https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
245
ZAMONAVIY O`ZBEKISTON MADANIYATIDA NAVOIY
MEROSINING O`RNI VA YOSHLARNI TARBIYASIDAGI
AHAMIYATLI JIHATLARI
Samarqand davlat chet tillari institute Payariq Xorijiy tillar fakulteti talabasi
Abduxakimova Umida
Annotatsiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodiy merosining zamonaviy
O`zbekiston madaniyatidagi o`rni ,uning ma`naviy – ma`rifiy hayotga
ta`siri,adabiyot,ta`lim, san`at sohalaridagi davomiyligi tahlil qilinib,Navoiy
g`oyalari hozirgi davr odamlariga qanchalik ta`sir etishi mumkinligi haqida fir
yuritiladi.
Kalit so`zlar: Alisher Navoiy, madaniyat, ma`naviyat, meros, adabiyot,
Yangi O`zbekiston, ma`rifat.
Abstract.This article analyzes the role and significance of Alisher Navoiy`s
literary heritage in the cultural landscape of modern Uzbekistan.It explores how
his ideas and works influense the country`s spirititual and educational
life,literature and arts today.The study also examines contemporary interpretations
of Navoi`s legasy and its reflection in state policy,public consciousness and
cultural continuity.
Keywords: Alisher Navoi, culture, spirituality, heritage, literature,
Uzbekistan, enlightenment.
KIRISH
Alisher
Navoiy
o`zbek
adabiy
tilining
asoschisi
,buyuk
mutafakkir,shoir,adolatli davlat arbobi va oliyjanob inson sifatida nafaqat o`z
davrida,balki bugungi kunda ham o`z o`rni va ahamiyatini yo`qotmagan ulug`
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
246
ijodkordir.Uning boy ijodiy merosi zamonaviy O`zbekiston madaniy hayotining
ajralmas qismiga aylangan.Har yili Navoiy tavalludi butun o`lka bo`ylab keng
nishonlanadi, asarlari o`rganiladi va turli madaniy – ma`rifiy tadbirlar orqali
ommaga yetkaziladi. Bu tadbirlardan ko`zlangan maqsad odamlar shoir ijodiga
yanada yaqinroq kirib borib,uning ijod namunalarini o`rganishsa,Navoiyning hayot
yo`lidagi adolatlilik,sahovatpeshalik,oliyjanoblik,odamiylik,mehr-muhabbatlilik
kabi oliyjanob tuyg`ularni o`z hayotlariga tatbiq qilishsa maqsadga muvofiq
bo`ladi.Navoiy ijodi o`quvchini ta`lim-tarbiyaga undaydi,hayotga mehr-muhabbat
bilan qarashga o`rgatadi.
Zamonaviy O`zbekistonda ma`naviyatni yuksaltirish yo`lida Alisher Navoiy
asarlaridan faol foydalanilmoqda.Uning asarlaridagi axloqiy,tasavvufiy va falsafiy
g`oyalar yosh avlodning komil inson bo`lib voyaga yetishishida muhim o`rin
egallaydi.Maktab va oliy o`quv yurtlarida Navoiy asarlari maxsus darsliklar orqali
o`qitiladi. Maktab yoshidagi o`quvchilar uchun Alisher Navoiy asarlarini o`rganish
juda zarur,ayniqsa hozirgi jadal rivojlanish,global o`sish,internet –ijtimoiy
tarmoqlar zamonida yosh avlodni ta`lim – tarbiyali qilib o`stirishda,ma`naviyati
yuksak qilib tarbiyalashda Navoiy o`gitlari,pandu-nasihatlari,ma`nodor hikmatlari
juda muhim ahamiyat kasb etadi.Barchamizga aniq va ravshanki,ta`lim va tarbiya
bir-biriga chambarchas bog`liq tushunchalar,ularni bir-birisiz tasavvur qilib
bo`lmaydi,qachonki bu ikki tushuncha birlashsa,keyingina maqomi ko`zga
tashlanadi.O`zbekistonimizni
har
jabhada
rivojlanishida
mukammal
blimli,munosib tarbiyali insonlar kerak,shu asnoda Alisher Navoiy hikmatlari yosh
avlodni to`g`ri yo`ldan adashmasdan oliy maqsad sari intilishida juda qo`l
keladi.tarbiyali insonning qo`lidan yomonlik kelmaydi.Alisher Navoiy asarlaridagi
oliyjanob fazilatlarga erishish,yomonliklardan tiyilish, yolg`on so`zlamaslik,
do`stga sodiq bo`lish,har ishda aqlga tayanish,vaqtni qadrlash,umr atalmish
ne`matni buhuda sarflamaslik,ham ma`nan,ham jisman poklikka erishish yo`lida
berilgan saboqlar boshqa davrlardagidan-da ko`proq hozirgi davr o`quvchisi uchun
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
247
juda-juda zarur.Hozirda ijtimoiy tarmoqlar orqali olsh mumkin bo`lgan turli
axborotlarni o`ziga qay darajada singdirish,bu ma`lumotlarga javob berish uchun
insonga yetarli bilim,salohiyat,aql,fahm kerak bo`ladi,aynan shu joyda Alisher
Navoiy asarlaridagi hikmatlar,pandu-o`gitlar insonni to`g`ri yo`lga soladi,hayot
yo`lida adashmasdan vaziyatlardan maqbul chiqish yo`llarini ko`rsatadi.
Navoiy asarlari shu davrgacha o`zbek adabiyotining manbai bo`lib xizmat
qilmoqda.Uning Xamsa asaridagi mavzular ko`plab zamonaviy adiblar tomonidan
yangi uslubda davom ettirilmoqda.Asarlari nafaqat o`zbek tilida,balki
ingliz,rus,fransuz,turk,fors tillariga tarjima qilinmoqda va xalqaro miqyosda keng
o`rganilmoqda.Bu Alisher Navoiy ijodining yuksak saviyada ta`lim-tarbiya
olishida jahon yoshlari hayotiga kerak ekanligini va borada muhim omil ekanligini
isbotlab beradi
San`at sohasida ham Navoiy siymosi teatr,kino,musavvirlik va xaykaltaroshlik
yo`nalishlarida o`z ifodasini topgan bo`lsa,zamonaviy shoir va yozuvchilar ijodida
Navoiy ruhi,shukuhi sezilib turadi.Navoiy nomli badiiy filmlar,spektakllar,opera
va balet asarlari yaratilgan.poytaxt Toshkentdagi Navoiy nomidagi milliy
kutubxona,opera va balet teatri,Samarqanddagi Alisher Navoiy haykali bu merosga
bo`lgan ehtirom namunalaridir.
O`zbekiston Respublikasi prezidentining farmonlariga binoan Alisher Navoiy
tavalludining 580 va 585 yillik yubileylari keng nishonlandi,uning nomi
universitetlar,ko`chalar,ilmiy markazlarga berilgan.Bu kabi e`tiroflar davlat
darajasida Navoiyning madaniy merosga aylanganini ko`rsatadi va bu hozirgi davr
yoshlarini munosib tarbiyalashda Alisher Navoiy ijodini chuqur o`rganish,hayot va
jamiyatga tatbiq etish mihim ekanligini belgilab beradi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
248
XULOSA
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki,Alisher Navoiy ijodiy merosi va uning
shaxsi zamonaviy O`zbekiston madaniy hayotining ruhiy tayanchlaridan
biridir.Uning asarlaridagi g`oyalar bugungi kunda ham o`z dolzarbligini
yo`qotmagan bo`lib,har bir yangi avlod uchun tarbiyaviy-axloqiy mezon bo`lib
xizmat qilmoqda.Shunday ekan,Navoiy ijodini chuqur o`rganish,targ`ib qilish va
uni zamonaviy ruhda talqin qilish dolzarb vazifalardan biridir,chunki Navoiy
asarlarini o`qigan yoshlar yuksak ta`lim-tarbiya bilan o`sadi,yuksak ta`lim-
tarbiyaga erishgan yoshlar O`zbekistonni har sohada rivojlantiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Jo`rayev, N. (2004).
Alisher Navoiy va zamonaviy tafakkur.
Toshkent:
O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasi nashriyoti.
2.
Sodiqov, H. (2010).
O`zbek adabiyoti tarixi
. Toshkent: O`zbekiston Milliy
universiteti nashriyoti.
3.
Oripov, A. (2001).
Navoiy – millat g`ururi va iftixori.
Adabiyot va san’at
jurnali, 3-son.