Авторы

  • Avazbayev Atajan Ismailovich

Биография автора

  • Avazbayev Atajan Ismailovich

    p.f.n.,professor v,b. Nizomiy nomidagi TDPU

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88172

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Axborot va raqamli texnologiyalar raqamli ko‘nikmalar raqamli transformatsiya ta’lim pog‘onasi o‘rtacha darajada kompetensiyaga raqamlashtirish formatlaridan dasturiy ta’minot texnik (aparatura) matematik axborot tashkiliy uslubiy ta’minot. Ключевие слова: Информационные и цифровые технологии цифровые навыки цифровая трансформация уровень образования от среднего до ком-петентного от форматов цифровизации программное техническое (аппарат-ное) математическое информационное организационное методическое обеспечение. Key words: Information and digital technologies digital skills digital transformation level of education from secondary to competent from digitalization formats software technical (hardware) mathematical information organizational methodological support.

Аннотация

Annotatsiya: Maqolada zamonaviy talim tizimini rivojlantirishning ustuvor yonalishlaridan biri sifatida talim jarayoniga axborot va raqamli texnologiyalarini joriy etishdir, texnologiya ta’limi jarayonda raqamli texnologiyaarni qollash muammo va echimlari bo’yicha ayrim fikrlar yoritilgan.

Аннотасия: В статье методы внедрения информационно-цифровых технологий в образовательный процесс являются одним из приоритетных направлений развития современной системы образования, а также некоторые меры по проблемам и решениям использования цифровых технологий в процессе технологического образования.

Abstract: In the article, methods of introducing information and digital technologies into the educational process are one of the priority areas for the development of the modern education system, as well as some measures on the problems and solutions of using digital technologies in the process of technological education.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

225

TEXNOLOGIYA TA’LIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYAARNI

QO’LLASHNING AYRIM MUAMMOLARI

Avazbayev Atajan Ismailovich

p.f.n.,professor v,b. Nizomiy nomidagi TDPU

Annotatsiya: Maqolada zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor

yo‘nalishlaridan biri sifatida ta’lim jarayoniga axborot va raqamli

texnologiyalarini joriy etishdir, texnologiya ta’limi jarayonda raqamli

texnologiyaarni qo‘llash muammo va echimlari bo’yicha ayrim fikrlar yoritilgan.

Kalit so’zlar: Axborot va raqamli texnologiyalar, raqamli ko‘nikmalar,

raqamli transformatsiya, ta’lim pog‘onasi, o‘rtacha darajada kompetensiyaga,

raqamlashtirish formatlaridan, dasturiy ta’minot, texnik (aparatura), matematik,

axborot, tashkiliy, uslubiy ta’minot.

НЕКОТОРЫЕ ПРОБЛЕМЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ В ТЕХНОЛОГИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ

Авазбаев Атажан Исмаилович

к.п.н., и.о. профессор, ТГПУ им Низами

Аннотасия: В статье методы внедрения информационно-цифровых

технологий в образовательный процесс являются одним из приоритетных

направлений развития современной системы образования, а также

некоторые меры по проблемам и решениям использования цифровых

технологий в процессе технологического образования.

Ключевие слова: Информационные и цифровые технологии, цифровые

навыки, цифровая трансформация, уровень образования, от среднего до ком-


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

226

петентного, от форматов цифровизации, программное, техническое

(аппарат-ное), математическое, информационное, организационное,

методическое обеспечение.

SOME PROBLEMS OF USING DIGITAL TECHNOLOGIES IN

TECHNOLOGICAL EDUCATION

Avazbaev Atajan Ismailovich

Ph.D., Acting Professor, TSPU named after Nizami

Abstract: In the article, methods of introducing information and digital

technologies into the educational process are one of the priority areas for the

development of the modern education system, as well as some measures on the

problems and solutions of using digital technologies in the process of technological

education.

Key words: Information and digital technologies, digital skills, digital

transformation, level of education, from secondary to competent, from

digitalization formats, software, technical (hardware), mathematical, information,

organizational, methodological support.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi “Kasbiy

ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro

ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmonida

jadal

rivojlanayotgan raqamli asrda innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun yangi

bilimlarni o‘zlashtirish va amalda qo‘llashning tobora ortib borayotgan ahamiyati

milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini va milliy xavfsizlik strategiyalarining

samaradorligini belgilovchi omillardan kelib chiqqan holda integratsiyalash


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

227

tizimini ishlab chiqish va yo‘nalishlarini belgilash kabi vazifalar qo’yilgan.[1] Bu

borada raqamli texnologiyalar alohida o’rin tutadi.

Raqamli texnologiya: bu-xo‘jalik yuritishning zamonaviy bir shakli bo‘lib.

unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli

ko‘rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat

qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho‘jalik yuritish

shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol

sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini,

bulutli texnologiya-larni. Masofaviy ta’lim xizmatlari ko’rsatishni, aqlli

texnologiyalar yordamida mah-sulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli

xildagi tovarlarni saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin.

Zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri- ta’lim

jarayoniga axborot va raqamli texnologiyalarini joriy etishdir. Ta’lim faoliyatida

raqamli texnologiyalardan foydalanish bugungi kunda haqiqiy amaliyotga aylanib

bormoqda. Ta’lim muassasalarni AKT, raqamli texnologiyalar uchun jihozlar bilan

ta’minlashga talab ortib bormoqda, deyarli har bir ta’lim muassasasida interfaol

doskalar, planshetlar, yaxshi kompyuterlar, virtual reallik ko'zoynaklari va

boshqalar mavjud. Shu bilan birga raqamli texnologiya-lardan foydalanish mumkin

bolgan ta’lim muhiti yaratilgan va ko‘pchilik o‘qituv-chilar undan muvaffaqiyatli

foydalanmoqda. “Bugungi kunda taʼlim tarakkiyoti juda tez rivojlanmokda va

o‘zgarmokda.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar

va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq

xo‘ja-ligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish

bo‘yi-cha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, qarorlar qabul qilinib

ularning ijrosi ta’minlanmoqda. 2020-yil 5-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi

Prezide-ntining “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni

samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6079 -sonli farmoni


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

228

qabul qilindi. Unga asosan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazir-ligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes

hamjamiyati va ilmiy doiralar vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab

chiqilgan “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi tasdiqlangan. Unda

belbilanishicha, ta’lim sohasida raqamli ko‘nikmalarni oshirish maqsadida

quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

- ta’lim pog‘onasining boshlang‘ich bosqichida o‘quvchilarga raqamli

texnologiyalarni taqdim etish orqali raqamli ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun

imkoniyatlar yaratish, tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, kelajakda zarur

bo‘ladigan keng ko‘lamli raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarga bilim va

ko‘nikmalar berish;

-

texnologik kasblar va innovatsion faoliyat sohasida o‘qishni tashkil etishga

qaratilgan yuqori samarali xalqaro amaliyotni ta’lim tizimiga joriy etish;

-

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liq yo‘nalishda kadrlar

tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari sonini, axborot texnologiyalar

sohasida o‘rtacha darajada kompetensiyaga ega bo‘lgan o‘rta maxsus kasb-hunar

ta’limi muassasalari bitiruvchilarini oshirish;

-

qog‘oz shaklidagi materiallarni raqamlashtirish formatlaridan foydalanish

bo‘yicha davlat yagona talabini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash

orqali ta’limda o‘quv materiallarini raqamlashtirish;

- maktabgacha, o‘rta va oliy ta’lim tizimi uchun elektron ta’lim resurslarini

yanada takomillashtirish, shuningdek, ichki va jahon ta’lim resurslaridan foydala-

nishni ta’minlash;

- maktab va maktabgacha ta’lim tizimiga raqamli transformatsiya va yangi

texnologiyalar bo‘yicha innovatsion o‘quv dasturlarini joriy etish va shu kabilar.

[2] Shu jihatdan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Taraqqiyotga

erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egal-


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

229

lashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo

lidan borish

imkoniyatini beradi. [3]

O‘quvchi-yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda Tex-

nologiya fani bo’yicha sinfdan va maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy

usullari va yo’nalishlarining, raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarning

to’liq joriy etilishi, o’quv-tarbiya jarayoni samaradoriligini va natijaviyligini

ta’minlashda inno-vatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini tatbiq etishning to’liq amal qilinishi, Texnologiya fani bo’yicha

o’quv adabiyotlarning yangi, zamonaviy avlodlarini yaratish va ta’lim jarayoniga

tatbiq etishni tezlashtirish lozimligi va boshqalar [4].

Shulardan kelib chiqqan xolda bugungi kunda texnologik ta’lim sohasida

ham

raqamli texnologiyalarni qoi’llash keng yo’lga qo’yilmoqda. Lekin bu borada,

uning yuqori darajada muvaffaqiyatli va samarali bolishiga erishish uchun bir qator

muammolar mavjyd:

1 Ta’lim sohasiga raqamli texnologiyalarni qoi’llashning dasturiy ta’minoti-

ning hamda ularning to’liq va uzluksiz ishlashining etarli va talab darajada

emasligi;

2. Ta’lim sohasidagi mutahassislarning raqamli texnologiyalardan foydala-

nish bo’yicha bilim, amaliy ko’nikma va malakalarining talab darajasida emasligi;

3. Ta’limda raqamli texnologiyalarni qoi’llashning texnik (aparatura), mate-

matik ta’minotning etarli va talab darajada emasligi:

4. Axborot, tashkiliy, uslubiy ta’minotni borasida ma’sul mutaxassislar

bilim, amaliy konikma va malakalari hamda kompitensiyalarining etarli va talab

darajada emasligi vas hu kabilar.

Bu muammolarni ijobiy hal qilish uchun quyidagi hcora-tadbirlarni amalga

oshirish zarur:

Birinchidan

:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

230

-

jadal rivojlanayotgan raqamli asrda innovatsion mahsulotlarni yaratish

uchun yangi bilimlarni o‘zlashtirish va amalda qo‘llashning tobora ortib

borayotgan ahamiyati milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini va milliy

xavfsizlik strateg-iyalarining samaradorligini belgilovchi omillardan kelib chiqqan

holda integratsiya-lash tizimini ishlab chiqish va yo‘nalishlarini belgilash;

[5]

- Ta’lim sohasiga raqamli texnologiyalarni qoi’llashning dasturiy ta’minoti-

ning ta’lim muassasalarining o‘ziga xos tomonlarini xisobga olgan xolda qo‘llash

mumkun bo‘lgan turlarini ishlab chiqish, hamda ularning to‘liq va uzluksiz ishlashi

uchun shart-sharoitlar yaratish;

- Mamlakatimizda Internet infratuzilmasini yanada yaxshilash, mobil opera-

torlar tomonidan ko

rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish;

- Axborot resurslari, o

qitish vositalari va masofaviy o

qitish texnologiya-

larini rivojlantirish, yuqori samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan

jihozlangan tuzilmalar, o

quv xonalari, laboratoriyalar, mediastudiyalar va

boshqalarni ta

lim muassasalarida tashkil etish va faoliyatimi amalga oshirish.

Ikkinchida:

-

talaba va o

‘qituvchilarning,

o

quv jarayoni va uni tashkil etishda raqamli

texnologiyalardan foydalanish ko

lamini kengaytirish;

- ijodkor talabalarni universitetni raqamlashtirish loyihalariga jalb qilish;

Uchinchidan:

-

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiya-

larining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, pedagog kadrlarning ularni ta’lim

jarayoniga qo

‘llash,

kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun

qo

shimcha sharoitlar yaratish;

-

interfaol taqdimot tizimlaridan foydalanish, ma’ruza va seminar darslari

uchun internet bilan bog

liq holda interfaol va mul’timediali taqdimotlarni ishlab

chiqish bo

yicha o

qituvchilarning malakasini oshirib borish;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

231

-

real vaqt rejimida interfaol taqdimot tizimlari, videokonferentsiya aloqa

tizimlari, virtual zallar, elektron resurslardan foydalanib istalgan vaqtda masofaviy

o

qitish jarayonini amalga oshirish va shi kabilarni amalga oshirishni ta’minlash.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi “Kasbiy

ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro

ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni.

2.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2020-yil

5-

oktyabragi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali

amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6079 -sonli farmoni.

3.

O

zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 24

yanvardagi Oliy Majlisga yo

llagan Murojaatnomasi.

2020 y

4.Avazbayev.A.I.Raqamli texnologiyalar sharoitida

texnologiya fanini

o‘qi-tishning muammo va yechimlari

. Belarus-O’zbek Ilmiy-metodik jurnal

2023-yil 5-son 12-17 betlar.

5.Avazbayev.A.I. va bosqalar. Texnologiya ta’limi jaayonda raqamli texno-

logiyaarni qo

llash muammo va echimlari. Zamonaviy fizika va astronomiyaning

muammolari, yechimlari, o‘qitish uslublari. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman mate-

riallari to‘plami 2025-yil 17-18 aprel. 596-599 betlar.

6.Critical Review of STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, and

Mathematics) Page 18 of 22 PRINTED FROM the OXFORD RESEARCH

ENCYCLOPEDIA,

EDUCATION

(oxfordre.com/education).

(c)

Oxford

University Press USA, 2019. All Rights Reserved. Personal use only; commercial

use is strictly prohibited (for details see Privacy Policy and Legal Notice).

Subscriber: OUP-Reference Gratis Access; date: 22 May 2019.