https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
164
“OMMAVIY MADANIYAT”NING KIRIB KELISH YO’LLARI VA
VOSITALARI
IIV Xorazm akademik litseyi “Ijtimoiy-gumanitar va huquqiy fanlar” kafedrasi
Tarix fani katta o’qituvchisi
Matyaqubov Elyorbek Amonbayevich
Bugungi kun dunyo manzarasini, bevosita, hayotimizni qamrab olgan
kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilish mumkin emas. Kimdir uni yuksak
texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv
davri sifatida izohlamoqda. Ta’kidlash joizki, bu tushunchalarning mohiyati ancha
keng bo’lib, kundalik hayotimizning eng mayda detallari ham yuqoridagi
tushunchalarga chambarchas bog’liq. Haqiqatan ham, biz bugun kompyuter
texnologiyalaridan foydalanmaydigan birorta sohani yoki birorta insonni uchrata
olmaymiz.
Shuni ta’kidlash joizki, o’tgan asrning so’nggi o’n yili O’zbekiston xalqining
istiqlolga erishgani bilan izohlanishi bejiz emas, Vatanimiz xalqaro
hamjamiyatning teng huquqli subyektiga aylandi. Istiqlolning dastlabki
kunlaridanoq kun tartibiga, xalqimiz ongini biz uchun doimo yot bo’lib kelgan
mafkuraviy kishanlardan ozod qilish eng muhim masala sifatida qo’yildi. O’z
istiqlol va taraqqiyot yo’limiz – bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu totalitarizm
merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-
zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir. Albatta, barcha
muammolarni bir kunda, bir hamla bila yechib bo’lmadi. Ma’naviy barkamol
avlodni tarbiyalash bir umrlik ish. Mustaqilligimiz bu sa’y-harakatlarimiz samarali
bo’lishining ishonchli kafolati bo’la oldi. Biz, kommunistik mafkura kabi yot
g’oyani hayotimizdan siqib chiqara olgan bo’lsak-da, biroq globallashuv jarayoni
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
165
avj olayotgan yuksak texnologiyalar asrida “universal” deya ta’riflanayotgan
“ommaviy madaniyat”ning hayotimizga tobora tezkorlik bilan kirib kelishi
kuzatilmoqda.
Biz yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor
berishimiz lozim. Ya’ni kommunistik mafkura va ahloq normalaridan voz
kechilgandan so’ng, jamiyatda paydo bo’lgan g’oyaviy bo’shliqdan foydalanib,
chetdan biz uchun mutlaqo yot bo’lgan, ma’naviy va ahloqiy tubanlik illatlarini o’z
ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamizga
ayon bo’lishi kerak. Darhaqiqat, “ommaviy madaniyat” ma’naviy-mafkuraviy
tazyiqning eng xavfli ko’rinishlaridan biri bo’lib, ma’naviyatga, milliy
qadriyatlarga qarshi qaratilgan tajovuzdir.
«Ommaviy madaniyat» ko‘proq beixtiyoriy ongga ta’sir etishga asoslanadi.
Ba’zilar uni kasallik keltirib chiqaradigan virusga qiyoslashadi. Xususan, ingliz
olimi Duglas Rojkovning fikricha, ana shunday mediaviruslar (ko‘rib
bo‘lmaydigan viruslar) inson tanasiga xuddi biologik virus singari tarqaladi. Ular
mediamakon tarmoqlarga hujum qiladi. Inson ongida paydo bo‘lgan ma’naviy
bo‘shliqqa o‘rnashadi va uni yemira boshlaydi. Mediavirus uchun proteinli qobiq
vazifasini auditoriyaning e’tiborini tortadigan voqea-hodisalar, xabarlar bajaradi.
Kino, televideniya, matbuot, estrada, rep — bularning hammasi virus — «ommaviy
madaniyat»ni tashuvchi asosiy vositalardir. Faqat, «ommaviy madaniyat»
qurbonlarining bundan xabari bo‘lmasligi mumkin. Ular kinoni tomosha qiladi,
gazeta o‘qiydi, televizor ko‘radi, musiqa eshitadi va «ommaviy madaniyat» to‘riga
tushib qolganini, boshqacha qilib aytganda virusni yuqtirib olganini sezmay qoladi.
Agar, o‘z vaqtida buning oldi olinmasa, unga qarshi biror vaksina qo‘llanilmasa,
ma’lum yillardan keyin bu tuzatib bo‘lmas darajadagi xastalikka aylanadi.
“Ommaviy madaniyat”ning eng xavfli tomoni – u to‘satdan kirib kelmaydi.
Avvalo, juda kichik detallar, arzimas voqealar orqali odamlarni o‘ziga o‘rgatadi,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
166
ko‘niktiradi. Bugun “ommaviy madaniyat” nomi ostida ko’zlangan maqsadlar
quyidagilarda namoyon:
1. Axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik orqali yoshlarning ruhiy dunyosini izdan
chiqarish;
2. Individualizm, egosentrizm g’oyalarini tarqatish;
3. Shuning hisobidan boylik orttirish;
4. Boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush
tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porish.
“Ommaviy madaniyat” odamlarning ish bilan emas, o’yin bilan mashg’ul
bo’lishidan manfaatdor. Chunki o’yin industriyasi ularga juda katta daromad
keltiradi. Shuning uchun keyingi yillarda odamlarni jazavaga tushiruvchi o’yinlar
ko’payib borayapti. Dunyoda XXI asrda “Homo Ludens” – “o’yinboz odam”
iborasi keng iste’molga kirdi. Internet faqat tijorat, iqtisodiyot, hordiq, ilmiy
ma’lumotlar olami emas, balki o’yinlar haqidagi ma’lumotlar olamniga ham
aylandi. “Игры @mail.ru”, “O’yinlar haqida portal”, onlayn o’yinlar, “Brauzer
o’yinlar”, “Mini o’yinlar”, “Oddiy o’yinlar” portallari bor. AQSHlik tadqiqotchi
R.Folbergning fikricha, AQSHda “muammoli gambler” – o’yinbozlar aholining
5%ni tashkil etadi. Kanadada 75%ga oshgan. Bu faktlarga asoslanib, olimlar
junbushli o’yinlarga berilish hodisasini jamiyatning muayyan qismiga tahdid
solayotgan ijtimoiy muammo, deya e’tirof etmoqda.
Va bugun bu “madaniyat”ning kirib kelishida asosiy vosita vazifasini
bajaruvchi omillar: 1. Internet; 2. Ommaviy axborot vositalari (televideniya,
matbuot); 3. Kundalik ehtiyojimiz uchun zarur bo’lgan mahsulotlar
1
Quronov M. Ezgu g’oyalar ro’yobi. T. “Ma’naviyat”, 2011. B. 133
-134.
Izoh.
..kundalik ehtiyojimiz uchun zarur
bo’lgan mahsulotlar deyilganda kiyim
-
kechaklar, maktab o’quv
-
qurollarining ayrimlari (daftarlardagi rasmlar) hamda shunga o’xshash mahsulotlar nazarda tutilmoqda.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
167
Hozirgi zamon madaniyatshunosligida, odatda, “ommaviy madaniyat”ning
uchta asosiy darajasini ko’rsatadilar:
1.
Kitch – madaniyat (past darajadagi, vulgar, behayolar madaniyati)
2.
Mid – madaniyat (“o’rtamiyona” madaniyat);
3.
Art – madaniyat (ma’lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega
madaniyat).
Ya’ni, “Kitch” nemischa “kitschen” olmoshidan hosil bo’lgan va saviyasi
past, arzon va jo’n asar yaratib, sotishni bildiradi. Bunday asarlar haqiqiy san’at
durdonalari soyasida paydo bo’ladigan bo’sh, tez unutiladigan madaniyat
mahsulotlaridir. Mid - madaniyatining qamrovi keng, darajasi ancha baland. U
an’anaviy madaniyatning ayrim xususiyatlarini aks ettirsa ham, “ommaviy
madaniyat”ga bevosita taalluqlidir. Art madaniyati odatda, aholining bilimli
qismiga mo’ljallangan “ommaviy madaniyat”dir. Uning vazifasi ommaviy
madaniyatni
maksimal
darajada
an’anaviy
madaniyat
standartlariga
yaqinlashtirishdan iborat.
“Ommaviy madaniyat” xurujiga qarshi eng samarali usul targ’ibot-tashviqot
hisoblanadi, bu borada milliy g’oyani targ’ib qilish maqsadga muvofiqdir - bunda
quyidagi targ’ibot shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1) keng qamrovlilik; 2) uzluksizlik; 3) ketma-ketlik; 4) bosqichma-bosqichlik; 5)
me’yoriylik; 6) shaxsiy ibrat; 7) ilg’or targ’ibot-tashviqot texnologiyalaridan
foydalanish.
Aslida, bugun “ommaviy madaniyat” soyasida kirib kelayotgan axloqsizlik,
behayolik, zo‘ravonlik va buzuqlik kabi illatlar dunyodagi hech bir xalqning milliy
madaniyatiga ham, umumbashariy qadriyatlarga ham to‘g‘ri kelmaydi.
Mamlakatimiz aholisining katta qismini yoshlar tashkil etadi. Shu bois, “ommaviy
madaniyat” tahdidiga qarshi tura olish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Barchamizga ayon bo’lishi kerakki, qaqyerdaki beparvolik va loqaydlik hukm
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
168
sursa, eng dolzarb masalalar o’zibo’larchilikka tashlab qo’yilsa, o’sha yerda
ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha – qayerda hushyorlik va
jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo’lsa o’sha yerda ma’naviyat
qudratli kuchga aylanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Quronov M. Ezgu g’oyalar ro’yobi. T. “Ma’naviyat”, 2011. B. 133-134.
2.
Mixli Safarov “Marifat” gazetasi. T. 2023y