Авторы

  • Samad Nimatov
  • Abraev Tursunpolat Azamat o’g’li

Биографии авторов

  • Samad Nimatov

     t.f.d dotsent Toshkent davlat texnika universiteti, Elektr texnikasi kafedrasi dotsenti

  • Abraev Tursunpolat Azamat o’g’li

    Toshkent davlat texnika universiteti doktorantura talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88185

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: ShES avtomatlashtirish SCADA monitoring boshqaruv tizimi energiya samaradorligi. Ключевые слова: ШЭС автоматизация мониторинг система управления энергетическая эффективность. Keywords: WPS automation control system energy efficiency.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada ShES (Shamol Elektr Stansiyalari) tizimlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ilg‘or  texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Xususan, avtomatik boshqaruv tizimlarining ishlash printsiplari, raqamli monitoring vositalari va ularning samaradorligi tahlil qilingan. Аннотация: В статье рассматриваются современные методы автоматизации ветроэлектростанций (ШЭС), включая цифровые системы управления и мониторинга, а также анализируется их эффективность и вклад в повышение энергетической устойчивости.

Abstract: The article discusses modern automation methods for wind power stations (WPS), including digital control and monitoring systems. It analyzes their effectiveness and contribution to improving energy efficiency and system stability.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

132

O‘ZBEKISTONDA YANGI AVLOD SHAMOL ELEKTR

STANSIYALARNI AVTOMATLASHTIRISHDA HOZIRGI HOLAT,

MUAMMOLAR, ISTIQBOLLAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Samad Nimatov

t.f.d dotsent Toshkent davlat texnika universiteti, Elektr texnikasi kafedrasi

dotsenti

Abraev Tursunpolat Azamat o’g’li

Toshkent davlat texnika universiteti doktorantura talabasi

E-mail: abraevtursunpulat@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada ShES (Shamol Elektr Stansiyalari) tizimlarini

avtomatlashtirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar

ko‘rib chiqilgan. Xususan, avtomatik boshqaruv tizimlarining ishlash printsiplari,

raqamli monitoring vositalari va ularning samaradorligi tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: ShES, avtomatlashtirish, SCADA, monitoring, boshqaruv tizimi,

energiya samaradorligi.

Аннотация: В статье рассматриваются современные методы

автоматизации ветроэлектростанций (ШЭС), включая цифровые системы

управления и мониторинга, а также анализируется их эффективность и

вклад в повышение энергетической устойчивости.

Ключевые слова: ШЭС, автоматизация, SCADA, мониторинг, система

управления, энергетическая эффективность.

Abstract: The article discusses modern automation methods for wind power

stations (WPS), including digital control and monitoring systems. It analyzes their

effectiveness and contribution to improving energy efficiency and system stability.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

133

Keywords: WPS, automation, SCADA, monitoring, control system, energy

efficiency.

Kirish

O‘zbekiston Respublikasi energetika siyosati so‘nggi yillarda keskin

o‘zgarishlarga yuz tutmoqda. Energetika sohasini diversifikatsiya qilish, xususan

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish davlat

siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Shu maqsadda quyosh va

shamol energetikasi bo‘yicha yirik loyihalar yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, shamol

elektr stansiyalarining (ShES) barpo etilishi va ularni avtomatlashtirish orqali

samarali boshqarish dolzarb masalaga aylandi. Energetika tizimlarining

zamonaviylashuvi, ularning barqarorligi va samaradorligini oshirish uchun ShES

(Shamol Elektr Stansiyalari)ni avtomatlashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Avtomatlashtirish orqali inson omiliga bog‘liqlik kamayib, tizimning ishonchliligi

va energiya tejamkorligi oshadi .

Shamol energetikasi taraqqiyoti

Bugungi kunda O‘zbekistonda yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari

bilan bir nechta yirik shamol elektr stansiyalari qurilmoqda yoki foydalanishga

topshirilgan: 1.Zarafshon Shamol Elektr Stansiyasi (500 MVt) – Saudiya

Arabistonining ACWA Power kompaniyasi tomonidan barpo etilmoqda.

2.Qorao‘zak Shamol Parki (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) – 100 MVt quvvatga

ega bo‘lgan dastlabki bosqichi amalga oshirilgan. 3.Beruniy Shamol Loyihasi –

istiqboldagi strategik loyihalardan biri sifatida rejalashtirilgan.

Davlat tomonidan 2030-yilgacha umumiy elektr energiyasi ishlab chiqarish

tarkibida qayta tiklanuvchi energiya ulushini 25–30 foizgacha yetkazish ko‘zda

tutilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

134

Avtomatlashtirish zarurati

Ushbu ShESlarda shamol tezligining o‘zgarishi, turbina holati, energiya

ishlab chiqarish darajasi doimiy monitoring talab qiladi. Bu maqsadda SCADA

tizimlari, sensorli texnologiyalar va aqlli boshqaruv modullari joriy etilmoqda.

ShESlarda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) quyidagi asosiy

maqsadlarni ko‘zlaydi: 1. Turbinaning harakatini optimallashtirish (shamol tezligi

va yo‘nalishini doimiy monitoring qilish)[1]. 2.Elektr energiyasi ishlab chiqarishni

maksimal darajada oshirish. 3.Favqulodda vaziyatlarni (avariya, shamol

kuchayishi) tez aniqlash va oldini olish. 4. SCADA tizimlari orqali masofaviy

monitoring va boshqaruvni ta’minlash. 5. Tizim ishonchliligini va xavfsizligini

oshirish.

Zamonaviy SHES larda tez-tez o’zgaruvchan muhitdagi parametrlarni

avtomatlashtirishda quyidagi model, ya’ni: kuchlanish yoki reaktiv quvvatdagi

o‘zgarishlarga avtomatik tarzda moslashish tarzida modellash qo’llaniladi:

u(t)=K

p

e(t)+K

i

∫e(t)dt+K

d

(de(t)/dt)

Bu yerda:

u(t) — boshqaruv signali,

e(t) — xatolik (setpoint - actual value),

K

p

,K

i

,K

d

— tegishli PID koeffitsientlaridir.

Avtomatik boshqaruv arxitekturasi

ShESda avtomatlashtirilgan tizimlar asosan quyidagilardan iborat:

1.Datchiklar va o‘lchov qurilmalari – bosim, daraja, oqim tezligini aniqlaydi.

Masalan, IoT sensorlar 2. PLC (Programmable Logic Controller) – signalni qayta


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

135

ishlaydi va mos boshqaruv signalini ishlab chiqadi [2]. 3. SCADA tizimi –

ma’lumotlarni vizual tarzda aks ettiradi va tahlil qiladi [3]. 4. IEC 61400-25

standarti 5.Operator paneli –inson-mashina interfeysi. 6. Sun’iy intellekt va Data

Analitika

Mavjud muammolar va amaliy yutuqlar

Texnik muammolar: 1. SCADA tizimlarining ba'zi holatlarda milliy elektr

tarmog‘i bilan moslashmasligi. 2. Og‘ir iqlim sharoitlariga bardoshlilik masalalari.

3. Elektr tarmog‘idagi avariyaviy holatlarni yetarli darajada tez aniqlamaslik. 4.

IEC 61400-25 standarti ichida kiberxavfsizlik qatlamining yo‘qligi.

Kiberxavfsizlik xavf-xatarlar: Shamol stansiyalarining SCADA tizimlari

kiber hujumlarga ochiq bo‘lib qolmoqda. IEC 62443 kabi sanoat xavfsizligi

standartlariga to‘liq moslash zarur.

Iqtisodiy va huquqiy cheklovlar: 1. Texnologik avtomatlashtirish

uskunalarining yuqori import narxlari. 2. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bazasining

cheklanganligi.

Yutuqlar: 1. Har bir turbina alohida monitoring ostida. 2.Prognozlash asosida

energiya ishlab chiqarishni oldindan rejalashtirish. 3.Real vaqt rejimidagi

boshqaruv imkoniyatlari. 4. Masofaviy servis va texnik xizmat tizimlari.

Zarafshon ShES tajribasi

Zarafshon loyihasi doirasida: 1. SCADA tizimi IEC 61400-25 asosida

qurilgan. 2.MMS protokoli orqali ma’lumotlar almashinadi.

Turbinadan quyidagi parametrlar uzatiladi: 1. Shamol tezligi 2. Parrak

aylanish tezligi 3. Generator harorati 3. Sovutish tizimlari holati 4. Elektr

energiyasi chiqishi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

136

Takliflar va istiqbollar: 1.Mahalliy SCADA va monitoring platformalarini

ishlab chiqish. 2. IEC 61400-25 va IEC 62443 standartlariga moslashtirilgan milliy

sertifikatlash tizimini yaratish. 3.Sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish asosida

real vaqt optimallashtirish algoritmlarini tatbiq etish.

Amaliy natijalar: 1.Avtomatlashtirish orqali energiya samaradorligi:

Turbinalarning optimal rejimda ishlashi ta’minlanadi. Avtomatik rejimda

energiyani tejovchi algoritmlar (masalan, PID va MPC) qo‘llaniladi. 2.Avariya

holatlari soni va ularning ta’siri kamayadi.

Xulosa

ShESni avtomatlashtirish – bu zamonaviy energiya tizimlarining ajralmas

qismi bo‘lib, u barqarorlik, xavfsizlik va samaradorlikni oshirishda muhim rol

o‘ynaydi. Ilg‘or boshqaruv vositalari va raqamli monitoring orqali ShESlar yangi

avlod

talablariga

moslashtirilmoqda.

Uzoq

muddatli

istiqbolda

mahalliylashtirilgan

texnologiyalar

va

xavfsiz

boshqaruv

tizimlari

O‘zbekistonning energetika mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Rajput, R.K. (2007). Power Plant Engineering.

2. Bolton, W. (2015). Programmable Logic Controllers.

3. Kundur, P. (1994). Power System Stability and Control.