samarqandga joylashtirdi. O‘ratepa hukumatini esa Mullo Ernazarbiy dodxohga
berib. [ 1. – B 56].
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
402
Buxoro va Xiva xonligi o`rtasidagi 1806- yilgi urishni sababi Buxoro
savdogarlarini Xiva xonligi hududida qaroqchilar talagch amir Haydar, Xiva xoni
Eltuzarxonga maktub yozib, qaroqchilani jazolash va buxorolik savdogarlarni
mollarini to`lab berishini aytdi. Eltuzarxon bunga rozi bo`lib qaroqchilarni tutdirib,
Buxoro mollarini qaytarib berdi. Amir Haydar bunga ham qoniqmay, Eltuzarxoni
qaroqchilarni sherigi deb topdi va yana mol talab qiladi. Xiva xonligini 200 kishilik
savogarlari ko`p qimmat baho molar bilan Mashhaddan qaytib Marvdan
chiqanlarida Buxoroga tobe turkmanlar ularni talaydilar. Amir Haydar buni oldini
olish oʻrniga ularni yana talashga targ’ib qilgan.
Bundan tashqari amir Haydarni ukasi Dinnosirbek Eltuzar bilan yaxshi
aloqalarni yoʻlga qoʻyadi. Buning natijasda Haydar ukasini Marv hokimligidan
boʻshatdi. Dinnosirbek bundan g’azblanib akasiga boʻysinmay Eltuzrxon nomiga
xutba o`qitdi. Amir Haydar bir necha bor Marvga qoʻshin yubordi. Dinnosirbek
Eltuzardan madad soʻrab uning huzuzriga ketdi. Shu va boshqa sabablar natijasida
ikki davlat oʻrtasida kurash boʻlib oʻtdi.[5.-B 47-48].
Urish Amudaryo boʻyida ham quruqlikda ham daryoda boʻldi ogʻir jagda
Buxoro qoʻshinlari g’alaba qozondilar. Eltuzarxon mingan kema suvga choʻkib
ketishi natijasida oʻzi vafot etdi.
Buxoro Xiva urushidan soʻng Buxoro bilan Qoʻqon oʻrtasida urushlar
boshlanib ketdi. Qoʻqon xoni Olimxon 1807-1810-yillarda Oʻratepaga hujumlar
qilib, katta oʻljalarni Qoʻqonga olib ketdi. Bunay hujumlar Qoʻqon xoni tomonidan
Jizzax va Zominga ham uyushtirilib turildi.
Doimiy ravishda olib borilgan urush harakatlari katta xarajatlarni talab
etganligi bois, amir Haydar qoʻshimcha soliqlar yig’ish haqida farmon berdi. Bu
esa mehnatkash aholi ahvolini yanada og’irlashishiga va amir Haydar hamda u olib
borayaotgan siyosatga qarshi chiqishlarga olib keldi. Mana shunday qoʻzg’alonlar
1821-1825-yillarda Miyonqol, Samarqand va Urgutda boʻlib oʻtdi. Amir Haydar
bu qoʻzg’alonlarni katta qiyinchiklar bilan, qoʻzgʻalonchilarga katta va’dalar berish
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
403
evaziga bostirishga erishdi. Shahrisabz va Marv vohasi uchun ham amir Haydar
urushlar olib bordi.
Oʻz davrida amir Haydar qoʻshni Afg’on davlati hukumdori Shujo al-ulk
Durroniy bilan doʻstlik aloqalarini oʻrnatgan boʻlsa-da, Qoʻqon va Xiva davlatlari
bilan Buxoro davlati oʻrtasda munosabatlar keskin edi. Shunday sharoitda amir
Haydar hatto Turkiya sultoni Mahmud II ga yordam soʻrab murojat etgan va uning
itoatiga oʻtishga tayor ekanligini ham ma’lum qilgan.[2.-B 288-89].
Ashtarxoniylar davrida mamlaktda muntazam qoʻshin yo`qligi sabab oʻzini
tashqi xafdan himoya qila olmasdilar. Mang`it hukumdorlari o`zlarini muntazam
qoʻshinini tuzushga urunganlar. Jumladan XIX asr oshlarida amir Haydar harbiy
qismlarni ikki bʻlimga boʻldi. Bular munazam qoʻshin “navkariya” va nomuntazam
“qoracherik”. Buxoro amirining “lashkar” “cherik” “qoʻshin” deb nomlangan
harbiy kuchlarnig nomuntazam qismi (“qora cherik”) oliy hukumdorni amiriga
binoan harbiy harakat davomida tinch aholidan toʻplangan. Amirni jarchilari
boshlangan harbiy yurishlar haqidagi xabarlarni bozorda e’lin qilganlar. Harbiy
harakatlar davomida, shuningdek amirlikdagi harbiy qal’alarni himoya qilishda
“qoracherikdan unimli foydalanganlar.[3.-B 126]
Amir Haydar davrida Rossiya bilan bir becha bor elchilar almashunuvi boʻlib
oʻtdi. Jumladan 1809-yilda Rossiyadan Buxoroga maxfiy suratda Odilnosir
Subhonqulov Orenburg harbiy gubernatori nazorati ostida yuboriladi.
Subhonqulov Rossiya–Buxoro o‘rtasidagi karvon yo‘llaridagi xavfsizlikni
ta’minlash, karvon yo‘llaridagi jinoyatchilikka qarshi kurash maqsadida kelgan
edi. Shuningdek, u Buxoroda qo‘lga olingan 3 rus asirini ham ozod etishga
muvaffaq bo‘lgan. 1814- va 1818-yillarda Rossiyaga Azimjom Mo‘minjonov
boshchiligidagi ikki rasmiy elchilik yuboriladi. Bevosita Azimjon devonbegi
boshchiligidagi
birinchi
elchilikka
Buxoro–Rossiya
munosabatlarini
mustahkamlash; ikkinchi elchilikka Turkiyaga Rossiya hududlari (Astraxan) orqali
o‘tishga ijozat olish masalasini hal etish yuklangan edi.[1.-B 77]
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
404
Amir Haydar mamlakatda ta’limtizmida katta oʻzgarishlar amalga oshirdi.
Oʻzi ham madrasalarda 400-500 ta talabalarga maruzalar oʻqigan. Qroat va
xatotlikda ham mohir boʻlgan. Turkiyadan talabalar uchun kitoblar keltirishiga
astoydil kirishib bu ishni udalaydi.
Amir Haydarni hokimyati 1820-1821-yillardan zaiflasha boshlagan edi.
Chunki, unga qarashli barcha oʻlkalar yopasiga amalga oshayotgan ommaviy
tartibsizliklar girdobiga tushgandi. Bu fitnalarni chiqaruchilari xitoy-qipchoq
jamosi bo’lgan. Amir Haydar Qarshida hokim boʻlgan ikkinchi oʻg’li
Nasurullohxoni oldiga uning ishlarini koʻzdan kechirgani bordi va oʻsha yerda
kasal boʻldi va Buxoroga qaytib keldi. Buxoroga kelgach kasaligi borgan sari
og’irlashib boshladi. Tabiblar davolashga urinishsada foyda bermadi. 1826-yilda
vafot etdi. U 48 yil umur ko`rdi shundan 28 yilini ukumronlika bag’ishladi. Uning
o`limidan soʻng birin ketin ikki oʻg’li taxtga chiqdi, ammo uzoq boshqara olmadi.
Yanabir oʻg’li Nasurullohxon taxtga chiqandan keyin uzoq vaqt Buxoroni
boshqardi.[4.-B70]
Xulisa qilib aytganda amir Haydarni hukumronlik yillari Buxoro amirligi
tarixida muhim ahamyat kasb etadi. Jumladan u oʻziga qarshi koʻtarilgan koʻplab
qoʻzg’alonlarni bostira oldi. Xiva va Qoʻqon hujumlarini qaytardi. Mamlakatdagi
koʻplab harbiy harakatlarni yaxshilash uchun harbiy islohot oʻtkazdi, ta’lim
islohoti oʻtkazdi. Shunday boʻlsada koʻplab xarajatlarni qoplash uchun axoliga
og’ir soliq va majburyatlarni yuklashi natijasiga unga qarshilar koʻpayib borga.
Birgina ukasi Dinnosirbek bilan aloqalarini misol qilishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
A. Zamonov, A. Egamberdiyev. Buxoro amirligi tarixi- Toshkent:
tamaddum nashiryoti 2022. 182 b.
2.
Б.Эшов, Узбекистон давлатчилиги ва бошкарув тарихи – Тошкент
узбекистон тарихи кафедраси. 2012. 456 b.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
405
3.
Д.Х. Зияева. Узбекистонда харбий иш тарихидан. Тошкент. “
SHARQ” Акциядорлик компаняси бош тахриряти. 2012. 280b.
4.
Муҳаммадхакимхон тӯра Мунтахаб ат-таворих- Тошкент: Янги аср
авлоди, 2010. 716-b.
5.
К. Худойберганов. Хива хонлари шажараси. Хива 1996. 73б.