https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
112
AN`ANAVIY XONANDALIKDA PEDAGOGLIK VA UNING ISHLASH
USLUBLARI
Shаhrisаbz dаvlаt pedаgogikа instituti o’qituvchisi
Fazliddinov Zokir
Tel:+998977627374
Annotatsiya: Qadimdan an’anaviy musiqa ijrochilari maqomlarning asosiy
xususiyat laridan, elementlaridan bo‘lmish tarkibiy qismlariga mansub usullariga
katta e’tibor bilan qarashgan.
Kalit so‘zlar: vokal-texnik, Stakkato, ovozni, xromatizm, Musiqiy qobiliyati,
Ovoz tembri, Yosh ashulachi, Xalq ashulalari, Ohang yo‘nalishi
,An`anaviy xonandalikda ovozni maromga solish, ovoz sozlash
ashulachilikka tayyorlashda yordamchi o‘rinni bajarsa, munosib tanlangan badiiy
asar kuylovchini tarbiyalovchi manbaa bo‘lib xizmat qiladi. To‘g‘ri tanlangan
cholg‘u asaridan cholg‘uchi yaxshi rivojlangandek, ashulachi ham to‘g‘ri
tanlangan ashulada rivojlanib yaxshi ashulachi bo‘lib yetishadi.
O‘quvchining qobilyatiga qarab raspevka va vokalizlarda bir yilgacha
ushlansa, ba’zilarini bir necha oydan so‘ng badiiy asarga o‘tkazish mumkin.
Chunki boshlang‘ich ovozni ishlatishdagi oddiy yo‘llarni tushunib ovozni boshqara
bilsa, boshlang‘ich davrda xalq qo‘shiqlari juda qulay material bo‘lib hisoblanadi.
Asarni baholashda uning o‘quvchiga foydali tomonini hisoblab, musiqiy
tuzilishi tomonini tahlili, vokal texnik tomoni murakkab joylari, undagi matn
mazmuni, ma’no va his-tuyg‘ularini hisobga olish kerak. Bularning hammasi
asarning qanchalik ijro uchun o‘ziga xos qiyinchiliklar darajasidan iborat
ekanligini ko‘rsatadi. Asarni o‘quvchining musiqiy rivojlanganligi, ijrochilik
tayyorgarligiga qarab tanlash kerak. Asarni yengildan murakkabga qarab davom
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
113
ettirish darkor. O‘quvchining imkoniyati, kuchi yetmaydigan asar uni o‘sishini
to‘xtatadi va katta ziyon yetkazadi. Asarning kuy yo‘nalishiga ya’ni xromatizm,
interval, ovoz harakatini keskin o‘zgartirilishi va sayqallar kabilarga ahamiyat
berish kerak. Musiqiy qobiliyati yaxshi rivojlanmagan o‘quvchilarga ohang, kuyni
o‘zlashtirishdan ko‘ra ritmni o‘zlashtirish qiyinroq kechadi. Jo‘rnovozlikda ham
o‘ziga xos xususiyatlar bor. Xalq ashulalarida esa unison ijro qilinishi
ashulachilikka katta yordam beradi. Asarni vokal-texnik tomonini tahlil qilinganda
uning diapazoniga, tessiturasiga, o‘quvchi kuchi yetadimi, yo‘qmi, avjiga chiqa
oladimi, intervallar qulaymi, yo‘qmi shunga ahamiyat beriladi. Ya’ni asarning
kuchi o‘quvchining imkoniyati darajasida bo‘lishi kerak.
Yosh ashulachiga temp (sur’at) tez, sekin, notalarning uzun, qisqaligi, yarim,
chorak, nimchorak soto‘x notalar ancha qiyinchilik paydo qiladi. Cho‘zib aytishda
nafas yetmasligi mumkin. Sho‘x ashulada 8, 16 talik notada tez, ravon, tutilmay
kuylash talab qilinadi. Buning uchun mohirlik, texnikani mukammal egallagan
bo‘lishi kerak. Vokal-texnik qiyinchiliklar mayda, sayqal, qochirimlarda uchraydi.
Bunga maxsus tayyorgarlik talab qilinadi. Masalan, farshlag, mordent, gruppetto,
trel, kadensii va passajlar, flirovkalar qiyinchilik keltiradi. Bularni yaxshilab
o‘zlashtirish lozim. Stakkato va portamento aytish qiyinchilik tug‘diradi. Ohangni
tez aytish, kuy, ohang bilan aytiladigan so‘zlar ham vokal-texnik qiyinchiliklardan
biri. Bu qiyinchiliklar ovozning turlanuvchan, o‘zgarishlarga boyligi,
egiluvchanligi, nutq organlari vositasidagi tovush hosil qilish usuli, tomoq,
hiqqildoq va nafasning chidamliligiga bog‘liq.
Ovoz tembri, mayin, yumshoq, yoqimli, o‘ziga xos xususiyatilari, sifatlarini,
sezilar-sezilmas, nyuanslar, nozik farqlarini, asar ma’nosi, ijrochi asar mazmuniga
qarab o‘zgartirish uslublarini o‘zlashtirish ham qiyin vokal-texnik rejalarga kiradi.
Bu rang-baranglik musiqaning his-tuyg‘uga to‘la kechinmalari orqali paydo
bo‘ladi. Ba’zida ovoz tembrini ongli ravishda o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
114
Masalan; ikki shaxs aytishuvi, so‘zlashuvi uchun yozilgan asarlarda har biri o‘ziga
xos boshqa temblarini ko‘rsata bilishi zarur. Asar dinamikasiga alohida baho berish
kerak. Yosh xonanda f, P ni ijro qilishi oson emas. Ularning ijrosini o‘zlashtirishi
yuqori o‘quvchilarga berish kerak. Malakasi yetarli bo‘lmagan o‘quvchilarga
keskin o‘zgaruvchan dinamik almashuvlari, keng dinamik burilishlari,
rivojlanishlari bor asarni bermaslik lozim ularga o‘rtacha ovozda yozilgan erkin,
bemalol cho‘zib, muloyim, xush ovozda aytiladigan xalq qo‘shiqlarini bergan
ma’qul.
O‘quvchiga asarni tanlashda shu holatlarini; ya’ni filirovkani o‘zlashtirib,
kerakli, yetarli muddatli dars olgandan so‘ng o‘zlashtirishi mumkinligini, ovozning
sifatini buzmay kuchaytirish va kamaytirishni oson emasligina hisobga olib, bir
vaqtning o‘zida musiqiy, vokal texnik xususiyatlarini diqqat-e’tibor markazida
tutiladi. Ma’nosi yashirin his tuyg‘uli badiiy asarlarni, ijrodagi qiyinchiliklari kuy
yo‘nalishida bo‘lmasa ham, asar ma’nosini, xarakterini, his-tuyg‘usini ochib berish
ancha qiyin ekishligi tufayli uni mohir o‘quvchiga berish kerak. Ammo ichki
emotsional kechinmalarni, his-tuyg‘uni ochib berish uchun ijrochi mohir va yetuk
bo‘lishi lozim. Ko‘p asarlar tuzilishi murakkab, juda nozik, nafis yozilgan bo‘lib,
ijrochidan yuksak musiqiy va ashulachilik madaniyatini talab qiladi. Ba’zi yosh
o‘qituvchilar va bitiruvchilar tahlil qilishni bilmasligi sababli pedagogik amaliyot
darsini o‘tkazishda asarning so‘zi, kuyiga qarab oson ekan deb, uning orqasida
qanchalik musiqiy, vokal-texnik va ijrochilik qiyinchiliklar borligini ko‘rmaydilar.
Shuning uchun asar tahliliga juda katta ahamiyat berib, diqqatni ajratishni tavsiya
qilamiz. Bebaho san’at asarlari yosh o‘quvchilarga eng yaxshi o‘quv quroli bo‘lib,
mumtoz asarlarni tushunib yetishga yordam beradi.
Ohang yo‘nalishi cholg‘u yo‘nalishi bilan bir yo‘lda rivojlanib boradi. Kuy
qiyofalari nihoyatda turli-tuman, har xil, so‘z ma’nosiga qarab, cho‘zib yoki sho‘x
aytiladigan asarlar klassik ashulachidan to‘g‘ri sozlangan ovoz, ovoz yo‘nalishi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
115
silliq, mayin, ravon, toza intonatsiya, egiluvchan, ya’ni ovoz cholg‘u asboblarida
ijro etilganday bir xilda jarangini talab qiladi. Boshlang‘ich davrda yosh
ashulachiga ovozni to‘g‘ri sozlash va boshqarish asosiy vazifa hisoblanadi.
So‘zning ma’nosi diniy bo‘lgan asarlar, yana tabiat go‘zalligi kuylanadigan asarlar,
uchinchi sevgi kechinmalari ifodasi, zavq olish, sevgilisining naqadar go‘zalligini
aks ettiruvchi asarlar katta zavq shavq, jo‘shqinlik bilan yoqimliroq, chiroyliroq,
matnni chiroyli talaffuzi orqali ta’sirli ifodasiga erishiladi.
Ko‘pchilik asarlar, vazmin, og‘ir, xotirjam, mamnunlikni ifodalaydi.
G‘amgin, kuchli his-tuyg‘ularni ham major holatda tasvirlab berib, yuksak reja va
kayfiyat, xotirjamlikni ifodalaydigan holatda kuylanadi. Bu fan o‘zbek mumtoz
adabiyoti tarixi, madaniyatshunoslik, elshunoslik kabi fanlar bilan bog‘lih holda
o‘rganiladi. O‘zbek an’anaviy ashula ijrochiligida yana bir muhim omil
maqomlarni o‘ziga xosligi va tabiiyligini ifodalovchi ornamental xarakterli
bezaklarda yorqin ijrosiga erishishdir. Maqomlarni boy va rang-barang uslublarini
o‘zlashtirishda har bir an’anaviy ashulachi vokal ijroviy asoslarini umumiy
jihatlarini bilishi katta ahamiyatga ega. Masalan; nafasning ravon yo‘liga erishish.
Ijro paytida qay holatda aytilishi kabi omillardir. Bu tadbir albatta, o‘zbek
an’anaviy ashulachiligi asoslari bilan birga, bir-birini to‘ldirsa, maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Benihoya maqom va maqom yo‘llaridagi klassik musiqa namunalarini
ijrosi jarayonida azaldan, o‘tmishda yashab ijod qilgan ustoz sanatkorlar quyidagi
xilma xil ornamental (sayqal beruvchi) bezaklarni ko‘llashgan.
•
Izofa - musiqa ohang bo‘laklari yoki musiqiy jumlalarni ketma-ket
bog‘lanishi (legato tarzida).
•
Sakrata nolish - bir ovozdan ikkinchi ovozga uzluksiz o‘tish. Bunda
birinchi tovushni, nisbatan urg‘u berib kuylash uslubi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
116
•
Tebratma harakat - xar bir notaga o‘ziga xos yuqoriga ko‘tarib yoki pastga
tushirib aytishlar tarzida bezak berish.
•
Tebratma nolish - jumlalarning kerak - kulminatsion joylarida o‘z
tovushini xarakterli tebratish.
•
Molish-glisandagi yaqin, notalarni bir-biriga ulovchi Qochirim -
texnikaviy bezak. U oddiy va murakkab melizm - bezaklar: forshlag, trel, mardent
kabilarni o‘z ichiga oladi. Muqim notaga qo‘shimcha kiritiladigan tovush
•
Nola - tovushning ashulachi yarim ton doirasida tebranuvchi ohang bilan
bezashi.
•
ifodalashi. Zangula - ashulachi o‘z ovozi bilan xilma-xil qo‘ng‘iroq
tovushlarini An’anaviy ashulachi har bir jumlani tamomlash paytida ma’lum
darajada kuchliroq nafas bilan tugatilishi (jumlaning oxirgi so‘zlariga turib) musiqa
ohanglari esa uzilib qolmasligi shart. Nolish-ovozni bir pardadan ikkinchi pardaga
sirg‘alishi. Bidratma-Ikki yonma-yon tovushni tebranishi Sayqal-mordent-uch
tovushli, besh tovushli sayqal To‘lqinlatish-vibroto-tovushni tebranishi, titrashi. 1
tongacha yuqori O‘rama-yarim tongacha yuqori yoki pastga ovozni sirg‘alishi.
Xong-Ashulani so‘zsiz ijro qilish. Kashish-bir tongacha glisanda-sirg‘anish.
Qadimdan an’anaviy musiqa ijrochilari maqomlarning asosiy xususiyat
laridan, elementlaridan bo‘lmish tarkibiy qismlariga mansub usullariga katta
e’tibor bilan qarashgan. Ma’lum darajada, avvalo, usullarni puxta egallashga
intilishgan. Ko‘pchilik ustozlar esa ashula aytishni doira chertish bilan ham
bog‘laganlar. An’naviy musiqamiz tuzilishi jihatidan murakkab va xilma-xildir. 2
hissali usullardan boshlab 9-11 hissali usullargacha, bir yarim taktli usullardan
boshlab 24 taktli usullargacha mavjud. Shulardan lank usullar Talqini, Nasr, Savt
Muxammas (16 tt), Saqil (24tt) kabilarni alohida ta’kidlamoqchimiz. Bu usullarni
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
117
har bir an’anaviy ashulachi tushunib yetgan xolda o‘zlashtirishi talab etiladi.
Buning uchun usullarni muntazam mashq qilish kerak.
Xalq an’anaviy professional musiqasi bo‘lmish maqomlarni nazariy va
amaliy o‘zlashtirish, asosan, qadimdan an’anaga kirgan xalq og‘zaki uslubda,
notaga olingan manba’lar asosida o‘qituvchi talabaga o‘rgatadi. Bu tadbirda asosiy
mezon mavjud chop etilgan Shashmaqom nota yozuvlari bo‘lsa, og‘zaki uslubda
o‘zbek musiqasiga, ana’naviy ijrochiligiga xarakterli bo‘lgan ijro (ornamental)
uslublar o‘rgatiladi. Bundan tashqari xilma-xil ijro talqinlari, rang-barang maqom
uslublari, kompozitsion ahamiyati shogirdga zamonaviy talqinda tushuntirilishi
zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent:
O'zbekiston, 1998.- 31-61 b.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.
Barkamol avlod orzusi. -Toshkent: Sharq, 1999. – 8-30-b.
3. Musiqa ta’lim va ma’naviyat “Toshkent” 1998 yil
4. Ta’lim taraqqiyoti “Sharq” nashriyoti matbaa konserti 1999 yil. 5. G.M.
Sharipova “Musiqa tarbiyasi metodikasi” fanidan ma’ruzalar matni. “Toshkent”
1997 yil