https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
241
BIR G’AZAL TAHLILI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI AKADEMIK
LITSEYI ONA TILI VA ADABIYOT KAFEDRASI O‘QITUVCHISI
XAKIMOVA SHAPOAT PAZLIDINOVNA
Аnnotatsiya: Hozirgi vaqtda yoshlarimizga milliy maʼnaviyatni singdirish
muhim masalalardan biri boʻlib qolmoqda.Jumladan, oʻtmish ajdodlarimizning
asarlarini oʻqib tushunishga,ularning mazmun -mohiyatini oʻzlashtirishga
oʻrgatish yosh avlod ongida milliy qadriyatlarni rivojlantiradi.Shu maqsadda
Sakkokiyning bir gʻazalini tahliliga qoʻl urdik.
Kalit soʻzlar: Husn ganji, zulf, agʻyor, doʻl, guharbor, chavgon, yanoq,
nor.
Mumtoz adabiyotining yetakchi va ustuvor uslubi, yo’nalishi bu nazm
sanalgan. Mumtoz shuaro aruz vazniga va devonlar tarkibiga katta e’tibor
qaratganlar.
Sakkokiy meros qoldirgan g’azallarning bosh mavzusi sof va samimiy ishq
tarannumi hisoblanadi, chunki shoir o’z she’rlarida asosan falsafiy yoki ilohiy
ishqni emas, insoniy ishqni kuylaydilar.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
242
Aylama radifli g’azali
Ey husn ganji,bu zaif ko’nglumni vayron aylama,
Yuz uzra zulfing tozg’itib umrim parishon aylama.
Sakkokiy radifga “aylama” so’zini olish bilan butun g’azalni amr-u nahiy
sa’natini ustiga qurilishga erishgan. Va bu sa’natga yonma yon “ey husn ganji” deb
nido sa’natini ham hosil qilganki ,bu bilan g’azal ohang va mazmun jihatidan yana
–da zalvorliroq shaklga kelgan.
Ikkinchi misrada sochini tozg’itib umrini parishon etmasligiga buyuradi va bu bilan
zimdan sochini parishon ekaniga ishora qilganligi oydinlashadi.
Har nokase husn yuzini hush toza gul yanlig’ kulib ,
Bag’rimni har dam g’unchadek hasrat bila qon aylama.
Bu baytda ikki bora tashbih qo’llangan: biri –ma’shuqning o’zgalarga gul
yanlig’ kulishi va ikkinchisi esa oshiqning ko’nglini g’unchadek qon qilishi bilan
tasvir etiladi.
Nordek yanoqing shu’lasin sen ko’rguzib agyorg’a,
G’ayrat o’ti ichra yana bag’rimi bir yon aylama.
Anordek yanog’ini jilvasiga o’zga ag’yorlarning ham oshiq ekanini sezgan
Sakkokiy yorini bu ishdan qaytaradi va qalbidagi ishq o’tini yana eslatadi.
Sa’natlardan tanosib ham istifoda etilganki u bag’ir va yanoq so’zlarida aks
etadi.Hamda o’t shu’la so’zlarida ham tanosib sa’natiga guvoh bo’lish
mumkin.Demak baytda shoir tanosub sa’natini ikki marta ishlatganligini ko’ramiz.
Barcha xaloyiq to’p bikin tashlar oyoqing iza bosh
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
243
Bu ishda zulfing dol erur se noni chovgon aylama.
Xaloyiqning yorga oshiqligini va yorning ularga ko’rsatadigan
munosabatlarni xuddi yosh qizlar to’p-u chovgon bilan o’ynaydigan o’yinlariga
muqoyasa etadi. Albatta diqqat qilinsa tamsil san’ati hosil bo’lganini anglash
mumkin bo’ladi va baytda xaloyiqning boshi-yu yorning oyog’i ham eslatiladi,bu
o’rinda tazod san’ati yuzaga keladi. Shu bilan birga shoir yorning zulfini dolga
qiyos etadi va adabiyotda kitobat nomin olgan san’atni qo’llaydi. Unga binoan arab
xalqlari biror narsaga o’xshashi kerak va bunda yorning zulfi shoirga qo’l keladi.
Va un idol harfiga o’xshatadi va chavgon qilmasligini so’raydi.
Bo’lsa qiyomat barchadan qilg’on ishin so’rg’usidur,
Oz qil jafo u jabrni muncha farovon aylama
Bu baytda shoir yorga dunyoning o’tkinchi ekanini oldinda ohirat turganini
shunga muvofiq endi jabr u jafoni ozaytirish kerakligini eslatadi.Zotan uni
so’rovchisi ham borligini ta’kidlaydi.
Va oz qilmoq bilan farovon aylamoq o’zaro zid ma’no anglatgani uchun unda tazod
sa’natini ham hosil qiladi.
Zulmu sitamni zulfingu kofir ko’zingga o’rgatib
Bu keng jahonni sen menga bir tor zindon aylama
Sakkokiy bu baytda yorning ko’ziga kofir sifatini ham qo’shadilar,chunki
yorning ko’zlari sehr qilib oshiq qilishida ham o’ziga o’rgatib qo’yib keyin azob
berishda ham kofirdan ortiq bo’lsa ortiqki kam emas.
Yana bu keng jahonni tor zindon qilmasligini o’tinadi,va bu o’rinda ham
tazod sa’nati yuzaga keladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
244
Ey inju tishlik dilbarim la’li gavharboring haqi
Sakkokiyning ikki ko’zin har lahza ummon aylama
G’azal maqtasiga kelganda Sakkokiy yorga yana bir bor nido qiladilar va
uning inju tishlari bilan qizil lablariga e’tiborini qaratadilar va ularning nomi haqqi
mani yig’latib ikki ko’zimni ummon qilmagin deb iltijo qiladilar.
Bu baytda tanosub sa’nati ham bor.Yorning tishlari-yu lablari va oshiqning
ikki ko’zlari inson a’zolari sifatida bir uyaga birlashadi va tanosubni hosil qiladi.
Sakkokiy g’azallari va qasidalarini o’qib tahlil qilsak shunga iqror
bo’lamizki, hazratning badiiyat olamidagi she’riyat dunyosifagi mahoratlari va
istedodlari tahsinga loyiq. Sakkokiy she’rlari Temuriylar davrining eng sara va
go’zal she’riyatiga munosib namuna va ko’zgu bo’la oladi.
Sakkokiy qasida va g’azallarida kamchilik shoirlar payqagan insoniy
tuyg’u va hissiyotlar tasvir etilganki shuning uchun ham ulug’ shoirning she’rlari
necha zamonlar o’tsa hamki insonlarning qalblarida o’lmas bo’lib kelyapti.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Hotam Umurovning “Adabiyot qoidalari” kitobi. “O’qituvchi” nashriyoti,
Toshkent, 2002-yil.
2.
Anvar Hojiahmedovning “Mumtoz badiiyat malohati” kitobi. “Sharq”
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent, 2016-yil.
3.
Boqijon To’xliyevning “Adabiyot” kitobi. Cho’lpon nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi, Toshkent, 2016-yil.
4.
“Ma’naviyat yulduzlari” kitobi. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti, Toshkent, 1999-yil.